'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1
cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784
economic relations" SJIF 2021: 5.423
XITOY TILI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARIDA "BOYLIK"
SUBKONSEPTI
d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -244-251
Valieva Noiba Abbasxonovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti
naying1564@mail .ru
Annotatsiya. Muvaffaqiyatli hayot yo'li sifatida "baxt" konsepti qadimdan insonlarni qiziqtiradi va u barcha millat uchun madaniyatning ajralmas bir qismi bo'lib xizmat qiladi. Xitoy millati "boylik" subkonseptini ifodalovchi frazeologik birliklarni asosan bayram tabriklarida qo'llashadi va ularning komponentlari majoziy ma 'no kasb etadi.
Kalit so'zlar. Kognitiv tilshunoslik, konsept, subkonsept, felisitologiya, konstanta.
Аннотация. Концепт «счастья» как образ жизни издавна интересовал людей и стал неотъемлемой частью культуры всех народов. Китайцы используют фразеологизмы, представляющие субконцепт «богатство», в основном в праздничных поздравлениях, а их компоненты имеют переносное значение.
Ключевые слова. Когнитивная лингвистика, концепт, субконцепт, фелицитология, константа.
Annotation. The concept of "happiness" as a way of life has long been of interest to people and has become an integral part of the culture of all nations. The Chinese use phraseological units to representing the sub-concept of "wealth" mainly at holiday greetings, and its components have a figurative meaning.
Keywords. Cognitive linguistics, concept, subconcept, felicitology, constant.
Inson yaralibdiki, til uning dunyoqarashi va madaniyati rivojida katta ro'1 o'ynaydi. Aynan, til yordamida har bir inson o'zini anglash va tafakkur qilish jarayonini ifodalaydi. Tarixdan bizga ma'lumki, "biror-bir xalqni yo'q qilmoqchi bo'lsang, uni tilini, madaniyatidan boshla", degan naql bor. Til - har bir etnosni indientifik ko'rsatkichidir[6, b. 3] degan ta'rifdan ko'rish mumkinki, til bu- xalqni madaniyat, ma'rifat ko'zgusidir. Zamonaviy tilshunoslikda XX asrning oxiri va XXI asr boshlariga kelib antroposentrik qarashlar birlamchiga aylanib, ko'pgina yangi
lingvistik sohalar, tarmoqlar yuzaga keldi. Shulardan biri kognitiv tilshunoslikdir. Kognitiv tilshunoslik (inglizcha cognize-bilmoq, anglamoq, tushunmoq) falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmay, balki tilni tafakkur bilan bog'lab, uning hosil bo'lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarining ijtimoiy,madaniy,lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi. Kognitiv tilshunoslik psixologiyadagi tushuncha va konsept birliklari bilan ish ko'radi. Konsept tushunchasi asosisda ma'no va obraz yotadi [2, b. 23]. Kognitiv tilshunoslik esa kognitologiya fanining ichiga kirib, unga 1956-yildan paydo bo'lib, axborot texnologiyalari taraqqiyoti oqibatida yuzaga kelgan «sun'iy intellekt» tizimi vositalariga oid mushohada, savollarga javob izlovchi [14, b. 312] fan sifatida paydo bo'lib, keyinchalik fan sifatida o'rganila boshlagan degan fikrlar mavjud. Dunyo tilshunosligida kongnitiv tilshunosligi sohasi inson ongi va lison bilan bog'liq bo'lgan, his-tuyg'ularini ifodalovchi til birliklarining leksik-semantik talqin etish muammosi jahonda eng ustuvor yo'nalishlardan biri sanaladi.
Kognitiv tilshunoslik tilshunoslikning "yosh" sohalaridan biri bo'lib, rus tilshunosi Kubryakova E.S. ""kognitiv " tushunchasi psixologiyadan kirib kelgan bo'lib, u rus tiliga "bilishga taalluqli" ma'nosida tarjima qilinadi" [6, b. 14] deb yozgan bo'lsa, Babushkin A.P "kognitologiya turli fan sohalari chorrahasida yuzaga kelgan fan" ekanligini ta'kidlab o'tgan va uning tadqiqot sohasi bilimni to'plash, qo'llash usullarini tadqiq qilish sifatida belgilanish kerakligi haqida yozilgan [4, b. 52-58]. Amerikalik olimlar Dj.Lakoff, Ronald Langaker, Rey Djekendoff esa o'z tadqiqotlari bilan uning rivojlanishiga sababchi bo'lganlar [3, b. 19]. Demak, kognitiv tilshunoslikning paydo bo'lishida inson ongi, dunyoni bilishi, voqelikni aks ettirishi va tafakkuri alohida o'rin kasb etadi.
Kognitiv tilshunoslikning asosi konsept hisoblanib, u fan sifatida 70-yillarning o'rtalariga, aniqrog'i rasman 1989-yilga Germaniyadagi Xalqaro tilshunoslar simpoziumiga to'g'ri keladi. Hozirga qadar kognitiv tilshunoslik haqida ko'plab monografiyalar, tadqiqot ishlari yaratildi, ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan bo'lsada, biroq, o'zbek tili ko'rinishida hali-hanuz dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda.
XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan 1928-yil ilmiy muomalaga kiritilib, ko'pgina manbalarda "konsept lotin tilidagi conceptus - "tushuncha" so'zining kalkasidir" deya ta'rif berilgan. Yana bir tilshunos Lyapin kontsept- bu "ko'p tarmoqli idealizatsiyalashtirilgan shakl" [9, b.16] degan, Kubryakovaning ta'kidlashicha esa konsept - inson psixikasida aks etadigan, butun olam qiyofasini ifodalaydigan lisoniy ong bo'lib, mental leksikonning xotiradagi operativ mazmuniy birligi sanaladi deb ta'kidlaydi. Shu bilan birga "konsept inson
ruhiy olamidagi madaniyatning asosiy birligi(yacheykasi) hisoblanadi. Ular his -tuyg'ular, yoqtirish va yoqtirmaslik, ba'zida to'qnashuvlar mavzusidir" degan ta'rifni Stepanov Yu.S. (Stepanov Yu.S., 2004:) berib o'tgan. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, hozirgacha aniq va birlamchi ta'rif keltirilmagan va o'rganish jarayonida. Biz ham mazkur fikrlarni kelib chiqib, konsept- ham umumiy, ham individual bo'lib, har bir inson shaxsiy mental olamidan kelib chiqib, dunyoni, his-tuyg'ularini, munosabatini ifolanashda lisoniy arsenal. Konseptni tahlil qilib, o'rganar ekan tilshunoslar uni turlicha qismlarga ajratadi. Jumladan, Stepanov konsept tuzilishini 3 qismga bo'lgan: a) asosiy (aktual) belgi; b) qo'shimcha yoki passiv belgi; c) ichki shakl [11, b.46], uning ta'kidlashicha oxirgi belgi hozirda qo'llanilayotgan konseptlaning tub komponentini ifodalab, asosan birinchi shakli bilan bog'liqlik tomoni kam bo'ladi. Boshqa olimlar ham ta'riflarini keltirib o'tsak: Slishkin G.G. yuqoridagi ta'rifdan farqli konseptni 4ta zonaga ya'ni a)asosiy zona- intrazona va ekstrazona; qo'shimcha zona - kvazizona va kvaziekstrazonalarga bo'lib o'rganish taklif qilgan bo'lsa, Popov va Sterninlar 2 ga ya'ni v) yadroviy zona va periferik zonalarga ajratgan va ularning o'zaro mutanosibligi konsept strukturasini belgilab berishi [10, b. 12] haqida tushuntirib o'tilgan. Tilshunoslikda konsept lingvokognitiv va lingvomadaniy hodisa sifatida qaraladi. Konseptni o'rganish uchun ma'lum bir millatning dunyoqarashi, turmush-sharoiti va mentaliteti, an'analarini o'rganib, aynan usha konseptni tutgan o'rnini aniqlab, tahlil qilish kerak.
Muvaffaqiyatli hayot yo'li sifatida "baxt" konsepti qadim zamonlardan buyon jamoatchilik ongida mavjud bo'lib, deyarli ko'pgina konseptlarning ham tor ma'noda, ham keng ma'noda komponentlariga "mos"dir [5, b.6] biroq, aynan "baxt" konsepti aniq ichki shaklga ega, baxt haqidagi qarashlar etnomadaniy tarzda belgilanadi va birinchi taxminda bir tsivilizatsiyadan boshqasiga farq qiladi [8, b.12]. Demak, "baxt" konsepti madaniyatning konstanti desak, mubolag'a bo'lmaydi. Quyida maqola doirasida bir-necha frazeologik birliklarda xitoy tilida "baxt" konseptining komponentlaridan biri bo'lgan "boylik" supkonseptini tahlilga tortdik:
yi ben wan li kam mablag' bilan katta daromadga ega bo'lish
^mn^mmMM^rnrnRmm&o mt^wm^^p mmmm
fä^MMM, WZMo
«Shiji» :"Tianxia xi xi, jie wei li läi; tianxia rängräng, jie wei li wäng." Jiushi chuxi ye ying cäishen he da man chü er ji cäishen, döu shi chünjie qijian de minsu
huodong. Zhè zhông yin yôu câishén yé hé jili huà de xinchun tiêzi, shi gong ying, jisi
r • 1 r 7 \s • r • r j — — /">— l • r i\s s*\ Ia / — n r
câishen yong de, yi qiu niân chu yifen bên, nmndi wàn fèn lizhifu.
«Shïji» ("Tarixiy yozuvlar") kitobida yozilishicha: "osmon ostidagi hatti-harakatlar, barcha yumushlar ostida farovonlikka va mablag'ga bo'lgan ehtiyoj yotadi". Qadimdan xitoyliklar oy taqvimi bo'yicha yangi yil arafasida va ikkinchi kunida boylik ilohi uchun qurbonliklar qilishadi, uylarga chorlashadi, bularning hammasi xitoy yangi yil bayrami vaqtidagi marosimlardir. yuqorida keltirilgan so'zlar, boylik ilohi sur'atlari bilan keltirilgan tabriknomalar aynan oy taqvimi bo'yicha xitoy yangi yili oldi tadbirlarda qo'llaniladi, ya'ni yil avvalida kichik mablag' sarflab, yil so'ngida katta daromad qo'lga kiritishdir[1, b.23].
Yuqoridagi frazeologik birlikka keltirilgan ta'rifdan ko'rinib turibdiki, xitoyliklar azaldan daromad olishga, biznesga usta xalqdir ya'ni biror-bir ishga boshlang'ich mablag' sarflab, ma'lum bir muddatdan so'ng katta daromadni qo'l ga kiritish haqidagi ushbu ibora Qing sulolasi (1644-1912y, 1917 yilda qisqa muddat tiklangan) davrida yashagan Ji Venning kitobining yigirma oltinchi bobida
keltirilgan: MÎT^M, ^^M^t^^^M„ Zhè hui
pofUchénzhOu, yuan xing yi tàng, què zhiwàng shou ta gè yibênwànlî li."
Bu safar men barchasini yig'ishtirib(O'z qayiqlarini yoqib yuborish), uzoq safarga chiqdim, kam mablag' bilan ko'p daromad olishni umid qilgandim.
Ushbu frazeologik birlik qadimdan bayram tabriklarida ham qo'llanilib, asosan tadbirkorlikda kam mablag' bilan qiyinchiliklarsiz, yoqotishlarsiz maqsadga, daromadga erishishni ifodalaydi.
kWkfiJdà ji dà li buyuk omad, baxt va omad,
^ fin
M-zMo mBM^mz^mmmim-^mmfrm M-MM^TM mMMm im,mmmw&o
1' 1 -y • 1 r ' ' J • r 7 A r r f— 1 V 7 j r • r r r 1 ^
Gudài zui chângjiàn de qiân shi yuân xing fang kông de tongqiân, qi xingzhuàng qU "tian yuân difang","wài fa tian, nèi fa de" zhiyi. Qinshihuâng shijiang qita gè zhông xingzhuàng de huobi tôngyi wéi zhè zhông xingzhi, qi hou yizhi yân yongle liang qian yU niân. Qiân shi câifù de dàibiao, tU shàng hâi yôu jin yuânbao ji dàji dàli ziyàng, gèng shijixiâng.
Qadim zamonlardan eng keng tarqalgan pullar bu - yumaloq o'rtasi to'rtburchak teshikli mis pullar bo 'lgan. Ushbu pullarning shakli "yumaloq osmon, to'rtburchak yer", "tashqi tomon osmon va ichki tomon yer" ma'nosini ifodalagan. Qin Shihuang imperatorlik davrida har xil shakldagi boshqa pullarni aynan ushbu shaklga
birlashtirdi va aynan shu shakldagi tangalar ikki ming yildan ko'proq vaqt davomida muomalada bo'ldi. Pul - boylik ramzi. Ushbu tangalarda "buyuk omad" yozuvi ham bor, bu yanada xayrlidir.
Mazkur frazeologik birlikda xitoy xalqining pul, martabaga bo'lgan munosabatini ko'rish mumkin. Matnda Xitoyning birinchi imperatori, Qin imperiyasi (m.av. 221- m. 206-yillar) asoschisi Qin Shihuan hukmronlik davri keltirilgan bo'lib, qadimiy puli ya'ni tanganing shakliga ham izoh berib ketilgan. Yumaloq tanga osmonni ifodalasa, markaziy to'rtburchak teshik yerni anglatib, butun bir borliqni o'zida aks ettirgan. Xitoyning oy taqvimi bo'yicha yangi yil bayramida ham
suvenir tangachalar, tabriknomalarda aynan mazkur frazeologik birlik yoziladi. Qadimda bashorat qilish uchun ham keng qo'llanilgan.
E^^-Ê wu gußng dëng farovonlik, to'kin-sochinlik, hosildorlik.
m* g, MoiM&tt&rn) me^, E#, Etfc^gfào " ímw^ mmimE^, ME^ri m&ftMo mftrn&grn r^t "
Wugu fëngdëng, shl dul tàiping shèngshl, ßngshöu nián jïng de zhù song. Wugu wèi wu zhong guwù: Dào, shu, jl, mài, shü."Zhöu lïtian guanjíyï":"Yï wuwèi, wugu, wuwèi yäng qí bing." Fójiáo mlzöng xiüfá yê shïyong wugu, yï wugu fàn zhï nôngzuowù."Hàn shü ll shí qí chuán ":"Mín yïshí wéi tian."
E^^Ê tinchlik va farovonlik, donning ko'pliginidan dalolatdir. E& quyidagi besh xil donni o'z ichiga oladi: guruch, tariq(nmeHo), tariq, bug'doy va sunon (dukkakli o'simliklar). «Chjou Li Tian GuanKasallik tabobati» : "besh xil turdagi don mahsulotlari bemorlar iste'mol qiladi, kasallikni bartaraf qiladi." Buddizm tantrik amaliyotida ham ushbu mahsulotlardan foydalaniladi. "Han ShuLi Shiqi Tarjimai holi": "Odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini osmonning marhamatidir".
Xitoyliklarni oziq-ovqatga bo 'lgan munosabati barcha ma'lum bo'lsa kerak ya'ni ular tabobatni aynan sog'lom turmush tarsi bilan bog'lashadi, shu sababdan ham xitoy tilidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilsak, "dori-darmon ichish" emas, bal'ki "iste'mol qilish" kabi iborani uchratishimiz mumkin. Guruch mahsulotini esa xitoyliklarchalik ko'p iste'mol qiladigan xalq bo'lmasa kerak. Aynan, yuqoridagi besh turdagi don mahsulotlarining bo'lishi, mol-hosildan darak desak mubolag'a bo'lmaydi. Marosimlarda, tabrik so'zlarda hosildorlik, farovonlik bo'lsin ma'nosida mazkur frazeologik birlikni uchratishimiz mumkin.
MM g0ngmíng fùgul shon-sharaf va boylik, ulug' martaba va boylik
tilamoq
jfëftM.AlW^lïïM jt^o "iïffî «rn^rnm) "^^^MÊWÏÏMO
Dà ji zuôwéi "dàji" zhi wù, bèi "wu dé". Ji ming jiang dàn, guangming dàolâi, yi "gongming" xiéyin "gongming". Liûyuxi "tong lè tian sông lîng hû xiànggong fù dong du liûshôu":"Shîshàng gongming jian jiàng xiàng, rénjian shëng jià shî wénzhang." Sushî "môbâo tâng lùn ": "Shî dang yi gong ming wén yû shî. " Gongchéngmmgjiù zîyôu fùgui.
Xo'roz "omad" kabi talaffuz qilinib, o'zida beshta fazilatni mujassamlaydi. Xo'roz qichqirishi bilan tong otadi, shu bilan birga xo'roz bilan shuhrat xitoy tilida ohagdoshdir. Tan sulolasi(618—907) davrida yashab, ijod qilgan Liu Yuxi va Song sulolasi (960-1279) davrida yashab, ijod qilgan Su Shining she'rlarida usha davrning talabidan kelib chiqib, mansabdor shaxslarni topish va ulug'lashga katta ahamiyat berilgan. Mansabdor shaxslarning o'z-o'zidan boyligi ham ko'payadi kabi qarashlar hukm surgan.
Mazkur frazeologik birlik xo'roz xitoyliklar uchun "omad" yoki "shon-shuhrat" timsoli ekani ko'rsatmoqda, shu bilan birga sharq davlati sifatida mansabga katta e'tibor berilishini ifodalaydi.
Xulosa sifatida Yuqoridagi barcha misollar "baxt" konseptining asosiy komponentlaridan biri "boylik" subkonseptini ifodalaydi. Biroq agar baxt komponentlarini shkala bo 'ylab yozib chiqsak, har bir inson uchun mazkur subkonsept nechanchi o'rinda turishi uning dunyoni qabul qilishi bilan bog'liq bo'ladi. Aynan insonni ruhiy holati haqida ham ma'lumot olish mumkin, "Sen baxt deganda nimani tushunishingni ayt, men senga kimligingni aytaman" [5, b.6] degan naql ham bekorga emas. Falsafa va psixologiya rivojlanish tarixida ham "baxt"ni tushunish bo'lgan harakatlar hozirda, felisitologiyani (baxtning nazariy va amaliy muammolari o'rganuvchi yo'nalish) paydo bo'lishiga olib keldi. Biroq, "madaniy va psixologik yo'nalishlarda o'z ahamiyatiga ega bo 'lishiga qaramay, "baxt" konsepti tilshunoslik sohasida to'liq qamrovda o'rganilmagan" deydi tilshunos Vorkachev, biz ham mazkur fikrga qo'shilgan holda, xitoy madaniyatining "baxt" konsepti bilan bog'liq yo'nalishi tahlilini amalga oshirmoqchimiz.
va psixologik ahamiyatga ega bo'lishiga qaramay, biz bilganimizdek, baxt tushunchasi hali o'z tilshunoslik qamrovini olmagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. - itШ 2003., - С.245.
2. Abduazizov AA. Tilshunoslik nazariyasiga kirish.- Toshkent: Sharq, 2010.-176b.
3. George Lakoff, Mark Johnson. Metaphors We Live By. The University of Chicago Press. 2003, 193p.
4. Бабушкин А.П. Концепты разных туров в лексике и фразеологии и методика их выявления. // Методологические проблемы когнитивной лингвистики. - Воронеж, 2001, 52-58c.
5. Воркачев С.Г. Концепт счастья в русском языковом сознании: опыт лингвокультурологического анализа- Краснодар КТУ, 2002.-142 с.
6. Кубрякова Э.С. Об установках когнитивной науки и актуальних проблемах когнитивной лингвистики// Вопросы когнитивной лингвистики. -Москва,2004.-С10-14.
7. Кубрякова Е.С. Концепт // Краткий словарь когнитивных терминов. -М., Изд-во Моск. Ун-та, 1997. -С 90-93
8. Кларин М.В. На путях познания счастья (вступительная статья) // Аргайл М. Психология счастья. М., 1990. С.5-26.
9. Ляпин С.Х. Концептология: к становлению подхода // Концепты. Вып. I. Архангельск, 1997. С.11-35.
10. Попова З Д. Стернин И.А. Язык и национальная картина мира -Воронеж: Истоки, 2002 - 60 с
11. Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры - М. : Академиче-ский проект, 2004. 992c
12. Слышкин Г.Г. Лингвокультурные концепты и истаконцепты Волгоград: Перемена, 2004.- С.17-18
13. Степанов Ю.С. Константы: Словарь русской культуры -М. Языки русской культуры, 1997.-С. 41
14. Тулкиновна Г.А., Эшбоева T.C,Cognitive analysis of the concept «woman»' in the French language// Молодой ученый Международный научный журнал № 30 (320) / 2020.
15. Ошанин И. М. (ред.) Большой китайско-русский словарь.Т. 1-4. M.: Hayka, 1983-1984. - С.1062.
16. Китайско-русский словарь /Сост. Фу Чонг. - Шанхай, 2004. - 1249 с.
17. http://xh.5156edu.com/html5/79339.html
18. http://chengyu.t086.com/c_b4f4
19. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.
20. Mirzakhmedova, H. V., Omonov, K. S., & Khalmurzaeva, N. T. (2021). METHODS OF IMPROVING LANGUAGE SKILLS USING MEDIA SOFTWARE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(03), 47-55.
21. SA Hashimova Peculiarities of Making Nouns Using Suffixes in Chinese (On the Example of Suffixes M "Jia" and # "Zhe")- International Journal of Multicultural and Multireligious ..., 2021