Научная статья на тему 'MILLIY TARBIYANI RIVOJLANTIRISH-GLOBALLASHUV SHAROITIDAGI ZARURIYAT SIFATIDA'

MILLIY TARBIYANI RIVOJLANTIRISH-GLOBALLASHUV SHAROITIDAGI ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

2412
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy tarbiya / globallashuv / fxborot asri / milliylikning shaffoflashuvi / ogohlik / begonalashuv / ijtimoiy tarmoqlar / milliy qadriyatlar / yosh avlod / strategik maqsad. / national education / globalization / the era of globalization / transparency of nationality / awareness / alienation / social networks / national values / young generation / strategic goal.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nilufar Maxsudovna Koshanova, Gulruh Isroil Qizi Aliyeva

Ushbu maqolamizda globallashuvning yoshlar tarbiyasi va millat mentalitetiga salbiy ta‟sirlari, o„sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma'naviyat, keng dunyoqarash, kuchli tafakkurni shakllantirish, ogohlik va sergaklik ruhida tarbiyalashda milliy tarbiyaning o‟rni va ahamiyati tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, we analyze the negative impact of globalization on the education of youth and the mentality of the nation, the role and importance of national education in the formation of high spirituality, a broad worldview, strong thinking, consciousness and vigilance among the younger generation.

Текст научной работы на тему «MILLIY TARBIYANI RIVOJLANTIRISH-GLOBALLASHUV SHAROITIDAGI ZARURIYAT SIFATIDA»

MILLIY TARBIYANIRIVOJLANTIRISH-GLOBALLASHUV SHAROITIDAGI ZARURIYAT SIFATIDA

Nilufar Maxsudovna Koshanova

v,v,b, dosent., Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Chirchiq davlat pedagogika universiteti koshanovanilufar512@gmail.com

Gulruh Isroil qizi Aliyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda globallashuvning yoshlar tarbiyasi va millat mentalitetiga salbiy ta'sirlari, o'sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma'naviyat, keng dunyoqarash, kuchli tafakkurni shakllantirish, ogohlik va sergaklik ruhida tarbiyalashda milliy tarbiyaning o'rni va ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar.milliy tarbiya, globallashuv, fxborot asri, milliylikning shaffoflashuvi, ogohlik, begonalashuv, ijtimoiy tarmoqlar, milliy qadriyatlar, yosh avlod, strategik maqsad.

ABSTRACT

In this article, we analyze the negative impact of globalization on the education of youth and the mentality of the nation, the role and importance of national education in the formation of high spirituality, a broad worldview, strong thinking, consciousness and vigilance among the younger generation.

Keywords. national education, globalization, the era of globalization, transparency of nationality, awareness, alienation, social networks, national values, young generation, strategic goal.

KIRISH

Tarbiya masalasi insoniyat paydo bo'lgandan buyon eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Tadqiqotchilar fikricha, insoniyat hayotining ibtidoiy davrlarida bolalarni tarbiyalashda stixiyali g'oyalar paydo bo'lgan va tarbiya mazmuni turli davrlarda, turli xalq, millat va elatlarda u yoki bu shaklda bo'lishiga qaramasdan ibtidoiy to'da davridan insoniyat ongli yoki ongsiz ravishda ushbu murakkab va uzluksiz jarayonni amalga oshirib kelmoqda. Shu o'rinda jamiyatda yosh avlodni axloqiy va irodali tarbiyalash

May, 2023

58

dolzarb muommo bo'lib kelgan va doimo shunday bo'lib qoladi. Hozirgi mafkuraviy tahdidlar kundan kunga kuchayayotgan ayni paytda yoshlarni, ayniqsa, maktab o'quvchilarini tarbiyalash muommolarini hal etish masalasini qiyinlashtirmoqda. Chunki, bugungi zamonaviy jamiyatda aksariyat bolalarning irodaviy rivojlanishda zaiflik va hatti-harakatlarida salbiy harakter xususiyatlarning namoyon bo'lishi, o'sib kelayotgan yosh avlodni axloqiy sifatlarini tarbiyalashni yetakchi masala sifatida namoyon qiladi. Yoshlarning ma'lum bir qismi ayniqsa o'smirlar tomonidan qabul qilingan ideallar, me'yor, hamda qadriyatlar yosh avlodni axloqiy va irodali tarbiyalashning butun tizimini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. So'nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini inobatga olib, ushbu yo'nalishdagi prinsipial yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qiladi. Mamlakat yoshlarini ma'nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo'llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI VA METADALOGIYASI

Mahalliy tadqiqotchilardan O.Musurmonova o'smir yoshlarning ma'naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari; K.Hoshimov, O'.Asqarova, B.Ziyomuhammedova, Sh.Abdullaeva, J. Yo'ldoshevlar axloq va axloqiy tarbiyaning pedagogik muommolari; J.Tulenov, Q.Nazarov, G.Tulenovalar axloq va axloqiy qadriyatlarning falsafiy jihatlarini tizimli ravishda tadqiq qilganlar. Jabborov X.X. mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik vositalari; Sh.N.Taylakov globallashuv jarayonida yoshlarning g'oyaviy-mafkuraviy immunitetini ommaviy axborot vositalarining o'rni; N.Rajapov globallashuv jarayonida yoshlarning ijtimoiylashuv jarayonidagi muommolarga keng e'tibor qaratadi. MDH tadqiqotchilaridan V.P.Baxterev, K.N.Venttsel, F.Kapterov, P.F.Lesgaft, Ya.A.Komenskiy, A.S.Makrenko, K.D.Ushinskiy va boshqalar o'sib kelayotgan yosh avlodda axloqiy sifatlarni tarbiyalashning muommolari va tarbiyaning dolzarb masalalari; V.G.Fedotova, V.A. Kolpakov, N.N.Fedotovlar globallashuv oqibatida sodir bo'lgan ijtimoiy o'zgarishlar; N.M.Gamidova globallashuv jarayonining yoshlar tarbiyasiga ta'siri; M.O.Mnatsakanyan globallashuvnning shiddatli tus olishida axborot texnologiyalari rivojlanishining bevosita ta'siri bo'yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. Shuningdek, E.V.Bondarevskaya, O.S.Bogdanova,

May, 2023

59

R.S.Bure, A.M.Vinogradova, S.A.Kozlova B.T.Lixchaev va boshqalar shaxsni axloqiy tarbiyalash muommolarini o'rgangan. Axloqiy tarbiya muommosiga antik davr mutafakkirlaridan Suqrot, Platon, Aristotel, Foma Akvinskiylar, yangi davr olimlaridan I.Kant, G.Gegel va boshqalar e'tiborini qaratganlar. Xorijiy olimlardan Ingliz sotsiologi E.Giddens globallashuv jarayonining xususiyatlari va namoyon bo'lish shakllarini ilmiy jixatdan tizimli o'rgangan. Globallashuv sharoitida milliylikning shaffoflashuvi va uning salbiy ta'sirlaridan himoyalanishda milliy tarbiya asoslarini rivojlantirish zaruriyati mavzuni belgilashimizga asos bo'lib xizmat qildi.

MUHOKAMA

XXI asr kishisi umuminsoniy qadriyatlardan va bugungi kun haqiqatlaridan kelib chiqib, jismonan sog'lom, ma'naviy axloqiy, intellektual jihatdan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan bo'lishi shu bilan birga dunyoda sodir bo'layotgan jarayonlarga loqayd bo'lmasligi, tashqi olam bilan faol aloqada bo'lishi lozim. Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovasion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovasion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lishdek hayotiy talablarni qo'ymoqda. O'sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma'naviyat, keng dunyoqarash, tafakkurni shakllantirish, ogohlik va sergaklik ruhida tarbiyalash davr talabiga aylandi. Sababi fikrlash, tahlil qilish, idrok qilish qobiliyatiga ega bo'lmagan yosh avlod faqat topshiriqni bajaruvchi manqurtga aylanishi ehtimoli mavjud. Manqurtlar esa kechagi, bugungi, kelgusi kun haqida o'ylamaydi. Ular inson uchun zarur bo'lgan erk, haq-huquq va qadriyatlarning qadriga yetmaydi. Shu o'rinda o'sib kelayotgan yosh avlodni mamlakatimiz va o'z kelajagiga bo'lgan ishonch odobini tarbiyalash ta'lim olishida, shaxsiy hayotida, kelgusi ish faoliyatida, jamoa orasida qat'iy harakat qilishida katta ahamiyatga ega. Har bir ma'naviyatli, ongli insonda vatanidan faxrlanish tuyg'usi bo'lishi, unga munosib bo'lishga harakat qilishi lozim. Uni rivojlantirish, shakllantirish va yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida to'g'ri tarbiyalash har bir davlat va jamiyat oldidagi muhum vazifadir. Bolalarda vatan tuyg'usini tarbiyalash, ajdodlar o'tmishi, kechinmalari, madaniyati jahon fan va madaniyati sohasida tutgan o'rni haqida ma'lumot berish muhum ahamiyatga ega.

Shaxsni tarbiyalash eng dolzarb ijtimoiy va pedagogik muommo hisoblanadi. O'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablari asosida tarbiyalashda ta'lim sub'ektlari o'rtasidagi uzluksizlikni hamda fan predmetlari o'rtasidagi integratsiyani ta'minlash zaruriti

May, 2023

60

mavjud. Inson o'zi o'zida ezgulikni yaratish, ma'naviy yuksalish uchun mas'ul, ammo shu bilan birga insonnning yuksalishida ta'limning roli nihoyatda katta ekanligini inkor etib bo'lmaydi. Inson tarbiyasi masalasi, ularni nuqsonlardan, hayvoniy qusurlardan qutqarish ajdodlarimizning azaliy qayg'usi bo'lib kelgan. Shaxs, millat, insoniyat ma'naviyatining holati va darajasi jamiyat taraqqiyotiga turlicha ta'sir etishi mumkunligi qadim zamonlardan beri ma'lum. Jamiyat hayotidagi barcha yuksalishlar, taraqqiyot imkoniyatlar, komil inson shaxsining shakllanishi muayyan imkoniyatlar bilan bog'liq. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotidagi tushkunliklar, turg'unlik holatlari, iqtisodiy, siyosiy omillardangina emas, balki kishilarning ongi, e'tiqodi, dunyoqarashi, axloqiy kamoloti darajasidan ham izlash kerak.

"Tarbiya" va "tarbiyat" so'zlari 1)parvarish qilmoq; ta'lim bermoq; o'rgatish; 2)navozish; mehribonlik ko'rsatish; ko'z-quloq bo'lish; himoya qilish; kabi ko'p qirali ma'nolarga ega[2]. "Tarbiya"atamasi XVII-XIX asrlarda hozirgi bizning davrimizga qaraganda boshqacha ma'noga ega edi. Bu davrlarda bolalarning normal o'sishi va rivojlanishini ta'minlash deb tushinilgan bo'lsa, XX asrda ushbu atama yangi mazmun bilan to'ldirilib bunda barcha rivojlanish omillari (tasodifiy, stixiyali va maqsadli)ta'sirida shaxsning shakllanishi, natijada esa madaniyatni egallashi va jamiyat a'zosiga aylanishi sifatida talqin etildi. "Tarbiya"tushunchasi "shakllanish", "ijtimoiylashish" tushunchalari bilan birlashib, pedagogik tushunchadan ko'ra ko'proq psixologik va sosiologik tushunchaga aylandi.

Tarbiya -bu ma'lum madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda yosh

avlodni hayotga tayyorlash shaxsni rivojlantirish va o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan bolalar va kattalar o'rtasidagi ta'limning maqsadli boshqariladigan ochiq tizimidir.

Inson asosan ikki xil yo'l bilan tarbiyalanishi mumkun: birovlarning bevosita ta'siri, ya'ni o'rgatishi, shuningdek donolar fikrlari, o'gitlari va asarlarini o'qish orqali; inson o'zining fiklashi,odamlar hatti-harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan tegishli xulosalar chiqarib olishi,-eng qudratlisi-tafakkuri vositasida tarbiyalanishi mumkun. Har bir xalq va davlatda amalga oshirilayotgan tarbiya jarayoni umuminsoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismidir. Demak mamlakatda olib borilayotgan siyosat kabi, tarbiya jarayoni ham umumbasharish extiyojlardan kelib chiqishi lozim.Sababi insoniyat tamadduni taqdiri barcha xalqlar uchun bir xil qimmatlidir. Dunyoda ijobiy xususiyatlaridan ko'ra ko'proq milliy tarbiya asoslariga tobora ko'proq xavf solayotgan

May, 2023

61

globallashuv jarayoni va ommaviy madaniyatning salbiy jihatlari, global muommolar: giyohvandlik; ekstremizm va terrorizm xavfi; turli ekologik muommolar butun insoniyat oldida tarbiya masalasini global muommolardan biriga aylantirmoqda. Ushbu jarayonlar xavf va tahdidlarga qarshi millatlararo pedagogik birlikni taqozo qilmoqda.

Ota-bobolarimiz "Agar kishiga hayotning o'zi berolmasa ta'lim, unga o'rgata olmas hech bir muallim"deya juda asosli fikr aytishgan[5].

Birinchi prezidentimiz haqli ravishda "Tarbiyachi- ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun avvalo, tarbichining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday fazilatlarga ega bo'lishi kerak" degan edilar[3]. Tarbiya mavsumiy, ma'lum bir vaqtga mo'ljallangan ish emas, balki jamiyat va davlat ahamiyatiga molik kechiktirib bo'lmas, uzluksiz davom etadigan jarayon va strategik masaladir. Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchining o'zaro ta'sirida amalga oshiriladigan dinamik tizim sifatida qaraladi. Tarbiya jarayoni ta'lim muassasasi pedagogik faoliyatining yadrosidir[4]. Barqaror axloqiy xulq-atvorga ega, qobiliyatli shaxsni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, o'z taqdirini o'zi belgilash, jamiyatda o'zini o'zi moslashtirish, vatanparvarlik, fuqarolik va ma'naviy-axloqiy tarbiya, sog'lom turmush tarzini o'quvchilarga singdirish tarbiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Maktab o'quvchilarini kelajakka yo'naltirish: o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirish, ularga o'ziga xosligini tushunishga, boshqa odamlarning fikrlarini hurmat qilishga o'rgatish, o'zini xolis baholash, o'z qobiliyatlari, malakalarini hisobga olgan holda kelajak uchun real rejalar tuzish, o'z-o'zini anglashi, o'zini boshqarish tizimini takomillashtirish ishbilarmonlik, axloq va tashabbuskorlikni tarbiyalash, ularning oilalari, o'qituvchilar bilan o'zaro aloqalarini faollashtirish lozim. Bizning fikrimizcha tarbiya jarayoni maxsus ishlab chiqilgan bo'lishi, ya'ni bolaning o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini boshqarish imkoniyatlari bilan uyg'unlashtirilgan maqsadga muvofiq tizim bo'lgandagina haqiqiy bo'ladi. XXI asr kishisi umuminsoniy qadriyatlardan va bugungi kun haqiqatlaridan kelib chiqib, jismonan sog'lom, ma'naviy axloqiy, intellektual jihatdan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan bo'lishi shu bilan birga dunyoda sodir bo'layotgan jarayonlarga loqayd bo'lmasligi, tashqi olam bilan faol aloqada bo'lishi lozim. Bolaning shaxs sifatida shakllanish va ijtimoiylashuv davri asosan maktab tizimida yuz beradi.

Inson va jamiyatatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli ajdodlardan asta-sekin avlodlarga o'tadi.

Milliy tarbiya atamasi keng va tor doirada ishlatiladi. Keng ma'noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish

May, 2023

62

va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotda faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ma'naviy ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Demak milliy tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar, balki butun ijtimoiy tuzum va uning yetakchi g'oyalari, hatto adabiyot, san'at, kino, radio,TV, OAV va boshqalarni o'z ichiga oladi. Shunungdek, milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi. Tor ma'noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma'naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bizga ma'lumki, har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'la oladi.

NATIJALAR

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida milliy tarbiyani samarali tashkil qilishda o'quv muassasalari va umumta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e'tiborni kuchaytirish jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi qabul qilindi. Unga muvofiq mamalakatimizda mavjud on mingdan ortiq umumta'lim maktrablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta'lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o'qituvchilarning mehnatini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish bo'yicha katta ishlar qilinmoqda. Umuman olganda, oxirgi yillarda mamlakatimizda milliy tarbiyani yaxshilash masalasida tizimli islohatlar amalga oshirilmoqda. 2019 yil 20 iyunda Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining qabul qilinishi bu borada ildam qadamlardan biri bo'ldi. Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini amalaga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri aholining farzand tarbiyasi bo'yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma'naviy tarbiyaning samarali usullari va amalaga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo'nalishlarni belgilab berdi [1]. Konsepsiyada belgilangan yo'nalishlar mamlakat yoshlarini ma'nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo'llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur Konsepsiya O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonunlari, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan hujjatlari, xususan «Bola huquqlari

May, 2023

63

to'g'risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar-2030» strategiyasi hamda O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlariga asoslanadi.

Konsepsiyada belgilangan vazifalar O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg'or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda amalga oshiriladi. Konsepsiyaning maqsadi -yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko'nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni vaoyaga yetkazishdan iborat. Konsepsiya to'rtta bosqichda amalaga oshirilishi ko'zda tutilgan bo'lib quyidagi bosqichlarga bo'linadi:

- birinchi bosqich: oilalarda (homila davri,bola tug'ilganidan 3 yoshgacha);

- ikkinchi bosqich: maktabgacha ta'lim3-6(7) yoshgacha bo'lgan davr;

- uchinchi bosqich:(7(6)-10) yoshgacha boshlang'ich sinf, 11-17 (18) yosh);

- to'rtinchi bosqich:ishlab chiqarishda faoliyat korsatayotgan va band bo'lmagan, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar va OTM tizimidagi yoshlar .

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki uning o'sishi har qanday jamiayat va davlatda hal qiluvchi ahamiayatga ega.Buning uchun o'sib kelayotgan yosh avlod o'z ajdodalaridan ham yuqoriroq natijalarga erishsishi lozim bo'ladi. Ammo, bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida axloqga zid bo'lgan harakatlar natijasida katta ma'naviy yo'qotishlar yuz berayotgani millatning asriy qadriyatlari, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash sharti jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkun[6]. Bugungi globallashgan XXI asrda yoshlarimizni axloqimizga zid bo'lgan illatlardan va tahdidlardan saqlash eng asosiy burchimizdir.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 7.07.2020.санасидаги 422-сонли карори. https://lex.uz/ru/docs/4885018

2. Узбек тилининг изохли лугати.2 жилдлик,П том,-М.: «Рус тили нашриёти», 1991, 125-б.

3. Каримов И.А.Буюк келажагимизнинг хакикий кафолоти, Тошкент, "Шарк" нашриёт- матбаа концернининг Бош

тахририяти, 1993, 27-28-бетлар.

May, 2023

4. H.M.KomaHOBa.YMyMTatnHM MaKTaönapuga chh$ paxöapnapu ^aonuaTHHH pHBO^naHTupurn MexaHH3Mnapu(KnacTep eHgamyBH acocuga)" // neg.$aH.$anca$a goKTopu gucc. ^npHHK, 2022. - E. 160.

5. Ca^o OnHn.MycTaKHnnHK MatHaBHtfTH Ba Tapöna acocnapu. TomKeHT "YKmyBHH"1995.-E. 208.

6. M.K.PamugoBa.Tapöuaga hhcohhh $a3HnaraapHHHr HaMoeH 6ynHmH.//Academic Research in Educational Sciences, 3 (12) ,2022. -P.276-280.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.