Научная статья на тему 'DOSTON MATNIDAGI ZOOMORFIZMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI'

DOSTON MATNIDAGI ZOOMORFIZMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
419
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
zoomorfizm / zoonim / metafora / sifatlash(epitet) / ekspressiv bo’yoq / zooo’xshatish / zoomorphism / zoonym / metaphor / adjective / expressive color / zoo simulation

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — J.Sh.Djumabayeva, N.A.Tuxtaxodjayeva, Azimova Nigora Anvar Qizi

Ushbu maqolada zoomorfizmlar va ularning uslubiy xususiyatlari o’zbek xalq dostonlari misolida tahlil qilingan va yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ZOOMORPHISMS IN THE DOSTON TEXT AND THEIR METHODOLOGICAL PROPERTIES

This article analyzes and illustrates zoomorphisms and their methodological features on the example of Uzbek folk epics.

Текст научной работы на тему «DOSTON MATNIDAGI ZOOMORFIZMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI»

DOSTON MATNIDAGI ZOOMORFIZMLAR VA ULARNING USLUBIY

XUSUSIYATLARI

J.SH.Djumabayeva N.A.Tuxtaxodj ayeva Azimova Nigora Anvar qizi

O'ZMU

Annotatsiya: Ushbu maqolada zoomorfizmlar va ularning uslubiy xususiyatlari o'zbek xalq dostonlari misolida tahlil qilingan va yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: zoomorfizm, zoonim, metafora, sifatlash(epitet), ekspressiv bo'yoq, zooo'xshatish

ZOOMORPHISMS IN THE DOSTON TEXT AND THEIR METHODOLOGICAL PROPERTIES

J.SH.Djumabayeva N.A.Tuxtaxodj ayeva Azimova Nigora Anvar qizi

UzNU

Abstract: This article analyzes and illustrates zoomorphisms and their methodological features on the example of Uzbek folk epics.

Keywords: zoomorphism, zoonym, metaphor, adjective, expressive color, zoo simulation

XX asrning oxirida til va ma'daniyatning bir-biri bilan aloqasi muammosi zamonaviy tilshunoslikda eng dolzarb muammolarga aylandi. Hozirgi paytda "olamning til manzarasi" tushunchasining ko'plab ta'riflari mavjud. Professor E.S.Yakovleva tomonidan taklif qilingan bir ta'rifni keltiramiz: «Olamning til manzarasi deganda, borliqni idrok etishning tilda qayd qilingan va shu til jamoasi uchun xos bo'lgan sxemasi tushuniladi. Shunday qilib, olamning til manzarasi bu - til prizmasi orqali o'ziga xos olamni ko'rishdirl. Ma'lumki, til tomonidan ifodalangan olamning obrazi manzarasi olamning ilmiy manzarasidan farq qiladi. Masalan, kundalik o'zbek so'zlashuv tilida, ilmiy bilimlarimizga qaramasdan, quyosh chiqdi, quyosh botdi, quyosh yuqoriga ko'tarildi deymiz. Ilmiy jihatdan allaqachon, ma'lumki, yer sayyorasi Quyosh atrofida aylanadi, ammo aksincha emas. Ma'lumki, tilning asosiy va birlamchi funksiyasi kommunikativ funksiyadir. Biroq kishilar kommunikatsiya jarayonida faqat fikr almashinish bilangina cheklanib qolmay, borliq

voqea-hodisalarga o'z munosabatlarini ifodalashga ham intiladilar. Inson borliq hodisalarini idrok qilar ekan, bu hodisalar qaysidir jihatlari bilan o'zlariga nisbatan unda turli emotsiya (his-tuyg'u)lar qo'zg'atadi. Bu hol, albatta, tilda o'z ifodasini topmay qolmaydi, chunki «Til borliq tilidir».

Darhaqiqat, lug'at tarkibidagi so'zlarni kuzatish ularning ba'zilari biror narsa, hodisalarni atabgina qolmay, ayni paytda so'zlovchining ifodalanayotgan tushunchaga o'z bahosini, munosabatni ifodalashini ham ko'rsatadi. Bu munosabat doirasiga g'azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, kinoya kabi xilma-xil emotsional munosabat ko'rinishlari kiradi. Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega bo'lgan leksika emotsionalekspressiv bo'yoqdor leksika, ekspressiv-stilistika terminlari ostida o'rganiladi. Bunday atash, umuman olganda, obyektiv haqiqatga mos keladi, chunki bu xil atamalar bu til leksikasining eng muhim jihatini emotsional-ekspressiv baho elementiga ega ekanligini nazarda tutadi. Hozirgi tilshunoslik fani tilning fikr almashuv quroligina bo'lib qolmay,emotsiyalar ifodalash qobiliyatiga ham ega ekanligini tan oladi. Lekin shuniunutmaslik kerakki, adabiy til lug'at sostavidagi barcha so'zlar til birligi sifatida ijobiydir, chunki ular ma'lum tushunchalar anglatishga xizmat qiladi. So'zlar ifodalagan tushunchalarning qanday (ijobiy yoki salbiy) baholanishi esa, butunlay boshqa hodisa bo'lib, keng ma'noda so'z anglatgan predmet, belgi va hodisaningbaholanishi demakdir.

Insoniyat azal-azaldan borliqdagi hayvonlar va jonivorlar bilan juda yaqin munosabatda bo'lgan. Buning muayyan sabablari bor: birinchidan, hayvonot olami insonlar uchun asosiy ozuqa manbaidan biri bo'lsa, ikkinchidan, ular kundalik hayotda yordamchi ish kuchi vazifasini bajargan va uchinchidan, ov qilishda asosiy vosita hisoblangan. Ayni holat insonlarning hayvonot olami sir-asrorlarini azaldan yaxshi bilib olishga, uy hayvonlarini o'zlariga yaqin tutishiga, ularning ko'magidan samarali foydalanishga yoki yovvoyi hayvonlarga nisbatan jiddiy mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishga, umuman, ularga alohida e'tibor bilan qarashga olib kelgan. Shu bois xalq baxshisi dostonlarning badiiyatini yanada kuchaytirish, syujet bayonini qiziqarli va tinglovchilar diqqatini jalb etish maqsadida sher, tuya, bo'ri, bo'ta, ilon, lochin, kaptar, tarlon, qarchig'ay, tulki, to'rg'ay, uloq, ot, qarg'a, bulbul, tozi, jonivor kabi uy va yovvoyi hayvonlar, har xil qushlar va jonivorlar nomlaridan badiiy-tasviriy ifoda vositasi sifatida foydalangan. Bu o'rinda ta'kidlash lozimki, ularning har biri matnda muayyan uslubiy vosita vazifasini bajargan.

Ma'lumki, insonlarning o'xshatish va qiyoslashga asoslangan obrazli fikrlash jarayonining vujudga kelishi badiiy tafakkurning o'sishi, izchil rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday mushohadalarning vujudga kelishida avlodlar va ajdodlarning tabiat va koinot olamini bilishga, bunda mavjud sirlarni yechishga intilishlari, biroq izohlashdagi ojizliklar tufayli ularga nisbatan sirli va ilohiy kuch sifatida baho berish, shuningdek, mifik obraz sifatida tasavvur etish hollari vujudga

kelgan. Xususan, ibtidoiy dunyoqarash va diniy e'tiqod xilma-xilliklari hayvonot, nabotot va koinot olamidagi mavjud narsalarga, jonzotlarga nisbatan totemistik munosabatlar tufayli sher, arslon, yo'lbars, qoplon va burgut, lochin, qirg'iylarni -mard, jasur, botir, dovyurak kishilarga; qarg'a, quzg'unlarni - qonxo'r, toshyurak kishilarga; tovus, bulbullarni - go'zal, chiroyli xulqli kishilarga; gul, g'uncha va oy, yulduz, quyosh singarilarini go'zal va suluv qizlarga; yantoq, saksovul kabilarni xunuk kishilarga nisbatat tashbeh etilishi og'zaki va badiiy ijodda keng tarqalgan eng qadimgi tasavvurlar mahsulidir. Bularning barchasi insoniyat o'zini tabiatning sehrli olami bilan yoki aksincha, tabiatdagi mavjud narsa va hodisalarni insoniyatning xulq-atvori, ichki dunyosi bilan bog'lashi, ya'ni, qiyoslashi, o'xshatishi, sifatlashi kabilar bilan bog'liq bo'lib, ular tilimizdagi ko'plab badiiy ifoda vositalarning vujudga kelishida asos bo'ladi.

Xalq dostonlari tilida, xususan, Ergash shoir dostonlari tilida uchraydigan badiiy ifoda vositalarining aksariyat qismini yuqorida aytib o'tilgan kabi ibtidoiy tasavvurlar mahsuli sifatida yuzaga kelgan yashirin o'xshatish, ya'ni metaforalar, ochiq o'xshatish, sifatlash (epitet)lar tashkil etadi. Ayni paytda bu ifoda vositalari o'zbek va turkiy epik asarlar tilida ham, dostonlararo keng qo'llanilishiga ko'ra ham epik klishelar, uslubiy formulalar va boshqa vositalar singari mushtaraklik kasb etadi. Tadqiqot manbalarimiz va turkiy dostonlarning yagona epik sistemaga birlashgan holda uzoq asrlar davomida taraqqiy etishdan dalolat beruvchi bunday badiiy ifoda vositalarining qo'llanishi ham diqqatga sazovordir."Qunduz bilan Yulduz" dostoni matnida ham emotsional-ekspressiv buyoqdorlikni yuzaga keltiruvchi metaforik ma'no yaqqol o'z ifodasini topgan.Tilda nominativ ma'noda stilistik bo'yoqdan xoli bo'lgan, ko'chma ma'noda esa yorqin emotsional - ekspressiv bo'yoq kasb etuvchi juda ko'p so'zlar mavjud. Metafora ana shunday bo'yoq hosil qiluvchi vositalardan hisoblanadi. Ma'lumki, metafora - grekcha so'z bo'lib, ko'chim degan ma'noni bildiradi. Nutqqa obrazlilik, ekspressiv bo'yoq berish niyatida narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib so'z yoki iboralarni ko'chma ma'noda ishlatish metaforadir.

Metaforani yashirin o'xshatish ham deyish mumkin, asosan biror narsa yoki hodisa boshqasi bilan qiyos qilinadi. Lekin o'xshatishdan - metafora faqatgina bir a'zoda (o'xshatilgan va o'xshatiladigan) tashkil topganligi, ya'ni unga o'xshatilgan narsa qoladi-yu, o'xshagan narsa tushirib qoldirishi bilan farqlanadi.

Demak, ma'noning o'xshashlik jarayoni asosida ko'chishi metaforaning muhim belgisini tashkil etadi. Biroq predmetlar yoki hodisalar orasidagi tashqi o'xshashlik asosida ko'chirilgan ma'nolar (tog'ning beli, dutorning bo'yni, buloqning ko'zi) bilan predmet (keng ma'noda) va uning harakati nomlarining insonga nisbatan, uning tabiati va harakati belgilarini xarakterlariga mo'ljallab ishlatilishi (eshak, it, to'ng'iz, qo'chqor, qo'zichoq, bo'taloq, ilon, chayon, yo'lbars, sher, lochin, bulbul, akillamoq,

vaqillamoq, sayramoq kabi so'zlarni metaforik) qo'llanishi natijasida hosil bo'luvchi ma'nolar orasida katta farq bor. Birinchi holda so'zning metaforik qo'llanishi borliq hodisalarining ma'lumbir tashqi belgi, xususiyatlarini obrazli anglatish orqali taqozosi bilan sodir bo'lgan.

Xususan, dostonlarda, qadimgi turkiy manbalarda va boshqa badiiy manbalarda bo'lgani kabi qahramonlar xatti-harakatlari, holatlari, tashqi va ichki qiyofasini gavdalantirishda, ularning tengsiz kuch -qudrat sohiblari ekanliklarini obrazli ifodalashda tematik jihatdan xilma-xil bo'lgan leksik birliklardan keng foydalaniladi. Dostonlarda, ayniqsa, zoonim nomlarining yashirin o'xshatish asosida qo'llanishi keng tarqalgan bo'lib, ular mazmun va mohiyatiga ko'ra qadimgi turkiy yozma manbalarda uchraydigan bu tipdagi badiiy ifoda vositalari bilan mushtaraklik kasb etadi. Bu esa, yuqorida aytib o'tilgan kabi, dostonlarning ibtidoiy va ilk feodal og'zaki ijodi bilan aloqadorligini yana bir karra tasdiqlaydi. Zero, bizgacha yetib kelgan yozma manbalarning guvohlik berishicha, zoonimlar turkiy xalqlar turmushida va badiiy ijodida metaforik qo'llanilishi tufayli shaxsning tengsiz kuch-qudratini, jasoratini ifodalovchi vosita bo'lishi bilan bir qatorda, shaxs ismlari, ismlarga qo'shilgan holda ijtimoiy mavqe bildiruvchi belgi sifatida ham keng qo'llangan.bo'ri,sirtlon,tulki, sher, yulbars,to'ng'iz, ayiq, fil va boshqalar.Bunday so'zlar doston matnida xalq baxshisining ijro jarayondagi bayonga mos yoki epik qahramon nutqida metaforik ma'noni ifodalashi orqali hosil qilingan: Polvon Avaz sherday bo'lib, Ish ishladi erday bo'lib, Qalmoq qoldi yerday bo'lib, Og'zi ochilib go'rday bo'lib, Urushdan chiqdi Bol Avaz Chilladagi norday bo'lib. (III, 398)

Anda Avazxonning qahri kelib, yilonday zahri kelib, ajdahorday to'lg'anib, sherday chopinib, yo 'Ibarsday chirpinib, nima deysan deb, pariga qarab bir so'z, deb turibdi (III, 213) kabi. Matndagi tagiga chizilgan so'zlarning hammasida qiyoslash -o'xshatish usuli orqali metaforik ma'no hosil qilingan.

Xulosa qilib aytganimizda, zoonimlarlarning badiiy ifoda vositasi sifatida qo'llanishi epik asarlar uchun qadimdan an'anaviy tusga kirib qolgan bo'lib, ular birgina metaforalar doirasida chegaralanib qolmagan. Vaholanki, dostonlarda zoonimlarga xoslangan o'xshatish, sifatlash (epitet), metonomik nom ko'chishi va boshqa badiiy tasvir vositalarining qo'llanilishiga doir qadimiy va nodir namunalar ham anchagina uchraydiki, ularning bu xususiyatlarini o'rganish galdagi vazifadur. Dostonlarda uchraydigan mazkur xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni keng miqyosda leksik-semantik hamda uslubiy jihatdan tahlil qilish har tomonlama foydalidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 38,39 O'zbek tili leksikologisi. - Toshkent: FAN, 1981. -B.159-160.161

2. Jumanazarova G.Fozil Yo'ldosh o'g'li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil). - Toshkent, 2012. - B.15-16

References

1. 38,39 O'zbek tili leksikologisi. - Toshkent: FAN, 1981. -B.159-160.161

2. Jumanazarova G.Fozil Yo'ldosh o'g'li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil). - Toshkent, 2012. - B.15-16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.