BUGUNGI GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY QADRIYATLARNI TA'LIM TIZIMIGA TATBIQ ETISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Manzura Mustafo qizi Nazarova [email protected] Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo'lib kelgan milliy qadriyatlarning ma'no-mazmuni, uning yoshlar, inson va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: Globallashuv, milliy qadriyatlar, g'oyaviy immunitet, ta'lim, tarbiya, shaxs.
THE PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE APPLICATION OF NATIONAL VALUES TO THE EDUCATIONAL SYSTEM IN TODAY'S
GLOBALISATION ENVIRONMENT
Manzura Mustafa qizi Nazarova [email protected] Bukhara State University
Abstract: this article analyzes the meaning and significance of national values, its role and importance in the life of young people, man and society, the theoretical and practical aspects of this complex and multifaceted concept, which have become the greatest wealth for man in all time.
Keywords: globalism, national values, committed immune, education, upbringing, personality.
Yosh avlodga zamonaviy ta'lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g'oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori, avvalo, yoshlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni also unutmasligimiz lozim. 2008-yilda chop etilgan "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fuqarolarimiz, xususan, yosh avlodning ma'naviy kamoloti uchun
I icclT^^^^H 373 http://oac.dsmi-qf.uz
otalarcha e'tibori va g'amxo'rligining yana bir karra yaqqol dalili bo'ldi. Kitobni qayta-qayta mutolaa qilar ekanmiz, yorug' olamda, ayniqsa, bugungiday tez o'zgarishlarga moyil dunyoda, insonni inson sifatida yashashi uchun yuksak ma'naviyatning, milliy qadriyatlarning nechog'lik muhim hayotiy zarurat ekanligini chuqur anglab yetamiz. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni, qadriyatlarimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini, milliy qadriyatlarini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g'oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlod tarbiyasi borasida fikr yuritib: "Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom qilib o'stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini ko'rish, dunyoda hech kimdan kam bo'lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi" deb alohida e'tirof etgan edilar.
Insoniyat boy qadriyatlarga suyangan holda kamol topadi. Buyuk O'zbekistonimizning istiqboli ko'p jihatdan yoshlarning salohiyatiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashga bog'liq. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelgan. Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o'sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag'ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida milliy qadriyatlarning, ma'naviy komponentlarning o'rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ma'naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog'lom e'tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo'lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Agar biz O'zbekiston kelajagi, taqdiriga o'zimizning javobgar ekanligimizni his etsak, har birimiz uning taraqqiyoti vositasi bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash masalalarini chuqur egallamog'imiz, yangicha tafakkur asosida yashashni o'z burchimiz deb bilmog'imiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash, ularda to'g'ri munosabatni shakllantirish, ularning ruhan tetik shaxs sifatida rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish zarurati bosh maqsadlardan biridir. Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasiga ko'rsatadigan ta'sirlari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini inobatga olib, bu boradagi izlanishlar samarasini oshirish, tadqiqot natijalari asosida qo'llanmalar ishlash va ijtimoiy yo'nalishdagi oliy ta'lim tizimiga joriy qilish maqsadga muvofiq. Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda inson ruhiyati va milliy qadriyatlar omilidan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish didaktik mazmun kasb etadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, empirik tahlil natijalari psixologiya fanini yangi ilmiy ma'lumotlar bilan boyitadi.
I ibiSi^^Bl ^74 http://oac.dsmi-qf.uz
Shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash bilan bog'liq muayyan tushunchalarni ilmiy jihatdan asoslaydi. Ayni paytda mazkur monografiya milliy qadriyatlar haqidagi ilmiy qarashlarni psixologik xizmat doirasidagi yangi ilmiy ma'lumotlar, mushohadalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasiga ko'rsatadigan ta'sirini yanada kengroq o'rganish imkonini beradi. Mazkur monografiyadagi xulosa va nazariy umumlashmalardan o'sib kelayotgan avlodda insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, bunyodkorlik, bag'rikenglik, milliy iftixor singari tuyg'ularni tarbiyalashda foydalanish mumkin.
Bugungi kunda qadriyatlar sohasidagi o'zgarishlarga e'tibor va bu boradagi yangi tamoyillardan talim-tarbiyada foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda. Umuminsoniy qadriyatlar davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilandi. Uning asosiy maqsadi-o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, ko'p millatli xalqimizni birlashtirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslarni, xususan, yoshlarni tarbiyalashga qaratilgandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy qilingan 5 ta muhim tashabbusda, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ham milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yosh avlodda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, o'z Vataniga va xalqiga sodiqlik ruhiyatini shakllantirishga alohida ahamiyat berilgan.
Xo'sh, qadriyatning o'zi nima? Bunga birdaniga bir so'z bilan javob berib bo'lmaydi. "Qadriyat" atamasi bizga arabcha "qadr" so'zidan kirib kelgan bo'lib, bugungi kunda bu tushuncha borliq va jamiyatdagi biror-bir narsa va hodisaning kishilar o'rtasidagi, o'zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatini ifoda etishi uchun qo'llanilmoqda. Qadriyat deganda ehtiyoj va manfaatlarini qondiruvchi jamiki moddiy hamda ma'naviy ne'matlar tushuniladi.
Qadriyat -voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma'rifat, haqiqat, yaxshilik, go'zallik, moddiy va ma'naviy boyliklar, an'ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ma'naviyat tushunchasi singari qadriyat tushunchasi ham keng bo'lib, uni har kim o'z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda turlicha izohlashi, ta'rif berishi mumkin. Lekin barcha holatlarda qadriyat o'zida ezgu niyatlar, maqsadlar va intilishlarni namoyon etadigan, millatning ma'naviy yetukligini ko'rsatib turadigan mezonlardan sanaladi1. Insoniyat tamadduni taraqqiyot bosqichlari tajribalarini o'zida mujassam etgan, eng ezgu tuyg'ularga yo'g'rilgan va komillik sari da'vat etuvchi ma'naviy-ruhiy tushunchalar umuminsoniy qadriyatlar
1 M.M.Mamatov. "Etnopsixologiya". - T.:1999 yil.
I îhSi^^Bl ^75 http://oac.dsmi-qf.uz
darajasiga ko'tariladi. Mana shu hayotda yashashimiz, tinch va osuda hayotimiz, bayramlarimiz, udumlarimiz, mehrliligimiz, folklorimiz, o'yinlarimizning barchasi ezgu va azaliy qadriyatlar sanaladi. Ularda bizning o'zligimiz, xalqimizga xos eng muhim xususiyatlar bo'rtib turadi. Bu qadriyatlarni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz, yangi ijtimoiy mazmun bilan boyitib borishimiz, kelajak avlodlarga yetkazishimiz zarur. Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o'zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o'tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma'naviy jarayonlarning sara namunalaridir. Zero, qadriyat bu- millatning o'tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. U muayyan bir xalq turmush tarzi, ijtimoiy taraqqiyotida asrlar davomida shakllanadi va sayqal topadi. Mana shunday takomil topgan oliy qadriyatlar millatning o'ziga xosligini, mentalitetini namoyon etadi. Ko'p asrlik tarixga ega o'zbek xalqining shunday qadriyatlari borki, u boshqa biror xalqnikiga o'xshamaydi. Mana shu qadriyatlar necha asrlarki bizni ne-ne balo-qazolardan, to'fon va bo'ronlardan sog'-omon asrab kelmoqda. Har qanday og'ir va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o'zligini yo'qotmasdan, ma'naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun barchamizga ibrat bo'lib, kuch-quvvat bag'ishlab kelmoqda. Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga va maqsadlariga xizmat qiladigan, shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari, hodisalari majmuini tushunish lozim. Mazkur ta'rifdan ko'rinib turibdiki, qadriyatlar:
Birinchidan, voqelikda mavjud bo'lgan tabiat va jamiyat ne'matlari;
Ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish yoki kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanadi;
Uchinchidan, tabiat va jamiyat ne'matlari, hodisalarning qadriyatlar turkumiga kiritilishining asosiy sababi kishilar ularni qadrlaydi, avaylab-asraydi, chunki bu qadriyat ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi.
Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha bog'langan obyekt o'rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar qadriyat qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga tariflarning son-sanoqsiz bo'lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda ko'p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun to'g'ridan-to'g'ri ism, atama yoki bevosita nom bo'la olmaydi, balki, ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon bo'ladi. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o'xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar tasirida kishilarning qadriyatlar to'g'risidagi tasavvuri, qarashlari o'zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma'naviy qiyofasidagi o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Ana shunga ko'ra, hammada ham qadrlash tuyg'usi
I [ccñ^^BI 376 http://oac.dsmi-qf.uz
doimo bir xil bo'lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko'ra bir-biriga mutlaqo ziddek bo'lib ko'rinadigan yaxshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baxt-saodat va g'am-kulfat, taraqqiyot va tanazzul kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas bog'langan tomonlarini ifodalaydi. Shuni alohida takidlash kerakki, qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog'onasiga chiqib oladi, boshqalarini xiralashtirganday bo'lib tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga intilish nisbatan kuchayadi2. Masalan, yurtni yov bosganida - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda -erkinlik, kasal va bemorlik onlarida - salomatlikning qadri oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi. Talim tarbiyaning muhim omillari bo'lgan qadriyatlarning namoyon bo'lish shakllari orasida o'z ahamiyatini, ijobiylik xususiyatlarini doimiy saqlab qoladiganlari ham bor. Bular - inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. Ular inson va jamiyat bor ekan, o'zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo'lgan kasallik, manosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan - o'lim, borliq eng buyuk mavo ekan - yo'qlik, inson tirik jonzot ekan - kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan - manosiz qo'yilgan bazi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan - bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan - tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo taqib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari bo'lgan jihatlarga nisbatan aniqlanadi. Yoshlarda, ayniqsa, talaba va o'quvchilarda manaviy yetuk tuyg'ularni shakllantirishda ana shunday aksiologik bog'liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o'rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so'zlash bema'nilikdir. Zero, davlatimizning ijtimoiy hayotning turli sohalardagi faoliyati, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi kishilarning hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnatining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir.
O'z milliy qadriyati bo'lmagan millat yoki elat yo'q. Milliy qadriyatlar millatning yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma'naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi. Demak, ular muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o'tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog'liqdir.
2 Q.Nazarov - "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" - Toshkent: 2001yil.
377
http://oac.dsmi-qf.uz
Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga o'xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an'analardagi o'ziga xoslikni ko'rish mumkin. Komil insonni tarbiyalashda qadriyatlarning o'rni beqiyosdir. Milliy davlatchiligimiz poydevori barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliqadriyatlarning o'rni har qachongidan ham ortib bormoqda. Jamiyatning asosiy negizi bo'lgan milliy qadriyatlar inson ongida axloqiy tarbiyaning shakllanishiga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatanparvar, xalqsevar, mard, har tomonlama sog'lom, intellektual salohiyatli, bir so'z bilan aytganda, sog'lom avlodni tarbiyalash davr talabi ekan, bu ishni amalga oshirishda yoshlarimiz tarbiyasiga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish va bu jarayonda milliy qadriyatlarning ta'sirini yanada oshirmoq lozimdir. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an'analar xalq ma'naviyatini boyituvchi muhim omil ekanligi haqida gapirib, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edilar: "Har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi3". O'z milliy qadriyatlarining mazmun-mohiyatini teran anglagan, uni e'zozlagan, asrab-avaylagan, undan faxrlana oladigan kishi chinakam xalqparvar, millatparvar sanaladi.
Ochiq axborot tizimi sharoitida jahon miqyosida shaxs, jamiyat va davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog'liq global muammolarni hal qilishning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Bugungi informatsion kurashlar, mafkuraviy va g'oyaviy jarayonlar keskinlashgan tahlikali va murakkab davrda g'oyaviy qarashlari bir qadar beqaror yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan asrash, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tazyiqlarga qarshi izchil kurashishga undash, ularda jamiyat va uning a'zolariga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, sodir bo'layotgan voqealarga daxldorlik hissini qaror toptirish, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda4. Bugungi global axborot makonida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, yoshlar ongi va qalbida milliy qadriyat va ona Vatanga muhabbat tuyg'ularini singdirish, inson manfaatlarini eng oliy va ustuvor qadriyat sifatida qaror toptirish, ma'naviyatimiz va amaliy hayotimizda ro'y berayotgan mafkuraviy jarayonlarda sobit g'oyaga va mustahkam qarashlarga ega bo'lgan yangi davr kishisini shakllantirish muhim vazifa sifatida belgilab olindi. Mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud bo'lgan bunyodkor g'oyalar ta'sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g'oyalarni o'z e'tiqodiga singdiradi, o'z navbatida, yangi g'oyalarni yaratadi va targ'ib qiladi. Milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda
3 LA.Karimov."Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"-T.:2008 yil.
4 S.Otamurodov. Globallashuv va millat. -T.: 2008 yil.
378
http://oac.dsmi-qf.uz
olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.M.Mamatov. "Etnopsixologiya" - T.:1999 yil.
2. I.A.Karimov."Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"-T.:2008 yil.
3. S.Otamurodov. Globallashuv va millat. -T.: 2008 yil.
4. Q.Nazarov - "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" -Toshkent: 2001yil.
5. Тоймуродовна, ИД (2021). СПЕЦИАЛЬНЫЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РОДИТЕЛЬСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА В ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions , 2 (04), 75-80.
6. Qosimova, S. S. (2022). Analysis Of Inflectional Terms In The Study Of Hamiduddin Dariri. Journal of Positive School Psychology, 6(3), 2200-2203.
7. Qosimova, S. (2021). MESMERIZING PERCEPTION OF NATURE (REFLECTING CHARMING NATURE). Интернаука, (20-6), 45-46.
8. Изатовна Т.С. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ РОДИТЕЛЕЙ В ВОСПИТАНИИ БЛИЗНЕЦОВ В УЗБЕКСКИХ СЕМЬЯХ. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions , 2 (05), 82-87.
9. Косимова, С. Б. (2022). Профессиональная компетентность руководителя дошкольной образовательной организации как психологическая проблема. Science and Education, 3(2), 1169-1174.
10. Baxtiyorovna, Q. S. (2020). Heads Of Competence In Psychologically School Education. International journal of scientific & technology research, 9(02).
11. Nazarova, M. (2021). Psychology of the Leader. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).
12. Тойирова, Ш. И. (2021). ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ НА РАЗВИТИЕ БЛИЗНЕЦОВ. In Научный форум: тенденции развития науки и общества (pp. 18-20).
13. Nazarova, M. M. Q. (2021). DIN PSIXOLOGIYASINING SHAXS TARBIYASIDAGI O'RNI. Academic research in educational sciences, 2(3).
14. Тойирова, Л. И., & Тойирова, Ш. И. (2017). Факторы, влияющие на формирование этнопсихологических особенностей. In НАУКА И ИННОВАЦИИ В XXI ВЕКЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ (pp. 164-166).
15. Nazarova, M. (2021). MASOFAVIY TA'LIMDA O'QUV FAOLIYATINI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALABLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).
I fcOT^^^^H 379 http://oac.dsmi-qf.uz