Mamlakat iqtisodiy o'sishini ta'minlashda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo'llari
Suxrob Rustamovich Allayarov
TMI
Annotatsiya: Maqolada mamlakat iqtisodiy o'sishini ta'minlash masalalari, shuningdek, uni amalga oshirish bo'yicha iqtisodiyotga faol xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo'llari keltirilgan.
Kalit so'zlar: iqtisodiy o'sish, investitsiya, xorijiy investitsiyalar, makroiqtisodiy barqarorlik, ichki investitsiyalar, qo'shimcha kapital, ishsizlik, davlat byudjeti, inflyatsiya darajasi, valyuta almashinuvi, yuqori texnologiya
Priority ways of attracting foreign investments to ensure the
country's economic growth
Sukhrob Rustamovich Allayarov
TFI
Abstract: The article examines, the exchange rate, changes in the currency policy in Uzbekistan and the impact of exchange rate policy on economic growth in the modern financial and currency system is described in detail.
Keywords: economic growth, investment, foreign investment, macroeconomic stability, domestic investment, additional capital, unemployment, state budget, inflation rate, currency exchange, high technology
KIRISH
Hozirgi kunda iqtisodiyot rivojlanishiga eng ijobiy ta'sir qiluvchi samarali omil bu-xorijiy investitsiyalardir. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishni kafolatlash va keng imtiyozlar tizimini yaratish mamlakatda yuritilayotgan oqilona investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlari bo'lib qolmoqda. Investitsiyalar asosida mamlakatda ishlab chiqarish kengayadi, aholining ish bilan banligi oshadi, sanoat korxonalari modernizatsiyalanadi hamda aholi daromadlari oshib boradi. Natijada esa aholi farovonligini oshishiga olib keladi. Investitsiyalar ham turkumlanadi. Bu yerda investitsiyalarni ikki guruhga bo'lib tahlil qilinadi ya'ni ichki investitsiyalar hamda tashqi (xorijiy) investitsiyalar. Bu yerda xorijiy investitsiyalarning samaradorligi yuqori ekanligi yaqqol ko'rinib turadi. Chunki
mamlakatda ichki investitsiyalar mavjud kapitalning iqtisodiyotdagi faol harakatini ta'minlasa, xorijiy investitsiyalar mavjud kapitalga qo'shimch kapital qo'shishi bilan o'z samaradorligini ko'rsatadi. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edilar: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi"1.
TAHLIL VA NATIJALAR
Xorijiy investitsiyalar bevosita mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlashga ta'sir ko'rsatadi. Yuqorida aytib o'tilganidek, xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni qo'shimcha kapital bilan ta'minlaydi, ishsizlikni pasaytiradi hamda mamlakat ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi. Bularning barchasi esa makroiqtisodiy barqarorlikni ko'rsatuvchi omillardir. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ko'rsatuvchi quyidagi omillar mavjud:
- daromadlar taqsimlanishida muammolar yo'qligi;
- barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga qayd etilganligi;
- mamlakatda to'la bandlikni ta'minlanganligi ya'ni ishsizlik minimal miqdorda ekanligi;
- ichki narxlarning barqarorligi (inflatsiya darajasi yuqori emasligi);
- baquvvat to'lov balansining mavjudligi;
- davlat budjeti kamomadi YalM ga nisbatan me'yorda ekanligi;
- barqaror valyuta almashinuv kursi.
Yuqorida ko'rsatilib o'tilgan omillar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik darajasini ko'rsatib beruvchi omillardan bo'lib hisoblanadi. Bu yerda asosiy omillardan bo'lib aholi daromadlari tekis taqsimlanganligi hisoblanadi. Aholi daromadlari oshishi bilan bir qatorda uning tekis taqsimalanishi ham muhim hisoblanadi. Ya'ni daromadlarning katta qismi ayrim shaxslar qo'lida yig'ilmaslikni ta'minlash zarurdir.
Muntazam iqtisodiy o'sishning qayd etilishi ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlanganligini ko'rsatuvchi omil hisoblanadi. Iqtisodiy o'sishga esa xorijiy investitsiyalar to'g'ri proporsionaldir. Ya'ni xorijiy investitsiyalar hajmi oshib borishi bilan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichi ham yuqorilab boradi. Chunki YalM asosiy tarkibiy qismlaridan bir bu- invstitsiyalardir.
Ishsizlik darajasi ham makroiqtiodiy barqarorlikni ko'rsatib beruvchi omillarddan sanaladi. U makroiqtisodiy barqarorlik darajasiga teskari
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so'zi, 2018 yil 29 dekabr
proporsionaldir. Ya'ni ishsizlik darajasi oshgani sayin, makroiqtisodiy barqarorlik darajasi tushib boradi yoki aksincha. Ishsizlik darajasini pasaytirishning eng asosiy hamda samarali vositasi bu -xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Ya'ni xorijiy investitsiyalarning ko'payishi ishsizlik darajasini pasaytiradi. Chunki xorijiy investitsiyalar hajmining oshdi degani bu yangi sanoat koronalarining qurilishi, mavjudlarining faoliyati kengayishi hamda modernizatsiya qilinishi degani demakdir. Bu esa yangi ish o'rinlarining yaratilishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan tashqari yana davlat budjeti holati, to'lov balansi holati ham makroiqtisodiy barqarorlikka bevosita ta'sir qiladi. Ijobiy holat kuzatilayotgan bo'lsa, bu mamlakatda makoiqtisodiy barqarorlikni ta'minlanayotganligidan darak beradi. Buikki omil ham xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bevosita bog'liqdir. Xorijiy investitsiyalar ko'payishi bilan bu omillar o'z-o'zidan ijobiy holatni qayd etishga o'tadi.
Yuqoridagilardan xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyot uchun zarur ekanligi kelib chiqadi. Shundan kelib chiqadi-ki, bugungi kunda mamlakatda xorijiy investitsiyalarning hajmini oshirish iqtisodiyotning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Xorijiy to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar globallashuvning asosiy drayveri va hozirgi global iqtisodiyotda eng muhim rolni o'ynaydi. U mamlakatlarning ishlab chiqarish jarayonini qo'shimcha kapital bilan ta'minlaydi va iqtisodiy o'sish darajasini oshiradi. Xorijiy investitsiyalar hajmi oshishiga mamlakatda shakllangan investitsion muhit eng katta ta'sir ko'rsatadi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma'lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligi va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
VN03,5
10000 8000 6000 4000 2000 0
1-rasm. 2020-2022 yillarda xorijiy investitsiya va kreditlarning o'zlashtirilishi(mln.
AQSh doll.)2
2 https://stat.uz/uz/ (O'zbekkiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi)
Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.
O'zbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan islohatlar natijasida mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar hajmi ko'payib bormoqda.
2020-2022 yillarda o'zlashtirilgan xarijiy investitsiya va kreditlar hajmiga e'tibor qaratilsa, unda quyidagi holatni kuzatish mumkin: 2020-yilda o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 3348,2 mln. AQSh dollorni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2021-yilda 3737,2 mln. AQSh dollorni, 2022-yilda esa 9803,5 mln. AQSh dollorini tashkil qilgan. Bu ma'lumotlardan iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga oshib borayotganligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotga kirib kelish hajmini ham yuqori o'sish sur'atlariga erishib kelmoqda(l-rasm).
2020-yilda o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar Yalpi ichki mahsulotga nisbati 6,5 % ni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 1,2 % ga ko'paygan. 2021-yilda o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar Yalpi ichki mahsulotga nisbati 7,7 % ni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 2,0 % ga ko'paygan. 2019-yilda esa o'zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar Yalpi ichki mahsulotga nisbati 16,9 % ni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 9,5 % ga ko'paygan.
Yuqoridagi statistik ma'lumotlar asosida O'zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning hajmi oshib borayotganligini hamda buning natijasida mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanayotganligini kuzatish mumkin.
O'zbekiton iqtisodiyotida bundan ham ko'p investitsiyalarni qabul qilishga potensial yetarli darajada hamda bunga talab ham mavjud. Shundan kelib chiqqan holda O'zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarni hajmini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
2-rasm. 2017-2019 yillarda xorijiy investitsiya va kreditlarning o'sish
dinamikasi(foizda)3
3 https://stat.uz/uz/ (O'zbekkiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi)
Tahlillardan kelib chiqqan holda O'zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflarni amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag'larni keng jalb qilishni ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni muntazam takomillashtirish;
- respublikamizga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan, iqtisodiyotning zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko'maklashayotgan xorijiy sarmoyadorlarga imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish tizimini takomillashtirish;
- qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbig'ini yanada kuchaytirish;
- iqtisodiyotda investitsiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarni yanda takomillashtirish hamda buning asosida iqtisodiyotda investitsiyalarsamaradorligini oshirish;
- yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish va kiritilgan investitsiyalar hajmini oshirish;
- xorijiy investitsiyalarni faoliyat ko'rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilashga yo'naltirish hamda bu yo'nalishga investitsiya kiritayotgan investorlarga qo'shimcha imtiyozlar berish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotga tadbiq qilish asosida mamlakatimizda qulay investitsion muhitni shakllantirishni yanada yaxshilash hamda buning asosida iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalar hajmini yanda ko'paytirish mumkin. Natijada mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga erishishga olib keladi.
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish mumkin-ki, xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishga ijobiy ta'sir qiluvchi asosiy omillardan bo'lib hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarni ko'paytirish asosida yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishish mumkin. Xorijiy investitsiyalar mamlakatda ishlab chiqarish korxonalarining modernizatsiya qilish, yangi korxonalarni barpo etish hamda natijada yangi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Aholining ish bilan bandlik darajasi oshishi bilanaholi daromadlari ham ko'payib boradi hamda aholi farovonlini shunga mutanosib tarzda oshib boradi. Investitsiyalar Yalpi ichki mahsulotning asosiy tarkibiy qismi bo'lganligi sababli, xorijiy investitsiyalarning ko'payishi mamlakatda yalpi investitsiyalarni ko'payishiga hamda buning natijasida Yalpi ichki mahsulotning ko'payishiga olib keladi.
Bundan tashqari xorijiy investitsiyalar mamlakat eksport salohiyatini yaxshlashga ham xizmat qiladi. Xorijiy investitsiyaar hajmi ko'payib borishi bilan mamlakat eksport salohiyati ham oshib boradi.
Umuman olganda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda xorijiy investitisiyalar asosiy o'rinni egallaydi hamda makroiqtisodiy barqarorlikka eng katta ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so'zi, 2018 yil 29 dekabr.
2. https://stat.uz/uz/ (O'zbekkiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi)
3. Allayarov, S. A. (2020). Strengthening tax discipline in the tax security system: Features and current problems. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(11), 124-128.
4. Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.
5. Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.
6. Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ. СТОЛИЦА НАУКИ, 3, 4.
7. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).
8. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.
9. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.
10. Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.
11. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ И ЦЕЛЕОРИЕНТИРОВАННЫЙ ПОДХОДЫ К
ОЦЕНКЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Экономика и социум, (4), 138-147.
12. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Иктисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.
13. Allayarov, S. R., & Ro'Ziyev, U. J. (2023). Byudjet tashkilotlari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish istiqbollari. Science and Education, 4(5), 1385-1392.
14. Tashmatova, N. R. Q., & Allayarov, S. R. (2022). Islomiy moliya tizimida islom moliya instrumentlari (muzoraba va mushoraka) va ularni qo'llash. Science and Education, 3(12), 997-1006.
15. Jiyanova, N., Tashmatova, R., Afsona, S. K. S., Allayarov, S., & Abdurashidova, M. (2023). Topical issues of increasing the role of economic ratings and indices in economic stability. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 13028). EDP Sciences.
16. Allayarov, S. R. (2014). Systemal understanding the insight, tasks and factors of economic growth. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA), Oct.-Dec, 20, 56-65.
17. Пулатова, С. В. К., & Аллаяров, С. Р. (2023). Валюта курси сиёсатининг замонавий молия-валюта тизими ва иктисодий усишга таъсири. Science and Education, 4(1), 971-978.
18. Фозилчаев, Ш. К^., & Хидиров, Н. F. (2017). Инвестиция ва лизинг асослари. Укув кулланма. Т.: Молия, 8, 46-48.
19. Khidirov, N. G. (2023). EVALUATION OF EFFICIENCY OF INVESTMENT ACTIVITY IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. World Economics and Finance Bulletin, 22, 29-32.
20. Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qo'llanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.
21. Хидиров, Н. F. (2022). Тукимачилик ва тикув-трикотаж саноати корхоналарида инвестицион фаолиятни молиялаштиришдаги муаммолар хдмда уларнинг ечимлари. Science and Education, 3(4), 1834-1840.
22. Khidirov, N. G. (2020). Methods and mechanisms of financing investment activities in industrial enterprises. International Journal of Economics, Commerce and Management, 8(7), 310-325.
23. Khidirov, N. (2020). Specific features of financing investment activity of industrial enterprises. International Finance and Accounting, 2020(1), 31.
24. Khidirov, N. G. (2021). Mechanisms and methods of financing enterprise investment projects. Journal of Economics, Finance and Management Studies, 4(05), 475-482.
25. https://stat.uz/uz/ (O'zbekkiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi).
26. Samijonov, M. (2022). OZBEKSITONDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING TARMOQ VA HUDUDIY XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(1), 359-365.
27. Nosirov, B. N. (2019). BANDLIKNI OSHIRISHDA INVESTITSION SIYOSAT YURITISHNING AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.
28. Nuriddin Avazov, Nosir Makhmudov, Инвестициялар самарали фойдаланиш асосида макроиктисодий баркарорликни таъминлаш йуналишлари, "Туризмда инновацион-инвестиция жараёнларни ривожлантириш истикболлари" мавзусидаги халкаро илмий-амалий (ХИА) анжуман
29. Nuriddin Avazov, Инвестиция мухити ва унга таъсир килувчи хукукий омиллар тахлили, "Бакалавриат ва магистратура талабаларининг илмий ишлари" халкаро масофавий илмий-амалий конференцияси
30. Hsieh, H. C., Boarelli, S., & Vu, T. H. C. (2019). The effects of economic policy uncertainty on outward foreign direct investment. International Review of Economics & Finance, 64, 377-392.