Научная статья на тему 'YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATIDAGI YANGILIKLAR'

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATIDAGI YANGILIKLAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
710
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
yoshlar yetakchisi / yoshlarga oid davlat siyosati / yoshlarkelajak bunyodkori / davlat va jamiyat hayotiga daxldorlik.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Obidjon Alijon O‘g‘li Olimjonov

Maqolada yoshlarga oid davlat siyosatida ro‘y beryotgan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida hamda yoshlarning davlat va jamiyat hayotiga nechog‘liq daxldor ekanligi haqida so‘z boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ 92-sonli qarori ijrosiga oid muhim masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATIDAGI YANGILIKLAR»

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATIDAGI YANGILIKLAR Yoshlar - kelajak bunyodkori

Obidjon Alijon o'g'li Olimjonov

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali

ANNOTATSIYA

Maqolada yoshlarga oid davlat siyosatida ro'y beryotgan yangiliklar va o'zgarishlar haqida hamda yoshlarning davlat va jamiyat hayotiga nechog'liq daxldor ekanligi haqida so'z boradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ 92-sonli qarori ijrosiga oid muhim masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: yoshlar yetakchisi, yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar- kelajak bunyodkori, davlat va jamiyat hayotiga daxldorlik.

Mustaqil va yangilanib borayotgan O'zbekistonda har bir soha ahamiyatga molik vaziyat sifatida davlat siyosati darajasiga ko'tarilib borilmoqda. Bu esa, o'z navbatida har qaysi jabhani tubdan takomillashtirish, yangiliklar olib kirish, chet el tajribalarini amaliyotga tatbiq etish hamda yangilanyotgan O'zbekistonni rivojlanangan davlatlar qatoriga qo'shilishini ta'minlashga xizmat qiladi. Shu o'rinda respublikamizning yoshlarga oid davlat siyosatini olib borishda amalga oshiryotgan ishlari xususida to'xtalsak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ 92-sonli qarorida shunday deyiladi:

"Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin."

Xo'sh, bundan ko'zlangan asosiy maqsad qanday?

Bizga yaxshi ma'lumki, "Yoshlar-bizning kelajagimiz". Shu maqsadda, ayni shu sohada amaliyotga tatbiq qilinyotgan har bir yangilik, har bir masala bevosita bizlarning kelajagimiz bilan bog'liq.

Mazkur qarorda ko'rsatib o'tilganidek, ushbu yangi lavozim egasining vazifalari quyidagilar:

Madaniyat va san'atni targ'ib qilish borasida — "San'at g'unchalari" ko'rik tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo'yicha "Yoshlar ovozi", "Yosh musavvirlar"

tanlovlari hamda "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivalini o'tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;

Sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida — mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo'yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda "Yosh ekolog" aksiyasini o'tkazadi;

Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida — "Bir million dasturchi", "Dasturlashga birinchi qadam" loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va "Axborot texnologiyalari bilimdoni" tanlovini o'tkazadi;

Ma'naviyat va kitobxonlikni targ'ib qilish borasida — "Zakovat" musobaqasi, "Quvnoqlar va zukkolar", "Zukko kitobxon", "Yosh kitobxon", "Yosh kitobxon oila", "Xorijiy tillar bilimdoni" va "Yosh poliglot" tanlovlari hamda "Munozara" intellektual va milliy xalq o'yinlarini tashkil etadi;

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida — "Yosh chegarachi", "Yosh qutqaruvchi", "Quvnoq startlar", "Temurbeklar", "To'maris malikalari", "Shunqorlar", "Yosh huquqshunos", "Yosh saylovchi", "Yosh deputat" tanlovlari hamda "Men ham askar bo'laman" aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;

Tadbirkorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash borasida — "O'zbekiston uchun 100 g'oya" va "Mahallaning ishbilarmon tadbirkori" tanlovlari, "Biznesga birinchi qadam" grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.

Yuqoridagi vazifalardan kutilajak natijalar qanday?

Bu ko'rsatilgan va lavozim egasiga yuklatilgan vazifalardan ko'zlangan asosiy maqsad, kelajagimiz bunyodkorlari bo'lgan yoshlarning bilim- ko'nikmalarini oshirish, yuqori sa'viyaga erishtirish, ulardagi bor va yashirin iste'dodlarni ro'yobga chiqarish, yurtning hayotiga daxldorlik hissini shakllantirishga va eng asosiysi ularni ham eshitadiganlarning borligiga ishontirishdan iborat.

Quyidagilar yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi: "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o'yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste'dodi va tashabbuslarini rag'batlantirish hamda hayotda o'z o'rnini topishlariga ko'maklashish;

yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash;

huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo'lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko'maklashish.

Yetakchilar o'ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini madaniyat va san'atni targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, ma'naviyat va kitobxonlikni targ'ib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash kabi asosiy yo'nalishlarda amalga oshiradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, aholi orasida bandligi ta'minlanmagan, hayotda o'z o'rnini topa olmayotgan, tadbirkorlik qilishga ishtiyoqi bor, lekin imkoniyati bo'lmagan, iqtidorili va hunarli, ammo uni qo'llovchi va rivojlanishiga hissa qo'shuvchisi bo'lmagan, aholi orasida kam ta'minlangan hamda ijtimoiy, ma'naviy va ruhiy yordam va himoyaga muhtoj bo'lgan yoshlarni aniqlash va ularga yordam ko'rsatish - bugungi Yangi O'zbekiston deb atalmish davlatining eng muhim Taraqqiyot strategiyasining asosiy masalalari sirasiga kiritilgan. Yoshlarga alohida e'tibor - davlat siyosatining eng muhim jihatlaridan biridir. Zero, yoshlar - ertangi kun bunyodkorlaridir.

REFERENCES

1. The ideal appearance of a modern teacher // 2020

2. Идея совершенной и всесторонне развитой личности как социокультурный феномен в развитии человека // Азиза Арипова, 2021

3. YETIM HAMDA OTA-ONA QARAMOG 'ISIZ QOLGAN BOLALARNI HAYOTDA O 'ZO 'RINLARINI TOPISHLARI MAQSADIDA XORIJIY TAJRIBA IMPLEMENTATSIYASI // 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.