"ONA VATAN" KONSEPTINING AFORIZMLAR VA MATNLAR YORDAMIDA TURLI TILLARDA IFODALANISHI
Mansurbek Odil o'g'li Javliyev
Termiz davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola „Ona Vatan' konseptining aforizmlar va matnlar vositasida turli tillarda ifodalanishini o'rganishni maqsad qiladi. Vatanga bo'lgan yondashuvlarni tadqiq qilishda, ushbu konsept haqida faylasuflar, donishmandlar, taniqli tarixiy shaxslar tomonidan ma'lum bir vaqtda topib aytilgan va haqiqatni anglashga ko'maklashuvchi frazalar jamlanmasining ahamiyatiga ham alohida to'xtalib o'tiladi.
Kalit so'zlar: Aforizmlar, frazalar, konsept, Ona vatan, xadis, immigrant, iymon.
ABSTRACT
This article aims to study the expression of the concept of "Motherland" in different languages by means of aphorisms and texts. In the study of approaches to the homeland, special attention is paid to the importance of a set of phrases found at a certain time and helping to understand the truth about this concept by philosophers, sages, famous historical figures.
Keywords: Aphorisms, phrases, concept, Motherland, hadith, immigrant, faith.
KIRISH
Vatan bu juda keng tushuncha, uni ta'riflash, madh etishda ko'plab yo'nalish va vositalardan foydalanish mumkin. Vatanga bo'lgan yondashuvlarni o'rganish jarayonida ana shunday muhim vositalardan biri bo'lgan aforizmlar, ya'ni, asosan, faylasuflar, donishmandlar, taniqli tarixiy shaxslar tomonidan ma'lum bir vaqtda topib aytilgan, haqiqatni anglashga ko'maklashuvchi frazalar jamlanmasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aforizmlarda bir xususiyat bor, ular vaqt o'tishi bilan toboro sayqallashib, qiymati oshib boraveradi. Shu o'rinda, davlatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning ' 'Vatanni sevmoq iymondandir' nomli kitobidagi 'Albatta, jahon-keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonmiz yakkayu yagona. Bu go'zal yurt, bu muqaddas zamin bizga atalgan' degan so'zlari vatanni bizga qanchalik aziz ekanligini isbotlaydi. Ulug' ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy Vatan haqida bunday degan edi: "Har bir kishining tug'ilib o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sgan yerini jondan ortiq
November, 2022
514
suyar. Hatto bu vatan hissi, tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o'z vatanidan, uyuridan ayrilsa,o'z yeridagi kabi rohatda yashamas, maishati taxir bo'lib, har vaqt dili azobda bo'lur'. Ingliz adibi Volter "Vatan -ko'ngil asir bo'lgan makondir", deydi. Monteske esa "Bolalarni Vatanga muhabbat bilan tarbiyalash uchun otalarda Vatanga muhabbat bo'lishi lozim", deydi. Darvoqe, har bir xalqning o„z ulug'lari tomonidan aytib ketilgan bu gaplarga inson zoti e'tiroz bildira olmaydi. Aksincha, umuminsoniyat madaniy merosining durdonalariga aylangan bu kabi aforizmlarni barcha birdek qadrlaydi. Gelvesiy aytganidek, "Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan uyg'unlashib ketadi. Ilmli xalq qo'shnisiga ziyon yetkazmaydi. Davlatlar qanchalik ma'rifatli bo'lsa bir-birlariga yordam beradi. Kuchlar birlashgach, umuminsoniy aqliy faoliyat ham teranlashadi".
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sir emaski aforizmlar barcha xalqlarda sevib o'rganiladi va har qanday xalq ma'naviy bisotida mavjud bo'lgan aforizmlar odatda boshqa xalqlar tomonidan ham bajonidil o'rganiladi. XX asrning buyuk shoirlaridan biri bo'lgan Dog'iston farzandi Rasul Gamzatovning aforizmga aylangan fikriga quloq tutib ko'ramiz. 'Agar kimdir menga kun kelib bir kun avar tilining yo'q bo'lib ketishiga kafolat bersa, men bugun o'lishga tayyorman'. Vatanga, o'z tiliga nisbatan mehr va sadoqatni yana qanday ta'riflash mumkin. O'quvchining vujudini titratib yuboruvchi bu kabi qaynoq va yurakning tub-tubidan otilib chiqqan samimiy fikrlarni hamma vaqt uchratavermaysiz. Quyida dunyo donishmandlarining Vatan haqidagi aytib ketgan va insonlar qalbidan joy olgan aforizmlar bilan tanishish mumkin.
-Odami ersang demagil odami, onikim yo'q; xalq g'amidin g'ami. (Alisher Navoiy) -Vatan ikki oshiq sevgisidek qalbning tub-tubidan joy olgan bo'ladi. (Murod Xidir) -Komil insonning fazilatlaridan biri Vatanga sadoqatidir. (Abu Lays Samarqandiy) -Fidoiy insonlar Vatanga xavf tug'ilganda uning himoyasiga oshiqadiganlardir. (A.N.Farobiy)
-A'lo mamlakatning a'lo farzandi, bilib qo'y-ki seni Vatan kutadi.(G'afur G'ulom) -Birinchi o'rinda Vatan va ota-onalar turadi, keyin oila va farzandlar undan keyin esa boshqa qarindoshlar. (Sitseron)
-Men Vatanimni ko'zimni yumib, boshimni egib, sukut saqlagan holda sevaman. O'ylashimcha, inson o'z Vataniga uni yaxshi bilsagina foydasi tegadi. (Mirza G'olib) -Boshqalarni qo'yaver sen o'zingning o'zliging ildizingni top. ( G.Toro) -Milliy xarakterdagi vatanparvarlik va individual xudbinlikning kelib chiqishi bir xil manbadandir va ular qariyb bir xil manfaat va bir xil falokat keltirishi mumkin. O'z jamiyatingga hurmat o'z-
November, 2022
515
o'zingga hurmat degani aslida.( G. Spenser)
-Vatan goh, yayrab, goh g'amga botib senga ko'z tikadi. Dard bilan, umid bilan senga boqadi, sendan kutadi. (Yusuf Xos Xojib)
-Vatan hamma uchun qadrli bo'lgan barcha narsalarni o'z ichiga oladi. (Sitseron) -Agar shunday sado kelsa: " Kel jannatda yasha! Deyilsa, men "Jannat emas, Vatanimni bering" degan bo'lar edim.
-Vatanga muhabbat - madaniy insonning eng muhim sifatidir. (M. Bexbudiy) -Vatanni ulkan bo'lgani uchun emas, o'ziniki bo'lgani uchun sevishadi. (Seneka) -Vatanga qarshi kurashib hech kim qahramon bo'la olmaydi. (V. Gyugo) -
Vatan so'zini har eshitganimda entikaman, men unga sodiq bo'la oldimmi? deb ezilaman. (Zahiriddin Muhammad Bobur) --
Mard Vatanga yov ko'z tikkanda bilinadi. (Temur Malik) -
Komil u kim - Vatanin elin, tilin birla dinin ko'zga surtmoqqa, ular uchun zahmat chekmoqqa shay. (Alisher Navoiy) --
Kimga bir joyda tug'ilib, boshqa joyda ulug' bo'lish nasib etgan bo'lsa, tug'ilib o'sgan joyidan xas bo'lsa ham tosh bo'lsa ham o'zi bilan birga olib yursin. (Ahmad Yugnakiy) -Vatan tuprog'ida o'sgan xasu cho'plarni almashmam Pariju Londonning hashamlariga. (Muhammad Yusuf) --Agar kimdir
menga kun kelib bir kun avar tilining yo'q bo'lib ketishiga kafolat bersa, men bugun o'lishga tayyorman. (Rasul Gamzatov)
Maqolada shuningdek aforizmlarning inglizcha variantlarini ham o'rganib chiqdik va shunga guvoh bo'ldikki, bu aforizmlarning o'zbek tilidagi tarjimasidan ko'ra, ingliz tilidagi variantidan jarangliroq va aniqroq ma'no olish mumkin ekanligini aniqladik. Quyida 'Motherland' va 'Homeland' tushunchalariga oid bir qancha serma'no va mazmunli aforizmlardan misollar keltiramiz.
-My first day in Chicago, September 4, 1983. I set foot in this city, and just walking down the street, it was like roots, like the motherland. I knew I belonged here. Oprah Winfrey quotes (American television personality,Actress and Producer, b.1954) - Nationalism is a set of beliefs taught to each generation in which the Motherland or the Fatherland is an object of veneration and becomes a burning cause for which one becomes willing to kill the children of other Motherlands or Fatherlands" Howard Zinn quotes (American Historian, Author, Professor and Political activist, b.1922) " -In the phrases of songs and poems bread is gold, it is the motherland, it is the hard work of the masses, it is life itself" Seth Mydans quotes -Have a sense of pride in your motherland. Just as your mother has given birth to you, so too the land has given birth to you."Sri Sathya Sai Baba quotes (Indian Spiritual leader, b.1926)
November, 2022
516
-The motherland is not a mere lump of earth. When we desire its progress, we have to promote the progress of the people who dwell therein." Sri Sathya Sai Baba quotes (Indian Spiritual leader, b.1926)
-One should respect his motherland, his culture and his mother tongue because they are givers of happines"
-„To have pride in your own motherland is important.' Sri Sathya Sai Baba quotes (Indian Spiritual leader, b.1926)
-„O Motherland! May be, your subjects unite and be 'sweet-speakers'! Bless all of us so that we too could be soft spoken'. Atharva Veda quotes Rig Veda quotes. -„A person who is respectful towards his land, civilization and language, attains greatness and he acquires all the happiness of life. His deeds should be such that makes the motherland, the culture and language proud.'
-„Even as you are a citizen of your motherland but respect all countries, also respect all religions equally."
-"O Motherland! Bless us with a benevolent mind! Help us realize all the knowledge
with the each passing day and may I acquire wealth from the earth!" Dianne
Feinstein Ports are the gaping hole in America's homeland security.
-Kim Campbell: Canada is the homeland of equality, justice and tolerance.
George Walker Bush There's no bigger task than protecting the homeland of our
country.
-Theodor Adorno: For a man who no longer has a homeland, writing becomes a place to live.
-Spirit Stallion of the Cimarron: That was the moment I understood. They were headed to my homeland, and I had to stop them!
XULOSA
O„zbek xalqining boy, shonli tarixi davlatchilik an'analari milliy va diniy qadriyatlaridan bizga ma'lumki, Vatan-bu ulug„ va muqaddas tushuncha hisoblanadi. Xadisi sharifda „Vatan-sajdagoh kabi muqaddasdn' deb yozib qo„yilgan. Xadislaming musulmon kishisi uchun Quroni Karimdan keyin turadigan eng ishonchli manba ekanligini eslasak kifoya. Demak, bu mo„min kishi uchun dasturnl amal deganidn. Xadislarning ishonchliligi shundaki, bu qoida^ Payg„ambarimiz tomonidan buyurilgan sunnat amallar hisoblanadi. Ya'ni bu o'g^ttoga amal qilish musulmon kishisining nafaqat madaniyatini anglatadi, balki xulqi va odobining ham go„zal bo„lishini ta'minlaydi. Boshqa Ыг hadisga yuzlanadigan bo„lsak, "Vatanni sevmoq iymondandif deyiladi. Iymonning inson uchun naqadaT muhimligi o„z-o„zidan ayon narea. Zero, iymonsiz bo„lib
November, 2022
51?
qolishdan-da sharafsizroq; holat yo'qdir. Iymonsiz degan aybni ajdodlarimiz eng og'ir haqorat deb bilishgan. Demak, shu hadisning o'ziyoq mo'min kishi uchun juda katta mas'uliyatni yuklab qo'yadi. Sunnat amallarni bajarish vojib. Islom dini falsafasining go'zalligi ham shundadir. Dinimiz bizga, har birimizga Vatanni sevishni muqaddas burch qilib belgilab bergan. Ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy va madaniy merosda ham bularning isbotini topishimiz mumkin. O'zbek xalqining dunyo xalqlari ichida o'z so'ziga, mukammal tiliga ega bo'lishida tamal toshini qo'ygan bobomiz Alisher Navoiy "Tilga ehtiyotsiz - elga e'tiborsiz" deganlar. Talqin qilishga urinib ko'radigan bo'lsak, bobomiz o'zbek tili haqida ya'ni Ona tilimiz haqida gapirmoqda. Har bir suveren davlatning muhim atributlaridan biri bu Davlat tili-ku. El kim, nima? El-bu xalq, davlat. Vatan. Navoiy bobomizning qaysi asarini olmaylik, Vatan, el tinchligi, omonligi, obodligi, farovonligi haqida kuyinib ijod qilganliklarini ko'rishimiz mumkin. Shaxsan o'zlarining tashabbuslari bilan tolibi ilmlar uchun madrasalar qurish, elning uzog'ini yaqin, og'irini yengil bo'lishi uchun o'nlab ko'priklar qurish, suv chiqarish, bog'-rog'lar yaratish ishlarida bosh-qosh bo'lganlar. Eng muhimi el tinchligi yo'lida, qon to'kmaslik, urushmaslik uchun, muqaddas zaminga, begunoh insonlarga ozor yetkazmaslik uchun bor aqlu-idroki, iqtidori, kerak bo'lsa jonlarini ham qurbon qilmoqqa tayyor bo'lganlar. Yurtimizda tug'ilib o'sib ta'limu-tahsil olgan, taqdir taqazosi bilan umrining so'nggi yillarini Hindistonda o'tkazgan bobomiz Zahiriddin Bobur asarlarida ham Vatan ishqi, Vatan sog'inchi bosh mavzulardan biri bo'lgan. Tug'ilib voyaga yetgan yurti Andijonni tark etgach, "Anda jonim qoldi manim" deb nola qilganlari, tabiati va iqlimi yot bo'lgan hind zamini mevalaridan huzur topmagan kezlari Farg'onaning shirin qovunlarini qo'msaganlari "Boburnoma"da o'z aksini topgan. Shuningdek, Hindistonda ham o'z Vatanidek obidalar qurish maqsadida Samarqand va Buxorodan ustalarni olib ketgani o'zga zaminda ham o'z Vatanining siymosini qurish orqali, ayriliq azoblariga chora izlash bilan, Ona Vatanga bo'lgan cheksiz hurmati, sadoqatini aks ettirmoqchi bo'lganlar. Ba'zi xalqlarda " Motherland" ni aynan Ona Vatan deb qabul qilishadi. Misol uchun Avstraliya va sobiq Britaniya mustamlakasi bo'lgan davlatlarda Angliyani Ona Vatan deb hisoblashadi. Shunga yaqin bir holat, taqdir taqazosi bilan Amerikaga ish izlab kelib immigrant sifatida yashab qolgan afrikaliklar Afrikani Ona Vatan deb bilishadi. Yoki dunyoning turli nuqtalarida yashovchi rus millatiga mansub kishilar Rossiyani Ona Vatan deb ulug'lashadi. Huddi shunga o'xshash holatni Kanadaning Kvebek shahri va uning atrofida yashovchi fransuzlar Fransiyani Ona Vatan deb bilishi, yoki Germaniyada istiqomat qiluvchi 3 mln dan ortiq turklar Turkiyani o'zlarining Ona Vatani deb e'zozlashi kabi misollarda ham ko'rish mumkin. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, kelib chiqishi bo'yicha ma'lum millat
November, 2022
518
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
vakillarining boshqa hududda o'rnashib yashab qolishi, mahalliy qonun qoidalarga to'la moslashib ketishi, hatto fuqarolikka ega bo'lsada, etnik birlik sifatida ajdodlariga xos bo'lgan milliy madaniyat, mentalitet va qadriyatlarni ardoqlashi, insonni o'z avlodlari yashab o'tgan tuproq Ona Vataniga tortib turishi uni qo'msashini anglatadi.
REFERENCES
1. Abdullaeva M. O'zbek xalqi urf-odatlarining inglizcha tarjimalarida aks ettirilishi: Ilm.ishl.to'pl. -Toshkent,2008,180-182 b.
2. Dmitrieva O. A. Kulturno-yazikovie xarakteristiki v poslovis i aforizmov. Volgograd: Peremena, 1997-16s.
3. I.Saidomirskaya. A book about a country, 2001, Vienna 138c.
4. I.A.Karimov. "Islohotlar strategiyasi - mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir".-O'zbekistan , 2003.-72 b. I.A.Karimov O'zbekistan buyuk kelajak sari.-Toshkent, O'zbekiston, 1998,- 556.
5. Javliyev, M. O. O. G. L. (2021). "ONA VATAN" KONSEPTINI O'RGANISHDA MAQOL-MATALLAR VA HIKMATLI SO'ZLARNING O'RNI, ULARNING MILLIY-MADANIY KONSEPTUAL BELGILARI. Academic research in educational sciences, 2(11), 716-722.
6. BAKHRITDINOVICH, R. K. The Approach of Paremias in Parallel Corpora. JournalNX, 6(05), 216-222.
7. Ruziev, K. B. (2020). Proverbs and corpus linguistics. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (6), 64-67.
8. Ruziyev, K. (2021). Paremiological units and their differences. InterConf.
9. Ruziyev, K. (2021). Etymology of the word and term paremia. InterConf.
10. RUZIYEV, X. B., & SIDIKOVA, S. A. K. (2019). Translation problems of proverbs and some special tip for translating from english into uzbek. Наука среди нас, (5), 100-105.
November, 2022