Scientific Journal Impact Factor
LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK FANINING TARIXIY VA NAZARIY NEGIZLARI
Amonova Mahbuba Olimovna, Buxoro Davlat universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti, Lingvistika: ingliz tili
Annotatsiya. Hozirgi kunda xalqlar o'rtasida iqtisodiy ,madaniy va ilmiy aloqalar yanada mustahkamlashgan. Shunday qilib , aloqalar tilning madaniyat va til bilan o'zaro bog'liq ekanligini ko'rsatmoqda. Madaniyat va tilni tadqiq etuvchi olimlar XXasrdayoq bu sohalarningyangi fanga asos bo'la olishini anglagan edilar. Ushbu soha ular tomonidan lingvomadaniyatshunoslik deya nom oldi. Ya'ni til va madaniyatni o'zida mujassamlashtiruvchi zamonaviy tilshunoslikdagi yangi fan. XX asrda ushbu soha uch muammo:til ,madaniyat va inson shaxsiyati orqali tadbiq etila boshlandi. Maqsad til va madaniyat haqidagi bilimlarni faollashtirish edi.
Kalit so'zlar: Lingvomadaniyatshunoslik, antroposentrik, komponent, lingvomadaniy o'lkashunoslik.
HISTORICAL AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF LINGUOCULTUROLOGY
Amonova Makhbuba Olimovna, Bukhara State University, Faculty of Foreign Philology Linguistics: English
Abstract: Today, economic, cultural and scientific ties between the peoples have been further strengthened. Thus, relationships show that language is interrelated with culture and language. Scholars studying culture and language had already realized in the twentieth century that these fields could be the basis for a new science. This field was called by them linguoculturology. That is, a new science in modern linguistics that combines language and culture. In the twentieth century, this field began to be applied through three problems: language, culture, and the human personality. The goal was to activate knowledge about language and culture.
Keywords: Linguocult urology, anthropocentric, components,linguoculture lexicography.
yo 'nalishi I bosqich magistranti
language Level 1 master
1554
Scientific Journal Impact Factor
ИСТОРИКО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ
Бухарский государственный университет, Факультет иностранной филологии Лингвистика: Английский язык мастер 1 уровня
Аннотация: Сегодня экономические, культурные и научные связи между народами еще более укрепились. Таким образом, отношения показывают, что язык взаимосвязан с культурой и языком. Ученые, изучающие культуру и язык, уже в двадцатом веке осознали, что эти области могут стать основой новой науки. Это направление было названо ими лингвокультурология. То есть новая наука в современной лингвистике, сочетающая язык и культуру. В двадцатом веке эта область начала применяться через три проблемы: язык, культура и человеческая личность. Целью было активизировать знания о языке и культуре.
Ключевые слова: Лингвокультурология, антропоцентрической, компонент,лингвокультурный лексикография.
Til va madaniyat har qanday millatning millat ekanligini tasdiqlovchi asosiy vositadir. Bu ikki tushuncha ajralmas va muntazam bir-birini taqozo etadi. Til o'zining har jabhasida madaniyatni aks ettiradi,madaniyat ham shu o'rinda tilsiz mukammal namoyon bola olmaydi.
Hozirgi kun tilshunoslik ilmida yangi-yangi sohalarning yuzaga kelishi, matn muammosining o'rganilishi bilan bog'liq ishlar jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, linvomadaniyatshunoslik kabi qator yo'nalishlar qo'lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko'rmoqdalar.
Bundan maqsad - nutq yaratuvchi va uni idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o'rin tutishini aniqlash bo'lsa, ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvomadaniy xususiyatlarini yanada chuqurroq o'rganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan lingvomadaniy masalalari ko'pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo'lsa-da, biroq to'laqonli o'z yechimini topgan emas.
Амонова Махбуба Олимовна,
KIRISH
1555
Scientific Journal Impact Factor
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan.Til va madaniyatning bog'liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan bog'liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlarini qayd etish mumkin.
O'zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo'nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Chunonchi, o'zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ilmiy tadqiqot namunalari sifatida A.Nurmonovning "O'zbek tilida lingvokulturologik yo'nalish", N.Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab", N.Sayidrahimovaning "Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar", "Lingvokulturologiyaning komponentlari" nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning "Matnning atropotsentrik tadqiqi" mavzusida gimonografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o'rganilgan.
Har bir millat o'zida ma'lum bir milliy an'analarni aks ettiradi. Ya'ni har bir xalqning, millatning o'z milliy an'analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma'noda har bir inson ana shu milliylikni o'zida aks ettiuvchi muayyan madaniyat, til , tarix, adabiyotga aloqador bo'ladi. Ma'lumki, tili jtimoiy hodisa bo'lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog'liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o'zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o'ziga xos ko'rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o'rtasidagi alohida spetsifik yo'nalishi va predmetiga ega bo'lgan yangi soha - lingvomadaniyatshunoslikning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosini o'rganishni maqsad qilgan - tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi.
Lingvokulturologiya - "til va madaniyat"ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o'zida aks ettirgan hodisalar - til-madaniyatni birgalikda o'rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1556
yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bir tomondan lingvomadaniyatshunoslikning insoniyatning madaniy til faktoridagi o'rni, boshqa tomondan esa, til faktoridagi insonning o'rnini o'rganadi.
Lingvomadaniyatshunoslikning o'rganish obyektiga ko'ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o'rganish obyektiga bo'lgan yondoshuviga ko'ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo'lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog'liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o'rganadi hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o'ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug'ullanadi.
Ma'lumki, madaniyat tushunchalar sistemasi, muayyan xalqning hayot obrazi, milliy xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N.S.Trubetskiyning fikricha: "Madaniy konnotatsiyalarsiz biror so'z bo'lishi mumkin emas, ya'ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar bo'lishi shart"1. Lison va madaniyatning ana shunday o'zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o'rganish imkonini berdi. Ya'ni, til va madaniyat.
"Til va madaniyat" muammosining o'rganilishida bir qancha yondoshuvlarni belgilash mumkin: birinchi yondoshuv faylasuf olimlar (S.A. Atanovskiy, G.A.Brutyan, E.S.Markaryan)lar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda madaniyatning tilga bir tomonlama ta'siridan borliqning o'zgarishi natijasida milliy-madaniy tipiklashtirish va tilda o'zgarish yuz beradi, degan g'oya yotadi2.
Navbatdagi yondoshuvda esa bu ta'sirning aks tomoni, ya'ni hozirgi kungacha ochiq qolib kelayotgan va munozarali masala - tilning madaniyatga ta'siri masalasini o'rganish maqsad qilinadi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish bu yondoshuvning asosiy g'oyasi sanaladi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish (V.Gumboldt,A.A.Potebnya) asosida Sepir-Uorfning lingvistik aloqadorlik gipotezasi, ya'ni har bir xalq borliqni o'z ona tilisi orqali ko'radi, his etadi, his etganini belgilaydi, degan g'oya yotadi3. Bu g'oya keyinchalik, I.L.Vaysgerberning tilni "O'tkinchi dunyo", ya'ni "borliqni anglash", muayyan "mavjudlik va tafakkur" sifatida qaraluvchi g'oyalarida ilgari surilgan. Uning bu gipotezasi ko'pchilik olimlar
1 Трубецкий Н.С. Поведения и мышления к языку. в кн.:НЛ.в.1.М.,1960.
2 Buhaqdaqarang: Сепир Э. Отношение норм. Поведения и мышления к языку в кн.: НЛ.в.1.М.,1960
3 NшmoшvA. Sepir-ШrfmngИngvistiknisЫyliknazariyasihaqidamшlohazalar
1557
tomonidan inkor etilgan bo'lsa-da, biroq ular boshqa usullar bilan tushuntirilishi murakkab bo'lgan hodisalarni anglashga yordam berdi. Xususan, N.I.Tolstning etnolingvistik maktabi vakillarining ishlari, E.Barminskiy va izdoshlarining lingvoantropologik yo'nalishdagi ishlari buning isbotidir4. . Uchinchi yondoshuv to'g'ridan-to'g'ri til va madaniyatning o'zaro ta'siri va aloqadorligi g'oyalariga asoslanadi. Til milliy mentalitetning spetsifik qirralarini o'zida namoyon etadi. Boshqa tomondan "madaniyat tilda" joylashgan, ya'ni u matnda to'laligicha o'z ifodasini topadi.
"Lingvokulturologiya" atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliyava, V.V.Vorobyov, V.A.Maslovava boshqalarning ishlarida ko'rindi. Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar5. Ushbu adabiyotlarda bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o'ynaganligi ta'kidlanadi6. Bu kabi qarashlar lingvistika sohasida XX asr oxirlarida atoqli rus olimlari qatorida chet el olimlari tomonidan ham tan olindi. Bunday qarashlarga ko'ra, til nafaqat madaniyat bilan bog'liq, balki u o'zida madaniyatning o'sishini ham ifodalaydi. Til bir vaqtning o'zida yaratish quroli, madaniyatning rivojlanishi va saqlanishini ta'minlovchi uning bir qismidir, shuning uchun til yordamida ma'naviy madaniyat hamda borliqdagi ishlab chiqarish , materiallari real yaratiladi.
Ana shu g'oyalar asosida ming yillarda chet elda yangi fan -lingvomadaniyatshunoslik vujudga keldi va XX asrning 90-yillarida maxsus soha sifatida shakllandi.
Lingvomadaniyatshunoslik bugungi kunda bir necha yo'nalishlarda namoyon bo'ladi:
1. Lingvomadaniyatshunoslik yorqin madaniy aloqalarni, lingvo madaniy holatlarni, aniq ilmiy izlanishlarni o'z ichiga oladigan alohida sotsial guruh.
2. Diaxronik lingvomadaniyatshunoslik. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq o'tish vaqtining o'zgarishlarini o'rganadi.
4 Маслова В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика.- М.,1987.
5 V.Gumboldtmngtilvashaxshaqidagifikrlarito'g'risidaqarang: Nurmonov А.
Ovrupodaumumiyvaqiyosiytilshunoslikningmaydongakelishi. NurmonovA.Tanlangan а8аг1аг.2- ^ЩШ&.-ТозЬкей: Лкааешпа8Ьг, 2012. - В.23-40.
6 Маслова В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. - М.,1987.
1558
Scientific Journal Impact Factor
3. Qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik. Lingvomadaniyatda paydo bo'ladigan turli xil etnoslarning ikki tomonlama qiyoslash bilan shug'ullandi.
4. Tavsifiy lingvomadaniyatshunoslik. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar barmoq bilan sanarli. Ular orasida M.K.Golovanivskaning "Rus tilida so'zlashuvchilar nuqtai nazarida fransuz mentaliteti" nomli ishi katta ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi abstrakt tushunchalar: taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g'oya va boshqalar olingan.
5. Lingvomadaniy leksikografiya. Lingvo o'lkashunoslik lug'atlarini tuzish bilan shug'ullanadi. Lingvokulturologiyaning bu yo'nalishi hozirgi kunda boshqa yo'nalishlarga qaraganda jadal rivojlanib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida D.G.Maltsevaning lingvoo'lkashunoslik lug'atini keltirishimiz mumkin. Bu lug'at 25 bobdan iborat. Unda Olmon realiyalarida ifodalanuvchi til birliklari, iqlim xususiyatlari, hayvonot va o'simlik dunyosi, mamlakatlar tarixi, qadimiy urf-odatlar, an'analar; qadimiy afsonalar, son va rangni ifodalovchi simvollar; to'y, marosiml ar, bayramlar; diniy marosimlar; valyutatizimining rivojlanishi; uzunlik, og'irlik, hajm, yuza; savdo-sotiqishlari, fan, texnika, tibbiyot; pochta xizmati, shaharlar qurilishi va arxitektura tarixi kabilar obyekt sifatida olingan.
Yuqoridagilardan shuni aytishimiz mumkinki,bunday lingvoo'lkashunoslik lug'atlarini yaratishda til hamda madaniyat munosabatini to'g'ri belgilash muhim sanaladi.
Xulosa qilib ta'kidlay olamizki,lingvomadaniyatshunoslik har ikkala sohaga taaluqli madaniyat va til haqidagi fan. Bu bilimlarning shubhasiz birligini anglatib,millatning mentaliteti,madaniy xususiyatlari va ularning tilda namoyon bo'lishini ifodalaydigan bu sohaning birlamchi maqsadi tilni o'rganish,madaniyatni saqlash hamda ularni birlikda mujassamlashtirishdan iboratdir.
1. Amerikana. Англо-русский лингвострановедческий словарь / Под ред. Н.В.Чернова. -- Смоленск, 1996;
2. Рума.Р.У. Великобритания: Лингвострановедческий словарь. -- М., 1999;
3. Мальцева Д. Г. Германия: страна и язык: Лингвострановедческий словарь. -М., 1998;
4. Муравлева Н.В. Австрия: Лингвострановедческий словарь. -- М., 1997;
5. Николау Н.Г. Греция: Лингвострановедческий словарь. -- М., 1995;
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1559
6. Страны Соединенного Королевства: Лингвострановедческий справочник / Сост. Г.Д.Томахин. -- М., 1999;
7. Томахин Т.Д. США: Лингвострановедческий словарь. -- М., 1999;
8. Франция: Лингвострановедческий словарь / Под ред. Л. Г. Ведениной. -- М., 1997. 14
1560