Научная статья на тему 'LINGVOKULTUROLOGIYADA KONSEPT VA “HALOLLIK” KONSEPTINING O‘ZIGA XOSLIGI'

LINGVOKULTUROLOGIYADA KONSEPT VA “HALOLLIK” KONSEPTINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
222
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvokulturologiya / konseptlar leksikasi / tushuncha / konsept / mavhum birliklar / “halollik” konsepti / tafakkurning operativ mazmun birligi / nutq va tafakkur / ”halollik” konseptining nutqda ifodalanishi. / Linguoculturology / lexicon of concepts / concept / concept / abstract units / the concept of "honesty" / the operational content of thinking / speech and thinking / the expression of the concept of "honesty" in speech.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bashorat Bovmanova

Mazkur maqolada konsept va uning lingvodidaktikasi, “halollik” konseptining o’ziga xosligigi va uning nutqda ifodalanishi haqida tilshunos olimlar va pegagoglarning ilmiy qarashlariga subyektiv munobat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPT OF LINGVOCULTUROLOGY AND THE CONCEPT OF "HONESTY"

This article provides a subjective response to the scientific views of linguists and pedagogues on the concept and its linguodidactics, the specificity of the concept of "honesty" and its expression in speech.

Текст научной работы на тему «LINGVOKULTUROLOGIYADA KONSEPT VA “HALOLLIK” KONSEPTINING O‘ZIGA XOSLIGI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 1 I 2022

ISSN: 2181-1601

LINGVOKULTUROLOGIYADA KONSEPT VA "HALOLLIK" KONSEPTINING O'ZIGA XOSLIGI

Bashorat Bovmanova

Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada konsept va uning lingvodidaktikasi, "halollik" konseptining o'ziga xosligigi va uning nutqda ifodalanishi haqida tilshunos olimlar va pegagoglarning ilmiy qarashlariga subyektiv munobat bildirilgan.

Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya, konseptlar leksikasi, tushuncha, konsept, mavhum birliklar, "halollik" konsepti, tafakkurning operativ mazmun birligi,nutq va tafakkur,"halollik" konseptining nutqda ifodalanishi.

CONCEPT OF LINGVOCULTUROLOGY AND THE CONCEPT OF

"HONESTY"

ABSTRACT

This article provides a subjective response to the scientific views of linguists and pedagogues on the concept and its linguodidactics, the specificity of the concept of "honesty" and its expression in speech.

Keywords: Linguoculturology, lexicon of concepts, concept, concept, abstract units, the concept of "honesty", the operational content of thinking, speech and thinking, the expression of the concept of "honesty" in speech.

Mamlakatimizda keyingi yillar mobaynida o'zbek tilshunosligi taraqqiy qilib, takomillashib bormoqda. Boshqa fanlarning o'zaro integratsiyalashuvida tilshunoslik fanining o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham asli falsafiy tushuncha hisoblangan konsept so'zi so'nggi paytda tilshunoslikning ham o'rganish obyekti sifatida ahamiyat berilmoqda. Konsept, halollik konsepti tushunchalariga to'liq ta'rifiga izoh berishga, konseptual asosini yoritishga harakat qilamiz. Konsept zamonaviy tilshunoslikdagi lingvomadaniy sohaning birligi hisoblanadi, chunki u til, jamiyat va uning madaniyati to'g'risidagi bilimlarni aks ettiradi. Konseptlar tilda madaniyatni aks ettiradi va inson ongida olam tasvirini shakllantiradi.Konsept tafakkurning operativ mazmun birligi,tizimlashtirilgan bilimning birligi yoki kvantidir"1. "Konseptlar - bu inson fikrlash jarayonida foydalanadigan ideal, mavhum birliklar, ma'nolardir. Ular olingan bilimlar tajriba, insonning real borliqni idrok etishi

1 Е.С. Кубрякова, В.З. Демьянков, Ю.Г. Панкрац, Л.Г. Лузина. Краткий словарь когнитивных терминов. -Москва, 1997. - Б. 90

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 604

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 1 I 2022 ISSN: 2181-1601

natijalarining mazmunini muayyan birliklar,"kvantlar" ko'rinishida aks ettiradi"2. Turli konseptlar leksikasining semantik izohlanishi, muayyan birliklar majmuasiga aloqadorligi bilan xarakterlanadi.

"N.N. Boldiryevning ta'kidlashicha, "tilda konsept alohida so'zlar va so'z birikmalari, frazeologik birliklar, gaplar va butun matnlar vositasida verballashgan bo'lishi mumkin"3. Aytish joizki, "halollik" konsepti lingvomadaniy tushuncha bo'lib, u inson tafakkurida, dunyoqarashida ifoda qilinadi. Mazkur lingvomadaniy konsept milliylik va odamiylik fazilatlarining shaklllanib va rivojlanib borishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan umuminsoniy tuyg'udir. "Halollik" konsepti frazeologik birliklar, gaplar, butun matnlar vositasida ifodalanishi uning asl mohiyatini tushunib yetishga xizmat qiluvchi sintaktik birlik va lisoniy sath sanaladi.

Ma'lumki, madaniy nutqda uning tarkibida ishtirok etadigan, muayyan darajada nutqiy faoliyatda faol qo'llaniladigan ko'plab tushunchalari borki, ular og'zaki va yozma nutqda mavjudligi bilan ajralib turadi. Shunday konseptual asosga ega bo'lgan tushunchalardan biri "halollik" konseptidir."Hallollik" konsepti nutq jarayonida so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi munosabatni belgilaygan muhim omillarda namoyon bo'ladi. Mazkur "halollik" konseptining semantic izohiga lug'atda quyidagicha ma'lumot berilgan."O'zbek tilining izohli lug'ati"da "halollik" leksemasiga quyidagicha izoh keltirilgan. HALOLLIK-1 Vijdon bilan, insof yuzasidan ish tutish;to'g'rilik, soflik. Halollik to'g'rilik, poklik-odamiylikning eng zaruriy mezonidir (Gazetadan). Inson umri davomida to'g'rilikka rioa qilishi uning odamiyligidan dalolat beradi.

O'zbek tilida "halollik" konseptini anglatuvchi poklik, halollik, soflik, shaffoflik kabi mavhum otlarda halol yashamoq, pok bo'lmoq, soflik sari intilmoq, halol osh,halol luqma kabi otli va fe'lli birikmalarda aks etadi.

Soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan paremiologik lug'atlarda "hallollik" konsepti bilan bog'liq matal, maqol, hikmatli so'zlar kiritilgan.Xususan, Oshing halol bo 'Isa, ko 'chada ye maqoli mazmun-mohiyatida o'z peshana terisi bilan topilgan halol luqma va uni omma oldida qo'rqmasdan erkin holda tanavvul qilishining zavqi, mehnatsevarligi tufayli atrofdagilarning mehrini qozonish hissi paydo bo'ladi. Shu bilan birga, bu paremiologik birliklar nutqimizning bezagi vazifasini bajaradi. Ma'lumki, "shaxs nutqi hosil qilishda faqat uning mavzusi bilan qiziqib qolmasdan, nutq jarayonida o'z his-tuyg'ularini ham bildiradi. Nutq jarayonidagi his-tuyg'ulari va ichki kechinmasi shaxsning xususiy munosabati sifatida shakllanadi... xususiy emotsional munosabat, albatta, matn muallifining ruhiy holatidan kelib chiqadi va

2 Н.Н. Болдырев. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: учебное пособие. Изд.5 -е, стер. - Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. - Б. 30.

3 Н.Н. Болдырев. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: учебное пособие. Изд.5-е, стер. - Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. - Б.36-47.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 605

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 1 I 2022 ISSN: 2181-1601

bevosita matn mazmunidan anglashilib turadi"4."Halollik" konsepti o'zaro muloqotga kirishgan ikki va undan ortiq ishtirokchilar o'rtasida bir-biriga bo'lgan munosabatida asosiy o'rin egallovchi ichki tuyg'ulardan biridir.

"Halollik" konseptidan nutq jarayonida foydalanishning quyidagicha ifodaliligi namoyon bo'ladi:

-insonlar o'rtasida ishonch tuyg'usini shakllantiradi; -mehnatsevarlikning ijobiy ko'rsatkichini oshiradi; -o'zaro kommunikativ aloqani mustahkamlaydi; -insofli,adolatli bo'lishga, kuchli ilm egallashga chaqiradi; - mustaqil fikrlash jarayoni kengaytiradi;

-nutqning madaniyligini ta'minlovchi kommunikativ sifatlarda yetakchi mavzuni belgilaydi.

"Halollik" konsepti o'ziga xos koloritlarini o'rganish orqali uning mazmunida lisoniy birlikda namoyon bo'ladigan ifodali munosabat zamirida ezgulik, sadoqat, to'g'rilik va oliyjanoblik yotadi.

Demak, "halollik" konseptining nutqda qo'llanishi insonlarning ichki tuyg'ulari ro'yobini ko'rsatadi,nutqning madaniyligini ta'minlashga asos bo'ladi, ushbu tushunchaning turli vaziyatlarda amaliy tatbiq qilinishi muhim ta'limiy -tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu konseptning ta'lim-tarbiya birligiga asoslanishi, o'sib kelayotgan yosh avlodda g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy, insoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni, intellektual salohiyatni shakllantirishda va rivojlantirishda salmoqli o'rin egallaydi, uning nutqda qo'llanilishining ahamiyati samaridir.

REFERENCES

1. Е.С. Кубрякова, В.З. Демьянков, Ю.Г. Панкрац, Л.Г. Лузина. Краткий словарь когнитивных терминов. - Москва, 1997.

2. Н.Н. Болдырев. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: учебное пособие. Изд.5-е, стер. - Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. -Б. 30.

3.Hakimov M. Ozbek tilida matnning pragmatik talqini: filol. fan. dok. diss. Toshkent. 2001.

4 Hakimov M. Ozbek tilida matnning pragmatik talqini: filol. Fan. Doct. Diss. Toshkent. 2001. 34-35-betlar

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 606

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.