Научная статья на тему 'YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-HUQUQIY MASALASI'

YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-HUQUQIY MASALASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
255
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ma’naviy-ruhiy tarbiya / ahloq / huquq / qadriyat / milliy g‘oya / vatanparvarlik tuygusini / yuksak ma’naviy-axloqiy qarashlarni / mafkuraviy immunitetni / huquqiy qadriyat / mexanizm / ijtimoiy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xudoyberganov Sharifjon Shokiraliyevich

Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy-ruhiy tarbiyalash, ahloqiy va huquqiy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda kamolga yetishishga intilishga etibor qaratish zaruriyati muhum masala ekanligi ko‘rsatilgan. Milliy g‘oyaga sodiqlikni, vatanparvarlik tuygusini, yuksak ma’naviy-axloqiy qarashlarni, mafkuraviy immunitetni, huquqiy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish mexanizmlarini yaratishning dolzarbligi ijtimoiy-huquqiy masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-HUQUQIY MASALASI»

YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHNING

IJTIMOIY-HUQUQIY MASALASI

Xudoyberganov Sharifjon Shokiraliyevich [email protected] Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotasiya: Mazkur maqolada yoshlarni ma'naviy-ruhiy tarbiyalash, ahloqiy va huquqiy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda kamolga yetishishga intilishga etibor qaratish zaruriyati muhum masala ekanligi ko'rsatilgan. Milliy g'oyaga sodiqlikni, vatanparvarlik tuygusini, yuksak ma'naviy-axloqiy qarashlarni, mafkuraviy immunitetni, huquqiy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish mexanizmlarini yaratishning dolzarbligi ijtimoiy-huquqiy masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ma'naviy-ruhiy tarbiya, ahloq, huquq, qadriyat, milliy g'oya, vatanparvarlik tuygusini, yuksak ma'naviy-axloqiy qarashlarni, mafkuraviy immunitetni, huquqiy qadriyat, mexanizm, ijtimoiy.

SOCIO-LEGAL ISSUE OF FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY

IN YOUNG PEOPLE

Khudoyberganov Sharifjon Shokiraliyevich [email protected] Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article emphasizes the importance of educating young people spiritually, forming a spirit of respect for moral and legal values, and focusing on the pursuit of maturity. The urgency of creating mechanisms for the formation of loyalty to the national idea, a sense of patriotism, high moral and ethical views, ideological immunity, respect for legal values is highlighted in the socio-legal issues.

Keywords: Spiritual education, morality, law, values, national idea, sense of patriotism, high spiritual and moral views, ideological immunity, legal value, mechanism, social.

Barqarorlik va taraqqiyotga rahna soladidan turli yangi tahdidlar va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda yoshlarni ma'naviyat va ma'rifatga, ahloqiy va huquqiy qadriyatlarni hurmat qilishga hamda barkamollikga yetishishga intilishiga etibor qaratish muhum masala sanaladi. Yoshlar ongida milliy g'oyaga sodiqlikni, vatanparvarlik tuygusini, yuksak ma'naviy-axloqiy qarashlarni, mafkuraviy immunitetni, huquqiy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish mexanizmlarini

yaratishning dolzarbligi yanada ortib boradi. Bunda eng birinchi masala ma'naviat masalasidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz.

Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot.

Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyatdir" deb takidlaydi.1 Yoshlarimizni yuksak ma'naviy.-axloqiy ruhda tarbiyalash, o'z haq-huquqini biladigan darajada tarbiyalash, ma'sullik tuyg'usini shakllantirish turli mafkuraviy-ma'naviy tahdidlardan himoya qilishning muhim omilidir. Mas'uliyatlilik bu-ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarni bajarilishiga, oqibatiga hatti-harakat negizida yotgan ahloqiy tamoillarga amal qilinishiga muayyan kimsa yoki ijtimoiy sinfning javobgarligini bildiradigan falsafiy-ahloqiy katagoriya, har bir insonning yuksak kamolotga erishganini ko'rsatuvchi hodisa.

U insonning, jumladan yoshlarimizning jamiyat va uning a'zolari manfaatlarini himoya qilish, mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash, muayyan vazifani ado etishda fidoiyligi, butun kuch va imkoniyatlarini to'la safarbar etishini anglatadigan ma'naviyat mezonidir.2 Mamlakatimiz hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo'lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o'zining asosiy ustuvor yo'nalishlari qatoriga qo'yib kelmoqda. Bu borada "yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir"3 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilik jarayoni o'sib kelayotgan yosh avlodni jismonan va ma'nan yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, ularning jamiyatda o'z o'rniga ega va albatta biron kasb yoki hunar egasi bo'lib yetishishini ta'minlashga xizmat qiladi. Dunyoda ma'naviy tahdidlar xavfi ortib borayotgan bir davrda mustaqil va sog'lom fikrlaydigan, ajdodlarga yuksak hurmat ruhida ularga munosib bo'lishga intiladigan avlodni tarbiyalash respublikamizda davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan ekan, bu jarayonda faol ishtirok etish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda eng muhim omillardan yana biri masala tarixiy xotiradir. Bu ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi bo'lib, o'tganlar xotirasini yodda saqlagan holda, e'zozlab yashash demakdir. Yoshlarni shunday an'ana ruhida tarbiyalash, Vatanimiz tarixi bilan qurollantirish ma'naviyat va milliy

mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo'lmas vazifa. Zero, Prezidentimiz takidlaganlaridek "buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U halqlqrning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudaratlidir. Tarixiy me'rosni asrab- avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustivor yo'nalishlardan biridir"4 Tarix-xalq ma'naviyatining asosidir. Binobarin, mustaqil O'zbekistonning buyuk ne'mati bo'lgan erki va ozodligi xalqimizning barakali mehnati va ijodiy faoliyatidan kelib chiqish bilan birga zaminimizda voyaga yetgan hamda jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shib, o'z g'oyalari, tafakkuri bilan milliy g'oyaga asos solgan ajdodlarimizning boy merosi va sermazmun tarixiga ham tayanadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, avvalo, xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o'rganilishi, yoshlarimiz qalbi va ongiga milliy g'oyaning chuqur singdirilayotganligi bilan uzviy bog'liqdir. Ana shularni nazarda tutib, yoshlarimizning mustaqil fikrlashi, ma'naviy olami, ijtimoiy faolligi o'sib borayotgani barcha yutuqlar poydevoriga, kuch-qudrat manbaiga aylanganligini, ayniqsa yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, erishilayotgan yutuqlarning negizida inson omili hal qiluvchi rol o'ynayotganini kuzatish mumkin. Ma'naviy meros, milliy qadriyatlarning tiklanishi, sog'lom avlodni har tomonlama yetuk, ma'nan yuksak, komil inson qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy davlatchilik asoslari milliy o'zlikni anglash tamoyili bilan tobora mustahkamlanmoqda. Milliy-ma'naviy yangilanish, qadriyatlar qayta tiklanishi, iqtisodiy yuksalish taraqqiyot omiliga aylandi.

Yoshlarimizni har kuni, har onda fidoyi bo'lishi, o'zining tomchi va tomchi, zarrama-zarra o'z oldiga qo'ygan buyuk bunyodkorlik, yaratuvchanlik maqsadlar sari charchamay, toliqmay safarbar etib borishi, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirib borishi bu ulardagi haqiqiy ma'naviy ma'sullik ifodasidir. Kundalik turmushda turli xavfli vaziyatlar va tahdidlarda el-yurt, vatan manfaatlari uchun ixtiyoriy, ongli ravishda o'z hayotini xavf ostiga qo'yib bo'lsada, halokatni oldini olish uchun o'zni safarbar etish ma'sullik tushunchasining mazmunini ifodalaydi. Ma'naviy ma'sullik moddiy yoki ma'naviy manfaatdorlik evaziga amalga oshirilmayda, balki u insonning, jumladan yoshlarimizning o'z hayotini, maqsad va orzu-umidlarini xalq va jamiyat uchun bag'ishlab, amalga oshirgan ezgu faoliyatini ham ifodalaydi. Ma'naviy ma'sullik ayrim shaxslar va alohida imkoni bo'lgan kishilarning salohiyatigina emas, balki har bir inson, jumladan yoshlarimiz uchun ham ma'naviy fazilatdir.

Hozirgi murakkab tahlikali davrda yoshlar tarbiyasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotganligi yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari lozim, zero kelajak yoshlar qo'lida ekanligini hech qachon

unutmasliklari, bizgacha asrab avaylab yetib kelgan milliy, ma'naviy me'roslarimizni bizdan keyingi avlodlarga yetkazishlari lozimligini yana bir bor unutmaslik kerak. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O'zbekiston yoshlarining forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ma'naviyat yo'nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada yechimini kutib turgan, o'zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko'p. Milliy g'oyaning mohiyatini to'liq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo'q emas. Shu bois Prezident Uchinchi Renosansni qurish yo'lida mamlakatimiz mafkurasining asosiy g'oyasini ta'kidlab o'tdi:

- Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan.

Bu borada quyidagilarga e'tibor berishni lozim deb hisoblaymiz:

- Oilada, maktabgacha va maktab ta'limida ta'lim-tarbiyaga jiddiy yondashish zarur.

- Bunda zamonaviy pedagog-tarbiyachi qiyofasini aks ettiruvchi konsepsiyani ishlab chiqish zarur.

- Yoshlar qalbi va ongida zararli tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda "ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oya"lari asos bo'lishi shart.

- Yoshlar bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etishda ota-ona-mahalla-ta'lim hamkorligini innovasion usullarini ishlab chiqish.

- Yoshlarni Konstitusiyaviy qadriyatlar hamda amaldagi qonunlarning mazmun -mohiyatini chuqur anglash va hurmat qilishga o'rgatib borish.

- Maktab ta'limida Konstitutsiya va inson huquqlariga oid mavzularini chuqurroq tushuntirib borish lozim

Yoshlarimizning vazifasi yuqoridagilardan ibrat olib, qo'lga kiritilgan mustaqillikni asrab avaylash va yanada mustahkamlashga o'z salohiyati bilan hissa qo'shishdir. Zero, biz Yurtboshimizning bugungi kunda mamalakatimizda yangi O'zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o'rni va ta'siri ortib borayotgani hammani quvontiradi degan ishonchlari fikrlarini oqlagan bo'lamiz. "Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftihor bag'ishlaydi."1

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va

jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi https://president.uz

2. Falsafa: qomusiy lugati. (Tuzuvchi va mas'ul muharrir Q. Nazarov).-T.; "Sharq", 2004.243 b.

3. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilandavom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: "O'zbekiston"NMIY,2018.-88-89 b.

4. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyevning asarlari va ma'ruzalaridan olingan fikrlar.-Toshkent. Yoshlar nashriyot uyi, 2019. 142 b.

5. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilandavom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: "O'zbekiston"NMIY,2018.-88-89 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.