Научная статья на тему 'NEMIS TILIDA SCHÖN (HÜBSCH) GO´ZALLIK KONSEPTINING IFODALANISHI VA UNING STRUKTURAL SEMANTIK MA’NOLARI O’QITILISHI VA BAHOLANISHI'

NEMIS TILIDA SCHÖN (HÜBSCH) GO´ZALLIK KONSEPTINING IFODALANISHI VA UNING STRUKTURAL SEMANTIK MA’NOLARI O’QITILISHI VA BAHOLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

147
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept tushunchasi / go´zallik konsepti / semantika / leksika / Consept / consept beauty / semantic / lexic.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilobar Jobborova

Ushbu maqolada konseptning mohiyati, uning leksik ma’no va tushunchadan farqli tomonlari tahlil qilindi. Shuningdek, schön (hübsch)-go´zallik konseptining semantik va lug´aviy ma’nolari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT AND EXPLANATION OF THE CONCEPT OF BEAUTY AND ITS STRUCTURAL SEMANTIC MEANINGS IN GERMAN LANGUAGE

This article analyzes the essence of the concept and its differences from lexical meaning and concept. The semantic and lexical meaning of the concept of beauty are also analyzed.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILIDA SCHÖN (HÜBSCH) GO´ZALLIK KONSEPTINING IFODALANISHI VA UNING STRUKTURAL SEMANTIK MA’NOLARI O’QITILISHI VA BAHOLANISHI»

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

NEMIS TILIDA SCHÖN (HÜBSCH) - GOZALLIK KONSEPTINING IFODALANISHI VA UNING STRUKTURAL SEMANTIK MA'NOLARI

O'QITILISHI VA BAHOLANISHI

Dilobar Jobborova

O'zMU XFF Lingvistika ( nemis tili ) mutaxassisligi 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar: f.f.n., katta o'qituvchi To'raqulova S.T.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada konseptning mohiyati, uning leksik ma'no va tushunchadan farqli tomonlari tahlil qilindi. Shuningdek, schön (hübsch)-go'zallik konseptining semantik va lug'aviy ma'nolari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: konsept tushunchasi, go'zallik konsepti, semantika, leksika.

ASSESSMENT AND EXPLANATION OF THE CONCEPT OF BEAUTY AND ITS STRUCTURAL SEMANTIC MEANINGS IN GERMAN LANGUAGE

ABSTRACT

This article analyzes the essence of the concept and its differences from lexical meaning and concept. The semantic and lexical meaning of the concept of beauty are also analyzed.

Keywords: Consept, consept beauty, semantic, lexic.

KIRISH

So'nggi yillarda tilga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Tilning jozibasi yanada sayqallanib rivojlanib bordi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev boshchiligida turli sohalarda o'sish kutilmoqda, jumladan, sport, manaviyat va ma'rifat, ilm-fan, texnika sohalarini sanab o'tish maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda tilga bo'lgan merosiy muhabbatimizni yanada yuksaltirish to'g'risidagi yangi qarorlari barchamizni yanada ruhlantirmoqda.

METODLAR

Hozirda chet tillarini o'rganish va o'rgatish, ayniqsa, yosh avlod uchun dolzarb bo'lib bormoqda. Mamalakatimiz kundan kunga rivojlanib dunyoning turli davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'ygan. Bu esa chet tillarini bilish va yangidan yangi bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lish har tomonlama muhim Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 516 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

bo'lib bormoqda. Talabalar va o'quvchi yoshlar chet tillarini nafaqat offlayn balki onlayn tarzda ham o'qib o'rganishmoqda. Chet tillarini onlayn o'rganish ko'p o'rganuvchilar uchun yangi qulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Ya'ni, uzoq qishloq aholisi bo'lsinmi yoki shahar aholisimi o'zlari borib o'qishga imkoniyat topa olmasalar onlayn ta'lim orqali bemalaol o'rgana olishlari mumkin. Onlayn ta'lim biz uchun yangilik bo'lib, biz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.Chet tillari ustida tadqiqotlar olib borib uni chuqurroq o'rganish biz yoshlar uchun ma'suliyatli vazifalardan biridir.

Bugungi kunda tilshunoslikda jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri bu kognitiv tilshunoslik bo'lib, bu sohada biz konsept tushunchasini batafsil o'rganamiz. Kognitiv tilshunoslik zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri bo'lib, bu sohada tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarbdir.

Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J. Lakoff, R. Langaker, R. Jekendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan boshlanadi [1416-417]. Konsept termini tilshunoslikda o'tgan asrning 80- yillarigacha «tushuncha» so'zi bilan sinonim sifatida ishlatilgan bo'lsa, uning hozirgi vaqtdagi izohi kengroq ma'no kasb etganligini ko'rishimiz mumkin. Konseptning aniq strukturasi mavjud emas va har bir shaxs konseptni o'zicha sathlarga bo'lib o'rganadi [5-11]. Konsept ko'p qirrali va ko'p qatlamli mental tuzulmadir. Konseptning kognitiv va lingvokulturologik tadqiqotlar obyekti sifatida tasvirlanayotganligi ham shundan dalolat beradi. Konsept termini XX asrning 90 - yillarida keng qo'llanila boshlandi. Konsept so'zi lotin tilida «conceptus» so'zidan olingan bo'lib, uning gumanitar fanlardagi lug'aviy ma'nosi «tushuncha» demakdir. Konsept terminini zamonaviy tilshunoslikda rus tilshunosi S. A. Askaldov ilk bor qo'llagan. Q. Yusupov esa «Konsept» bilan tushunchani Eisbergga o'xshatish mumkin deya ta'riflagan. Agar konsept eisberg bo'lsa, uning suvdan chiqib turgan qismi tushunchadir.

NATIJALAR

Konseptning semantik xusuyiyatlari. Konsept semantik jihatdan so'zning leksik ma'nosiga nisbatan boyroqdir.Konsept inson ongida shakllangan ma'lum bir keng qo'llaniluvchi tushunchadir. «Go'zallik» konsepti ham keng tushunchalardan hisoblanadi. Nemis tilida schön hamda hübsch «go'zallik» konseptini tahlil qilganimizda unda bir qancha ma'noviy shakllarni ko'ramiz. «Hübsch» konsepti «schön»ga sinonim bo'lib ammo nisbatan ancha yuqori ma'noga ega va shuning uchun ham ularni semantik jihatdan tadqiq qilish ahamiyatga molik. Schön tushunchasi chiroyli, yoqimli, go'zal ma'nosini bersa, hübsch go'zal, sohibjamol,

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

oypari ma'nolariga ega. Demak, hübsch ancha yuqori ijobiy bo'yoqdorlikka egadir. Ularni badiiy matnda qo'llanilishida ham ma'lum ma'noda farq seziladi.

Har bir millatning go'zallik haqidagi qarashlari va tushunchalari turlicha. Shu bilan birga bir millatning go'zallik timsollari ikkinchisiga o'xshamasligi mumkin.

Go'zallik konsepti juda keng qamrovlidir. Farobiy ta'limotiga ko'ra, «go'zallik insonning, jismoniy, ma'naviy va axloqiy chiroyining ifodasidir». Go'zallik haqida ko'p nazariyalar, qarashlar, ta'limotlar mavjud. Ularda go'zallikning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha , « ...inson uchun foydali va kerakli narsalar go'zaldir». «Ro'yi zaminda biz uchun eng maroqlisi - inson chehrasidir» (G. Lixtenberg). «Chehra - qalb ko'zgusidir» (M. Gorkiy). «Go'zallik -haqiqiy baxt saodat va rasmana qahramonlik bo'lib, balandparvoz so'zlarga muhtoj emas» (V. Raabe kutilgan mehmondir» (I. Gyote). «Sahovat go'zallikdan ko'ra afzalroq» (G.Geyne).

MUNOZARA

Nemis tilidagi «schön» hamda «hübsch»- „go'zallik" tushunchalariga to'xtalsak. Schön tushunchasini misollar orqali qanday ma'no ifodalashini batafsil ko'rib chiqamiz.

«Langenscheidt. Grosswörterbuch Deutsch als Fremdsprache» lug'atidagi ma'nolari:

1. «Hattet ihr schönes Wetter im Urlaub?» (Ta'tilda ob-havo yaxshi bo'ldimi?). «Sie hat ein schönes Gesicht» (U chiroyli husnga ega) «Das Ballett fand ich ausgesprochen» (Baletni men judayam chiroyli sport deb hisoblayman), «Er hat eine schöne Stimme» (Uning chiroyli (yoqimli) ovozi bor).

2. «Es ist schön von ihm, dass er seiner Frau oft Blumen bringt» (Uning o'z rafiqasiga tez-tez gullar berishi judayam yoqimli).

3. «Ein schönes Stück Arbeit» (chiroyli asar), «ein schönes Alter haben» (yaxshi qarimoq), «eine ganz schöne Stecke gelaufen sein» (butunlay ajoyib yugurish).

4. «Einen ganzen Monat ohne Fernseher - das sind ja schöne Aussichten» (televezorsiz butun oy- bu yaxshi istiqboldir ).

5. Der Junge ist ganz schöne clever (bu bola juda aqlli).

6. Immer schön der der Reihe nacht Komm, sei jetzt schön fertig (har doim yoqimli, kecha ajoyib tugadi).

7. «Bitte schön» (arzimaydi) «Danke schön» (katta rahmat) «Schönen Tag» (yaxshi kun).

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

8. «Das wäre ja noch schöner» (bu yanada yaxshi bo'lardi), «Das wäre zu schön» (bu juda yaxshi bo'lardi), um wahr zu sein wie man so schön sagt, (rostini aytganda aytilganidek)...» wie es so schön heisst» (uni shunday go'zal deb atashdi) bu gapda «schön» so'zi gaplarda chiroyli, go'zal, yoqimli, ajoyib, juda, yaxshi, butunlay kabi ma'nolarda ishlatilgan. Go'zallik tushunchasi turlicha ma'nolarda ifodalanmoqda. Nemis tilidagi «schön»-go'zallik konsepti bilan ifodalanadigan til birliklari ko'p. Mana shu misollar orqali ham inson ongida «go'zallik» konsepti yanada keng qamrovga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Hübsch 1. «Fast schön, angenehm, nett anzusehen, geschmackvoll» (judayam chiroyli, yoqimli, yoqimli ko'rinishga ega).

2. Ein hübsches Kind, Kleid, Mädchen» (chiroyli kiyingan qiz), «ein Stück Arbeit, eine hübsche Summe» (adolatli miqdordagi ish).

3. «Sich hübsch anziehen» (chiroyli kiyinmoq), «hübsch aussehen» (chiroyli ko'rinmoq), «das wird du hübsch bleiben lassen» (sen buni chiroyli saqlaysan), «sich hübsch machen» (o'zingizni chiroyli qiling).

4. «Sei hübsch artig» (yaxshi bo'ling), «hübsch artig» (judayam yaxshi), «hübsch viel» (juda ko'p).

5. «Das ist nicht hübsch von ihm nicht nett, nicht anständig wie hübsch» (Bu qanchalik yaxshi va go'zal bo'lmasin unga yoqmaydi).

XULOSA

Schön va hübsch konsepti nafaqat gaplar, so'z birikmalari balki frazeologizmlarda ham ko'p uchratamiz. Bu tushunchalar keng ma'noga ega.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri bo'lgan kognitiv tilshunoslik birligi konsept tilning va tafakkurning yanada boyitilishiga va ongimizning o'sishiga katta xizmat qiladi. Shu o'rinda nemis tilida va jamiki tillarda ham konsept mavjud. Konsept - tafakkurmiz va ongimiz oynasi.

REFERENCES

1. Каримов У.Н. Концепт тушунчаси ва унинг бадиий адабиётдаги мохдяти // УзМУ хабарлари, 2017. - №1/5 -Б. 416-417.

2. Safarov Sh., Kognitiv tilshunoslik. - Jizzax: Sangzor, 2006.

3. Karimov U.N. Konsept tushunchasi va uning badiiy adabiyotdagi mohiyati // O'zMU xabarlari, 2017. - № 1\5. -B. 416-417.

4. Popova Z.D., Sternin I.A. Kognitiv lingvistika. -M.: AST. Vostok-Zapad, 2007.-S. 314.

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

5. Демьянков В.З. Понятие и концепт «сугыш (война) в татарской языковой картине мира. АКД. -Казань, 2009. - С. 4.

5. Степанов Ю.С. Константы русской культуры. Опыт исследования. - М.: Языки русской культуры, 1997. -C. 40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.