Научная статья на тему 'IQTISODIY DISKURSDAGI ASOSIY ATAMALARNING KOGNITIV TAHLILI'

IQTISODIY DISKURSDAGI ASOSIY ATAMALARNING KOGNITIV TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
269
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy diskurs / paradigma / kognitiv tahlil / konsepsiya / atama / kognitiv-diskursiv yondashuv / diskursiv xoslanish / chog‘ishtirma tilshunoslik. / economic discourse / paradigm / cognitive analysis / concept / term / cognitive-discursive approach / discursive approach / comparative linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayfutdinova Maftuna Abror Qizi

Mazkur tadqiqot ishida ingliz va o‘zbek tillarining tilshunoslik tizimida iqtisodiy nutq aktlarini ifodalash yo‘llari diskursiv xoslanishi chog‘ishtirma aspektda tahlil qilingan. Qolaversa, ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiy nutq kognitiv-diskursiv yo‘nalishning qoidalari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan. Umuman olganda, kognitiv-diskursiv yondashuv ingliz tilidagi iqtisodiy nutq haqidagi tushunchamizni kengaytirish imkonini berishi ushbu tadqiqotda o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITICAL ANALYSIS OF KEY TERMS IN ECONOMIC DISCURSE

In this research paper, the discursive characteristics of the ways of expressing economic speech acts in the system of linguistics of the English and Uzbek languages are analyzed in the conversational aspect. In addition, economic speech in English and Uzbek is considered from the point of view of the rules of cognitive-discursive orientation. Overall, the cognitive-discursive approach was reflected in this study to allow us to expand our understanding of economic speech in English.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY DISKURSDAGI ASOSIY ATAMALARNING KOGNITIV TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

IQTISODIY DISKURSDAGI ASOSIY ATAMALARNING KOGNITIV

TAHLILI

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot ishida ingliz va o'zbek tillarining tilshunoslik tizimida iqtisodiy nutq aktlarini ifodalash yo 'llari diskursiv xoslanishi chog'ishtirma aspektda tahlil qilingan. Qolaversa, ingliz va o'zbek tillaridagi iqtisodiy nutq kognitiv-diskursiv yo 'nalishning qoidalari nuqtai nazaridan ko 'rib chiqilgan. Umuman olganda, kognitiv-diskursiv yondashuv ingliz tilidagi iqtisodiy nutq haqidagi tushunchamizni kengaytirish imkonini berishi ushbu tadqiqotda o 'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy diskurs, paradigma, kognitiv tahlil, konsepsiya, atama, kognitiv-diskursiv yondashuv, diskursiv xoslanish, chog'ishtirma tilshunoslik.

Abstract: In this research paper, the discursive characteristics of the ways of expressing economic speech acts in the system of linguistics of the English and Uzbek languages are analyzed in the conversational aspect. In addition, economic speech in English and Uzbek is considered from the point of view of the rules of cognitive-discursive orientation. Overall, the cognitive-discursive approach was reflected in this study to allow us to expand our understanding of economic speech in English.

Keywords: economic discourse, paradigm, cognitive analysis, concept, term, cognitive-discursive approach, discursive approach, comparative linguistics.

Аннотация: в данной исследовательской работе дискурсивная характеристика способов выражения экономических речевых актов в системе лингвистики английского и узбекского языков анализируется в разговорном аспекте. Кроме того, экономическая речь на английском и узбекском языках рассматривается с точки зрения правил когнитивно-дискурсивной ориентации. В целом, когнитивно-дискурсивный подход был отражен в этом исследовании, чтобы позволить нам расширить свое понимание экономической речи на английском языке.

Ключевые слова: экономический дискурс, парадигма, когнитивный анализ, концепт, термин, когнитивно-дискурсивный подход, дискурсивный подход, сопоставительная лингвистика.

Sayfutdinova Maftuna Abror qizi O'zDJTU erkin tadqiqotchisi [email protected]

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Hozirgi kunda leksikamizning tarkibi haqida gap ketganda, rus va o'zbek tillarining o'zaro aloqasi o'ziga xos madaniy fenomen hisoblanib, rus tili ta'sirida o'zbek tilining maxsus lug'at qatlami boyigan. Hayotiy faoliyatning ko'plab sohalarida o'zbek tilining so'z lug'at boyligi, arab va fors tillaridan o'zlashgan so'z hamda tushunchalar saqlanib qolgan hamda uzoq vaqtlar mobaynida sayqallanib, mustaqillikdan so'ng ingliz tilining ta'siri hisobiga yangi bir lug'aviy qatlam shakllandi. Biroq, ingliz tilidagi ilmiy nasr uslubi (matn) haqidagi tahlillarimizda ikki tilning bir biriga ijobiy ta'sir jarayonlarini kuzatmaymiz, xususan, iqtisodiy matnlar o'zbek tilidagi ilmiy nasr uslubidan umumiy farqlanishi qayd etildi.

Tadqiqot ishida lingvistik tavsiflash, qiyosiy-tipologik (chog'ishtirma), diaxron, sinxron, semantik-uslubiy, komponent tahlil, leksik-sintaktik, leksik-semantik lingvostatistik metodlar qo'llanilgan. Iqtisodiyot, g'aznachilik, bank, moliya, soliq va bojxona sohalariga oid iqtisodiy diskursning leksik-semantik, tarixiy-etimologik, funksional-strukturaviy jihatlari, qiyosiy-statistik masalalari Z. Xarris, Dj.Lakoff, Ch. Fillmor, Ye.S. Kubryakova, V.Z. Demyankov, V.A. Maslova, N.F Alefirenko, Yu.N. Karaulov, A.A. Kibrik, J.N. Maslova, T.A. van Deyk, V I Karasik, M.L. Makarov, Yu.E. Proxorov H.A. Dadaboyev, J.Do'stmuhammedov, Ch.S. Abdullayeva, Q.M. Musayev, O.S. Axmedov, Sh.N. Abdullayeva va boshqa tilshunoslar ishlarida o'z aksini topgan.

Ingliz tilidagi matnlarda taqdimot uslubi yoki havola tarzi ko'proq idiomatik, obrazlilik, hissiy tus berish bilan ajralib turadi. Bunday farqlaniish jarayoni rus tili va ingliz tili o'rtasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy diskurs jarayonida konsepsiyalardan foydalanish xam shunga o'xshash tarzda farq qiladi. Ingliz tilidagi iqtisodiy matnlar bu jihatdan indikativdir, chunki atamalarning muhim qismi otlar bo'lib (bu o'z-o'zidan atamaga xosdir) ular jarayonlar, harakatlar, voqealar, holatlarni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu reifikatsiyalar (muayyan jarayonni umumlashtiruvchi majhul tushuncha) - predmetlashtirilgan harakatlar [Drozdova 2003: 224].

Masalan: distribution - taqsimlash, tarqatish; production - ishlab chiqarish; recession - pasayish; devaluation - devalvatsiya; speculation - chayqovchilik kabi iqtisodiy atamalar reifikatsiyalar deb ataladi.

Bir qator asarlarda ta'kidlanganidek, predmetlashtirilgan harakatlar murakkab, gibrid konseptual tuzilishga ega. Bir tomondan, asl fe'lning ba'zi xususiyatlarini

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

olib, reifikatsiya vaqtda o'zgarishliligi, bosqichma-bosqichligi va elementligi jihatdan vaqt chegaralarining mavjudligi bilan tavsiflanishi mumkin.

Boshqa tomondan, otning xususiyatlariga ega bo'lish bilan birga, reifikatsiya vaqt va bo'shliqdagi barqarorlik, yaxlitlik va bo'shlik chegaralar kabi xususiyatlarga ham ega bo'ladi. Xarakat kategoriyasini oxirigacha qoldirmasdan, fe'llashgan otlar ob'ekt kategoryasiga o'tadi [Irisxanova 2004: 352], bu uni nimani bildirishi, aniqrog'i bizning ongimizda qurilgan narsani, ham harakat sifatida, ham ob'ekt sifatida bo'lishi to'g'risida o'ylashimizga imkon yaratadi.

Iqtisodiyotning asosiy tushunchalarining muhim xususiyati shundaki, ularning barchasi, ma'lum ma'noda, bizning ongimizning nazariy konstruksiyalari hisoblanadi. Devalvatsiya, inflyatsiya, chayqovchilik - iqtisodchilar ushbu tushunchalarni iqtisodiy rivojlanishdagi jarayonlarni, harakatlarni, voqealarni o'rganish uchun qulay bo'lishi uchun yaratadilar, aslida ular yetarlicha mavxumiydir. Predmetlashtirish jarayonida ularda moddiy chiziqlar paydo bo'ladi, ular tufayli ular tushunish va tavsiflash uchun qulayroq bo'lib qoladi. Aynan shu ma'noga ega quyidagi misollarni taqdim eamiz. Devaluation - devalvatsiya ODBE (Oxford Diocese Board of Education)da quyidagilarni anglatadi:

Devalvatsiya:1) bir valyuta qiymatining boshqasiga nisbatan pasayishi (harakat). The government is not willing to resort to devaluation - Hukumat devalvatsiyaga murojaat qilishni xoxlamaydi; 2) sodir bo'ladigan holat (ushbu harakatning predmetlashgan namunasi), solishtirish. A devaluation of 13 % against the Deutsche mark - nemis markasiga nisbatan 13 % devalvatsiya. Ikkinchi ma'noni aks ettirish uchun, lug'atda berilgan misolda, bu atama noaniq artikl bilan ishlatilgan. Bu shuni anglatadiki, A devaluation - lug'at tarkibida bu leksik birlik allaqachon ot so'z turkumi hisobida qayd etilgan,

predmet shakliga aylanishga ulgurgan.

Ingliz tilidagi iqtisodiy matnlarda bunday atamalarning konseptual tuzilishini o'rganayotganda biz quyidagi nazariy mulohazalarga asoslandik: birinchidan, biz termin deb mutaxassislar va maxsus lug'atlar termin sifatida qabul qiladigan terminni aytamiz [Tatarinov 1996:311]; Ikkinchidan, "konsepsiyalar so'zlardir va ularga lingvistik hamma narsa ham begona emas" [Kotelova 1970: 122], shu jumladan, noaniqlik va ma'no metaforizatsiyasi ham; Uchinchidan, konsepsiyalarni dastlabki bosqichda konseptual tahlil qilishda ko'proq ob'ektivlik uchun, turli lug'atlardagi mazmuni to'g'risidagi ma'lumotlarni hisobga olishga harakat qildik [Belyaevskaya 2008: 142]; To'rtinchidan, so'zning turli xil kontekstdagi ma'nolarining to'liq

Scientific Journal Impact Factor

spektrida biz Ye .S.Kubryakova va J. Pusteyovskiy tomonidan taklif qilingan protseduradan (taomil)dan foydalandik.

Pusteyovskiy: "So'z, masalan, "kitob" nimani anglatishini minimal tushuntirish -bu qualia tuzulish deb nomlangan reprezentatsiya bo'ladi... Qualia - Uning vazifasi nima?(savoliga javob berish orqali yechim ko'zga ko'rinadi) - Uning bazaviy toifasi, qaerdan kelib chiqqanligi, nimadan yasalganligini bilish kerak. Shunday qilib, men kitobdan zavq olsam, kitobni o'qishni nazarda tutsam, kitob sotib olish haqida gap ketganda, moddiy ob'ektning o'zini nazarda tutaman. Qualia tuzilmasi bunday ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri "kitob" tushunchasi belgisi sifatida kodlaydi (www.brandeis.edu).

Pustejovskiyning mavzu so'z boyligiga nisbatan ko'rsatgan tartibini biz uni barcha sintaktik rollarda so'z haqida so'raladigan savollar shaklida so'z muvofiqligi xaritasini qurish deb ta'riflaydi, Ye.S.Kubryakov ishlarida aniq ko'rsatilgan. So'zning kognitiv xaritasini "so'zning eng keng tarqalgan kontekstlarining aksi sifatida ko'rish mumkin. So'zning semantikasi o'zgarib ketadigan barcha yo'nalishlarning bayoni sifatida ko'rish mumkin. So'zning ma'nolarini yanada to'liqroq leksikografik tushunchasiga ega bo'lishga tavsiya sifatida ham ko'rish mumkin" [Kubryakova 2004: 376].

Ushbu nazariy qoidalarga asoslanib, biz iqtisodiyot fanining xalqaro iqtisodiy aloqalar va xalqaro savdo sohasidagi bir nechta asosiy konsepsiyalarini ko'rib chiqamiz. Ularning barchasi mavhum harakatlar ega jarayonlar, holatlarni anglatadi, jumladan, devaluation - devalvatsiya; speculation - chayqovchilik, birja o'yini; deficit - defisit; surplus - profisit, qoldiq, mo 'llik, byudjetning yoki to 'lov balansining faol saldosi.

Biz ushbu konsepsiyalardan mazmuniy jihatdan to'liq va umumiy tasvirini yaratish uchun, olim-iqtisodchi uchun ham bilish vositasi bo'lgan, ham uning ob'ektni belgilash bo'lgan terminning konseptual tuzilmasida qanday umumiy jarayonlar, shu jumladan metaforik jarayonlar kuzatilishinibilish uchun foydalanamiz.

Ushbu konsepsiyalar biri biri bilan kelib chiqishiga ko'ra farq qiladi: devaluation - devalvatsiya va speculation - chayqovchilik fe'ldan yasalgan otlar bo'lib (asliyatiga ko'ra: devalue va speculate fe'llari) va bundan tashqari, zamonaviy ingliz tilidagi asl fe'l shakllari bilan aloqasini saqlab qoladi va ular bilan birga ta'lim va iqtisodiy sohalarga oid matnlarda ishlatiladi [Epifanov 2005: 190]. Aksincha, deficit - defisit va surplus - qoldiq kabi misollar esa zamonaviy ingliz tilida fe'llardan yasalgan shakllar hisoblanmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Deficit- etimologik jihatdan lotincha "deficere" - "it is wanting" (u istayapti) ma'nosidagi fe'l sifatida qo'llanilgan. Ingliz tilida 1782 yilda fransuz tili tarkibida "déficit" 3-shaxs birlik shaklidagi "kamomad" ot so'z turkumi sifatida paydo bo'lgan bo'lib, anglashiladiki, u faqat tarixan fe'l shaklidan yasalgan hisoblanadi. Zamonaviy ingliz tilida bu mustaqil tushuncha bo'lib, fe'l so'z turkumiga bevosita bog'liq bo'lmagan mavhum ot sanaladi. Surplus ot so'z turkumi bo'lib, lotin tilidagi "surplusagium" leksik birligidan olingan. XIV asrda ingliz tilida tarkibida qadimgi farnsuz tili tarkibidagi "sorplus" leksemasidan o'zlashgan.

Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki, zamonaviy iqtisodiy matnlarda to'rtta termin ham konseptual tuzilishida, ham leksik muvofiqligi jihatidan sezilarli o'xshashliklarni ochib beradi, bundan tashqari, ularning semantikasida metaforizatsiya jarayonlarining tabiatan o'xshashliklari ko'rinadi.

Iqtisod sohasiga doir ilmiy manbalarning katta qismini yaxlit ravishda tahlil qilish asosida (masalan, EBSCOhost, BNC) devaluation - devalvatsiya atamasi uchun quyidagi kognitiv xaritasi jadval asosida havolaetildi (1 jadval):

1. jadval

Devaluation terminining koginitiv xaritasi

№ kognitiv yo'nalishi (konkret savol qo'yiladi) kognitiv yo'nalish nuqtasi (savol javob berish orqali aniqlanadi)

1 U qanday (ko'rinishga ega)? vaqt bo 'yicha

o 'Ichami bo 'yicha

hissiy va sub 'ektiv baholash bo 'yicha

ehtimollik bo 'yicha

2 Biz uni nima qilamiz(yoki biz u bilan nima qilamiz)? harakatga keltiramiz

ta 'sir etamiz

rejalashtiramiz

uning ta 'sirini boshdan kechira(may)miz

biz ijobiy yoki salbiy ta 'sirlanamiz

3 U nima qiladi? davom etadi, ehtimollik va o 'Ichovga ega

foyda keltiradimi yoki zarar

muhim (muhim emas)

Scientific Journal Impact Factor

4 Unga nima bo'lyapti?

kompozision birikma tarkibida

Iqtisodiy diskursga oid matnlarda devaluation - devalvatsiya terminining kognitiv xaritasini yanada batafsil tahlil qilish maqsadga muvofiq. Chunki tahlillarimiz orqali bir qancha konsepsiyalarning kognitiv tuzilish ularning tabiatini ochib berishda nechog'lik muhim ekanligi namoyonbo'ladi.

1. U qanday?

• vaqt bo 'yicha:

further (kelgusi), next (keyingi), thelatest (oxirgi), final (tamomila);

• o 'Ichami bo 'yicha:

small (kichkina), greater (katta), substantial (yirik), massive (salmoqli);

• hissiy va sub'ektiv baholash bo 'yicha:

humiliating (kamsituvchi), painful (og'riqli), long-overdue (kechikkan), successful (muvaffaqiyatli), effective (samarali);

• ehtimollik bo 'yicha:

possible (extimoliy), foreseeable (bashorat qilinadigan), inevitable (muqarrar);

2. Biz uni nima qilamiz (yoki biz u bilan nima qilamiz)?

• harakatga keltiramiz:

enforce (amalga oshiramiz), produce (ishlab chiqaramiz), trigger (xarakatga keltiramiz);

• ta'sir etamiz:

prevent (oldini olamiz), deal with (shug'ullanamiz), allow (yo 'l qo 'yib beramiz);

• rejalashtiramiz:

plan (rejalashtiramiz), consider (ko'rib chiqamiz), expect (kutamiz);

• uning ta'sirini boshdan kechira(may)miz:

be affected by (uning ta'sirini boshdan kechiramiz (xis etamiz)), suffer (azoblanamiz), be immune from (biror narsaga ta 'sirchan bo 'Imaymiz), benefit from (foyda olamiz), use the benefit of (uni foydali qo 'llaymiz);

• biz ijobiy yoki salbiy ta'sirlanamiz:

respond positively to (ijobiy javob beramiz), support (qo'llab - quvvatlaymiz), favour (iltifot qilamiz), be pleased by (ijobiy ta'sirlanamiz), believe in (ishonamiz), press for reforms including (isloh qilamiz), welcome (ma'qullaymiz), blame (ayblaymiz), rule out (chiqarib tashlaymiz), be opposedto (qarshi turamiz);

3. U nima qiladi? Unga nima bo 'lyapti?

• davom etadi, ehtimollik va o 'Ichovga ega:

Scientific Journal Impact Factor

Be due by (...ga kutiladi), be both necessary and inevitable (zarur va bo'lishi muqarrar), continue (davom etadi), continue at unacceptable levels (yo'l qo'yib bo'lmaydigan darajada davom etadi), go no further (...dan ko'proq davom etmaydi), prove more than temporary (vaqtinchalikdan ko'proq bo'lib chiqadi), be significant (ahamiyatli bo'ladi);

• foyda keltiradimi yoki zarar:

produce a compensating rise in exports (eksportning o'rnini qoplavchi o'sishga olib keladi), bring an economic upturn (iqtisodiy o'sishga olib keladi), help to trigger a major increase (sezilarli o'sishga turtki beradi), lead to an improvement in trade (savdodagi xolatni yaxshilanishiga olib keladi), give a boost to the economy (iqtisodiyotga turtki beradi), trigger a major economic crisis (jiddiy iqtisodiy inqirozni keltirib chiqaruvchi omil bo'lib xizmat qiladi),provoke the industry's worst crisis provoke the industry's worst crisis (soxadagi eng jiddiy inqirozni keltirib chiqaradi), not offer away out (vaziyatdan chiqish yo'lini taklif qilmaydi);

• muhim (muhim emas):

apply to all trans actions (barcha operatsiyalarga qo 'llaniladi), be no more than a token gesture (imo-ishoradan boshqa narsa emas);

Bundan tashqari, ushbu termin ishtirok etgan iqtisodiyot sohasiga doir so'z birikmalari, predikatlar orqali yuqorida keltirilgan (kognitiv xarita tarkibida) koginitiv yo'nalish nuqtalarining barchasini ma'no jihatlarini o'zida aks ettiradi (1. jadvalga qarang). Mazkur termin ishtirok etuvchi so'z birikmalari, to'ldiruvchi, shuningdek aniqlovchilar sifatida ishlatiladi. Biz buni to'rtinchi kognitiv yo'nalish sifatida ifodalaymiz va qo'llanishida kognitiv nuqta yo'nalishi o'zgarib turishi bois konkret savol qo'yilmaydi.

4. So'z birikmasi va iboralar tarkibida kompozision birikma sifatida.

Purpose of ~ (~maqsad), need for ~ (~ ehtiyoj), pressure for ~ (~...ga chorlov, chaqiruv ), the impact of ~ / the effects of ~ (~ ta'sir), thanks to ~ (~tufayli), the occasion for ~ (~ uchun imkoniyat), warnings against ~ (~...ga qarshi ogohlantirishlar), in the after math of ~ (~ oqibatlari orasida), the rate of ~ (~ tezlik ), the less-attractive side to ~ (~ kamroq jozibali tomoni).

Tavsiya etilayotgan anketa(so'rovnoma) asosida termin semantikasining asosiy yo'nalishlari ko'ringan kognitiv xarita paydo bo'ladi. Termin tomonidan belgilangan (yoki bizning ongimizda tuzilgan) xodisa quyidagi o'lchamlar bo'yicha ravshan ko'rinib turadi: sezilarli darajada ahamiyatsiz, uzoq muddatli qisqa muddatli, yaxshi-yomon, kerakli-foydasiz. Bu atama atrofida barcha sintaktik rollarda namoyon

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bo'lishini hisobga olsak, predikatlarni, aniqlovchilarni qo'shilishi mumkin bo'lgan sinonimik qatorlar va uni so'z birikmalaridagi ishtirokini taxmin qilish mumkin. Ikkinchi terminga o'tamiz speculation - chayqovchilik.

2.Jadval

№ Kognitiv Kognitiv Ingliz tili O'zbek tili

yo'nalishi yo'nalish nuqtasi

(konkret savol (savol javob berish

qo'yiladi) orqali aniqlanadi)

1 U qanday vaqt bo'yicha short-term qisqa muddatli

(ko'rinishga ega)?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o'lchami bo'yicha rising; o 'suvchi;

accelerating; tezlashuvchi;

heavy; salobatli;

hissiy va stabilizing; barqarorlashtiruvch

sub'ektiv destabilizing; i;

baholash profitable; beqarorlashtiruvchi

bo'yicha rampant; ;

disastrous; foydali;

ruthless; shafqatsizlik;

vayron qiluvchi;

ayovsiz;

2 Biz uni nima harakatga cause; chaqiramiz; ma 'lum

qilamiz keltiramiz set off on a rate; bir tezlikda

(yoki biz u bilan repeat; boshlaymiz;

nima qilamiz) ? dabble in; takrorlaymiz;

shug 'ullanamiz;

ta'sir etamiz stimulate; rag 'batlantiramiz;

counteract; qarshilik

counter; ko 'rsatamiz qarshi

discourage; turamiz; to 'sqinlik

avoid; qilamiz;

curb; (olib) qochamiz

tame; jilovlaymiz;

reduce / cut; bo 'ysindiramiz;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

halt; qisqartiramiz; to 'htatamiz;

rejalashtiramiz be disturbed by~; accrue losses from~; lose huge amounts on~; ~ dan xavotir olamiz; ~ dan yo 'qotishlarni boshdan kechiramiz; ~ dan katta miqdorda mablag 'ni yo 'qotamiz;

baholaymiz va o'lchaymiz know the difference between investment and ~; measure the significance of ~; something is well suited to ~; play down the role of~; investisiyalash bilan ~ o 'rtasidagi farqni bilamiz; ~ ning ahamiyatini o 'Ichaymiz; biror narsa ~ ga juda mos keladi; ~rolini pasaytiramiz;

3 U nima qiladi? Unga nima bo'lyapti? davom etadi, ehtimollik va o'lchovga ega go on / continue; decline dramatically; be restricted to; be rife; be very difficult to predict; depend on; davom etyapti; keskin pasayyapti; biror narsa bilan cheklangan bo 'lyapti;keng tarqalgan bo 'lyapti; bashorat qilish (oldindan aytish)qiyin bo 'lyapti; ...ga bog'liq

foyda keltiradimi yoki zarar have little to do withthe real progress of companies; kompaniyalarning haqiqiy (real) m uvaffaqiyatiga unchalik aloqasi

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

push prices up further; yo 'q; narxlarni yanada oshiradi;

kompozision birikma tarkibida an enormous amountof an instrument for~; the morality of a massive increase in ~ning juda katta miqdori; ~ uchun asbob (uskuna); ~ning axloqi; ~ning salmoqli ko 'payishi;

Speculation - chayqovchilik terminining kognitiv xaritasi:

An enormous amount of ~ juda katta miqdor), an instrument for ~ (~ uchun asbob), the morality of ~ (~ axloqi ), a massive increase in ~ (~ ning salmoqli ) deficit (defisit) termining kognitiv xaritasi quyidagicha ko'rinadi:

1. U qanday?

• vaqti bo'yicha:

ongoing (davom etayotgan), chronic (uzoq cho'zilgan), persistent (doimiy), resulting (biror narsa natajasida kelib chiqayotgan)

• dinamikasi va o 'Ichami bo 'yicha:

rapidly growing (tez o'sayotgan), small (kichik), huge (ulkan), large (katta), massive (salmoqli), serious (jidiy), substantial (sezilarli), enormous (maxobatli), record (rekordxajmlarda), maximumfeasible (maksimal mumkin bo 'lgan), exces-sive (xaddan tashqari katta), whatsized (qanday o 'Ichamdagi), sizeable (sezilarli o 'Ichamlarda), relativelylarge (nisbatan katta), soaring (juda baland)

• hissiy - sub 'ektiv baholash bo 'yicha:

good (yaxshi ), bad (yomon), risky (tavakkalchi), excessive (xaddan tashqari katta), stubborn (qaysar (o'jar)

2. Biz uni nima qilamiz? Yoki biz u bilan nima qilamiz harakatga keltiramiz:

cause (chaqiramiz), have (bor(bizda), run (bor)

• ta 'sir o 'tkazamiz:

Scientific Journal Impact Factor

maintain (qo'llab-quvvatlaymiz), finance (moliyalashtiramiz), widen (kengaytiramiz), pushtorecordheights (rekord balandliklariga yetkazamiz), combinewith (...bilan biriktiramiz), bringmuchof ~ home (uning katta qismini uyga qaytaramiz)

• o 'Ichami bo 'yicha baholaymiz:

Equate with (...bilan tenglashtiramiz), estimate at (darajadasida baholaymiz)

• uning ta'sirini xis qilamiz(qilmaymiz): experience (xis qilamiz), endure (boshdan kechiramiz)

• ijobiy yoki salbiy munosabat bildiramiz:

blame for (ayblaymiz), blame on the rest of the world (unda butun dunyoni ayblaymiz)

3. U nima qiladi?

• davomiyligiga, ehtimolligiga, o'lchamiga ega bo'ladi:

persist (davom etadi), climb (ko'tariladi), standat (bir darajada turadi), rise as a proportion of GDP (Yalpi ichki mahsulot ulushi foizi sifatida o'sadi), break its sustainable limit (barqarorlik chegarasidan chiqib ketadi)

• foyda yoki zarar keltiradi:

Reflect an investment boom (investisiya shov-shuvini (portlashini?) aks ettiradi), can be a problem (muammo tug'dirishi mumkin), become a national policy obsession (milliy siyosat g'oyasiga aylanadi), cause political concern (siyosiy xavotirlikni keltirib chiqaradi), weaken foreign investor confidence (xorijiy investorlarning ishonchini zaiflashtiradi), create an upward pressure on the yen (ienani kuchaytirish uchun bosim yaratadi)

4. Davomiyligi, o'lchami, sababi va natijasi parametrlari quyidagi iboralarda ko 'rinadi:

two decades of ~ (~ikki o'n yilligida), a string of (~ketma-ketligi, qatori) chereda, ryad ~), the real cause of (~haqiqiy sababi), the combined impact of (~kombinatsiyalangan ta'siri)

Va nihoyat, bizning tadqiqotimizdagi yagona to'liq otdan yasalgan surplus (profisit) terminining kognitiv xaritasi, o'xshash ta'rifni ko'rsatadi. Biroz farqlar mavjud, asosan davriy rivojlanishning atributlarini kamroq ifodalanganligi yoki yaxshi-yomon qatoridagi sifatlarni mavjud emasligi (biroq bu qarama-qarshilik fe'llar bilan birgalikda keltirilgan), ammo qolganida, shu jumladan iboralar darajasida, kognitiv xarita shunga o'xshash tasavvurlarni beradi - harakat va o'zgarish jismoniy parametrlarlar, sezilarli yoki sezilmas, ijobiy yoki salbiy ta'sir va shunga mos ravishda unga nisbatan bo'lgan hissiy munosabat bilan birikadi.

Scientific Journal Impact Factor

1. U qanday?

• dinamikasi va o'lchami bo'yicha:

declining (kichiklashadigan), expanding (kengayadigan), small (kichik), large (katta), sizeable (yirik), huge (ulkan)

2. Biz uni nima qilamiz?

• harakatga keltiramiz: produce (chaqiramiz)

• ta'sir qilamiz:

attract (jalb qilamiz), makeabigdenton (uning ustiga katta o'yik qilamiz)

• biz uning ta'sirini xis qilamiz:

be neutralized by (neytrallash ta'sirini xis etamiz (boshdan kechiramiz?)

3. U nima qiladi?

davomiylik, ehtimollik, o'lchovga ega: increase (o'sadi), expand (kengayadi), hit it speak (cho'qqiga erishadi), star tdecreasing (pasayishni boshlaydi), have a general trend of increasing (o'sishni umumiy tendensiyasiga ega), have atendency to fall (pasayishni umumiy tendensiyasiga ega), fall (tushadi)

• foyda yoki zarar keltiradi:

Be often regarded politically (ko'pincha siyosiy jihatdan qaraladi), causetradeconflicts (savdo mojarolarini keltirib chiqaradi)

4. Jismoniy o 'Ichamlarni, dinamikani, hissiy baholarni iboralarda aksettirish: The most recent peak of (~so'nggi cho'qqisi), the changing / predicted pattern of (~o'zgaruvchan/bashorat qilinadigan strukturasi), the reduction of (~qisqarishi), the trend of (~tendensiyasi (moyilligi), the huge/large amount of (~juda katta/ katta miqdori), large proportions of (~katta qismlari), the issue of (~muammosi), zealous demands for (~qat'iy talablari)

Yuqoridagi konsepsiyalarning baholashni barqaror omillariga oid savollarni iqtisodchi, o'rganilgan korpus maqolalaridan birining muallifi

ko'rib chiqadi, va u J. Pusteyovskiyning qualia (kvalifikasion) tuzilmasiga o'xshash quyidagi savollarni beradi:

It is timely to answer the following basic questions: What fundamentally causes external deficits and debt? Are they good or bad? Under what conditions may they be risky? And when are they unsustainable?

O'zbek tiliga tarjimasi: Quyidagi fundamental savollarga javob berish vaqti keldi: Tashqi defisit va qarzni nima keltirib chiqaradi? Ular yaxshimi yoki yomonmi? Qanday sharoitlarda ular tavakkal bo 'lishi mumkin? Va qachon ular barqaror emas? (EBSCO host)

Scientific Journal Impact Factor

Bunday murakkab va moslashuvchan konseptual tuzilma(struktura) metaforizatsiya uchun ma'lum imkoniyatlarni beradi. Bir tomondan, biz ko'rib chiqqan guruhning mavhum konsepsiyalar-otlar fe'ldan qolgan (yoki surplus terminida bo'lgani kabi o'xshashlik bilan paydo bo'lgan) xususiyatlarni namoyish etadi. Rivojlanish -ularning ma'nosining ajralmas potensial tarkibiy qismidir. Boshqa tomondan, ot turkumiga o'tishda olingan predmet xususiyatlari, bu termin ortidagi konseptual tuzilishga konteyner xususiyatlarini beradi (bo'shliqdagi o'lchamlari va chegaralari bilan). Dinamika va hajmning kombinatsiyasi ko'pincha matnda jo'shqin suv metaforasi paydo bo'lishiga olib keladi.

Masalan, yozadilar: There may be some good_froth on bad deficit.

O'zbek tiliga tarjimasi: Yomon defisitda yaxshi ko 'pik bo 'lishi mumkin. Boshqa tadqiqotchining matnida o'qiymiz:

Japanese current account surpluses did not spill over into growing central bank reserves in the early 1980s.

O'zbek tiliga tarjimasi: 1980-yillarning boshlarida saldo (mo'llik(ortiqcha?) Yaponiya Markaziy bankining o 'sib borayotgan zaxiralaridan toshib ketmadi.

Metaforizatsiyaning yana bir usuli ushbu konsepsiyalarni hissiy- baholash (yaxshi - yomon) jixatida idrok etish natijasida ochiladi. "Moddiy" bo'lib qolib, ular jonli mavjudotning xususiyatlarini egallashi mumkin, shu bilan birga jarayon yoki hajmning asl xususiyatlarini yo'qotmaydi.Xorij valyutasi chayqovchiligi operatsiyalarining jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini yumshatishi mumkin bo'lgan soliq tahliliga bag'ishlangan tadqiqotishida muallif shunday yozadi: Tobin solig'i - bu chayqovchilikni qo'lga olish va daromad manbasini olish uchun tez-tez muhokama qilinadigan usul. Tobin solig'i barcha valyuta operatsiyalariga solinadigan, shu tariqa barqarorlikni izidan chiqaruvchi chayqovchilikni kamaytiradigan kichik xalqaro soliq bo'lishi kerak.

Shunday qilib, o'rganilayotgan hodisa ham jonli narsa sifatida (bo'ysindirilishi lozim bo'lgan yovvoyi hayvon), ham o'chovlarga ega bo'lgan jarayon yoki predmet sifatida qaraladi.

Ingliz ilmiy tilidagi nasrda bunday metafora qo'llanilishining muhim xususiyati - ularning muntazamligi va tez-tez qaytarilishi (Chastotasi?) va biz ko'rsatmoqchi bo'lganimizdek, belgilanadigan nazariy konstruksiyaning konseptual tuzilishi bilan chambarchas bog'liqligidir. Bunday tadqiqotlarni o'tkazish lozimligi to'g'risida 1990-yillarda yozilgan edi. Yetakchi zamonaviy terminolog V.A. Tatarinovning

Scientific Journal Impact Factor

so'zlarini keltiramiz: "Konsepsiyalarning semantikasi bo'yicha ishlar ko'pincha terminologik ma'noni ma'lum darajadagi mutlaqlashtirishga olib keluvchi real matnlardagi konsepsiyalarni emas, balki tartiblangan terminologiyalarning ma'no tizimini ko'rib chiqishga qaratiladi. "Til va nutqdagi konsepsiyalar", shuningdek "termin va matn" tushunchasini toifasini o'rganish hali talab darajasidagi an'anaga aylanmagan»[Tatarinov 1996: 164].

1. Iqtisodiy konsepsiyalarning diskursiv tabiatiga xos jihatlari nutq aktlarida yuzaga keladi. Nutqiy aktlarning asosiy vazifasi bu faktlarni qayd etish hisoblanadi, ya'ni gaplar faktlarning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligiga asoslanadi.

2. Diskursiv tabiatiga xos jihatlardan biri, aynan, bilvosita nutq aktida yuzaga keladi. So'zlovchi va tinglovchi (ikki yoki undan ortiq kishi) o'rtasida vujudga keluvchi bilvosita nutq akti muloqot muhitiga bog'liq bo'ladi. Shundan kelib chiqib muloqot muhitini ikkiga bo'lish mumkin. Masalan, 1) rasmiy muloqot muhiti - bu jarayonda namoyon etiladigan nutq akti jiddiy tusda bo'ladi (ofis, konferensiya, ilmiy kengashlar bo'lib o'tadi), asosan, bevosita nutq aktidan foydalaniladi; 2) norasmiy muloqot muhiti - ushbu jarayonda namoyon etiladigan nutq akti mutloqat aksi bo'lib (do'stona suhbat, ko'ngil ochar bazmlarda kechadi), asosan, bilvosita nutq akti qo'llaniladi va hazil Inson tafakkurining mahsuli hisoblanmish so'zlarning ma'no ko'chish usullari, ya'ni metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi usullar hamda mazkur usullari tadqiq etilishi tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida yangi-yangi yo'nalish va uslublarning yaratilishiga sabab bo'ldi. Yaratilgan barcha janrlar asosida nutqiy aktlar mavjud.

3. Tilshunoslikda diskursiv bilvosita nutqiy aktlar orqali ma'no ko'chishi va uslubiy holatlaridan kognitiv metafora natijasida ma'no ko'chishi mutlaqo farq qiladi.

4. Zamonaviy ingliz tilidagi iqtisodiy diskurs tabiatini o'rganishda ayrim so'zlar va iboralar salbiy ma'noga ega ekanligi kuzatiladi. Salbiy ma'nodagi so'zlardan biri sifatida moliyaviy inqiroz - financial crisis terminini kelitiramiz va bu tushuncha nutq aktlarida faol qo'llaniladi. Bu kabi tushuncha orqali biznes doirasidagi adresat ongida moliyaviy inqiroz ko'plab muammolar mavjud bo'lgan juda qiyin va xavfli vaziyat sifatida qabul qilinadi (threat - tahdid; trouble - tashvish; danger - xavf-xatar; disaster - falokat; tragedy - fojea; stress - tushkunlik; nightmare - dahshatli tush; worst-case scenario - eng yomon ssenariy; catastrophe - falokat; calamity

- musibat; collapse - qulash; chaos- betartiblik)

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Арутюнова Н. Д. Дискурс// Лингвистическая энциклопедия. М., 1990. -С. 136- 137.

2. Арнольд И.В. Стилистика. Современный английский язык. - 5-е изд. - М.: Флинта: Наука, 2002.

3. Астафурова Т.Н. Стратегии коммуникативного поведения в профе ссионально-значимых ситуациях межкультурного общения (лингвистический и дидактический аспекты): автореф. дис. ... д-ра филол. наук: 10.02.19. М., 1997. 41 с.

4. Беляевская Е.Г. Компонентный анализ vs концептуальный анализ / Грамматика в когнитивно-дискурсивном аспекте. - М.: Рема, 2008. - С. 142148. (Вестн. гос. лингвист. ун-та; вып. 554).

5. Богданов В.В. Текст и текстовое общение. М.: 1993. С. 5-6.

6. Дейк ван А.Т. Язык. Познание. Коммуникация / А.Т. ван Дейк. М., Прогресс, 1989.-312 с.

7. Демьянков В.З. Когнитивная лингвистика как разновидность интерпретирующего подхода / В.З. Демьянков // Вопросы языкознания. 1994. № 4. С. 17-33.

8. Карасик В.И. О типах дискурса // Языковая личность: институциональный и персональный дискурс. Волгоград: Перемена, 2000. С. 5-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.