Научная статья на тему 'OILADA BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI'

OILADA BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8481
540
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Oila / urf-odat / milliy g‘urur / Konstitutsiya / Vatan tuyg‘usi / tarbiya. / Family / traditions / national pride / Constitution / sense of homeland / upbringing.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saodat Saidjonovna Muxlisova

Ushbu maqolada oilada bola tarbiyasini amalga oshirish xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Bola tarbiyasining milliy va ma’naviy negizlari hamda bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o‘rni keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NATIONAL VALUES IN RAISING CHILDREN IN THE FAMILY IN THE NATIONAL SPIRIT

This article discusses the features of the implementation of child rearing in the family. The national and spiritual foundations of child rearing and the role of national values in the upbringing of children in the national spirit are widely covered.

Текст научной работы на тему «OILADA BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI»

OILADA BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHDA MILLIY

QADRIYATLARNING O'RNI

Saodat Saidjonovna Muxlisova

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti «Pedagogika nazariyasi va tarixi»

yo'nalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oilada bola tarbiyasini amalga oshirish xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Bola tarbiyasining milliy va ma'naviy negizlari hamda bolalarni milliy ruhda tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o'rni keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: Oila, urf-odat, milliy g'urur, Konstitutsiya, Vatan tuyg'usi, tarbiya.

THE ROLE OF NATIONAL VALUES IN RAISING CHILDREN IN THE FAMILY IN THE NATIONAL SPIRIT

Saodat Saidjonovna Mukhlisova

1st year master's student at Bukhara State University, Faculty of Pedagogy, majoring in

Theory and History of Pedagogy

ABSTRACT

This article discusses the features of the implementation of child rearing in the family. The national and spiritual foundations of child rearing and the role of national values in the upbringing of children in the national spirit are widely covered.

Keywirds: Family, traditions, national pride, Constitution, sense of homeland, upbringing.

KIRISH

Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir. SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog'lom va mustahkam bo'lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo'lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi milliy farovonlik asosidir.

Oila tushunchasining tarixiy ildizlari haqida gap borar ekan, avvalo halollik, rostgo'ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Oila haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalo, ko'z

www.scientificprogress.uz

o'ngimizda Ona siymosi shakllanadi. Nima deganda, oila muqaddasligini ta'minlovchi birinchi omil Ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir. Inson tabiati, fe'l-atvori go'dakligidan shakllanar ekan, milliy dunyoqarash ham bola vujudiga ona suti bilan kiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tabiiyki, ona allasi faqat chaqaloqning orom olishi uchungina aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning ko'ngil dunyosiga milliy ruh kiradi. Ona tilidagi mehr-muhabbat, nasliy tuyg'ular va orzular go'dakning jismu jonida ildiz qoldiradi. Bularning mohiyatini va ahamiyatini inobatga olgan holda, oilaga e'tiborimizni kuchaytirishimiz, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e'zozlash, qo'llab-quvvatlash — bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor.

O'z mohiyatini anglab etgan inson qalbida ulug' bir tuyg'u, mehr tuyg'usi uyg'onadi va uning butun borlig'ini chulg'ab oladi. Mehr tuyg'usi sanab o'tilgan uch buyuk imkonni o'zaro uyg'unliqda birlashtirib, inson ko'nglini, Navoiy iborasi bilan aytganda, "haqiqat asrorining ganjinasi" ga aylantiradi. Zero, bu uyg'unliksiz ma'naviyat olami zuhur etmaydi.

Insonni tanish odobdan, oila tarbiyasidan boshlansa, u bilan muloqot davomida axloqiy xislatlarini bila borasiz. Va'daga vafo qiladimi, do'stga sadoqati qanday, himmati va sahovati, jur'ati va shijoati, o'ktamligi va oriyati — barcha axloqiy fazilatlari birma-bir ko'z oldingizda namoyon bo'la boradi. Bu fazilatlar majmui zamirida esa yaxlit shaxs ma'naviyati nurlanadi.

Axloq ma'naviyatga nisbatan surat, tashqi jihat bo'lsa, odob o'z navbatida axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. SHu sababli insonni anglab etish odobdan axloqqa, axloqdan ma'naviyatga qarab teranlashib boradi. Ushbu yuksak insoniy fazilatlar oilada tarbiyalanadi. Ammo shu bilan birga axloq odobga nisbatan, ma'naviyat esa axloqqa nisbatan keng qamrovli mohiyatlardir. Inson odobi uning barcha axloqiy fazilatlarini namoyon eta olmaganidek, shaxsning barcha axloqiy sifatlarini bir erga jam etganda ham baribir, uning ma'naviy dunyosini to'liq qamrab olgan bo'lmaysiz. Allomalar inson ko'nglini tilsim ataydilar. Ko'ngil ko'zgusidagi ma'naviyat nuri tufayli har bir inson o'zi sehrli tilsimga aylanadi, mohiyatan cheksizlik kasb etadi.

Demak, inson ko'ngli ilm, irfon xazinasi, Haq sirini o'zida yashirgan tilsim ekan. Inson shu sababli buyukdir. Irfon Haq sirini qalb bilan anglab etish bo'lib, unga erishish, tushunib etish oson emas. Buning uchun inson atrof-voqelik, tabiatga, oilaga, o'zga insonlar, bashariyatga, Vatan va millatga, ota-ona, farzand, do'stga nisbatan huquq va burchlarini mukammal anglab etmog'i, o'zining ichki qudrati va salohiyati, ruhiyati, iroda va himmatini qalban his qilmog'i zarur. Har bir inson bu yorug' olamga,

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

bu sinov maydoniga bir oliy vazifa bilan kelgan. O'sha asl vazifasi nima ekanini topa bilmasa, tushunib etmasa, bu dunyodan notamom o'tib ketmog'i mumkin.

Ruh tarbiyasi va uning irsiyatga ta'siri haqida ajdodlarimiz ko'p ibratli kitoblar qoddirganlar. Jumladan, XIII asrda yashab o'tgan SHayx Najmiddin Kubroning iste'dodli muridi Najmiddin Doya qalamiga mansub "Mirsod ul-ibod min al-mabda ilal-maod" ("Alloh bandalarining boshlang'ichdan tugallanishgacha bo'lgan hayot yo'li") risolasida ruhshunoslik, oila va inson ma'naviy takomili haqida mufassal mulohazalar mavjud. Bu kitobning millat ma'naviy takomiliga ta'sirini bilgan Xorazm xoni Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) XIX asrda maxsus topshiriq berib uni fors tilidan o'zbekchaga o'girtirgan va kitobat ettirgan. Risolaning birinchi bobi — debocha, 5 fasldan iborat ikkinchi bobi esa inson ruhining tabiati, oila tarbiyasi, ruh va tan nisbati kabi masalalarga oid bo'lib, mohiyatan ruhshunoslikka muqaddimadir. Kitobning eng asosiy qismi uchinchi bob — 20 faslni o'z ichiga oladi. Unda inson tarbiyasining barcha asosiy masalalari qamrab olingan.

O'zlikni anglashning pog'onalari bor. SHaxsning o'zligini anglashi uning o'z insonlik mohiyatini anglay borishi bilan belgilanadi. Inson moddiy vujud ekan, avvalo, o'zining moddiy makonsiz mavjud bo'la olmasligini anglab etsa va unga nisbatan ko'nglida mas'uliyat uyg'onsa, ushbu mas'uliyat ma'naviyat atalmish botiniy quvvatga dastlabki tutashuvni hosil qiladi. Insonni SHaxsga aylantiruvchi ma'naviy kamolotning birinchi pog'onasi shudir. Ayni shu pog'onada Vatan tuyg'usi shakllanadi.

Markaziy Osiyoda bir necha ming yillar osha yuzaga kelgan tarixiy taraqqiyot jarayonida mif va afsonalar ijodiy qayta ishlangan, yangi-yangi voqea va ma'lumotlar, fikr-tushunchalar va g'oyalar bilan boyib, takomillashib insoniyat ma'naviy madaniyatiga hissa bo'lib qo'shilgan.

«To'maris», «SHiroq», «Zariagr va Odatida», «Zarina va Striangiya», «Uch og'a-ini botirlar», «Qahramon», «Malikai Husnobod» kabi qissalar va «Alpomish», «Qirqqiz», «Go'ro'g'li», «Ravshan», «Avazxon», «CHambil qamali», «Oysuluv» singari dostonlarda ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan falsafiy g'oyalar ilgari surilgan.

Qahramonlik haqidagi dostonlarning, ertaklar va afsonalarning falsafiy mohiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan umumiy g'oya -inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargoh Vatanning istiqloli va istiqboli, erki va mustaqilligi uchun tashqi dushmanlarga qarshi murosasiz kurashish har erkagu ayolning, kattayu kichikning oliy insoniy burchi ekanligi haqidagi fikr-mulohazalardir.

Markaziy Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi kurashini badiiy aks ettiruvchi To'maris va SHiroq to'g'risidagi rivoyatlar fikrimizga misol bo'ladi. To'maris haqidagi qissada massagetlar malikasi To'marisning Eron bosqinchilariga qarshi kurashdagi

mardligi, dovyurakligi, jasorati, donishmandligi, vataniga sadoqati, dushmanlarga nisbatan ziyrak va hushyorligi chuqur bayon etilgan.

Vatanni himoya qilish, erksevarlik, yurtparvarlik, vatanparvarlik ajdodlarimizning qon-qoniga singib ketganligi SHiroq haqidagi tarixiy rivoyatda ham chuqur va har taraflama ochib berilganligini eslatib o'tish mumkin. Xalq bilan hamnafas, hamdard bo'lish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga musibat tushgan qorong'u kunlarda ham sadoqatli bo'lib, astoydil xizmat qilish mo'min musulmon farzandi uchun eng katta baxt hisoblanib, kelgan. «YAxshi hayot va uzoq yashash uchun, xalqning duosi va shodligidan yaxshiroq posbon va qo'riqlovchi yo'q» - deydi, Barxurdor ibn Mahmud.

Xalqparvarlik barcha insonlarga mehr-oqibatli bo'lish, ularni hurmat-izzat qilish bilan chegaralanadigan munosabatlargina emas, albatta. Ushbu xususiyat va xislatlar avvalo oilada tarkib topadi. Xalqparvarlik eng avvalo har bir inson tomonidan boshqalarga nafi tegadigan amaliy harakatdir. SHu nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, masalan, moddiy ne'matlar ishlab chiqaruvchi har bir mehnatkash uchun xalqparvarlik bu mehnat unumdorligini oshirib, xalqimiz uchun zarur bo'lgan iste'mol mahsulotlarini sifatli va o'z vaqtida etkazib berish demakdir.

Vatan — sermazmun, juda ham keng tushuncha. U yashab turgan uyimizdan boshlanadi. Xalqimiz uy qurgan odamni «vatanli bo'lib qoldi», deyishi bejiz emas. «Vatan ostonadan boshlanadi» dsgan ibora barcha xalqlarda borligi ham shundan dalolat beradi. Bizning xalqimiz o'zi tug'ilgan joyga juda katta muhabbat bog'laydi. SHuning uchun ham ular boshqa joylarga ko'chishni xohlashmaydi. Boshqa joylarga ketganda ham doimo o'zi tug'ilgan el-yurtidan aloqasini uzmay, uni ziyorat qilib turadi. Bu ham Vatanga sadoqatli bo'lishning ko'rinishidir. Vatan insonning ota-onasi, oilasi, qarindosh-urug'lari, o'zi tug'ilib o'sgan joygina emas, balki yoshlik davrlarni boshidan kechirgan, yugurib-elib o'ynagan, sayr qilgan dalalar, cho'milib yurgan soylar, daryolar, oromgoh bog'lar, tog'lar, tabiat muhitidir. Demak, Vatanni sevmak kindik qoni to'kilgan joy tabiatini sevmak, uning uchun qayg'urish ham demakdir. Vatan — bu birinchi maktab, birinchi bilim, orttirilgan do'stlar, bilim berib voyaga etkazgan o'qituvchilardir. SHuning uchun ham inson qancha yoshga kirmasin, qaerda ishlamasin, birinchi maktab, birinchi o'qituvchi, maktabdoshlarini hech qachon yoddan chiqarmaydi, ularga doimo hurmat-izzat bilan qaraydi. Vatan bu o'sib-ulg'aygan mahalla. Mahalla yoshlik davrining eng yaxshi kunlari kechgan hozirgi hayotida ham hamdard, hamnafas bo'lib kelayotgan qo'ni-qo'shni, do'stu birodarlar maskanidir. Mahallaga hurmat, mahalla ahli bilan doimo maslahatli ish qilish, to'y-tomoshalar va boshqa tadbirlarni o'tkazishni har bir inson o'zining muqaddas burchi deb bilgan. Hozir ham mahalla ahlining roli tobora kuchayib bormoqda.

Vatan bu oila hamdir. SHunday ekan oilaga, kindik qoni to'kilgan joyga mehr-muhabbatda bo'lish ayni vaqtda Vatanga sadoqatli bo'lish demakdir. Oila

jamiyatimizning asosini tashkil qiladi. Oila a'zolarini, ular tug'ilgan va istiqomat qiladigan uy-joyni e'zozlash, ayni vaqtda har bir oilaning, insonning shajarasini, tarixini yaxshi bilishini taqozo etadi. Har bir inson, o'z oilasi, ota-ona, el-yurt tarixini, shajarasini yaxshi bilib olishi lozim. Bunda ayniqsa oila, maktab katta rol o'ynaydi. Vatan bu har bir inson ishlayotgan mehnat jamoasi, o'qiyotgan bilim yurti, ijtimoiy-siyosiy muhit hamdir. Mehnat jamoasining inson hayotida tutgan o'rni katta. CHunki mehnat jamoasida har bir inson hayot maktabini o'tab, mutaxassis bo'lib etishadi, ma'naviy kamol topadi, hayotda o'z o'rnini egallaydi, shuhrat qozonadi.

MUHOKAMA

Vatan — bu har bir kishining yashab turgan qishlog'i, shahari, tumani, viloyati. SHuning uchun ham ular tuman, shahar, viloyat yutuqlari bilan faxrlanadi, unga o'z hissasini qo'shishga intiladi, mavjud tarixiy yodgorliklar bilan faxrlanadi. Ularning gullab-yashnashiga, obodonligiga ko'maklashadi. Vatan bu xalqimizning jannatmisol makoni O'zbekiston Respublikasidir. Ona-yurt, Vatan inson uchun oltin beshik. Inson ana shu oltin beshikda dunyoga keladi, ilk bor qadam tashlaydi, unib-o'sadi, voyaga etadi, el-yurt xizmatiga bel bog'laydi. SHuning uchun ham Vatan har qanday inson uchun onasi kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan muqaddas maskan bo'lib hisoblanadi.

Ma'rifatparpar bobomiz Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida yozganidek, «Vatan har bir kishining tug'ilib o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deganlar. Har kim tug'ilgan, o'sgan joyini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan his-tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar ular ayrilsa, o'zlaridagi kabi rohatda yashamas... Biz turkistonliklar o'z vatanimizii jonimizdan ortiq suyganimiz kabi arablar Arabistonni, qumlik issiq cho'llarni, eskimuslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik erlarini boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o'z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi».

Vatan bu xalqning o'tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan deganda hamisha o'zimiz tug'ilib o'sgan, ta'lim olgan, voyaga etgan necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o'tgan, ularning aqlu idroklari, mehnatlari sarf etilgan muqaddas yurt ko'z oldimizga keladi. Vatan bu ota yurt, ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, chuqur ildiz otib, o'sib kamol topib boradigan zamindir.

NATIJA

Vatan muqaddas qadriyat. Taraqqiyot Vatandan boshlanadi. U insoning kindik qoni to'kilgan joy, har kimning borligini qadrlovchi zamin, ma'naviy kamolot va saodat maydonidir. SHuning uchun ham har bir inson o'z dard-alamini, orzu-umidlarini vatan

www.scientificprogress.uz

taqdiri bilan bog'lab kelgan. Vatan mehrini, Vatan sehrini, uning mo'tabariigini, ulug'voñigini so'z bilan ifodalash qiyin. Haqiqiy barkamol inson Vatanning ravnaqi va istikboli, el-yurtning ozodligi va mustaqilligi uchun xamma narsani, hatto, shirin jonini xam ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning «mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo'lgan taqdirimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo'lar edim», deb aytgan so'zlaгi har bir aqli raso fuqaro uchun bebaho o'gitdir

Inson uchun oila yagonadir. Oilaning katta-kichigi, ham, boy-kambag'ali bo'lmaydi, oila tanlanmaydi. Oila bizning molimiz emas. SHuning uchun ham u pulga sotilmaydi. Oila in'om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Oila har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir. Oilaga mehr muhabbat bilan munosabat bildirish, uni sevib ardoqlash, uning qadriga etish, uning kamoloti, osoyishtaligi uchun qayg'urish yoshligimizdan boshlab ongimizga singdiriladi. CHunki har qanday inson o'z oilasi tarixi, ya'ni, ota-bobolari o'tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi.

Hamid Olimjon «Men o'zbek xalqi nomidan so'zlayman» degan maqolasida bu haqda shunday degan edi: «Mening xalqim o'z kindigining qoni to'kilgan tuproqni o'z onasiday aziz ko'radi. Mening xalqim o'z bobola-ri ko'milgan tuproqni o'padi, shu tuproqni harom, nopok qilgan odamni o'ldiradi. Qadim o'zbek botirlari uzoq safarga ketganda, bir hovuch vatan tuprag'ini doim o'z yonlarida olib yurganlar. CHunki bu tuproq ularga o'z tug'ilgan erlarini eslatib turgan, xalq oldida ichgan kasamini yodga solgan. Vatanga bo'lgan muhabbatini bir nafas ham unuttirmagan. Bu bir hovuch tuproq unga o'z ota-onasini, qarindoshlarini, xalqini eslatgan, uzoq bo'lsa ham uni o'z vatanida his qiladigan va qaerda bo'lmasin o'z xalqi sha'niga isnod keltirmaslikka, o'z xalqining nomusi va sodiq o'g'li bo'lishga chaqirgan. U Vatanini qancha sevsa, ota-onadai, sevimli yordan, qondosh vatanidan nishona bo'lgan shu bir hovuch tuproqni ham shuncha sevgan. SHu bir hovuch tuproqning kuchi shuncha zo^ bo'lganki, u suvsiz sahrolardan, qorli tog'laráan, vahshiy daryolardan, yovvoyi o'гmonlaгdan ko'z ochib yumguncha o'ta olgan. SHu bir hovuch tuproq uni o'tdan omon saqlagan. O'q uning ko'kragini tesholmagan, qilich tanasiii tesholmagae, olov kuydirmagan, zindon chiritolmagan».

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu - milliy an'ana va qadriyatlar, milliy turmush tarzi, milliy tarbiya, milliy axloq va odob, uch avlod, ya'ni, bobo-buvi, ota-ona va bolalarning hamjihatlikda yashashi jarayonida eng yuksak insoniy fazilatlarni o'zida tarbiyalab, shakllantirib borishi shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ota va onaning shaxsiy ibrati ham bolalar uchun muhim tarbiya maktabi vazifasini o'taydi.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

REFERENCES

1. SH.M.Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.

2. SH.M.Mirziyoev Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. "O'zbekiston" NMIU, 2016y.

3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Toshkent, "SHarq" nashriyoti-matbaa konsern bosh tahririyati. 1998 y. 32 b.

4. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. - T.: O'zbekiston, 1997. - 326 b.

5. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: O'zbekiston, 1998. - 64 b.

6. Karimov I.A. YUksak ma'naviyat - engilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008

7. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. -T.:O'qituvchi, 1992. -160 b.

8. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1 jild. To'plovchi, nashrga tayyorlagan. va so'z boshi muallifi B.Qosimov. - T.: Ma'naviyat, 1997. - 272 b.

9. Akbarov I.A. Musiqa lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1997.

10. Bahriev A.R. O'quvchilarda musiqiy idrok shakllanishi / Xalq ta'limi, №3/2002, 8182 b.

11. ОЛИМОВ, Ш. Ш., & ХОДЖИЕВА, М. Ш. (2020). Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе. In Молодежь и XXI век-2020 (pp. 228-231).

12. Олимов, Ш. Ш., & Сайфуллаева, Н. З. (2019). Педагогико-экономические аспекты интеграции образования, науки и производства в условиях региональных вузов на современном этапе. Сибирский педагогический журнал, (3).

13. Олимов, Ш. Ш., & Сайфуллаева, Н. З. (2014). ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ НА ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЕ ВОСПИТАНИЕ. In тренды развития современного общества: управленческие, правовые, экономические и социальные аспекты (pp. 186-188).

14. Umurova, M. Y., & Nurullaeva, N. K. (2020). ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ (ПО ОБЛАСТЯМ И УРОВНЯМ ОБРАЗОВАНИЯ). Проблемы педагогики, 40.

15. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).

16. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).

17. Жураев, Б. Т. (2020). ПАМЯТНИКИ БУХАРЫ-ИСТОЧНИК ВОСПИТАНИЯ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Проблемы современной науки и образования, (11 (156)).

18. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ. Наука, техника и образование, (3 (67)).

19. Абдуллаев, К. Ф., & Жураев, Б. Т. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ПРАВИЛЬНОЙ ОСАНКИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ. Вестник науки и образования, (21-3 (99)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.