Научная статья на тему 'XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING MA‘NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH'

XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING MA‘NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
608
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XALQ QO‘SHIQLARI / LAPARLAR / MILLIY TARBIYA / TA’LIM-TARBIYA / MA’NAVIYAT / AXLOQ / FAZILAT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ortikov O.R., Murodova M.M.

Mazkur maqolada Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarning ma‘naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning mazmuni, maqsadi, tamoyillari, qonuniyatlari, amalga oshirish mexanizmi, xalq qo‘shiqlarining ta’lim tarbiyadagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES OF STUDENTS THROUGH FOLK SONGS

This article discusses the meaning, purpose, principles, laws, mechanism of implementation, the importance of folk songs in education and training of students' moral and moral qualities by means of folk songs.

Текст научной работы на тему «XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING MA‘NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH»

Ortikov O.R. Murodova M.M.

Turon zar med universiteti o'qituvchilari

XALQ QO'SHIQLARI VOSITASIDA O'QUVCHILARNING

MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH

Annotasiya: Mazkur maqolada Xalq qo'shiqlari vositasida o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning mazmuni, maqsadi, tamoyillari, qonuniyatlari, amalga oshirish mexanizmi, xalq qo'shiqlarining ta'lim tarbiyadagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: xalq qo'shiqlari, laparlar, milliy tarbiya, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, axloq, fazilat.

Ortikov O.R. teacher Murodova M.M. teacher

Turon Zar Med University

FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES OF STUDENTS THROUGH FOLK SONGS

Abstract: This article discusses the meaning, purpose, principles, laws, mechanism of implementation, the importance of folk songs in education and training of students' moral and moral qualities by means offolk songs.

Key words: folk songs, lapars, national education, education, spirituality, morality, virtue.

Jahonning ko'pgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatga ega bo'lib, shaxsni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g'oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning sotsial tuzumiga xizmat qiladi.

Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi, qonuniyatlari va shu xalqning milliy musiqa madaniyati, tili, madaniy an'analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasning strukturasi, sistemasi (tizimi) va ilmiy-metodik yutuqlar boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir etadi.

Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash bugungi kunda bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi. Zeroki, qator aytilgan bu fikrlar zamirida har doimgidek yoshlar turadi, sababi ularning bugungi kundagi olgan ta'lim-tarbiyasi nafaqat o'zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz

Shavkat Mirziyoyev bejizga "Agar mendan sizni nima qiynaydi"deb so 'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman" - degan purma'no fikrlari fikrimiz yaqqol dalilidir.

Xalqimizning o'tmish an'analari, milliy urf-odatlari, milliy musiqa san'atining eng yaxshi namunalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san'atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy- ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida yurtimizda keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu yaratilayotgan ikmoniyatlarning asosiy maqsadi yosh avlodni milliy xalq qo'shiqlari, musiqa va san'at turlariga qiziqishi va qobiliyatini oshirish, jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni xalqimiz an'analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy va ma'rifiy saviyasini har tomonlama oshirish, o'quvchilarning ma'naviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, iste'dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish, milliy va jahon musiqasi, tasviriy san'atning yuksak namunalaridan va o'zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bo'lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida talabalarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish, umumiy musiqa, xoreografiya, teatr san'ati, tasviriy va amaliy san'at yo'nalishlari bo'yicha bilimlarning boshlang'ich asoslarini o'rgatish orqali ularni musiqa va san'at olamiga jalb etish ko'zda tutilgan. Shuningdek, milliy musiqa san'atimiz va xalq qo'shiqlari asoslarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida jamiyat hayotining barcha yo'nalishlarida bo'lganidek, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida mavjud bo'lgan musiqa ta'limi mazmuni milliy musiqiy meros to'grisidagi ma'lumotlar va asarlar bilan boyitildi. Bu holat ta'lim tizimining eng muhim shakllantiruvchi bosqichi bo'lgan umumiy o'rta talim maktablari "musiqa madaniyati" fani uchun ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturi, asosda yaratilgan darsliklarda yaqqol ko'rish mumkin.

Milliy musiqiy meros^uning turli janrlarida yaratilgan asarlar va ularda ilgari surilgan g'oyalarning shaxs kamolotidagi o'rni va ahamiyati, ta'limning turli bosqichlarida ulardan ta'limiy-tarbiyaviy maqsadlarda, jumladan, ma'naviy, estetik, axloqiy tarbiya vositasi sifatida foydalanish, o'quvchi yoshlar, talabalarda milliy xalq musiqa merosiga qiziqish uyg'otish masalalari ko'plab san'atshunos, folklorshunos va pedagog olimlar tomonidan o'rganilgan. Bunga S.X. Fayzulina, O.A. Vasilchenko, D.A. Djamolova, D.A.Jamolova, Q. Mamirov, H. Nurmatov, N. Tolliboev, I. Qudratov, E.M.Fayzullaev, N.B. Toshtemirov kabilarning ilmiy faoliyatida o'rganilgan.

Yosh avlodni ajdodlarimiz an'analari qadryatlari va madaniyati asosida tarbiyalash ularda ma'naviy axloqiy fazilatlarni shakllantirishda milliy musiqiy merosimiz xususan xalq qo'shiqlari alohida o'rin tutadi. O'sib kelayotgan yosh

avlodga ta'lim-tarbiya berish xususan talabalarda ma'naviy axloqiy shakllantirish vositasi sifatida foydalanish o'ta muhim dolzarb masaladir. Xalq qo'shiqlari xalq va millatning ma'naviy musiqiy boyligi hisoblanadi. Har bir xalq asarning tarixi uning an'anaviy ijrosi xalq urf-odatlari va boshqa qadryatlari bilan bog'lanishini va qaysi janrga mansubligini bilib ijro etish hamda undan axloqiy xulosalar chiqarib olish madaniyatini egallash o'quvchilarning xalq qo'shiqlari orqali ma'naviy-axloqiy tarbiyalanganligini ko'rsatuvchi muhim omil hisoblanadi.

O'quvchi shaxsining ma'naviy-axloqiy shakllantirish bevosita musiqa, uning eng sharqona janri bo'lgan xalq qo'shiqlari orqali muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, ma'naviy-axloqiy tushunchalar bilan tanishtirish lozim bo'ladi. Faylasuf-pedagog olimlar fikriga tayanib, ma'naviy-axloqiy tushunchalarni quyidagi uch guruhga bo'lish mumkin.

1. Ma'naviy-axloqiy tushunchalarni bayon qilish;

2. Ma'naviy-axloqiy fikr yuritish;

3. Ma'naviy-axloqiy xulosalar chiqarish va bu hislatlarni odat tusiga kiritish.

Ma'naviy-axloqiy meyorlar sahiylik, oqko'ngillik, yaxshilik, hurmat, xayrixohlik, masuliyatlilik, mehnatsevarlik kabi atamalarning mazmunini bilib olish, o'z faoliyatida unga amal qilishni anglata di.

O'zbek xalq, qo'shiqlarining qadimiy tarixini, o'ziga xos xususiyatlari va turlarini o'rganishda ulug tilshunos olim Maxmud Qashgariyning «Devonu lugotit turk» asari muhim o'rin tutadi. Mahmud Qoshg'ariy uzoq yillar el kezib turkiy tillar xususiyatini o'rganar ekan, ko'plab xalq, maqollari va qo'shiqlarini to'plagan4.

Xalq qo'shiqlari- bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo'lib, insonni o'rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o'zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta'lim tarbiya jarayonida xalq qo'shiqlari vositasida o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish ijtimoiy tarixiy hodisa sanaladi. Alisher Navoiy ham xalq qo'shiqlari, turlari haqida ma'lumot berar ekan, surud, ayolgu, lahn va turki so'zlarining qo'shiq ma'nosini bildirganini asoslaydi5.

Xalq qo'shiqlari asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o'z aksini topadi;

1. Xalq qo'shiqlarining ma'lum maqsadga qaratilganligi.

2. Xalq qo'shiqlarining insonparvarlik qoidalari.

3. Xalq qo'shiqlarining hayot bilan va mehnat bilan bog'liqligi.

4. Xalq qo'shiqlarida milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.

5. O'quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.

4 Ziyoda Masharipova "O'zbek xalq Og'zaki ijodi» (o'quv qo'llanma) T.: 2007 yil 95-bet

5 Алишер Навоий, Хамса, 557-бет.

Xulosa qilib aytganda xalq qo'shiqlarning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his-tuyg'ularini, kechinmalarini o'ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O'quvchilarni qiziqtiradigan, o'ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi. Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida ishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo'lib sanaladi. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan. Inson qo'shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo'shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go'zallikni tasavvur etish qiyin. Qo'shiq zavq ehtiyoji, eng go'zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g'oya hayqirig'idir. Xalq qo'shiqlari umuminsoniy qadriyatlarini o'quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi. Shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar o'quvchilarda milliy kuy-qo'shiqlarga ixlos uyg'otadi, musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg'usini o'stirib, musiqiy o'quvi va didini o'stiradi, talabalarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo'shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi, alla, lapar, terma qo'shiqlar vositasida o'quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o'sib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni -T.: "O'zbekiston", 2020 yil 23 sentabr.

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017 y., - 592 b

3. Aliev A. Ma'naviyat, qadriyat va badiiyat. - T.: Akademiya, 2000.

4. Alaviya M. O'zbek xalq qo'shiqlari. T., 1959.

5. O'zbek folklori ocherklari. Uch tomlik. 1-tom. T.: «Fan», 1998.Qodirov B. Komil inson tarbiyasining pedagogik asoslari. -T.: Mehnat, 2001. -195 b.

6. Quronov M. Maktab ma'naviyati va milliy tarbiya. - T.: Fan, 1995.-117 b.

7. Ortiqov O. R. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //Экономика и социум. -2022. - №. 3-2 (94). - С. 1130-1135.

8. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 160-165.

9. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.