Научная статья на тему 'O’ZBEK TILIDA “HALOLLIK” KONSEPTI VA UNING NUTQDA IFODALANISHI'

O’ZBEK TILIDA “HALOLLIK” KONSEPTI VA UNING NUTQDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
209
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvokulturologiya / tushuncha / konsept / “halollik” konsepti / og’zaki va yozma nutq / nutqni birliklar bilan boyitish / konseptlarning nutqda ifodalanishi. / Linguoculturology / concept / concept / the concept of "honesty" / oral and written speech / enrichment of speech with units / the expression of concepts in speech.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bashorat Bovmanova

Mazkur maqolada konsept so‘zining ilmiy-nazariy asoslanishi, “halollik” konseptining o’ziga xosligigi va uning nutqda ifodalanishi haqida olimlar va pegagoglarning ilmiy ma’lumotlariga izoh berilgan, munobat bildirilib fikr-mulohazalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF "HONESTY" IN UZBEK LANGUAGE AND ITS EXPRESSION

This article explains the scientific and theoretical basis of the word concept, the specificity of the concept of "honesty" and its expression in speech, the scientific data of scientists and educators, comments and opinions.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDA “HALOLLIK” KONSEPTI VA UNING NUTQDA IFODALANISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

O'ZBEK TILIDA "HALOLLIK" KONSEPTI VA UNING NUTQDA

IFODALANISHI

Bashorat Bovmanova

Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada konsept so'zining ilmiy-nazariy asoslanishi, "halollik" konseptining o'ziga xosligigi va uning nutqda ifodalanishi haqida olimlar va pegagoglarning ilmiy ma'lumotlariga izoh berilgan, munobat bildirilib fikr-mulohazalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya , tushuncha,konsept, "halollik" konsepti, og'zaki va yozma nutq, nutqni birliklar bilan boyitish, konseptlarning nutqda ifodalanishi.

THE CONCEPT OF "HONESTY" IN UZBEK LANGUAGE AND ITS

EXPRESSION

Bashorat Bovmanova

First-year master's student at the Alisher Navoi University of Uzbek Language and

Literature

ABSTRACT

This article explains the scientific and theoretical basis of the word concept, the specificity of the concept of "honesty" and its expression in speech, the scientific data of scientists and educators, comments and opinions.

Keywords: Linguoculturology, concept, concept, the concept of "honesty", oral and written speech, enrichment of speech with units, the expression of concepts in speech.

Mamlakatimizda ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, tub islohatlarning amalga oshirilishi kundan kun ortib bormoqda. Ayniqsa, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash har bir o'qituvchi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Ularda izlanuvchanlik, kurashuvchanlik, mehnatsevarlik bilan bir qatorda halollikni konseptini nutqida ifodalashni o'rgatish, lingvokulturologiyada qo'llanuvchi birliklar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, lingvokulturologiya maxsus fan sohasi rivoj topib bormoqda va bir qancha mazmundor bo'lgan tushunchalar, konseptlar muomalada, muloqotda aks

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

etmoqda. Konsept tushunchasining yaratilishi va muomalaga kirishi yuzasidan turlicha fikrlar, izohlar mavjud. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. S. Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko'ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo'lgan bunday tizim dunyo milliy manzarasining o'ziga xosligini belgilaydi1. Yu. S. Stepanov o'zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, konsept so'zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi conceptus - "tushuncha" so'zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko'rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba'zan unga ta'sir ko'rsatadi. Inson o'zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qiladi .Olimlar tomonidan "konsept" so'zining yaratilishi, uning etimologiyasi, o'ziga xosligi va turli millat vakillariga xizmat qilishi bu so'zning, mazkur tushunchaning inson madaniyatiga ta'siri bilan ahamiyatga ega. Bu tushuncha lingvokulturologiyada o'rganiladi. Tilshunos olim N. Mahmudovning fikricha,"Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e'tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yo'nalish nihoyatda keng tarqalganini ko'rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog'iga yetish mushkul. Hatto so'nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag'ishlangan"3. Bizningcha, konsept so'zining ifodalanish o'rinlari va izohlanishiga, tadqiq qilinishiga e'tibor qaratilmoqda. Aytish joizki, konsept lingvokulturologiyada faol ishlatiluvchi birliklardan biri hisoblanib, bu birlik lingvomadaniy birliklar sirasida bo'lib, muyayyan bir xalq madaniyatining o'ziga xos tomonlarini yoritadi. Lingvokulturologiya fanida ko'plab konseptlar singari "halollik" konseptining o'rni beqiyosdir.

"Halollik" konseptining nutqda ifodalanishi uning mazmun -mohiyatini anglashga yordam beradi.

O'zbekiston- go'zal diyor,

Saodatga mehnati yor.

O'zgacha bir hikmati bor,

Halollikka aytar alyor! (Yo'ldosh Sulaymon)

1 Аскольдов, С. А. Концепт и слово [Текст] / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес -ности к структуре текста. Антология. - М. : Academia, 1997. - С. 267-280.

2 Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры [Текст] / Ю. С. Степанов. - М. : Академиче-ский проект, 2004.

3 Махмудов Н. Тилнинг мукаммал таджики йулларини излаб...// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2012. -№ 5. -Б. 9.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

"Halollik" konsepti o'zida o'zgacha bir insoniylikka, vatanparvarlikka, mehnatsevarlikka yetaklovchi tushunchalardan biridir. Mazkur konsept ijodkorlarning asarlarida, o'zbek nasrida, nazmida keng yoritilgan tushunchalardan bo'lib, insonning o'zligini, halollik bilan yashashni mujassamlashtiruvchi birlik sifatida izoh berilgan. Mening nazdimda, insoniyat halol yashashi, umr ko'rishi uchun, birinchi navbatda, ilm olishi, aqliy va jismoniy mehnat qilishi zarur.

"Halollik" konsepti quyidagilarni o'zida aks ettiradi: -insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi; -mehr-muhabbat tuyg'ularni o'stiradi; -vatanga sadoqatli bo'lishga undaydi; -insofli,adolatli bo'lishga, kuchli ilm egallashga chaqiradi; -tafakkurni rivojlantiradi; -o'zaro hurmatda va chidamli bo'lishni o'rgatadi. Xullas, "halollik" konseptining nutqda qo'llanishi nutqning madaniyligini ta'minlashga yordam beradi, mazkur tushunchaning turli vaziyatlarda amaliy tatbiq qilinishi muhim ta'limiy -tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu konseptning ta'lim-tarbiya birligiga asoslanishi, o'sib kelayotgan yosh avlodda g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy, insoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni, intellektual salohiyatni shakllantirishda va rivojlantirishda salmoqli o'rin egallaydi, uning nutqda qo'llanilishining ahamiyati katta.

REFERENCES

1. Аскольдов, С. А. Концепт и слово [Текст] / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ности к структуре текста. Антология. - М. : Academia, 1997. - С. 267-280.

2. Махмудов Н. Тилнинг мукаммал тадкики йулларини излаб...// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2012. -№ 5. -Б. 9

3.. Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры [Текст] / Ю. С. Степанов. - М. : Академический проект, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.