Научная статья на тему '“OMOTENASHI” TUSHUNCHASI YAPON MEHMONDO’STLIGINING MILLIY-MADANIY KOMPONENTI'

“OMOTENASHI” TUSHUNCHASI YAPON MEHMONDO’STLIGINING MILLIY-MADANIY KOMPONENTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
264
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
おもてなし(Omotenashi) / mehmondo’stlik / mijoz / mehmon / xizmat ko’rsatish / Omotenashi / hospitality / client / guest / service

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Axmedova Saodat G’aybulloyevna

Ushbu maqolada yapon tilidagi “Omotenashi” tushunchasining lingvokulturologik jihatlari talqin qilinib, uning xizmat ko’rsatish sohasidagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Mazkur maqolani yozishdan asosiy maqsad Yaponiyaning xizmat ko’rsatish sohasining yapon madaniyati bilan bog’liqlik jihatlarini o’rganish va “Omotenashi” milliy-madaniy birligida aks etgan ekstralingvistik axborotlarni, yapon xalqining milliy manadiyati va tilining o’zaro aloqalarini tadqiq qilishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF “OMOTENASHI” NATIONAL AND CULTURAL COMPONENT OF JAPANESE HOSPITALITY

This article discusses lunguacultural aspects of the word “Omotenashi” and its importance in the sphere of service industry in Japan. The main purpose of writing this article is to investigate the relevance of japanese culture with service industry in the country and to unfold extralinguistic information included in the cultual scheme “Omotenashi” , to study the interdependence of japanese etnic culture and language.

Текст научной работы на тему «“OMOTENASHI” TUSHUNCHASI YAPON MEHMONDO’STLIGINING MILLIY-MADANIY KOMPONENTI»

Scientific Journal Impact Factor

"OMOTENASHI" TUSHUNCHASI YAPON MEHMONDO'STLIGINING MILLIY-MADANIY KOMPONENTI

Annotatsiya: Ushbu maqolada yapon tilidagi "Omotenashi" tushunchasining lingvokulturologik jihatlari talqin qilinib, uning xizmat ko 'rsatish sohasidagi ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Mazkur maqolani yozishdan asosiy maqsad Yaponiyaning xizmat ko'rsatish sohasining yapon madaniyati bilan bog'liqlik jihatlarini o'rganish va "Omotenashi" milliy-madaniy birligida aks etgan ekstralingvistik axborotlarni, yapon xalqining milliy manadiyati va tilining o 'zaro aloqalarini tadqiq qilishdir.

Kalit so'zlar: t Ь T & L (Omotenashi) , mehmondo'stlik, mijoz, mehmon, xizmat ko 'rsatish

Abstract: This article discusses lunguacultural aspects of the word "Omotenashi" and its importance in the sphere of service industry in Japan. The main purpose of writing this article is to investigate the relevance of japanese culture with service industry in the country and to unfold extralinguistic information included in the cultual scheme "Omotenashi" , to study the interdependence of japanese etnic culture and language.

Keywords: Omotenashi, hospitality, client, guest, service

Аннотация: В статье обсуждаются лингвокультурные аспекты японской концепции «Омотенаси» и обсуждается ее важность в сфере услуг. Основная цель написания статьи - изучить взаимосвязь между японской сферой услуг и японской культурой, а также экстралингвистическую информацию, отраженную в национальной культурной единице «Омотенаси», взаимосвязь между национальной культурой и языком японского народа.

Ключевые слова: t Ь T&L (Omotenashi), гостеприимство, заказчик, гость, услуга

Axmedova Saodat G'aybulloyevna O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Lingvistika (yapon tili) yo 'nalishi 2-bosqich magistranti

[email protected]

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Har bir xalq tilida boshqa bir tillarda takrorlanmaydigan o'ziga xos madaniy fonga ega bo'lgan so'zlar ko'plab uchraydi. Lingvokulturologiya fanining rivoji tufayli til va madaniyatning o'zaro aloqalari so'nggi yillarda chuqur o'rganilmoqda. Ana shu kabi lingvokulturologk tadqiqot predmetlaridan biri bu milliy madaniy birliklar hisoblanadi. Milliy madaniy birliklar bu muayyan xalqqa xos milliy madaniyat elementlarini aks ettiruvchi birliklardir. Bunday birliklar muayyan xalqqa xos etnik, ijtimoiy-madaniy qarashlar, milliy an'analar, udumlar, odob-axloq, muloqot me'yorlari kabilarni anglatadi. Bu kabi ekstralingvistik ma'lumotlarni o'zida jamlagan leksik birliklarni milliy-madaniy markirlangan leksika yoki milliy-madaniy birliklar deyish mumkin.

Yapon tili ham ana shu kabi milliy madaniy birliklarga boy tildir. Mazkur maqolada Yaponiyaning xizmat ko'rsatish sohasining asosini tashkil qiluvchi ft&T &L (Omotenashi) so'zining lingvomadaniy qirralari yoritib beriladi.

Mazkur maqola tahlilida lingvokulturologik tahlil metodlaridan komponent tahlil va semantik funksional tahlil metodlaridan keng foydalanildi. Shuningdek, ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullari ham qo'llanildi. Maqolaning ilmiy asosi sifatida yapon va boshqa xorij olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, yapon tili izohli lug'atlari asosiy manba bo'lib xizmat qildi.

" ft & T & L " yapon xalqining o'ziga xos mehmondo'stlik ruhiyatini aks ettiruvchi tushunchadir. Ushbu so'zning negizida yapon xalqining milliy mentaliteti, samimiy ruhiyati, tarixiy ildiz chuqur bo'lgan qadriyatlari yotadi. " ft&T&L " tushunchasi bilan ifodalanuvchi yapon xalqining mehmondo'stligi hozirgi kunda dunyo e'tiborini ham o'ziga tortmoqda.

Hozirgi kunda yaponiyada "ft&T&L" so'zi bilan birgalikda ingliz tilidan o'zlashgan -— — h X (service-xizmat) > T X ^ J t a (hospitality-mehmondo'stlik) so'zlari keng iste'mol qilinmoqda. Yaponlar " ft &T&L " deganda ko'proq an'anaviy tansiq taomlar restorani yoki yaponcha uslubdagi mehmonxona-ryokan kabi yaponcha uslubdagi xizmatni tushunishadi.

ft&T&L, - l£X> ta — ushbu uch so'zning har biri

ma'nodosh so'zlar bo'lsada, ularning har biri o'ziga xos madaniy komponentni o'z

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

ichiga qamrab oladi. Shu yerda mana shu uch so'zning kelib chiqishi va ma'nosini tahlil qilishni lozim topdik.

- IX so'zi lotin tilidagi "Servitus" so'zidan olingan bo'lib, "qul, xizmatkor" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, xizmat ko'rsatilayotgan shaxs xo'jayin bo'lib, xizmat ko'rsatayotgan shaxs esa unga bo'ysunuvchi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun - I X standardlashgan bo'lib, yo'riqnoma darajasidagi asosi quriladi. Bunga ko'ra "f IX" da xo'jayin va xizmatkor munosbatlari vujudga kelgani uchun, uni iqtisodiy ratsionallikning asosi bo'lgan "xizmat qilish, mijozga xizmat ko'rsatish" sifatida tushunish mumkin.

Biroq, so'zi yapon tilida "samimiylik bilan siylamoq" deb

tarjima qilinadi. Bu so'z lotin tilidagi "Hospes" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "mehmonga vasiy bo'lgan shaxs" degan ma'noni anglatadi. Ushbu so'z o'rta asrlarga kelib sayohatchi va ziyoratchilar dam oladigan cherkov, tunaydigan joyga nisbatan ishlatiladigan bo'ldi. Sayohatchi kasallik yoki sog'lig'idagi muammolar tufayli sayohatini davom ettirolmagan paytda shunday joylarda tunab parvarishlanganidan kelib chiqib, o'sha paytdagi davolash muassasalari umumiy tarzda "hospes" deb ataladigan bo'ldi. Cherkovda parvarish bilan shug'ullanadigan ruhoniyning ko'rsatgan samimiy xizmatini deb atab, mana shu so'zdan hozirgi

kunda "kasalxona" ma'nosini ifodalovchi "hospital" so'zi kelib chiqqan. Bundan ko'rinib turibdiki, ^X^^yf^ so'zida asosan tibbiyot ma'nosi kuchli aks etadi. Biroq, so'nggi yillarda xizmat ko'rsatish sohasida qo'llanilayotgan ^X^^yf^ so'zi mijozning manfaatlari e'tiborga olinib, mijozning istagini qondirish uchun qilinadigan hatti-harakatlar ma'nosini o'zida mujassam etmoqda.1

tibX&l so'zining o'zagi "W^fàt" fe'li bo'lib da

bu fe'lning 7 xil ma'nosi keltirilgan:

1. fcSiS^lot^fóo Ya'ni, ataylab o'zini biror holatga solib ko'rsatmoq. O'zini ko'rsatmoq

2. E^I^^iS^tóol^^^So O'zini ko'z ko'z qilmoq

3. f^t^^Wtó ^ Muammoni, ishni hal qilmoq

4. ^ í è t ^ t 9 o ütóo Birov bilan muomala qilmoq, munosabatda bo'lmoq

5. Ehtiyot qilmoq, avaylamoq

1 UJ№008

Scientific Journal Impact Factor

6. ^fft^^Óo Siylamoq, mehmon qilmoq

7. ^^i^T^M^^Óo^T^^^o Ko'klarga ko'tarmoq, alqamoq, maqtamoq

ft t X % L so'zi " T^yJ b J £ ^ L Mlf & " "Odam"

ning "narsa" bilan "ish, amal" ni maromiga yetkazish degan ma'noni bildiradi. Mana shu hurmat ifodasidan fttX%L so'zi kelib chiqqan deyiladi. Mana shu yerdan "^M%L" (oldi orqasi yo'q) degan ma'noda tushunila boshlagan. va ^ shaklga ega, ko'zga ko'rinadigan turli mahsulotlar va muomala odobini ko'rsatib, ^ h va M ko'zga ko'rinmaydigan, mezbonning ortida yashiringan g'amxo'r qalb va ko'ngilni ovlash ma'nosini anglatadi. Mana shu oldida (tashqi tomondan) ko'rinmaydigan orqa (ichki) dagi ^h fttX%L tushunchasidagi eng muhim xususiyat hisoblanadi.23

fttX%L so'zini " so'zi bilan ham bog'lashadi. Bu jumladagi ^(ft

tX) yuzi, old qismi" degan ma'noni " % L " esa "yo'q", ya'ni "oldi yo'q", boshqacha qilib aytganda "oldi orqasi yo'q, ikki tomoni ham bir xil" degan ma'noni bildiradi. Bu tushunchada inson birovga shunchaki uning ko'zo'ngida yaxshi ko'rinish uchun emas, balki chin yurakdan, samimiylik bilan hurmat ko'rsatishilozim degan ma'no yotadi. Mehmon yoki mijozni faqat uning ko'z oldida emas, balki u yo'qligida ham unga nisbatan samimiy bo'lish, uning yo'g'ida ham uning hurmatini saqlash lozimligini anglatadi. ft t X % L da mezbon, xizmat ko'rsatuvchi mehmon(mijoz)ga oldi orqasi bo'lmagan samimiy qalb bilan yuzlanishi lozim. Ya'ni mehmonga sidqidildan hurmat ko'rsatib uning ko'nglini ovlashi, uni xursand qilishi, hatto u bo'lmagan joyda ham unga nisbatan ehtiromli bo'lishi nazarda tutiladi. Bu xizmat ko'rsatuvchi va mijoz turgan joyda qulay muhit yaratishda ham muhim sanaladi. Foydalaniladigan xonaning bezatilishiga, tashqaridan ko'rinadigan hovligacha e'tibor qaratiladi. Muhit ham mehmon kutishda asosiy element bo'lib, ushbu tushuncha Lo^i(xonani bezash, tartibga solish) deb atalib, bu fttX%L tushunchasining ajralmas bo'lagidir. Shuningdek, yapon an'analaridagi fttX%L da faqat mezbon tomon emas, balki mehmon ham odob axloq me'yorlariga amal qilishi talab etiladi. Yaponiyadagi fttX%L tushunchasi yaponlarning o'zgalarni

2 n»i BMH/JSÜ2006

http://projectishizue.blog60.fc.2.com/blog-entry-890html

o'ylaydigan qalbidan tug'ilgan bo'lib, hozirgi kunda yaponlar faxrlanadigan madaniyatga aylangan.

ft t X % L L ) so'zidagi old qo'shimcha ft CM) hurmat

ko'rsatiladigan odam bilan bog'liq holatlar, tinglovchiga nisbatatan hurmat tuyg'usini ifodalashda ishlatiladi. Ilgari yapon mehmonxonalari (ryokan) va restoran biznesida asosiy maqsad odamlar xavfsiz tunash mumkin bo'lgan joy topib qornini to'yg'izishi bolgan. Ammo hozirgi kunda xizmat ko'rsatish sohasida shunchaki ehtiyojni qondirish bilan cheklanib qolmay, iliqlik va ruhiy quvonch kabi tuyg'ularni his qilish talab etila boshlandi. So'nggi yillarda Yaponiyaning mehmondo'stligiga bo'lgan e'tibor ortida xizmat ko'rsatish bilan birga "iliqlik, mehr", ya'ni ko'ngilni ovlash, shuningdek, "ruhiylik" ya'ni, o'zi turgan joyning madaniyo'ziga xosligini his qilishga bo'lgan talab turganligini aytib o'tish joiz.

madaniyatining kelib chiqishi haqida bir nechta taxminlar mavjud. Hisamatsu(2007)ning fikriga ko'ra, Yaponiyaning ft t X % L (mehmondo'stlik) madaniyati choy marosimi madaniyatidan shakllangan bo'lib, yaponlarning turmush tarziga ham o'z-o'zidan ta'sir ko'rsatgan va Yaponiyaning o'ziga xos odob-axloq me'yorlarining shakllanishiga turtki bo'lgan. Yamaue (2008) ham Yaponiyaning Omotenashi madaniyati ^M sado-choy marosimi asosida kelib chiqqan bo'lib, choy marosimi madaniyatining xususiyatlari Yaponiyaning o'ziga xos milliy-madaniy komponentlaridan biri hisoblanib, bu tushuncha g'arb madaniyatida mevjud emas deb ta'kidlaydi. Choy marosimiga yaponlarga xos madaniy xususiyat sifatida qarab, shuningdek, omotenashi mana shu choy marosimi madaniyatiga asoslanadi deb hisoblaydigan bo'lsak, fttX%L ning o'zida ham Yaponiya madaniyati aks etadi deb aytish mumkin.

Shunday ekan, fttX%L ning asosi hisoblangan ^M choy marosimi bilan bog'liq mulohazalarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o'tgan yapon faylasufi Okakura Tenshin o'zining ("Choy haqida kitob") asarida shunday jumlalarni keltiradi:

ŒM) ti"4

4 Hïïi WMf|IU7I93ÎE2005

("Yaponiyaning mehmondo'stlik ruhiyati mezbon va mehmon birlashadigan joyda "ko'ngil olish" nining vujudga kelishidadir. O'zini tutishi, taom, muhit, muomala, har qanday narsaga e'tibor qilib, mehmonning ko'ngli olinadi. Choy marosmi uni san'at sifatida shakllantirib, bir turdagi estetik din darajasiga ko'targan.")

Kumakura (1998) Yaponiyaning an'anaviy madaniyati bo'lmish choy marosimi, san'atga insoniylikni shakllantiruvchi "M" , ya'ni ta'limotni olib kirib, mehmonni choy bilan siylash odoblari ichida yaponlarning go'zallikni idrok etishi va etika, odob axloq me'yorlarini o'zida mujassam qilgan insoniy munosabatlarni ifodalaydi deb aytadi. Choy marosimi Yaponiyaga Azuchi-Momoyama davrida (1568-1603 yillar) Senno Rikyu degan choy ustasi tomonidan Xitoydan olib kirilgan 5. Senno Rikyu o'z ta'limotida "^nWWM"(Wakeiseijaku) tushunchasini yoqlab,u choy marosimi ruhiy dunyosining asosini ifodalashini uqtirgan. ^PWWM odatda choy marosimida insonning samimiy qalbi,o'zgaga bo'lgan e'tibori, ya'ni axloq odob me'yorlari deb tushuniladi (Kumatsu,2007). Shuningdek, bu so'z mehmon va mezbonning o'zaro ko'ngil so'rab bir birlarining dillarini yumshatib odob saqlab, bir birlariga hurmat ko'rsatishlari, choy tayyorlanayotgan xonadagi buyumlar va muhitni toza va ozoda saqlashni anglatadi. Bu so'zda ishtirok etgan har bir iyeroglifning ma'nosini qarab chiqadigan bo'lsak, ularni quyidagicha sharhlash mumkin:

"^P" (fo) -va- bir-biriga qalbini ochib ko'ngil so'rab, ko'ngliga yo'l topib unga yaqinlashish bo'lib, uning boshida sokin qalb va muhit borligini ifodalaydi. "W" Ot^O -kei- bir-birini o'zaro hurmat qilib, izzat-ikrom ko'rsatish "W" (^O - sei - faqat ko'zga ko'rinadigan narsalarnigina emas, balki qalbni ham zarracha dog'siz pokiza saqlash holati, shubha va g'uborlardan xoli ko'z bilan inson va narsalarga boqish, yuzlanish orqali asl siymo va voqelikning asl mohiyatini ko'rish mumkinligini anglatadi.

"M" ( ) -jaku - har qanday vaziyat yoki paytda ham o'zgarmas, tebranmas muqim qalbni ifodalaydi. Har qanday holatda ham o'zgarmaydigan muvozanatli qalbga ega bo'lish orqali xotirjam munosabatga kirisha olish mumkinligini anglatadi. 6 Ushbu so'zdan mehmondo'stlik va o'zaro hurmat va ehtiromga yo'g'rilgan qalbni o'rganish mumkin.

5 "Britanika xalqaro katta ensiklopediyasi", 2011 eletron versiyasi

6 http://www.7b.bigglobe.ne.jp/-onnko-yu-kon/tea/spirit1.html

1392

Scientific Journal Impact Factor

Okamoto(2008) ushbu ^P ^ M (wakeiseijaku) deb ataluvchi samimiy ehtiromni jismda ifodalash uchun mehmonni kutib oluvchi mezbonda samimiy his tuyg'ular mujassam bo'lmog'i lozimligini ta'kidlaydi. Shuningdek, Okamoto yana aytadiki, mezbonning o'zi samimiy qalb bilan, chin yurakdan choy tayyorlab o'zi uni mehmonga uzatish hatti harakati mehmonga izzat ikrom ko'rsatadigan qalb sifatida ifodalanadigan bo'ldi. Shunga ko'ra, choy marosimi choy tayyorlash qoidalari orqali ruhiyatni poklashning bir yo'li bo'lib, inson amal qilishi lozim bo'lgan odob axloqni o'zlashtirib,

ft&T&L ruhiyatini tarbiyalab boradigan udum sifatida tan olinadi. Mana shu ruhiyat mijozlar bilan muloqotdagi insoniy munosabatlarning asosini tashkil qilishi ta'kidlanadi.

Omotenashi 3 ta asosiy element(unsur) dan tashkil topgan: Lo^o shitsuray, ÎM^^o furumay, va shikake. Shitsuray bu xizmat ko'rsatilayotgan moddiy

muhitni anglatadi. Bunda xizmat ko'rsatilayotgan xonaning, jihozlar va buyumlarning nafisligi, tozaligi, bezatilishi kabilar nazarda tutiladi. Furumay tortiladigan choy yoki taom, yoki ko'rsatiladigan xizmatning tayyorlanish jarayoni va mezbonning mehmon/mijoz ehtiyojlarini ko'ra olishi orqali mas'uliyatni bo'yniga olish irodasi, jur'atini anglatadi. Shikake bu mehmonning ko'rsatilayotgan xizmat jarayonida ishtirok etish va zavqlanish holatidir. Bu elementlar choy marosimi jarayonlaridan shakllangan.

Yaponlar omotenashi tushunchasini mehmondo'stlikni ifodalovchi klishe sifatida uch darajada qabul qilishadi: uyga tashrif buyuruvchi do'stlar va qarindoshlar bilan bog'liq mehmondo'stlik, yaponcha xizmat ko'rsatish darajasidagi mehmondo'stlik, shuningdek, madaniyatlararo muloqot darajasidagi mehmondo'stlik.

Omotenashi tushunchasi Yaponiyaning mehmondo'stlik sanoatida juda keng tarqalgan. U tom ma'noda turizm sohasiga, yapon mehmonxonalariga, restoranlariga va muzeylariga kirib boradi . So'nggi bir necha yil ichida omotenashi tamoyili turli xil faoliyat turlariga (avtoulovlarni sotish, havo yo'lovchilariga xizmat ko'rsatish, metro binolarini bezatish, yo'lovchilar uchun xatti-harakatlar qoidalarini amalga oshirish, metroda yo'lovchilarning qoidalarini o'rnatish, savdo avtomatlarini takomillashtirish va ularga ehtiyotkorlik bilan xizmat ko'rsatish, ko'zi ojizlarga qulaylik uchun piyodalar yo'laklari va platformalarni jihozlash , jamoat hojatxonalarini jihozlash ) tadbiq etildi.

Scientific Journal Impact Factor

Omotenashi yaponlarning milliy fe'1-atvoriga xos an'analar majmuiga asoslanadi. Omotenashi so'zining ma'nosi (mazmuni) ba'zan "yapon mehmondo'stligining yuragi" deb ta'riflanadi yoki "xizmatga munosabat" iborasi bilan tarjima qilinadi.

Omotenashi falsafasining ma'nosini tushunish yapon tilida "mehmon" va "mijoz" tushunchalari o'rtasida farq yo'qligini anglashga yordam beradi.

Yaponiyaning mehmondo'stlik falsafasidagi muhim tamoyil "mijoz sizdan yuqori" degan tushunchadir. Bu mijozga nisbatan pastroq yoki yomonroq xizmat ko'rsatadiganlarni anglatmaydi. Mijozga bo'lgan hurmatni oshirish orqali, o'z qadr-qimmatini his qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ushbu tamoyil qandaydir tanish-bilishchilikning namoyon bo'lishini istisno qiladi.

"Yaponiya mehmondo'stligi" falsafasining yana bir tamoyili buddizmdagi "hamma narsada uyg'unlik" falsafasidan kelib chiqadigan "barcha narsadan ustun standartlar" dir. Har qanday standartlashtirilmagan jarayon betartiblikni keltirib chiqarishi mumkin, bu kelishmovchilik va stressni keltirib chiqaradi. Shuning uchun yaponlar juda ko'p rejalar tuzishadi va hamma narsada tartibni saqlashadi. Rejalashtirish va standartlar tartibsizliklarni bartaraf qilish uchun zarurdir. Jarayon ma'lum bir ketma-ketlikda o'tishi kerak, hamma bu ketma-ketlikni va undagi o'zining mas'uliyatini biladi, bu esa tavakkalchilikka barham beradi va asosiy narsaga e'tibor qaratib, ahamiyatsiz narsalar haqida tashvishlanmaslikka imkon beradi.

"Yaponiya mehmondo'stligi" falsafasini amalga oshirish uchun "rasmiy odob-axloq qoidalariga" ham rioya qilish shart. Mijoz bilan har qanday uchrashuvda xizmat ko'rsatuvchi xodim e'tibor va xushmuomalalik bilan salom beradi va ta'zim qiladi. Ushbu ta'zimlar ustida ishlanib mashq qilinadi. Kundalik mashg'ulotlar bilan mukammallikka erishiladi. Yaponlar har kuni bolalar bog'chasidan keyin maktabda va ish joyida bosh egib, salomlashishni mashq qilishadi. Do'konlarda, kafelarda, hamma joyda ta'zim va odatiy iboralarni uchratish mumkin: " L * o £ V ! IfeeiK^èoitl "

(Konnichiva, irashshaimase, arigato gozaimashita("Salom! Xush kelibsiz! "," Rahmat! Yana keling!".))

Omotenashi har doim ^^o(kizukay) tamoyiliga asoslanadi. Bu mijozning talab va istaklarini ilg'ay olish va e'tibor berish demakdir.

Omotenashi tushunchasi 2013 yildan keyin Tokio Yozgi Olimpiada o'yinlariga mezbon shahar sifatida tanlangandan so'ng yanada keng qo'llanila boshladi. Yaponiyadagi mashhur teleboshlovchi Kristel Takigava "omotenashi" tushunchasini yapon mehmondo'stligi tamoyillarini aks ettiruvchi tushuncha sifatida keltirib o'tdi.

Uning so'zlarida nafaqat Yaponiyaga kelgan mehmonlarga nisbatan yuqori darajada xizmat ko'rsatishga tayyorlikni ifodalaydi, balki ochiq va samimiy munosabatlarga prinsipial tayyorlikni ham anglatadi. Takigavaning so'zlaridan keyin "omotenashi" so'zi 2013 yilda Yaponiyada ^Tin(ryukogo) urfdagi so'z, yil so'ziga aylandi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda yapon milliy madaniy komponenti hisoblangan omotenashi tushunchasi bu yaponlarga xos mehmondo'stlikning ko'rinishi, mehmonni yoki mijozni ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, unga xursandchilik va xizmatdan chin dildan qoniqish hissini baxsh etish, u kutgandan ortig'ini taqdim etish, uning istaklarini o'zi aytmasdan turib ilg'ay olish va bajo keltirish, unga faqatgina yuzaki emas, balki chin qalbdan, samimiylik bilan munosabatda bo'lish, u yo'qligida ham unga nisbatan hurmat ehtiromda bo'lish kabilarni anglatar ekan. Omotenashining boshqa mamlakatlar mehmondo'stlik tushunchasidan farqi shundaki, unda mehmonga bo'lgan munosabat faqat so'zdagina emas, balki xizmat ko'rsatuvchining barcha hatti harakatlarida, butun vujudida namoyon bo'lishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

1. 2008

2. 2005

3. 1998

4. ^^fP, HHo B^O^tt^t^i^O^^^^yr^Wl^t^

iÜif^^^Io 2015-03 Hidekadzu Ivamoto, Kensuke Takaxashi .Yaponiyaning Omotenashi (mehmondo'stlik) tushunchasi va Yevropaning "hospitality" tushunchalari talqini// Josey xalqaro universiteti ilmiy nashri 17-26 betlar https://ci.nii.ac.jp/naid/40021314135

5. Abdullelah Al-alsheikh. The Origin of Japanese Excellent Customer Service//Studies in Business and Accounting. Scientific Journal. Vol.8

6. Itt^fot^tai^^SB^O r&tt&Lj

Okamura Chika. Dunyo nazariga tushgan Yaponiya mehmondo'stligi/ Momoyama Gakuin Universiteti. Bitiruv malakaviy ishi. 2013

7. Бессонова, Е. Ю. Японские устойчивые выражения в контексте культуры гостеприимства / Е. Ю. Бессонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 23.1 (157.1). — С. 2-5. — URL: https://moluch.ru/archive/157/44277/ (дата обращения: 25.12.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.