"Yangi O'zbekiston: barqaror R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23
rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, q ISSN 2181-1784
iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT
MASALASIGA MUNOSABATI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-902-908
Sherali Soibnazar o'g'li Jurayev
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Sharq falsafasi va madaniyati" kafedrasi tayanch doktoranti e-mail: sherj on191@ gmail .com ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy maqola X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning ilmiy-falsafiy faoliyatiga bag'ishlangan. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Ibn Sino o'zining "Al-Ishorat va at-tanbihot" asari va undagi baxt-saodat haqidagi falsafiy qarashlarini ilgari surar ekan, unda haqiqiy baxtning timsoli aks etganini kuzatish mumkin. Mazkur asarning "baxt-saodat" bobida ichki lazzatning tashqi lazzatdan ustunligi taqqoslanib, bugungi kunga bog'liq bo'lgan baxt-saodatga erishish masalasining falsafiy jihatlari uzviy tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Ibn Sino, "Al-Ishorat va at-tanbihot", baxt-saodat, ruh, aql, tana, fazilat, lazzat, axloqiy tanlov, ruhiy kechinma, ichki lazzat, tashqi lazzat.
АННОТАЦИЯ
Данная научная статья посвящена научно-философской деятельности великого философа и лекаря Абу Али ибн Сина жившем и осуществлявшем деятельность в X-XI веках. Значимость филосовских взглядов Ибн Сина и на сегодняшний день имеет бескрайнее значение. Ибн Сина выдвигает свое произведение "Ал-Ишорат ва ат-танбихот" (".Al-Ishorat va at-tanbihot") и свои философские взгляды об описанном данном произведении счастье, можно наблюдать, что здесь он отражает символ настоящего счастья. В главе "Счастье" данного произведения, идет сравнение внутреннего блаженства с внешним блаженством, проводится глубокий анализ философских аспектов вопроса достижения счастья, связанного с сегодняшним днем. Своей многопрофильной продуктивной деятельностью и богатым наследием, Ибн Сина сыграл огромную роль в прогрессе мировой культуры.
Ключевые слова: Ибн Сина, "Аль-Ишарат ва ат-Танбихот", Счастье, душа, разум, тело, добродетель, удовольствие, нравственный выбор, духовный опыт, внутреннее наслаждение, внешнее наслаждение.
ABSTRACT
This scientific article is dedicated to the scientific and philosophical activities of the great philosopher and powwow Abu Ali Ibn Sino, who lived and worked in the XXI centuries. The importance of Ibn Sino's philosophical views have great importance today. While Ibn Sino put forward philosophical views about hapiness on "Al-Isharat and at-Tanbihat" and his happiness, we can see his true happiness. The chapter "Happiness" compares the superiority of internal pleasure with external pleasure and analyzes the philosophical aspects of the question of achieving happiness, which is relevant today. Ibn Sino played a major role in the development of world culture with his productive creativity and rich heritage.
Keywords: Ibn Sina, Al-Isharat wa at-tanbihot, Happiness, soul, mind, body, virtue, pleasure, moral choice, spiritual experience, internal enjoyment, external enjoyment.
KIRISH
Bugungi kun imkoniyatlaridan foydalangan holda, tarixni tadqiq etish, o'tmishdagi allomalarning ishlarini kelajakka yetkazish, o'tmishdan xulosa chiqarib, o'mak olish muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g'urur va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug' zot o'z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag'ishlangan. Abu Ali ibn Sino Sharq peripatetizmining atoqli vakili. Uning peripatetik falsafasi "Kitob ash-Shifo", "Najot", "Al-Ishorat va at-Tanbihot" , "Donishnoma" asarlarida keng bayon etilgan. Ta'limot shaklida u ham ontologiya sohasida, ham gnoseologiya sohasida ichki o'zaro bog'liq bir tamoillar va nizomlardan tarkib topgan tizimdek qabul qilinadi. Bu tamoillar va nizomlar borliq va anglab yetmoqlikning umumiy muammolarini tushuntirib berishga xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning peripatetik falsafasining muhim tamoili olamning boshlang'ich va abadiyligi haqidagi ta'limotidir. Bu uning emonatsiya nazariyasiga ko'ra paradoksiya bo'lib ko'rinishi mumkin. Ammo, bu yerda hech qanday paradoksallik yo'q, agar Ibn Sino "Xudo va olamni abadiy birgalikda" - degan nazariya tarafdori ekanligini inobatga olsak, olamning boshlang'ich va abadiylik konsepsiyasini Ibn Sino ta'riflab, mantiqiy va argumentlar bilan isbotlab beradi. Borliq masalasida to'xtalib, ma'naviy borliq tushunchasini atroflicha izohlab beradi.
Ibn Sinoning axloqiy ta'limoti uning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g'oyalaridan kelib chiqadi.
Axloq fani vositasida, -deb yozgan edi Ibn Sino , - inson o'z xatti-harakatlarini o'rganib, kelgusida baxtli va faravon yashashga harakat qiladi.1
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o'zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta'kidlaydi. Jamiyat kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta'kidlaydi. Jamiyat a'zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o'zi adolatsizlikka yo'l qo'ysa, xalqning unga qarshi e'tirozi to'g'ri va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanmog'i lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT USULLARI
Abu Ali ibn Sino o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o'ynadi. O'z ijodi, ilmiy faoliyatida Ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko'tarinkilik, madaniy uyg'onishning ma'naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma'rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sino ilmiy ijodini o'rganish bugungi kun dolzarb mazalalaridan biri bo'lib kelmoqda. Shu jumladan, "Al-Ishorat va at-tanbihot" Ibn Sinoning eng mukammal falsafiy asari bo'lib, uning birinchi qismi mantiqqa, ikkinchi qismi esa metafizikaga oiddir.
Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini o'rganishga e'tibor kuchaytirilgan. Yurtimizda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Sh.H. Hamidullin, S.Mirzayev, H.Hikmatullayev, A. Xamidov [A. Xamidov. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiy merosi. T.: 1980. 43-bet.] lar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Yevropa olimlaridan E.Bishmann, Parviz Morverij [Parviz Morverij. "Avicenna (Ibn Sina) metofezikasi" 2004. 141-bet], arab, eron, turk olimlaridan M.U.Najotiy, A.N.Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma'lum hissa qo'shganlar.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obektivlik, xususiylik usullarida Ibn Sinoning "Axloq" to'g'risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta'sir etuvchi baxt-saodat masalasining ahamiyati aqlning yuqori o'rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi. Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi. Mazkur
1 Irisov A Ibn Sino - ma'rifatparvar adib T.: Qizil O'zbekiston - 1962 15 -b
904
tadqiqotda ilmiy bilishning tarixiylik, vorisiylik, sistemalilik va qiyosiy tahlil usullaridan keng foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Abu Ali ibn Sino o'zining "Axloq haqidagi risola"sida axloqiy xislatlardan or -nomus, sha'n, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g'ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma'rifatli bo'lish, ochiqlik, vijdonlilik, do'stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma'naviyati kategoriyalariga ta'rif beradi.
Ibn Sino o'zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo'lish sabablari haqida to'xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo'ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo'lishiga hukumat ahllarning ham ta'siri kattadir.
"G'ayratlilik" olimning fikricha, g'azabiy quvvatga mansub bo'lib, bunda inson har qanday og'riq va alamlarga befarq qaraydi.
"Hikmat" tamyiziy quvvatga mansub bo'lib, insonni xato va yanglishishlardan asraydi. "Qanoat", ya'ni mo''tadillikka ta'rif berib, Ibn Sino uni tana uchun normadan ortiq ozuqani iste'mol qilishdan saqlanish yoki xulq normalariga to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik deb tushuntiradi.
"Sabr" insondagi shunday quvvatdirki, u orqali inson boshiga tushgan yomonlikdan xoli bo'ladi.
"Yumshoqlik" g'azabning yuz berishidan o'zini tutishdir. Kimki o'zini g'azabdan tuta olmasa, u oqibatda jinoyat sodir bo'ladigan fe'l-atvorga giriftor bo'ladi. G'azabdan o'zini tutishni Ibn Sino insonning oliyjanobligidir, deb juda to'g'ri ta'kidlaydi.
"Vijdonlilik" tez fahmlash, his orqali berilgan biror narsaning haqiqiy ma'nosiga tez yetishdir va turli xil yomon ishlardan o'zini tiyib turishdir.
"Rahmdillik" omadsizlikka uchragan yoki boshqa og'ir kulfat tushgan insonlarga hamdard bo'lish.2
Ibn Sinoning axloqqa bag'ishlangan risolalaridan yana biri "Burch risolasi"dir. Bu asar 1910 - yili Misrda chop etilgan. Bu yerda Ibn Sino, asosan, odam o'zini doimo pokiza tutishi kerakligi, insonlar bilan qanday muomala qilish lozimligi kabi masalalarga to'xtalib o'tadi.3
Ma'lumki, xalqimizning ko'p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida to'plangan madaniy meros, ma'naviy qadriyatlar milliy madaniyatimizning, milliy
2 Jonmatova X ., Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida T.: Fan 1980 81-b
3 Jonmatova X " Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida " T.: O'zbekiston 1980 10-b
905
mafkuramizning nazariy asosini tashkil etadi va jamiyatimizning ma'naviy rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ibn Sino hayotining so'ngi kunlarida yozgan "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarida baxt-saodat haqida keng ta'rif berib ketgan. Ichki lazzatning tashqi lazzatdan uztunligi to'g'risidagi nazariyalarini misollar asosida tushuntirib o'tgan.
Asarda keltirilgan jumlalardan quyidagi iqtibosni keltirishimiz mumkin: ya'ni Ibn Sino ilm ahliga murojaat qilib shunday deydi:
Ey ilm va adab izlovchi! Keng xalq ommasining tasavvurida eng kuchli va ahamiyatli zavq hissiyotdir, qolganlari esa zaif, xayoliy, haqiqiy emas. Ushbu fikrning xato ekanligini hech bo'lmaganda ozgina tushunadigan kishiga quyidagi sabablar bilan ko'rsatish mumkin. Bunday odamdan so'rash mumkin: siz ta'riflagan zavqlarning barchasi jinsiy aloqa, ovqatlanish va shunga o'xshash narsalar emasmi?
Ammo bilasizki, hatto shaxmat va nard o'yini kabi ahamiyatsiz masalalarda ham, g'alaba qozongan kishi, unga taxmin qilingan g'alaba foydasiga berilgan ovqatdan yoki imkoniyatdan voz kechishi mumkin. Shuningdek, fazilatlar va obro'-e'tiborga erishgan, mutlaqo sog'lom bo'lgan kishi, ovqatlanish va o'tkinchi aloqani e'tiborsiz qoldiradigan, odobni hurmat qiladigan kishi bo'ladi, chunki ma'naviy lazzat unga ovqatlanishdan va zavqlanishdan ko'ra ko'proq zavq bag'ishlaydi. Agar saxiy odamga boshqalarning yaxshi ishlaridan bahramand bo'lish imkoniyati berilsa, u yaxshilik qilishga shoshilib, bu amalini hamma jismoniy lazzatlardan afzal ko'radi. Mag'rur odamlar esa o'z or-nomusini saqlab qolish uchun ochlik va chanqoqlikni boshdan kechiradilar, janglarda halok bo'lish qo'rquvidan nafratlanadilar, yakka holda bo'lsalarda, o'lgandan keyin qahramon sifatida xotirlanishlariga umid qilib, ko'p sonli dushmanga qarshi chiqadilar4.
Demak, ichki (botiniy) zavq hissiy zavqqa qaraganda yuqori ekanligi ravshanlashadi. Bu nafaqat ongli mavjudotlarga, balki tilsiz hayvonlarga ham tegishli. Masalan, ovchi it o'ljani qo'lga kiritgach, och bo'lsa ham, uni o'z egasiga sodiqlik nuqtai nazaridan olib keladi. Shuningdek, hayvonlar ham bolasinini o'zidan ham afzal ko'radi va uni himoya qilish uchun zarur vaziyatlarda xavfli jangga otlanadi5.
Agar ichki zavq, aqliy bo'lmasa-da, tashqi hissiyotlardan ustun bo'lsa, unda aqliy zavq haqida nima deyish mumkin?! Aqliy zavq insonni farovonlikka chorlaydi. Aqliy zavq orqali inson baxt nima ekanligini va undan qanday qilib rohatlanish mumkinligini tushunib yetadi.
4 Mojtaba Zarei. Directives and Remarks Sheikh al-Rais Ibn Sina (Avicenna) 1396, - P 340
5 Parviz Morewedge. "The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)" New York 2004, - P 141
906
XULOSA
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, aqliy zavq hissiy zavqqa nisbatan afzalroqdir.
Ibn Sino insonda aks etuvchi aql va ruh tushunchalariga alohida e'tibor bergan. Mazkur asarning fasllariga e'tibor bersak, "Ruhning tanadan ajralishi" haqidagi muallifning bayoniga duch kelamiz. Unda badan va ruhning har biri uch ko'rinishdan birida namoyon bo'ladi: ya'ni, badan:
■ guzallik va sog'lomlikdan yuqori darajada bo'ladi;
■ guzallik va sog'lomlikdan yuqori bo'lmagan darajada kechadi;
■ hunuk va kasal holda bo'ladi;6
Birinchi va ikkinchi turga mansub insonlar dunyoviy baxt-saodatga butunlay yoki qisman aloqador bo'ladilar, ular baxtning ne'matini anglab o'tadilar, yoxud eng kamida insonlarning malomatidan omonda bo'ladilar. Uchinchi ko'rinishdagilar esa baxt-saodat oldida o'zlarini zaif deb biladilar. Bunday ko'rinishdagi insonlarning hayotdan mamnunligini ko'rmaysiz.
Muhimi, baxt-saodatni farovonlik nuqtai nazaridan baholab, bu qiymat haqida fikr yuritishdir: ya'ni odamning nimaga ega bo'lishidan qat'iy nazar, insonga foyda keltiradi. Agar siz va men bir-birimizdan farq qiladigan bo'lsak, unda biz baxtli deb hisoblagan hayotimiz ham bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin. Men Chingizxonni baxtli hayot kechirgan deb o'ylashim mumkin, chunki farovonlik uchun nimani xohlasa shuni amalga oshirgan.7
Farovonlik ma'nosida qo'llanilayotgan "baxt" tushunchasini Parfit uchta nazariya bilan tushuntirishga harakat qilgan. Bular gedonizm, xohish nazariyasi va ob'yektiv rohat nazariyasi. Holbuki, gedonistlar farovonlikni rohatlanish tajribasi bilan taqqoslasa, xohish nazariyotchilari buni istaklarini qondirish bilan tenglashtiradilar8.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.
2. Abu Ali Ibn Sino. "Al-ishorat va at-tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. - B 338
3. Mojtaba Zarei. Directives and Remarks Sheikh al-Rais Ibn Sina (Avicenna) 1396, - P 340
6 Abu Ali Ibn Sino. "Al-ishorat va at-tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. - B 306-307
7 Hughes, Gerald J. (2001). Routledge Philosophy Guidebook to Aristotle on Ethics. London: Routledge.
8 Authentic happiness: Using the new Positive Psychology to realize your potential for lasting fulfillment - M. Seligman 2004
4. Parviz Morewedge. "The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)" New York 2004, - P 141
5. Sagadiyev A.V. Ibn Sina (Avitsenna). - M.: 1980. P 61
6. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.
7. Jurayev, S. S. O. G. L. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 12-14.
8. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.
9. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).
10. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.
11. Safarov, M.K., Umarjonov, S.S. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida befoyda o'y surish va ochko'zlik muhokamasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1045-1049.
12. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.
13. Qodirov, M. (2021). PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA'RIFI HAQIDA IBN SINO E'TIROFLARI. . Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 16-19.
14. Qodirov, M. (2021). UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2).
15.Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R. 16.Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.
908