Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH CHORA-TADBIRLARI XUSUSIDA'

O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH CHORA-TADBIRLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1023
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yoshlar daftari” / Prezident farmoni / Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’rni / “Temir daftar” / “Ijtimoiy shartnoma” / separatizm / fundamentalizm / ratifikatsiya. / "youth book" / Presidential Decree / the role of young people in socio-political life / "Iron dove" / "social contract" / the role of the family in the education and education of young people

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamatkarimov, Ilyosbek Baxriddin O‘g‘li

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasi yoshlari o’rtasidagi muamolar va ularning yechimlari qay tartibda xal qilinishi, shuningdek prezidentning yoshlar siyosatini eng muhim masala ekanligi va ularga ta’lim -tarbiya berishdagi eng nozik jihatlar, hamda ,,Yoshlar daftari’’ ga kiritilgan, ijtimoiy himoya qilish, ularni ta’limga yo’naltirish, axloqi, shart -sharoiti va zamonaviy ruhda tarbiyalash kabi masalalarga to‘xtalingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEASURES FOR SOCIAL PROTECTION OF YOUTH IN UZBEKISTAN

This article addresses the problems and solutions between the youth of the Republic of Uzbekistan, as well as the fact that the president's youth policy is the most important issue and the most sensitive aspects in teaching and education, as well as issues such as, social protection, orientation to education, morals, conditions and upbringing in the modern spirit

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH CHORA-TADBIRLARI XUSUSIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH CHORA-

TADBIRLARI XUSUSIDA

Mamatkarimov Ilyosbek Baxriddin o'g'li

Namangan davlat universiteti Tarix yo'nalishi 1-bosqich magistranti

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi yoshlari o'rtasidagi muamolar va ularning yechimlari qay tartibda xal qilinishi, shuningdek prezidentning yoshlar siyosatini eng muhim masala ekanligi va ularga ta 'lim -tarbiya berishdagi eng nozik jihatlar, hamda ,,Yoshlar daftari'' ga kiritilgan, ijtimoiy himoya qilish, ularni ta 'limga yo 'naltirish, axloqi, shart -sharoiti va zamonaviy ruhda tarbiyalash kabi masalalarga to 'xtalingan

Kalit so 'zlar: "Yoshlar daftari ", Prezident farmoni, Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rni, "Temir daftar", "Ijtimoiy shartnoma", separatizm, fundamentalizm, ratifikatsiya.

В данной статье описаны проблемы молодежи Республики Узбекистан и порядок их решения, а также наиболее важные вопросы молодежной политики Президента и наиболее чувствительные аспекты их воспитания, а также включенные в «Молодежная книга». Социальная защита посвящена таким вопросам, как образование, нравственность, условия и воспитание в современном духе.

Ключевые слова: «Молодежная книга», Указ Президента, Роль молодежи в общественно-политической жизни, «Железная книга», «Общественный договор», Роль семьи в воспитании молодежи.

This article addresses the problems and solutions between the youth of the Republic of Uzbekistan, as well as the fact that the president's youth policy is the most important issue and the most sensitive aspects in teaching and education, as well as issues such as, social protection, orientation to education, morals, conditions and upbringing in the modern spirit

Keywords: "youth book", Presidential Decree, the role of young people in sociopolitical life, "Iron dove", "social contract", the role of the family in the education and education of young people

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Tezlik bilan rivojlanayotgan dunyoda, ta'lim sohasiga har qachongidan ham yanada ko'proq e'tibor berilmoqda, O'zbekistonda iqtidori bor, ammo imkoniyati yetmaydigan iqtidorli yoshlar talaygina, Xususan, O'zbekiston Respublikasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni muamo va uning yechimlarini hal qilish barcha uchun birinchi darajadagi dalzarb muamodir. Shuni alohida takidlash kerakki, yoshlar manfaatini himoya qiluvchi nodavlat va notijorat tashkilotlar soni ortmoqda. Shu bilan birga ushbu jarayonga kasaba uyushmalari ham jalb etilib, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko'maklashmoqda, amaliy hayotga tadbiq etib kelinmoqda, Ayniqsa, ta'lim sohasi orqali zamonaviy yetuk kadrlar tayyorlash eng muhim masalalardan biri, buning uchun yoshlarga oid har qanday ijtimoiy himoyani kuchaytirish zarur.

Milliy dastur o'z ahamiyatini yo'qotdi. 11 yillikga qaytildi kollejlar tugatildi. Yoshlar deganda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlar tushuniladi va ularni bugungi kunda turli muamolari ko'p, himoyaga muhtoj yoshlar ham shunga yarasha , aynan "Mehribonlik uylari'', O'z boquvchisini yo'qotgan va jismonan nuqsoni bor yoshlarni himoya qilish, ularga ta'lim-tarbiya berish kelajakda yaxshi kadr bo'lib yetishishlariga ko'maklashish kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasidagi barcha yoshlarni Oliy ta'limga yo'naltirish, ularga bu borada ko'mak berish, ta'lim - tarbiya sohasida islohatlar o'tkazish, ularni kasb mahoratini oshirish kabi masalalarni hal qilishda qo'lab-quvvatlash, himoyaga muhtoj bo'lganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni rag'batlantirish maqsadida moddiy tomondan ta'minlash zarur. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mamlakatda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida, O'zbekiston tarixida birinchi marotaba moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalar ro'yxati, ya'ni "Temir daftar" tuzildi. Endi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida "Yoshlar daftari" shakllantirildi. «Yoshlar daftari» 2020-yil 8-oktabrdan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo'lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo'yicha ma'lumotlar bazasi. Nodavlat kasb-hunar ta'limi markazlari orqali yoshlar va ayollarda kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga ,"Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan" 100 million dollar miqdoridagi mablag' yo'naltirildi. Shundan 10 millioni yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitishga, 90 millioni esa o'quv

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun sarflangan bo'lsa, bundan "Ijtimoiy shartnoma" orqali nodavlat kasb-hunar o'quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta'lim xarajatlari uchun 1 million so'mgacha subsidiya sarflandi.[1] shuningdek, Kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmaydi. Misol uchun, unda 2484 ta, ya'ni 70 foiz xizmatchi lavozim bo'yicha oliy ma'lumot talab etiladi. Xususan, ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb-dizayner kabi ixtisosliklarga oliy malaka talabi qo'yilgan. Ushbu kasblarni IT-markazlarda yarim yilda yaxshi o'rganish mumkin. Bu sharoit ham yoshlarni har tomonlama qo'llab -quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bor yoshlarni moddiy va amaliy yordam berish, maqsadlari yo'lida dadil qadam bosishi uchun motivatsiya yaratish kabi rejalarni nazarda tutiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili shuni ko'rsatadiki yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo'lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasbga yo'naltirish bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag'batlantirish borasida ishlar talab darajasida tashkil etilmagan. Ayniqsa, yoshlarni ta'lim va tarbiya bo'yicha bir qancha muamolari bor, barcha qishloqlarda ham yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi hali to'liq amalga oshirilmagan, Quyida ularning ayrimlarini takidlab o'tsak.

1.Yoshlarga zamonaviy axborot texnalogiyalari bilan ta'minlash muammosi, bu ularni innovatsion fikrlash yondashuvi kechikishi, chekka qishloqlarda zamonaviy kasblar, xususan kompuyuter grafikasi, veb-dizayner, dasturlash tizimlarini o'rganishda, yoshlarni keng qamrovli ijtimoiy himoyaga olish va ularni bartaraf etish zarur.

2. Yoshlarga sport inshootlarini yanada ko'paytirish 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni sog'lom turmush tarziga rioya qilish g'oyasini keng ravishda targ'ib qilish, balkim maktab o'quvchilarini ham jalb qilib muamolarini va ularni qiziqishlarini ham e'tiborga olish kerak, ular uchun kasb to'garaklarini yanada ko'paytirish kerak,

1 https://advice.uz/oz/document/2394

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Yoshlar orasida jismonan nuqsoni bor 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlarni ulaming imkoniyatiga qarab kasbga biriktirish , ularni qiziqishlarni o'rganib chiqish, jismoniy harakatlanishi uchun turli xil uskunalar bilan ta'minlash nogironlik aravasi, protez qo'l, oyoqlar bilan taminlash .

4. Boquvchisini yo'qotgan va yosh farzandlari bor ayollarni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlash, ish bilan taminlash, kasbga yo'naltirish kabi ijtimoiy himoyalar ko'rish zarur.

5. xotin-qizlarni kasbga, ta'limga yo'naltirish, shuningdek ularning orasida jismonan kamchiligi bor xotin-qizlarga motivatsiya berib turli xil g'oyalarni taqdim etish, tadbirkorlik qilishlari uchun moddiy yordam berishni yanada kengaytirish, shuningdek mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilari lavozimida ishlab kelayotgan yoshlarni vazifasini kengaytirish va ularga yordamchi sifatida o'rinbosarlarni tayinlash zarur.

6. 30 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlarni sog'ligidagi kamchiliklarini o'rganib ,har birni kassalik jadvalini tuzib, bu borada tibbiyot birlashmalarini qayta ko'rib chiqish va muhokamaga qo'yish kerak.

7.Yoshlarini samarali ishlashi uchun o'qish, qayta o'quv kurslariga jalb qilish, malakasini o'zgartirish, jarayonlariga ko'maklashish choralarini ko'rish kerak.

Albatta buning uchun islohatlar va farmon, qarorlar zarurdir, bu borada prezidentning turli chora-tadbirlarni taklif qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2021-yilning 28-apreldagi 250-sonli qarorida 2021-yilning o'tgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi hisoblangan "Yoshlar daftari" va "Yoshlar dasturlari" asosida 430 ming nafar yigit-qizning hayotiy muammolarini hal etish uchun 300 milliard so'm mablag' yo'naltirildi, 92 ming nafardan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2,3 trillion so'm imtiyozli kreditlar, qishloq joylarda yashayotgan 230 mingdan ortiq yoshlarga dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun 61 ming gektar yer maydoni ajratildi, bu boradagi ishlarning ko'lami tobora kengayib borayotganini ko'rsatadi.[2] Bundan tashqari prezidentning yoshlar uchun sharoit ya ratish maqsadida oliy ta'limda taxsil olayotgan yigit va qizlar uchun turli xil imtiyozlar berilmoqda, Ayniqsa, ayol-qizlarga bu borada imkoniyatlar kengaytirilmoqda. Ular uchun qo'shimcha buyujet kvotalari oshirish, shuningdek, moddiy tomondan ehtiyoji bor yigit va qizlarning shartnoma to'lovlari to'lab berildi. Magistraturada o'qiydigan ayollar uchun 2023-yildan ularning kontraktlari to'liq qoplanib berish to'g'risidagi qarorlar, shuningdek

2Lex.uz/docs/-5512119

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bakalavr bosqichida o'qiydigan ayollarni yosh farzandlari bo'lsa ta'lim olishni onlayn usulda davom ettirish imkoniyatlari berildi.

Prezidentimiz aytganidek, "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat."

O'zbekiston Respublikasi rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi. Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratildi, bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, 2022-yil holatiga bo'yicha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Sh. Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati - 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida» qonun , butun O'zbekiston yoshlari uchun muhim yangilik bo'ldi, yoshlarimiz vatanparvar, bilimli, intelektual, g'ayratli, o'z ishiga mas'uliyatli. Xalqaro miqyosda bilim va sport tomondan o'z yurtini shanini yuksaklikga ko'tarish uchun yana bir imkoniyat bo'ldi. Ularning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash. Yoshlarning hayoti va sog'ligini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o'rtasida, tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash. Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish.Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta'lim olishini ta'minlash,xududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish. Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash. Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-xarakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik yo'laridan himoya qilish.Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish. Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yaratish.Yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. " Yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish. Yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro'yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar kiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunning yoshlari har tomonlama yetuk va barkamol bo'lib yetishishlari uchun ularning ijtimoiy muamolarini bartaraf etish barcha uchun zarurdir. Qaysi davlatda ta'lim kuchli bo'lsa, yoshlarga ko'proq e'tibor berilsa , o'sha davlat ravnaq topaveradi, chunki ta'lim-tarbiyasi bor yoshlarda innovatsion loyihalar va vatanga muhabbat ruhida voyaga yetishish bugungi kun islohatlarimizning eng asosiy maqsadiga kiradi. Sarmoyalarning eng yaxshisi bu ta'lim -tarbiyaga ajratilgan sarmoyadir, bu sohada sarmoya kiritsak hech qachon ziyon ko'rmaymiz, faqat yuksalaveramiz. shuningdek dunyo hamjamiyatida ham yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ularning bir qator muamolarini yechishda bir qator qarorlar, farmonlar ishlab chiqarilmoqda, Ushbu xalqaro qarorlar dunyo yoshlarini ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy himoya qilish butun dunyo mamlakatlarining asosiy vazifasidir.[3]

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston Starategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston'' nashriyoti, 2021. 464 bet

2. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

3. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

4. https://advice.uz/oz/document/2394

5. Lex.uz/docs/-5512119

3Shavkat Mirziyoyev Yangi O'zbekiston Starategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston'' nashriyoti, 2021. 464 bet

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.