Научная статья на тему 'FOROBIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT TUSHUNCHASINING IFODALANISHI'

FOROBIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT TUSHUNCHASINING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
413
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baxt / saodat / davlat / oqil rahbar / jamiyat farovonligi / inson xulq-atvori / yaxshilik / barkamol avlod / happiness / well-being / the state / a reasonable leader / the welfare of society / human behavior / kindness / a harmonious generation

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Yuldashev, Faxriddin Abduvasitovich

Baxt-saodat tushunchasining turli xil ma’nolarini maqsadli tahlil qilish o‘rta asrlarning buyuk mutafakkiri al-Forobiyga o‘zining fikrlash konsepsiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Ushbu tushunchani ilgari surgan Forobiy, shu bilan birga, fikrlash va borliqning o‘ziga xosligi dialektikasini nozik tarzda ochib beradi. Mutafakkirning ilmiy, falsafiy va ma’naviy-axloqiy qarashlarining kognitiv faoliyati masalasi insonning baxt-saodatga erishuvi nuqtai-nazari bilan bog‘liq tarzda muhokama qilinadi. Al-Forobiy ta’limotida yoritilgan qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish va hayotga tatbiq etishning ahamiyati yangilanayotgan O‘zbekiston jamiyatini barpo etishning asosiy maqsadi va barkamol shaxsni tarbiyalash jarayoni sifatida ilmiy asoslangan. Ushbu maqolada “Ikkinchi Muallim” Abu Nasr Forobiyning falsafiy merosida baxt-saodatga erishuvning nazariy-metodologik asoslari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPTS OF HAPPINESS IN THE VIEWS OF FARABI

A purposeful analysis of the various meanings of the concept of happiness allows the great thinker of the Middle Ages Al-Farabi to develop his own concept of thinking. Having put forward this concept, Farabi at the same time subtly reveals the dialectic of thinking and the identity of being. The question of cognitive activity of scientific, philosophical and spiritual-moral views of the thinker is discussed in connection with the point of view of achieving happiness by a person. The importance of studying, analyzing and implementing the views highlighted in the teachings of Al-Farabi is scientifically substantiated as the main goal of building a renewing society in Uzbekistan and the process of educating a harmonious personality. This article discusses in detail the theoretical and methodological foundations of achieving happiness in the philosophical heritage “The second teacher” Abu Nasr Farabi.

Текст научной работы на тему «FOROBIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT TUSHUNCHASINING IFODALANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FOROBIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT TUSHUNCHASINING

IFODALANISHI

Faxriddin Abduvasitovich Yuldashev

falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti dekani [email protected]

ANNOTATSIYA

Baxt-saodat tushunchasining turli xil ma'nolarini maqsadli tahlil qilish o 'rta asrlarning buyuk mutafakkiri al-Forobiyga o 'zining fikrlash konsepsiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Ushbu tushunchani ilgari surgan Forobiy, shu bilan birga, fikrlash va borliqning o'ziga xosligi dialektikasini nozik tarzda ochib beradi. Mutafakkirning ilmiy, falsafiy va ma'naviy-axloqiy qarashlarining kognitiv faoliyati masalasi insonning baxt-saodatga erishuvi nuqtai-nazari bilan bog'liq tarzda muhokama qilinadi. Al-Forobiy ta'limotida yoritilgan qarashlarni o'rganish, tahlil qilish va hayotga tatbiq etishning ahamiyati yangilanayotgan O'zbekiston jamiyatini barpo etishning asosiy maqsadi va barkamol shaxsni tarbiyalash jarayoni sifatida ilmiy asoslangan. Ushbu maqolada "Ikkinchi Muallim" Abu Nasr Forobiyning falsafiy merosida baxt-saodatga erishuvning nazariy-metodologik asoslari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: baxt, saodat, davlat, oqil rahbar, jamiyat farovonligi, inson xulq-atvori, yaxshilik, barkamol avlod

ПОНЯТИЯ СЧАСТЬЯ В ВОЗЗРЕНИЯХ ФАРАБИ

Фахриддин Абдуваситович Юлдашев

доктор философии PhD Декан факультета искусствоведения Ферганский государственный университет

АННОТАЦИЯ

Целенаправленный анализ различных значений понятия счастья позволяет великому мыслителю средневековья Аль-Фараби разработать собственную концепцию мышления. Выдвинув это понятие, Фараби в то же время тонко раскрывает диалектику мышления и самобытности бытия.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Вопрос познавательной деятельности научных, философских и духовно-нравственных взглядов мыслителя обсуждается в связи с точкой зрения достижения человеком счастья. Важность изучения, анализа и воплощения в жизнь взглядов, освещенных в учении Аль-Фараби, научно обоснована как основная цель построения обновляющегося общества Узбекистана и процесса воспитания гармоничной личности. В данной статье подробно рассматриваются теоретико-методологические основы достижения счастья в философском наследии "Второго учителя " Абу Насра Фараби.

Ключевые слова: счастье, благополучие, государство, разумный руководитель, благосостояние общества, человеческое поведение, доброта, гармоничное поколение

THE CONCEPTS OF HAPPINESS IN THE VIEWS OF FARABI

Fakhriddin Abduvasitovich Yuldashev

Doctor of Philosophy PhD

Dean of Art Faculty Ferghana State University

ABSTRACT

A purposeful analysis of the various meanings of the concept of happiness allows the great thinker of the Middle Ages Al-Farabi to develop his own concept of thinking. Having put forward this concept, Farabi at the same time subtly reveals the dialectic of thinking and the identity of being. The question of cognitive activity of scientific, philosophical and spiritual-moral views of the thinker is discussed in connection with the point of view of achieving happiness by a person. The importance of studying, analyzing and implementing the views highlighted in the teachings of Al-Farabi is scientifically substantiated as the main goal of building a renewing society in Uzbekistan and the process of educating a harmonious personality. This article discusses in detail the theoretical and methodological foundations of achieving happiness in the philosophical heritage "The second teacher " Abu Nasr Farabi.

Keywords: happiness, well-being, the state, a reasonable leader, the welfare of society, human behavior, kindness, a harmonious generation

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Insoniy qilmishning unday yoki bundayligi (biror qism ishning adolatli yoki nohaqlik ekanligi, yaxshilik yoki yomonlik ekanligi) inson axloqiga, xulqiga bog'liq. Bu ilm-fan va san'at bilan bog'liq hodisa emas. Mana shu farq sababli, agar inson qilgan ish yaxshilikka qaratilgan bo'lsa bu oqil odamning ishidir. Agar biror ish, qilmish yomonlik, jabr-zulm bo'lsa, bu ishni qilgan odam oqil emas, zolim, yovuz odamdir. Bunday shaxslar jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy hayotini buzadi, izdan chiqaradi. Demak, oqil odamlarning ko'pligi jamiyatni taraqqiy ettiradi. Oqil odamlar ko'pincha o'zi ishlayotgan sohada barkamoldir. Bular ko'p hollarda o'zlari uchun yaxshilik keltiradilar. Donishmandlar hayratomuz, murakkab, ilohiy narsalar haqida mukammal bilimlarga ega, ammo bu bilimlar ularning o'zlariga foyda keltirmaydi. Donishmandlar butun insoniyatga yaxshilik keltiradilar, halol yashashga o'rgatadilar. Shu sababli donishmandlarni ming yillar davomida barcha xalqlar sevib, minnatdorchilik bilan eslaydilar, ulardan hikmatli bilimlarini o'rganadilar [5]. Biz donishmandlarning ko'pchiligi Sharq xalqlaridan chiqqanligini bilamiz. G'arblik Gomer, Fales, Solon, Suqrot, Platon, Aristotel, Plotin, Seneka, Siseron, Plutarx, M.Monten, Sh. Monteskye, I. Kant. I. V. Gyote, G. Gegel, I. Xerder, Volter, Russo kabi donishmandlari bilan faxrlansalar, biz Hasan Basriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Imomi A'zam-Abu Xanifa, imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Hakim Termiziy, Forobiy, al-Kindiy, Beruniy, ibn Sino, Nosir Xusrav, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshg'ariy, Burxoniddin Marg'inoniy, Abul-Qosim Zamahshariy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Husayn Voiz Koshifiy, Jomiy, Navoiy kabi donishmandlarimiz bilan faxrlanamiz, ularning ma'naviy merosini o'rganib, barkamol avlodni voyaga yetkazishda, adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurishda foydalanamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarining "Insonlarning birlashuvga, o'zaro yordamga ehtiyoji borligi haqida" deb atalgan 26-bobida inson jamiyatdagina kamol topishini tushuntiradi [2]. Inson tabiatan shunday mavjudotki, u o'zi yashashi uchun va eng yuksak kamolotga yetishish uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'lib, bir o'zi ularni tayyorlay olmaydi, shu sababli u jamiyatga ishi tushadi. Jamiyat a'zolaridan har biri barcha insonlarga zarur bo'lgan narsalardan birortasini tayyorlab beradi. Demak, har bir inson shu ma'noda boshqa insonga ishi tushadi. Bir jamiyatda yashab, bir-birlariga yordam berganlaridagina insonlar eng yuksak kamolotga erisha oladilar. Jamiyat a'zolari birlashib, harakat qilganida har bir inson hayoti uchun ko'pgina narsalarni tayyorlay oladilar. Shu sababli, odamlar ko'payib, yer yuzining yashash mumkin bo'lgan qismlariga o'rnashganlar, buning oqibatida turli joylarda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

odamlarning jamiyatlari vujudga kelgan. Bu jamiyatdan ba'zilari to'liq, ba'zilari to'liq emas. To'liq jamiyatlar turlidir: azim (buyuk) jamiyat, o'rta (ijtimoiyot vusto) jamiyat, kichik (ijtimoiyot sug'ro) jamiyat. Lekin, shahar (davlat) jamiyati a'zolari nisbatan inson vujudi a'zolari o'z vazifalarini tabiiy ravishda bajaradilar. Jamiyat a'zolari ham o'z vazifalarini tabiiy ravishda bajarishi kerak bo'lsa-da, odam tanasi a'zolaridan farqli o'laroq, o'z vazifalarini irodasi, istak-xohishi, ixtiyoriy (yoki majburiy) ravishda bajaradilar, bularda yaxshilik yoki yomonlik yo'lini tanlash erkinligi bor.

Arastu inson baxt-saodatining tarkibiy qismlari haqida qimmatli fikrlarini bildiradi: "Har bir insonda va barchalari birlashganida ham muayyan maqsadga, baxt-saodatga intiladilar. Baxt-saodat nima va u qanday qismlardan tashkil topadi. Nimalar insonni baxt-saodatga eltadi va nimalar undan uzoqlashtiradi? Baxt-saodatni nimalar (qanday illatlar) vayron qiladi? Shularni bilsak, biz o'sha narsalardan (illatlardan) qutilishga harakat qilamiz" [2].

Arastu fikricha, inson baxtli bo'lishi uchun quyidagilarga ehtiyoj sezadi:

• Nasl-nasab tozaligi, ya'ni nasl-nasabda turli yovuzlik qilgan, jinoyatchilar va shu kabilar emas, balki ezgu, buyuk ishlari bilan shon-shuhratli odamlarning bo'lganligi.

• Yaxshi (odobli, qobiliyatli) farzandlar ko'p bo'lishi.

• Boylik, halol ishlab topilgan boylik baxt keltiradi, jinoyat, poraxo'rlik, talonchilik, yulg'ichlik bilan topilgan boylik baxtsizlik keltiradi.

• Obro'-e'tibor.

• Jismoniy fazilatlar (sog'lomlik, kuch-quvvat, go'zallik va boshqalar).

• Yaxshi do'stlarning ko'pligi. Bu yerda Aristotel har qanday do'stlarning ko'pligi haqida emas, balki yaxshi do'stlarning ko'pligi haqida gapirmoqda. Chunki, yomon do'stlarning ko'pligi insonga g'am, tashvish va kulfat keltiradi.

• Baxtli keksalik, ya'ni uzoq va mazmunli hayot [2].

Atoqli polyak olimi Vladislav Tatarkevich jahonning ko'plab tillariga tarjima qilingan "Baxt-saodat va inson kamoloti" asarida Jan Jak Russoning "Har bir odam baxtli bo'lishni istaydi, ammo avval baxt nimada ekanligini bilish zarur" degan fikrini keltiradi. V.Tatarkevich shu kitobida baxt-saodat so'zini odamlar to'rt xil ma'noda tushunishlarini aytadi. V.Tatarkevichning fikricha, baxt-saodat umuman olganda yaxshilikni, ijobiy holatlarni bildirgani holda turli ma'nolarda talqin etiladi. Xalq jonli tilida baxt so'zi ikki ma'noda ishlatiladi.

l.Obyektiv ma'noda baxt - kimningdir hayotida yoqimli voqealar yuz berganini bildiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Subyektiv ma'noda baxt - baxtli lahzalarni, go'zal hissiyotlarni ifodalaydi. Falsafiy jihatdan ham baxt so'zi ikki xil ma'noda qo'llaniladi:

Obyektiv ma'noda - inson uchun yaxshi shart-sharoit tug'ilganligi, muvaffaqiyat qozonilgani tushuniladi.

Subyektiv ma'noda, adib Stefan Jeromskiy tasvirlaganiday, qalbdagi yoqimli to'lqinlarni, kechinmalarni ifodalaydi.

Ammo, V.Tatarkevich, bu to'rt ma'noda aytilgan baxt vaqtincha, o'tkinchi, qisqa ekanligini aytadi va Epiktet hamda Mark Avreliy kabi donishmandlarning baxt-saodat boqiy emasligi haqidagi pessimistik fikrlarini keltiradi. Shundan so'ng V.Tatarkevich, Aristotel "Nikomax axloqi" kitobida, Boetsiy "Falsafa-yupanchim" asarida, Gerodot "Tarix" asarlaridagi oliy darajali baxt-saodat haqida aytganlarini keltiradi. Afsuski, polyak olimi V.Tatarkevich buyuk Sharq mutafakkiri Forobiyda baxt-saodat falsafasi chuqur tadqiq etilganligini bilmaydi. Shunga qaramay, uning komillik, va mukammallik haqidagi fikrlari Forobiyning fikrlariga ohangdoshdir [3].

Forobiy falsafiy merosining eng qimmatli tomonlaridan biri shundaki, u har bir zamondagi, davlat, jamiyat hayotining ma'naviy sog'lomligi, musaffoligi fuqarolarning ilg'or, vatanparvarlik, adolatparvarlik, insonparvarlik ruhidagi dunyoqarashi bilan axloqiy, ma'naviy boyligi yoki yanglish dunyoqarashi, ma'naviy qashshoqligi bilan bog'liqdir. Forobiy fikricha, haqiqat yo'lini tanlash har bir insonning xulqidagi yaxshi hislatlarga, fazilatlarga bog'liqdir [6]. Chin inson ezgulik (yaxshilik), adolat, haqiqat yo'lini tanlaydi. Insonning barcha ishlari, hatti-harakatlari, aqliy quvvatlari go'zal, ezgu maqsadlarga yo'nalgan bo'lsa, uni oqil va fozil inson deydilar. Agar inson aqliy qobiliyatlarini yovuzlik, yomonlik uchun sarf qilsa, uni ayyor, makkor odam, deydilar. Insonlar hayotida, taqdirida ilg'or dunyoqarashning buyuk ahamiyati haqidagi Forobiyning nazariy fikrlari inson uchun yuksak ma'naviyat zarurligi g'oyasi bugungi mustaqillik sharoitida ham juda qimmatlidir.

Demak, Forobiy jamiyatni ijtimoiy uyushishning oliy shakli deb hisoblagan. Agar inson bo'lib tug'ilmoqning hamda yashamoqning pirovard maqsadi baxt-saodatga erishmoqdan iborat bo'lsa, bu ulug' maqsad va martabaga erishmoq faqat jamiyat orqali, jamiyat vositasi bilangina ro'yobga chiqishi mumkin xolos. Baxt-saodatga erishish uchun inson kamolot kasb etmog'i, jamiyat unga bu borada har jihatdan ko'mak bermog'i, boshqacha aytganda, jamiyatda insonning eng oliy va oxirgi maqsadiga erishmoq uchun yetarli shart-sharoit yaratib berilgan bo'lmog'i lozim. Ana shu olijanob mavqe-darajaga qadar yuksalmoq uchun inson bilimli, yaxshi tarbiyalangan bo'lishi, boshqalarni ham hurmat qiladigan, insonparvar va

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

adolatparvar bo'lmog'i lozim. Forobiy shu tariqa jamiyat va shaxs kamoloti, uning ahamiyati, ilg'or jamiyat masalalariga doir g'oyat qimmatli fikrlarini olg'a suradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T. Yangi asr avlodi, 2016, 320 b.

2. Arastu. Axloqi Kabir. Tarjimonlar Zohir A'lam va urfon Otajon. - T: Yangi asr avlodi, 2015. - 352 b.

3. Татаркевич В. О счастье и совершенстве человека. - М.: Прогресс, 1981. стр.

4. Yuldashev F. A. Abu Nasr Forobiyning "Fi-ma'oniy-al-aql" asarida gnoseologik masalalar. // Monografiya. T.: Tamaddun, 2012. - 136 s.

5. Юлдашев Ф.Ю. Концепция познания аль-Фараби в истории философии. «Философия инноваций и социология будущего в пространстве культуры: научный диалог». Сборник статей Всероссийской научно-практической конференции с международным участием. Уфа, 2020 год. Стр. 389-393

6. Yuldashev F. A. Moral Values in Abu Nasr Farabi's Philosophy //Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. - 2021. - Т. 1. - №. 4. - С. 42-45.

31-32

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.