Научная статья на тему 'TALABALAR KASBIY MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN XORIJIY TAJRIBALAR TADQIQI VA UNING KONTEKSTUAL JIHATLARI'

TALABALAR KASBIY MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN XORIJIY TAJRIBALAR TADQIQI VA UNING KONTEKSTUAL JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
632
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma`naviyat / tariqat / ma`naviy barkamollik / vatanparvarlik / tarbiya / Spirituality / teachings / spiritual perfection / patriotism / education

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mutallibjonov, Ma’Rufjon

Maqolada xorijiy tajribalarni tadqiq qilgan holda qolaversa buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan buyuk me`roslarini o`rgangan holda talabalarining kasbiy ma`naviyatini rivojlantirish bo`yicha ayrim tavsiyalar haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH OF FOREIGN EXPERIENCES AND THE CONTEXTUAL ASPECTS OF STUDENTS 'PROFESSIONAL SPIRITUAL DEVELOPMENT

The article deals with some recommendations for the development of professional spirituality of students by studying foreign experiences, as well as the great legacy of our great ancestors.

Текст научной работы на тему «TALABALAR KASBIY MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN XORIJIY TAJRIBALAR TADQIQI VA UNING KONTEKSTUAL JIHATLARI»

TALABALAR KASBIY MA' NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN XORIJIY TAJRIBALAR TADQIQI VA UNING KONTEKSTUAL JIHATLARI

Mutallibjonov Ma'rufjon

erkin taqqiqotchi Andijon Davlat Universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada xorijiy tajribalarni tadqiq qilgan holda qolaversa buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan buyukme^roslarini o^rgangan holda talabalarining kasbiy maлnaviyatini rivojlantirish bo yicha ayrim tavsiyalar haqida so z boradi.

Kalit so zlar: Ma^naviyat, tariqat, ma^naviy barkamollik, vatanparvarlik, tarbiya

ABSTRACT

The article deals with some recommendations for the development of professional spirituality of students by studying foreign experiences, as well as the great legacy of our great ancestors.

Keywords: Spirituality, teachings, spiritual perfection, patriotism, education

АННОТАЦИЯ

В статье даются рекомендации по развитию профессиональной духовности студентов на основе изучения зарубежного опыта, а также великого наследия наших великих предков.

Ключевые слова: духовность, учение, духовное совершенствование, патриотизм, воспитание.

KIRISH

Ma'naviy sohadagi chuqurlashib borayotgan inqiroz butun insoniyat uchun global muammoga aylanmoqda. Ijtimoiy tizimidan qat'i nazar, barcha mamlakatlarda alkogolizm, giyohvandlik, jinoyatchilik, ma'naviy va axloqiy tanazzul kabi hodisalar o'sib bormoqda. Moddiy boylik muammolarning echimini ta'minlamaydi va ildizlari etarlicha chuqur bo'lgan inqirozni bartaraf etmaydi. Manbasi tashqi dunyo bo'lgan moddiy ne'matlarni iste'mol qilishga yo'naltirilgan zamonaviy sivilizatsiyaning pragmatik tarafkashligi odamni o'z ichki dunyosi va ma'naviy ehtiyojlaridan uzoqlashishga olib keldi. Iste'molga haddan tashqari katta e'tibor shaxsni yo'q qiladi, yigit o'ziga xos "iqtisodiy hayvon" ga aylanadi, u uchun ideal yoki xatti-harakatlar normalari yo'q. A. Klizovskiy ta'kidlaganidek: "Hayotni rivojlantirish, ruhni tarbiyalashning asosiy omili insoniyat tarbiyasidan chetlashtirildi. Inson ilgari misli

308

ko'rilmagan inqirozni aynan uning ma'naviy rivojlanishining to'xtatilishi, ma'naviy qadriyatlarini yo'qotishi sababli kechirmoqda. Iqtisodiy qashshoqlashish ma'naviy qashshoqlikning natijasidir. Najot inson yolg'iz non bilan emas, balki bizning mavjudligimiz asosini tashkil etadigan eng yuksak ma'naviy qadriyatlar bilan yashashini e'tirof etishdan iboratdir". Ushbu inqirozning oqibatlari yosh avlodda ko'proq seziladi. Oilaviy va maktab hayotidan, ijtimoiy va ma'naviy tarbiyaning uyushgan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan shakllaridan begona bo'lgan yoshlar jinoiy muhitni to'ldirishning asosiy manbalaridan biriga aylandilar.

Binobarin, zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi inqiroz davrida, ma'naviy qadriyatlarning qadrsizlanish tendentsiyasi yaqqol namoyon bo'lganda, bu muammoni hal qilishning asosiy vositalaridan biri yoshlarda ma'naviyatni rivojlantira oladigan o'qituvchini tayyorlashdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Talabalarni iste'dodlarini shakllantirishda, pedagogik muloqotni rivojlantirish, kommunikativlik kompetensiyasini yuksaltirishda kasbiy tarbiyaning ahamiyati beqiyos o'rin tutadi.

Darhaqiqat, yoshlarning ilm dargohlarida o'z madaniyati, aql-zakovati, yurish-turishi, qanday xislatlarga ega ekanligi oilada olgan tarbiyasining ifodasidir. Iqtisodiyot, fan va texnika taraqqiyotida ma'naviy-axloqiy omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Inson dunyoning butun sir-asrorlarini bilishga qodir bo'lmasa-da, Haq yo'lida haqiqatni kashf etib yashashga qodir. Shaxsni o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini bilishga bo'lgan ehtiyoj o'z-o'ziga bo'lgan ishonchni orttiradi. O'z vijdoni, oilasi va jamoasi oldida hamisha ochiq yuz bilan hisob bera oladi.Ma'naviy-axloqiy va ruhiy poklik shaxsning tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi asosiy mezon vazifasini o'taydi. Shaxslararo munosabatdagi andishasizlik, dag'allik, qo'pollik, bir-birini ko'ra olmaslik, savodsizlik, kibr, baxillik, ichi qoralik, ziqnalik, yolg'onchilik, ig'vo, adovat, g'iybat, manmanlik va hasad kechirib bo'lmaydigan umuminsoniy illat hisoblanib, uni bir gap bilan, ma'naviy-axloqiy nopoklik, deb yuritish mumkin.Milliy qadriyatlarimiz ulug'vorligining o'ziga xos belgisi sifatida ma'naviy- axloqiy yetuklikka ko'plab misollar keltirish mumkin. Birgina mutasavvuf donishmand, yurtparvar shoir Hoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoda ilk tasavvufiy tariqat -«Yassaviya»ning asoschisi, nafaqat Xuroson va Movarounahr, balki turkiyzabon xalqlarning ma'naviy-axloqiy qadriyatlari rivojiga ulkan hissa qo'shgan yetuk inson sifatida tanilgan [3].Ozodlik va yurtparvarlik yo'lida fidoyilik namunasini ko'rsata olgan, nafaqat o'z xalqining, balki

umuminsoniy va umumbashariy qadriyatlarni e'zozlagan buyuk vatandoshlarimiz,

309

o'zbek farzandlari - Shiroq, To'maris, Mahmud Torobiy, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Dukchi Eshon, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho'lpon, Usmon Nosirlarning mustaqillik, erk va erkinlik, ma'rifat yo'lidagi ulkan jasoratlari, milliy va ma'naviy-axloqiy qadriyatlarimizning oliy namunasidir.

MUHOKAMA

Talabalarni kasbiy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishning ma'naviy - axloqiy asoslari ana shu safarbarlikda, o'zini bag'ishlay olishda, o'z tashvishi bilan emas, o'zgalar dardi, xalq va Vatan dardi bilan yonib yashashida. Pedagog faoliyati uning faol harakati, tashkilotchiligi bilan cheklanishi mutlaqo mumkin emas. Pedagogning kasbiy tarbiyaviy faoliyatiga xos fidoyilik, ya'ni o'z bilimi va tajribasini yoshlarning farovon hayot yo'lini belgilab berishga yo'naltira olsa, alloma G'azzoliy tabiri bilan aytganda, haqiqiy ustozlik maqomiga ega bo'ladi. Ustoz - murabbiy chinakam donishmand darajasidagi inson hisoblanadi. Demak, har qanday ilmli, bilimli, tajribali odam ham donishmand bo'la olmas ekan. Ta'kidlash joizki, qadim-qadimlardan mo'tabar zaminimizda yashab kelgan alloma va mutafakkir ajdodlarimiz ham barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratganlar. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asaridagi ma'naviy- axloqiy qarashlari jamiyat ma'naviy hayotini rivojlantirishda, shuningdek, rahbar kadrlar va yosh avlodni axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Ma'lumki, inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalarning mehr va ardog'iga, ko'magiga muhtoj bo'ladi. Farobiyning ta'kidlashicha: "Inson fazilatlar bilan kamolotga yetadi va kamolotga yetgan odam baxtli hisoblanadi". Shuningdek, alloma aqlni ma'naviy-axloqiy kamolotga erishishning eng asosiy vositasi deb aytadi. "Har bir inson boshidan komil emas, ammo tug'ma ravishda o'ziga xos bo'lgan ichki shuuri ila bosqichma-bosqich komillikka jiddu-jahd bilan intiladi. Ma'lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma'naviy asosi xisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Unib-o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida mustahkam hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish maqsadida vatanparvarlik tarbiyasi sohasida mohiyat e'tiboriga ko'ra noyob tizim yaratilib, hozirgi kunda uning doirasiga mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari qamrab olinmoqda[5- 421]. Buyuk bobokalonimiz, mutafakkir olim Abu Nasr Farobiyning quyidagi so'zlari buning dalilidir. Barkamollikka erishishning eng muhim vositalari ta'lim va tarbiyadir. Ta'lim - nazariy ximmat ezgulikka o'rgatsa, tarbiya - ezgu axloqiy sifatlarga o'rgatadi. Oliy axloqiy fazilatlar inson xatti-harakatida namoyon

310

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

0

R

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

bo'luvchi bilimdonlik, donolik va ko'pchilik maqsadlarni o'z shaxsiy maqsadlaridan yuqori qo'yish, haqiqatga, muhabbatga, yuksaklikka intilish, adolatni sevishdir. Aqlli kishi deb shunday kishiga aytiladiki, unda o'tkir zehn-idrok bo'lishi bilan birga, fazilati ham bo'lsin. Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o'tkir muloxazali, foydali ishlarga berilgan, zaruriy narsalarni kashf etishda zo'r iste'dodga egalar, deb hisoblaydi[6-182]. Ma'naviy barkamollik deganda, birinchi navbatda, insonning tafakkurlash madaniyati aqlu-zakozati nazarda tutiladi. Ma'naviy barkamollik o'z ichiga aqliy salohiyatni qamrab oladi. Insonga xos fikr yuritish tarzi aqlu-zakovat, intellekt tushunchasida o'z ifodasini topadi.

Intellektual inson - ma'naviy ehtiyojlar bilan yashovchi, aqliy kamolotga yetgan inson[7-216]. Shu bois yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirish talab etiladi. Intellekt, intellektuallik shaxs faoliyatida namoyon bo'ladi. Shaxs faoliyatining asosida ehtiyoj va manfaatlar yotadi. Ma'naviy ehtiyoj shaxs ma'naviy qiyofasi, uning intellektual qobiliyatlarining shakllanishi va taraqkiyotining muhim omilidir. Intellektuallik shaxs kobiliyatlarida namoyon bo'ladi. Ta'lim-tarbiya jarayonining muhim tomoni - insonning intellektual qobiliyatlarini takomillashtirishdan iborat. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta'lim-tarbiyani zamon talablari darajasiga ko'tarish siyosatimizning ustuvor yo'nalishi bo'lib hisoblanadi. «Aqliy zakovat va ruxiy- ma'naviy salohiyat ma'rifatli insonning ikki qanotidir»[8-46]. Ma'rifatli inson, barkamol avlod tarbiyasi buyuk kelajagimiz kafolatidir. Ko'p jihatdan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi mamlakatimizda shaxs intellektual salohiyatini yuksaltirishga bog'liq. Shuning uchun ham barkamol avlodni voyaga yetkazish, iste'dodli va salohiyatli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo'llab- quvvatlash masalasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Yoshlar o'rtasida shiddat bilan o'sib borayotgan aqliy, intellektual salohiyat va raqobat ularning bilim darajasini belgilab beradi.

Demak, shaxda kasbiy-ma'naviy fazilatlarni tarbiyalashning bosh maqsadi -uning kundalik hayotda, kasbiy faoliyatida, shaxslararo munosabatlarida va kasbiy muloqotlarida namoyon bo'luvchi yuksak ma'naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishdan iboratdir. Shuningdek, oliy ta'lim tizimining pedagogik yo'nalishidagi malaka talablarini to'laqonli bajarilishini qamrab olinganligi, o'quv dasturlari dars va darsdan tashqari faoliyatga qo'yilgan talablarga mos ravishda tashkil etish, belgilangan ko'rsatkichlarga erishish, talabalarning kasbiy ma'naviy faoliyatga tayyorgarligini talab darajasiga yetkazadi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

0

R

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Aksiologik yondashuv asosida talabalarning ma'naviyat sohasida yuqori kasbiy natijalarga erishishi kasbiy motivatsiyani kuchaytirish, kasbiy qobiliyatni rivojlantirish, kasbiy kompetentlikni shakllantirish, ijodiy potentsialni rag'batlantirish, kasbiy aksiologik yo'nalganlikka, faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy imkoniyatlarni aniqlash va unumli foydalanishga intilish bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-sonli Konseptsiyasi.

3. Oliy ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va uning uslubiy ta'minotini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalardan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasi"ni, O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g'oyani rivojlantirish kontseptsiyasi va yo'l xaritasini ishlab chiqish

5. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2018. -B.421

6. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. // Farobiy hikmatlari. - Toshkent: Abdulla Qodiriy. 1993. b.182

7. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2. -Toshkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2006. B. 216.

8.Islom ma'rifati va hozirgi zamon. Xalqaro konferentsiya materiallari to'plami. "Toshkent islom universiteti" Toshkent. 2017. B - 88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.