Научная статья на тему 'XITOY LISONIY MANZARASIDA BAXT VA FALOKAT (BAXTSIZLIK) ATTRAKTI'

XITOY LISONIY MANZARASIDA BAXT VA FALOKAT (BAXTSIZLIK) ATTRAKTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
107
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kognitiv tilshunoslik / konsept / frazeologik birliklar / baxt / baxtsizlik / ulush / falokat. / Cognitive linguistics / concept / phraseological units / happiness / unhappiness / share / disaster.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Valiyeva, Noiba Abbosxanovna

Mazkur maqola doirasida xitoy xalqining zamonlar osha an’anasi, qadriyatlari va urf-odatlarida o‘z aksini topgan frazeologik birliklarda baxt va baxtsizlikni (falokat)ifodalanishi va bu ikki bir-biriga qarama-qarshi konseptining birga kelishi tahlil qilingan. Batxulush, baxtsizlik esa ulushsiz qolish, yoxud birini jiddiy, achchiq kabi o‘xshatishlar ifodalasa, ikkinchisini yengil, shirin kabilarda ko‘rish mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HAPPINESS AND DISASTER IN THE CHINESE LINGUISTIC LANDSCAPE (MISSINGLE) ATTRACTION

This article discusses happiness and unhappiness (catastrophe) in phraseological units reflected in the time-honored traditions, values and customs of the Chinese people and the coming together of these two opposing concepts are analyzed. Luck is a share, and misfortune is the absence of a share, or one can be represented by similes such as serious and bitter, and the other can be seen as light and sweet.

Текст научной работы на тему «XITOY LISONIY MANZARASIDA BAXT VA FALOKAT (BAXTSIZLIK) ATTRAKTI»

К

0

XITOY LISONIY MANZARASIDA BAXT VA FALOKAT (BAXTSIZLIK) ATTRAKTI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7332782

Valiyeva Noiba Abbosxanovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Xitoy filologiyasi" kafedrasi doktoranti [email protected]

Annotatsiya. Mazkur maqola doirasida xitoy xalqining zamonlar osha an'anasi, qadriyatlari va urf-odatlarida o'z aksini topgan frazeologik birliklarda baxt va baxtsizlikni (falokat)ifodalanishi va bu ikki bir-biriga qarama-qarshi konseptining birga kelishi tahlil qilingan. Batx- ulush, baxtsizlik esa ulushsiz qolish, yoxud birini jiddiy, achchiq kabi o'xshatishlar ifodalasa, ikkinchisini yengil, shirin kabilarda ko'rish mumkin.

Kalit so'zlar. Kognitiv tilshunoslik, konsept, frazeologik birliklar, baxt, baxtsizlik, ulush,

falokat.

Annotatsiya. This article discusses happiness and unhappiness (catastrophe) in phraseological units reflected in the time-honored traditions, values and customs of the Chinese people and the coming together of these two opposing concepts are analyzed. Luck is a share, and misfortune is the absence of a share, or one can be represented by similes such as serious and bitter, and the other can be seen as light and sweet.

Keywords. Cognitive linguistics, concept, phraseological units, happiness, unhappiness, share, disaster.

KIRISH

Baxt masalasini nafaqat til yoki madaniy, balki kengroq, falsafiy va umumbashariy ma'noda ko'rib chiqsak, bir tomondan, uni antik davrga oid bir qancha doimiy tarkibiy qismlarini alohida ta'kidlash kerak, bir tomondan esa inson mavjud ekan ma'lum bir konseptni mental ongi orqali tobora chuqurroq va kengroq mazmun bilan boyitib borishini ilmiy ishlardan ham ko'rishimiz mumkin.

Kognitologiya fanida asosiy e'tibor inson idrokiga qaratilgan, nafaqat kuzatiladigan harakatlar, balki ularning ruhiy holati ham tekshiriladi tasvirlar (ichki tasvirlar, modellar), belgilar, strategiyalar bilimga asoslangan harakatlarni yaratuvchi shaxs, ya'ni insonning kognitiv dunyosi uning xatti-harakati va faoliyati bilan o'rganiladi;shakllanadigan tilning faol ishtirokida davom etadi har qanday inson faoliyatining nutqiy fikrlash asoslari - shakllar uning motivlari, munosabati, natijani bashorat qiladi.

So'zning yashirin mazmuni tilshunoslikda, psixologiya, madaniyatshunoslik, falsafa, sotsiologiya va h.k.larda ham, ya'ni tafakkurni, dunyoqarash va madaniyatni ko'rib chiquvchi ijtimoiy fanlarning eng muhim masalalaridan biridir. Ushbu turli ijtimoiy fanlardagi umumiy kalit tushuncha konsept deb ataladi1. Kontsept o'zida antropotsentrizm tendentsiyalarini aks ettiradi, chunki u o'rganilayotgan ob'yekt - shaxsning subyektiv ruhiy dunyosi mazmuni bilan bog'liqdir.

Xitoy xalqi qadimdan turli udumlar, urf-odatlar va ilohiy xudolarga ishonishi barchaga ma'lum. Ular barcha bayramlarda turlicha qizil qog'ozga yozilgan tilakalrni eshiklariga, xona

1 Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры - М. : Академиче-ский проект, 2004. 42c- 992c

56

К

0

devorlariga ilib qo'yishadi. Ana shunday tabriklar asosan o'z ichiga frazeologik birliklarni oladi. Ilmiy ishimiz doirasida "baxt" konsepti milliy tafakkurni shakllantirish va tashuvchilar sifatida olamning lisoniy tasvirini yaratishda ishtirok etuvchi kalit so'zlardan biri ekaniga amin bo'ldik. Bunday konseptlar yig'indisi esa har qanday millat madaniyatini tashkil etadi. Frazeologik birliklar T.M. Gurevichning fikriga ko'ra har doim aktualdir: "ham bir necha asrlik tarixni o'z ichiga olgan, ham yangi paydo bo'lgan hozirgi zamonaviy tilda qo'llaniladigan frazeologik birliklarni o'rganish nafaqat sinxron tadqiqot uchun qo'l keladi, balki tadqiqotchiga milliy madaniyatning ayrim konsept mazmunidagi o'zgarishlarni kuzatishga ham imkonini beradi... 2". Tilning paremiologik fondi lingvomadaniy tushunchalarni o'rganishning mahsuldor manbalaridan biridir. Maqol va matallar tarkibiy-semantik jihatdan tashkil etilgan tizimdir. Ular ma'lum bir tilda so'zlashuvchilar uchun ahamiyatli bo'lgan ong va madaniyat konstantalarini o'rnatadi, ular atrofidagi dunyoni baholash tizimini belgilaydi va asosiy tushunchalarni aniqlash va tahlil qilish imkonini beradigan birliklardir. Demak frazeologik birliklar xalqning turmush-tarxidagi, mental ongidagi o'zgarishlarni ham ko'rsatib beradi.

Baxt va baxtsizlik haqidagi g'oyalar inson dunyoqarashining o'ziga xos xususiyati bo'lganligi sababli, ularni o'rganish antropotsentrik paradigma doirasida rivojlanadigan ilmiy fanlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. "Baxt" konsepti o'z-o'zidan "baxtsizlik" bilan bog'liq bo'lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Baxt va baxtsizlik har bir shaxs tomonidan baholanadigan obyektdir. Asosan, baxtsizlik og'ir, achchiq, jiddiy holat sifatida qabul qilinsa, baxtni oson, shirin kabi tushuniladi.

Quyida keltirilgan frazeologik birliklarda3[lug'at] iyeroglifi baxtni ifodalasa, u bilan

bir qatorda baxtsizlik fâhuô ya'ni falokat iyeroglifi kelganini ko'rish mumkin: MfâMM bi huô jiù fú falokatdan qochish va baxtni izlashga ishora qiladi, baxtsizlikdan qochib, baxtga intilish. Mazkur frazeologik birlikka sinonim MMMfà bi huô qiú fu va MMMfà bi huô qü fú kabilarni uchratdik. Ular barchasi falokatdan qochish, baxtga intilish kabi ma'nolarni ifodalaydi.

fú shàn huô yín yaxshiga baxt, yovuzga dard. Demak, osmon yaxshilik qilganlarga baxt va saodat, yomonlik qilganlarga esa baxtsizlik va dard yuvoradi ma'nosini ifodalamoqda. Misolda ko'radigan bo'lsak, "0a(yí) Osmon baxtni

yaxshilikka, baxtsizlikni yomonga yuboradi; shuning uchun sizga osmon mandatining buyukligini ko'rsatishim kerak va men sizni kechirishga jur'at etolmayman.

fà^MM fú wú shuang zhi omad har doim ham kelavermaydi. Demak, omad, omadli vaziyatlar ketma-ket kelmasligini anglatadi. Mazkur frazeologik birlikni to'liq ko'rinishi quyidagicha: jm^MM, fM^-Mlf fú wú shuang zhi, huô bù dan xíng, jm^-MM, JÑíMM^fú bù chóngzhi, huô bi chóng lái baxt takrorlanmaydi, baxtsizlik esa yolg'iz yurmaydi.

JMWffiffifú yï huô fú baxt bilan baxtsizlikning orasi bir qadam . Baxt va baxtsizlik sabab va natijaga aylanib, bir-birini o'rniga almashib kelishi mumkin. Tfâ'&fâfflffî, fâ'&fâfflffi huôxîfùsuôyï, fùxïhuôsuôfû. Mazkur misol yuqoridagi baxt va baxtsizlik bir-birini taqozo qiladi degan fikrimizni isboti sifatida ko'rish mumkin. fMfâ^ffîhuô fú wú cháng baxt va baxtsizlikni oldindan aytib bo'lmaydi

2 Гуревич Т.М. Человек в японском лингвокультурном пространстве. - Монография. - М.: МГИМО(У) России, 2005. - C. 25.

3 https://bkrs.info/

57

"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

MfS^H hud fü wü mén inson o'z baxtini o'zi yaratadi , so'zma-so'z baxtsizlik va baxtning eshiklari yo'q (taxminan ma'nosida: inson o'z taqdirini yozuvchisi, baxti yoki baxtsizligining asosiy sababchisi). Yana bir misol MfSHH hud fü tong mén baxt va falokat bir eshikdan keladi. Bu yerda yuqoridagi misolga qarma-qarshi "bir eshik" deb qo'llanilgan. Inson hamisha baxtga intilishi va unga erishish o'z qo'lida ekani, dunyoga qanday boqishi bilan bog'liq, quyidagi misol ham ushbu fikrga misol bo'la oladi: MfrnMA hud fü wéi rén, MfSÉA hud fü you rén baxt ham, falokat ham inson o'z harakatiga bog'liq. Yuqoridagi frazeologik birliklarda insonning hayoti, taqdiri o'z qo'lida ekanligiga ishora qiladi. Psixolog O. Kaga4 ham baxtni "tumanli", "noaniq", "ko'p tarmoqli", "o'zgaruvchan", "mobil" deb ataydi va shu bilan birga quyidagi fikrni aytib o'tadi: "Agar inson hozir o'zini baxtli deb hisoblasa, u baxtli. Agar u o'zini baxtsiz deb hisoblasa, u baxtsiz bo'ladi" Demak, baxt ma'lum shaxsga, uning o'zini baholashiga bog'liq bo'lib, sub'yektiv fikrdir.

fâfélÊ hud fü xiàng sheng baxtsizlik va baxt bir-birini tug'diradi; baxt va baxtsizlik bir-biriga bog'liq. Xitoy tili nuqtai nazaridan aynan yuqoridagi tarif baxt bilan bog'liq frazeologik birliklarda baxtsizlik iyeroglifi ham kelishini ko'rsatadi. Baxtni bilish uchun, uni qadriga yetishi uchun inson baxtsizlik nima ekanini ham bilishi kerak. Xitoyliklar mental ongida, olamning lisoniy manzarasida baxt iyeroglifi bilan bog'liq eng sodda tushuncha desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunga yana bir necha misollarni ko'rsatib o'tish mumkin: rénshëng hud fü , fmMMi^fü hud

xiangyî, ^MfSfS^hud fMxiàng yî, MfS^SMhud fü xiàng yl, fa^WM, M^.Wßâfüshëng yöu jî, hud shëng yöu tai mazkur frazeologik birliklar umumiy ma'nosi baxt va baxtsizlik yonma-yon yurishiga ishora qiladi.

M^fÊhudjuéfü liän baxtsizlik ketib, baxt va omadning birin-ketin davom etishini anglatadi. M^fa^ hud wéi fü xian qiyinchilikdan so'ng, albatta yengillik keladi. Mazkur frazeologik birlik asosan qiyin vaziyatda qolgan odamni tinchlantirish uchun qo'llaniladi. Xitoy xalqi har bir yomonlikdan so'ng bir yaxshilik kelishiga ishonishadi.

!SMf§fSyîn hud dé fü yomonlikdan so'ng, albatta yaxshilik keladi, har bir falokat ortida yaxshilik bor. ÎtàiMTMMJ^B^ffî^M, nÏÏBMf§fS Ta wùle nà jià hduläi zhuhul de fëijî, ér ymhuddefü. Baxtiga, u halokatga uchragan usha reysdagi samolyotga kechikdi. Mazkur misolda "baxtiga" deb tarjima qilinib, yaxshilikka kechga qolgani ifodalangan. Yuqoridagi frazeologik birlikdan bilan bir qatorda bir necha ma'nolari o'xshash frazeologik birliklar mavjud: ISM^fSyîn hud wéi fü, frn^M^pfü wèi hud shl, -ftM^fahuà hud wéi fü, fa^M^fü wèi hud xian, M^/fS yt hud wéi fü xian, ftM^frn zhuän hud wéi fü, SM0fayînhuddéfü, M^Wfrn hud zhöng yöufü,

bù wéi fü shl, bù wéi hud xian, j^^n^ßfa sài wëng shî mä,'an

zhî fëi fü, > M^n^fS sài wëng shî mä, yan zhî fëi fü. Quyidagi frazeologik birliklarning

barchasi yomonlik, falokat ortidan yaxshilik, baxt kelishini, baxt baxtsizlikda yashaydi, baxtsizlik esa baxtda yoki barcha falokatlar yaxshilikka bo'lganini ifodalaydi.

fêM^f zhuän hud wéi fü baxtsizlikni baxtga aylantiring, yomon narsalarni yaxshi narsalarga aylantirishga ishora qiladi yoki baxtsizlikni ham o'z foydasiga aylantirish; Yana bir ma'no jihatdan o'xshash misol: ftjM^frn zhuän zai wéi fü.

4 Кага О. Фуко:на куни но ко: фуку рон. (Теории счастья в несчастной стране). - Токио, 2010. - С.16-173.

58

к

о

M^W^huo fú you mmg baxt ham, falokat ham taqdirdan. Qadimgi irimlarda aytilishicha, har bir inson taqdirida baxt va falokat ma'lum miqdorda bo'lishiga ishonishgan va ularning barchasi oldindan belgilab qo'yilgan. XULOSA

Yuqoridagi misollardan kelib chiqan holda quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

- Baxt va baxtsizlik (falokat) iyerogliflari uchragan frazeologik birliklarni statik tahlil orqali 4ta katta guruhlarga bo'lish mumkin: 1) baxt va baxtsizlik orasi bir qadam kabi ma'nosida; 2) yaxshiga baxt, yomonga dard kabi ma'nosida; 3) inson o'z baxtini o'zi yaratadi kabi ma'nosida; 4) qiyinchilikdan (baxtsizlikdan) so'ng, albatta yengillik (baxt) keladi kabi ma'nolarni ifodalovchi;

- baxt va baxtsizlik aynan taqdirning leksik-semantik maydoniga kirib, mazkur konseptning muhim bir bo'lagi hisoblanadi;

- frazeologik birliklardagi leksemalardan: ulush (maqollarda ulush qabul qilish - baxt, ulushsiz qolish - baxtsizlik), yulduz, qism, yaxshilik, mehr baxtni anglatib, oldindan belgilash ma'nosini aktuallashtiradi;

- frazeologik birliklardagi leksemalarda: falokat, dard, vaqtni boy berish baxtsizlikni anglatib, kutilmagan hodisa atributini aktuallashtiradi;

- shuningdek, "osmon ne'mati, yuqoridan berilgan" kabi ma'nolarni ko'rish mumkin.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. п&ш, тш^шп, - ш 2003., - c.245.

2. Гуревич Т.М. Человек в японском лингвокультурном пространстве. - Монография. - М.: МГИМО(У) России, 2005. - C. 25.

3. Кага О. Фуко:на куни но ко: фуку рон. (Теории счастья в несчастной

4. стране). - Токио, 2010. - С.16-173.

5. Nasirova, S. A. (2020). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese languane. - Opcion: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, 260-273.

6. Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры - М. : Академиче-ский проект, 2004. 42c- 992c.

7. Ошанин И. М. (ред.) Большой китайско-русский словарь.Т. 1-4. M.: Hayka, 1983-1984. -С.1062.

8. Зиямухамедов, Д. Т. (2021). КОНЦЕПЦИЯ ОБЩЕСТВА И ЧЕЛОВЕКА В НОВЕЛЛАХ ПУ СУНЛИНА. Социосфера, (3), 23-31.

9. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). The influence of the political system of china on the formation of social and political terminology. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

10. Djafarov, B., Nishanbaeva, A., Mirzakhmedova, K., & Nuriddinov, N. (2021). GRAMMATICAL ADAPTATION OF THE TURKIC LOANWORDS IN PERSIAN (IN THE EXAMPLES OF ADJECTIVE PHRASES). In Культурология, искусствоведение и филология: современные взгляды и научные исследования (pp. 102-106).

11. Омонов, К. (2013). Об одном нормативе делового письма в старотюркском языке. Вестник Челябинского государственного университета, (23 (314)), 126-130.

12. Khalmurzaeva, N. T. (2020). Peculiarities of intercultural understanding in Uzbek and japanese verbal communication. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(11), 1473-1481.

"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

13. Abdullayevna, N. S. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии Насирова Саодат Абдуллаевна. КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ, 3, 384

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.