Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH USULLARI'

YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2872
227
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviyat va ma’rifat / madaniyat / urf-odat / Keng ko’lamli o’zgarishlar / Yoshlarga oid davlat siyosati. / Spirituality and Enlightenment / Culture / Tradition / Large-scale Change / State Youth Policy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibrohim, Mingboyev Alisher O’g’li

Ushbu maqolada Mamlakatimizning kelajagi bo’lmish yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etishda ta’lim, ma’naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor berilayotganiga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TAKING THE QUALITY OF THE EDUCATIONAL SYSTEM TO A NEW QUALITY TO IMPROVE THE SPIRIT OF YOUTH

In three articles, the spiritual, moral and physical development of young people, who are the future of our country, will help them to become active participants. It is dedicated to the problems of education, upbringing and development of spirituality in addressing the socio-political and cultural-educational means facing our country.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH USULLARI»

YOSHLAR MA'NAVI YATINI YUKSALTIRISHDA TA'LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB

CHIQISH USULLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-830-839

Ibrohim Mingboyev Alisher o'g'li

Toshkent moliya instituti, Moliya fakulteti Email: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Mamlakatimizning kelajagi bo'lmish yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma 'rifiy vazifalarni hal etishda ta 'lim, ma 'naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e 'tibor berilayotganiga bag 'ishlanadi.

Kalit so'zlar: Ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, urf-odat, Keng ko'lamli o 'zgarishlar, Yoshlarga oid davlat siyosati.

АННОТАЦИЯ

В данной статье особое внимание уделяется духовному, нравственному и физическому развитию молодежи, за которой будущее нашей страны, сделать их активными участниками проводимых реформ. Он посвящен проблемам образования, воспитания и развития духовности в решении общественно-политических и культурно-просветительских задач, стоящих перед нашей страной.

Ключевые слова: глобализация, совершенный человек, национальное освобождение, независимость, культура, традиция, модернизация, фанатизм, просвещение, нация.

ABSTRACT

In three articles, the spiritual, moral and physical development of young people, who are the future of our country, will help them to become active participants. It is dedicated to the problems of education, upbringing and development of spirituality in addressing the socio-political and cultural-educational means facing our country.

Keywords: Spirituality and Enlightenment, Culture, Tradition, Large-scale Change, State Youth Policy.

KIRISH

Qayd etish joizki, Yoshlik inson umrining eng nozik davri hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisining asosiy qismini yosh yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Jamiyat yoshlar ongida ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay turib o'z istiqboliga erisha olmaydi. "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash bundan buyon ham faoliyatimizning eng muhim yo'nalishi bo'lib qoladi",[1.38] deb ta'kidlaydi Birinchi prezident I.A.Karimov. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi.Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga bog'liq. Shu ma'noda, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat [2]. Shu bilan birga yoshlik davri insonning hayot yo'llarining chorrahasida turgan payti hamdir . Agar o'sha chorrahada inson yaxshi yo'lga kirib qolsa, o'zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi, sari juda kata yuz burgan bo'ladi. Mamlakatimizda ro'y berayotgan yuksalish va taraqqiyotimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikning evaziga bo'layotgani, tinchlik esa o'z-o'zidan bo'lmasligini ta'kidlash lozim. Tinchlik va totuvlikni asrash, bag'rikeng bo'lish, o'zaro mehr-oqibat ko'rsatish kabi ulug' fazilatlar haqida aholimizga, xususan, o'sib kelayotgan yosh avlodga so'zlab berish,ularning ongu-shuuriga singdirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Har bir davlatning kelajagi yoshlarning axloqiy-tarbiyaviy kamol topib rivojlanganligi bilan bog'liq. Yoshlari bilimli, har tomonlama yetuk davlatning kelajagi yorug', istiqboli porloqdir. Insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma'naviy qarashlar, axloqiy qadriyatlar, an'analar, diniy-ruhiy tuyg'ulardan iborat. Bu bo'g'inda u oilasi, qarindosh-urug'lari, mahallasi, millati, yurti bilan birligini, uning tarkibiy qismi ekanligini his etadi. Natijada, uning ongi va qalbida milliy g'urur, vatanparvarlik tuyg'usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Zotan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, har qanday islohotning eng muhim samarasi, avvalo, xalqning ma'naviy-ruhiy

qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongu tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o'zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo'lganligini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Ushbu so'zlardan ko'rinib turibdiki, yoshlarning ijtimoiy siyosiy faoligini oshirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, 2021 yilda mamlakatimizda 15-19 yoshlilar - 2 569 705 nafar 2529 yoshlilar - 3 218 218 nafarni tashkil qiladi [3]. O'z-o'zidan ayonki, aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarimizning hali-beri yechilmagan muammolariga e'tiborimizni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatdan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi jamoatchiligimizning diqqat markazida turibdi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklashini ko'z oldimizga keltirsak, juda katta e'tibor, g'amxo'rlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga ko'rsatiladigan e'tibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir O'zbekiston mehnat resurslarining yarmidan ko'pi yoshlardir. Navqiron avlod har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o'zgarishlarga sabab bo'ladigan, bunyodkorlik g'oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Albatta, yoshlarni ijtimoiy, ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishga ko'maklashish, jamiyatda munosib o'rin egallashlariga qulay sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylantirish mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki oylaridan e'tiboran yangi davlat hamda jamiyatni barpo etish bilan bog'liq kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sifatida yoshlarga oid davlat siyosati va uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan edi. Bugun g'urur bilan aytish kerakki, mamlakatimiz ta'lim sohasiga yo'naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10 - 12 foizini tashkil qilmoqda. Vaholanki, jahon tajribasida bu ko'rsatkich o'rtacha 3 - 5 foizdan oshmaydi. Bu mablag'lar hisobiga yurtimizda har yili yuzlab ta'lim muassasalari -maktab, kollej va litseylar, oliy o'quv yurtlari qayta ta'mirlanib, zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo'lmoqda, respublikamizning eng uzoq qishloqlarida ham sport majmualari qad rostlamoqda. Bularning barchasi yurtimizda yosh tadbirkorlar safining kengayishiga xizmat qilmoqda, yoshlarning jamiyat hayotida munosib o'rin egallashi, o'zini o'zi band qilishning samarali mexanizmlarini joriy eti sh imkonini yaratmoqda.Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga bog'liq.

832

Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida ko'rish mumkin. Yoshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini e'tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga oshirish bo'yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib borilayotganining guvohi bo'lamiz. Shu ma'noda, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida e'tirof etib kelingan. Sharq Uyg'onish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida ham, yoshlarning o'rni beqiyos bo'lgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo'naltirib va qo'llab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yo'lida erkin ijtimoiylashuvi va o'zini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta e'tibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, bu vazifa O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, ko'plab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilini shi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ma'lumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat bo'lib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini ta'minlangan. Shuningdek, ushbu qonunda yoshlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va iste'dodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar o'z aksini topgan. Jumladan, O'zbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli o'tkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika

bo'yicha Ahmad Farg'oniy, kimyo fani bo'yicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya bo'yicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya bo'yicha Mirzo Ulug'bek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va iste'dodli yoshlarni qo'llab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi g'oliblari, Zulfiya, "Mard o'g'lon" "Kelajak bunyodkori" kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini ta'minlashdir. Qonunning ahamiyatli tomoni yana shundaki, unda Yoshlarning tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illatlar ta'siridan himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan. Demak, bundan keyin "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas'uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish ushbu dasturning o'ziga xos bo'lgan jihati bo'lib hisoblanadi. Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Yigit-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, yangi avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni keng rivojlantirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo'llab quvvatlash, ularni ma'naviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish -

barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina o'sib kelayotgan yosh avlod xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Hozirgi vaqtda butun dunyoda o'rgimchak to'ri deb atalmish ijtimoiy tarmoq vujudga kelganki, bu tarmoq yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. U endi yoshlar hayotining mazmuni bo'lib, o'z hayotini aynan shu kabi omilsiz tasavvur eta olmaydi. Bu narsa esa yoshlar ma'naviy qiyofasini o'sishida o'zining ijobiy ta'siridan ko'ra salbiy ta'sirini ko'proq o'tkazmoqda. Shu sabab bo'lsa kerak yoshlarning turli yot g'oyalar ta'siriga tushushiga, shu bilan birga axloqiy tarbiyasining buzulishiga hamda ruhiy psixologik salbiy ta'sir ko'rsatilishiga olib kelmoqda. Yoshlarimiz orasida yuzaga kelayotgan bunday ayanchli holatning yana bir sababi bu yoshlarimizning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligidir. Chunki ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa o'smir yoshlarga ma'naviy va psixolagik jihatdan kuchli ta'sir etadi. O'smirlarda ijtimoiy taroqlarga mukkasidan ketish va virtual olamga moyilligi oqibatida odamovilik jizzakilik va asabiylik vujudga keladi. Demak, bundan ko'rinib turibdiki, yoshlarimizning huquqbuzarlik va jinoyat ko'chalariga kirib qolishiga sabab inson ongi, qalbi va ruhiyatiga ta'sir o'tkazayotgan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan axborot xurujlari sanaladi. Ma'lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to'qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari yoshlar uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, ayniqsa yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Hozirda mamlakatimizda yoshlarning ma'naviy qiyofasini millat tarixini bilmaydigan yoshlar qatlamini tarbiya qilinganligi bilan bog'lasak bo'ladi. Yoshlar ayni vaqtda globallashuv jarayonini targ'ib eta boshlagan kiyinish, so'zlashish madaniyatini o'zlashtira boshlaganini globallashuv jarayoni ko'rsatgan salbiy ta'sir sifatida baholasak bo'ladi. Shuni ham ta'kidlash joizki yoshlar ayrim so'zlarni o'zi tushunib tushunmay avtomobillariga yoki futbolkalariga yopishtirib olmoqdalarki bu holat globallashuvning muhim bir maqsadlaridan bir ommaviy madaniyatni shakillantiruvchi omillardan biridir. Shu bois bo'lsa kerak ko'plab yoshlarning fikrlamasdan yoki chuqur o'ylamasdan biror-bir voqea yuzasidan xulosa chiqara boshlaganligini ko'rmoqdamiz. . Zero Abdulla Avloniy aytganidek "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir" [4.39]

O'zbekistonning manaviy hayotidagi o'zgarish va yangilanishlar eng avvalo, milliy g'oya va milliy mafkurada oz ifodasini topib, milliy g'oya va milliy mafkura konsepsiyasi ishlab chiqilganda quyidagi masalalarga e'tibor qaratildi:

• milliy mafkura, avvalambor, o zligimizni, muqaddas ananalarimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyat oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va vazifalarni ozida qamrab olishining shartligi;

• jamiyatimizda bugun mavjud bolgan xilma xil fikrlar va g'oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va uinidlaridan, har qanday insonning e'tiqodi va dunyoqarashidan qafiy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g'oya - mafkura bolishi zarurligi;

• milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o xshagan unsurlardan, boshqa eiat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo lib, qo shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda, munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bolishi darkorligi;

• milliy g'oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarni payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bolishi zarurligi;

• milliy g'oya Vatanimizning shonli o'timishi va buyuk kelajagini uzviy boglab turishga, ozimizni ulug' ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishnioqqa yo'l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil davat qiladigan g'oya bolishi muhimligi. Milliy g'oya va mafkura xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilib, xalqni, millatni birlashtirib, bunyodkorlik ishlariga davat etadi.

Mamlakatimiz mustaqilligining manaviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, anana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbiga ona yurtga muhabbat, milliy istiqlol g'oyasiga sadoqat tuyg'ularini chuqur singdirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda:

• o'zbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy-malifiy va axloqiy merosini har bir fuqaroning manaviy mulkiga aylantirish, milliy ozlikni anglashni ustuvor yo'nalish sifatida amalga oshirish, milliy g'oya va mafkurani xalqimizning ongi va qalbiga chuqur singdirish, uni ruhiy va manaviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish;

• Vatan ozodligi yo'lida jasorat ko'rsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayotini keng targ'ib etib borish, siyosiy jarayonlarga, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida jamiyatning har bir azosi qalbida milliy g'ururni kuchaytirish, hech qachon, hech kimga qaram bo'lmaslik tuyg'usini kamol toptirish:

• aholining barcha qatlamlarida, xususan, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash, ularda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatda bo'lish hissini uyg'otish;

• jamiyatda o'zaro insoniy munosabatlar, izzat-ehtirom, mehr- muruvvat, millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik g'oyalarini shakllantirish jarayonlarni milliy g'oya va manaviyat tamoyillari bilan uyg'un tarzda tizimli va uzluksiz targ'ib etib borishni yo'lga qo'yish;

• turli ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tarqatilayotgan, urf-odatlarimiz, milliy mentalitetimizga zid, odobsizlik va axloqsizlikni targ'ib etuvchi vayronkor g'oyalarning yoshlarnliz ongiga salbiy tasir o'tkazishining oldini olish;

• axloqiy, tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarda yuksak manaviy va madaniy sifatlarni shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlar, milliy ozlikni anglash, g'urur va iftixor, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, boy tarixiy-madaniy merosga asoslangan holda mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, xalqimizning azaliy anana va urf-odatlariga asoslangan holda jamiyatda oz o'rnini topish, kasb-hunar egallashga bo'lgan ishtiyoqini kuchaytirish:

• yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmunini keng targ'ib etish orqali ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

• yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini keng targ'ib etish va ularning ongida barkamol shaxs idealini shakllantirish orqali zamonamiz qahramonlarini kamol toptirish, bugungi kunda g'oyaviy, mafkuraviy sohada olib borilayotgan ishlarning muhim qismidir.

Jannatmakon yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Umuman, yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi yo'lida zamonaviy, ilg'or-innovatsion

837

shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O'zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarin i himoya qilishga e'tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham shuncha yuqori bo'ladi. Shu bois O'zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e'tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta'minlovchi katta kuch davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat'iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti.

XULOSA

Yoshlar uchun bugungi kunda olib borilayotgan barcha ishlar, moddiy va ma'naviy yordamlar, ularga qaratilayotgan bunday e'tiborlar albatta natijasini ko'rsatadi. Biz bunga ishonamiz. Prezidentimizning biz yoshlarga ko'rsatayotgan bunday yoshlarga doir siyosatini qo'llab quvvatlaymiz va har bir chaqirig'iga " labbay" deb javob bermog'imiz darkor. Zero, Yangi O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, bizning bosh maqsadimizYangi O'zbekiston kelajagi bo'lmish yoshlarimizga vatanparvarlik, insoniylik va haqiqatparvarlik g'oyalarini singdirish. Zero, bu g'oyalar axloqiy marifatni negizini tashkil etadi.Shunday ekan ta'lim maskanlarining har bir bosqichida yoshlarimizni axloqiy bilimlarini shakllantirishimiz va uni yanada kengaytirishimiz har qachongidan dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.Qolaversa, yoshlarimizda media madaniyatni shakllantirish orqali ularni ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishlari uchun ularni axloqiy ma'rifatini boyitmog'imiz kerak. Zero, ma'naviy barkamol intelektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat O'zbekistonda balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida nomoyon bo'lmoqda. Aynan ma'naviy barkamol avlod mamlakat kelajagini belgilab beradi. Ma'naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish - oliy saodatdir. - T.: "O'zbekiston", 2007. 38-bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan. 24.06.2019 yil

3. Davlat statistika qo'mitasi - Stat.uz

4. Karimov I.A. "Barkamol avlod orzusi". -T.; "Sharq", 2019, 39-bet

5. Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" - T: 2021

6. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Ijtimoiy odoblar" Hilol nashr T: 2012

7. Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T: 2008

8. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

9. Adashova, M. M. (2022). ABU MANSUR MOTURIDIY FALSAFIY MEROSIDA SHAXS MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 991-997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.