Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIGA INVESTITSIYALAR JALB ETILISH HOLATI VA SOHA RIVOJLANISHIDAGI O'ZGARISH
TENDENSIYALARI
B.Arzimatov
Farg'ona politexnika instituti assistenti
Ushbu maqolada turizm sohasida investitsiyalar va investitsion faoliyatning ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari, soha rivojlanishining izchilligi yoritilgan. Turizmda investitsion faoliyat amal qilishining tashkiliy jihatlari tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: turizm, investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiya siyosati, investitsion faoliyat tamoyillari.
В данной статье освещаются важность и особенности инвестиций и инвестиционной деятельности в сфере туризма, а также последовательность развития отрасли. Изучены организационные аспекты инвестиционной деятельности в туризме.
Ключевые слова: туризм, инвестиции, инвестиционная деятельность, инвестиционная политика, принципы инвестиционной деятельности.
Iqtisodiyotni transformatsiyalashning ahamiyati tobora ortib borayotganligi milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri hisoblangan turizmni rivojlantirishni ob'ektiv zaruratga aylantirmoqda.
Zero, turizm jahondagi eng ko'p foyda keltiruvchi biznes turlaridan biri bo'lib, u bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi va dunyoning ko'pgina mamlakatlarida shiddat bilan rivojlanib borayotgan strategik tarmoqqa aylanib ulgurdi.
Turizm nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan, hattoki, nisbatan past rivojlanish darajasidagi mamlakat va hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining katalizatori hisoblanadi. Turizm sohasida yaratilgan bitta yangi ish o'rni sanoat tarmog'iga nisbatan 20 barobarga arzonga tushadi, biror-bir mamlakatga tashrif buyuruvchi har 30 ta sayyoh bevosita bitta yoki bilvosita ikkita yangi ish o'rinlarini barpo qilishga imkoniyat yaratadi.
Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilining ta'kidlashicha, "Dunyo bo'ylab, har qanday rivojlanish darajasidagi mamlakatlarda, millionlab ish o'rinlari va korxonalar kuchli hamda rivojlangan turizm sohasiga
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bog'liqdir. Turizm, shuningdek, tabiiy va madaniy merosni himoya qilishda harakatlantiruvchi kuch bo'lib, ularni kelajak avlodlar bahramand qilishlari uchun saqlab qolmoqda"
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Bugungi zamonaviy sharoitlarda ma'lum bir sohani rivojlantirishda investitsiyalar va investitsion faoliyat o'ziga xos muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xalqaro iqtisodiyotning globallashuv jarayonlari rivojlanish tendensiyalari tahlili investitsiya faoliyati va uni diversifikatsiyalash, qulay investitsiya muhitini yaratish ma'lum bir tarmoqning taraqqiyotini ta'minlaydigan dastaklardan biri ekanligini isbotlamoqda. Shunga asosan, turizm sohasi taraqqiyotini ta'minlashda investitsion faoliyatni rivojlantirish hamda uning mexanizmlarini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Turizmda investitsion faoliyat va uning amal qilish xususiyatlarini tadqiq etishdan avval investitsiya faoliyatining mazmun-mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini yoritish darkor. Xususan, ko'plab xorijiy va mahalliy nashrlarda investitsiyalar hamda investitsion faoliyat masalalarining ayrim jihatlari yoritilgan.
Jumladan, Fatxutdinovning fikricha, "investitsiyalar - bu kapitalni saqlash va oshirish maqsadidagi pullik quyilmalardir". Shuningdek, iinvestitsiya faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy mexanizmining amal qilish xususiyati iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish orqali yangi ish o'rinlarini shakllantirish"dir.
Chubarinning fikricha esa, "investitsiya faoliyati - investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni to'plash, o'zgartirish, joylashtirish, qo'yish va ulardan foydalanish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan, iqtisodiy tizimda maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan munosabatlari yig'indisidir" [6].
Turizmda investitsion faoliyat va uning tashkiliy-iqtisodiy masalalari ham ko'plab olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o'z aksini topgan bo'lib, ularning aksariyat qismi bir-birini to'ldirishga xizmat qiladi.
Valinurovaning qayd etishicha, "turizm sohasidagi investitsion faoliyat
- investitsiya sifatida kiritilgan mablag'lardan daromad olish uchun ma'lum bir mamlakat ichida va tashqarisida turizm sanoatiga uzoq muddatli kapital qo'yilmalar shaklida moliyaviy resurslardan foydalanishni o'z ichiga oladi" [2].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Vyakina esa "turizm sohasidagi investitsiyalar kapital hisobidan turli sayyohlik xizmatlarini ko'rsatishga qodir bo'lgan turistik ob'ektlarini yaratish, modernizatsiya qilish yoki rekonstruksiya qilish jarayonidir" deya ta'rif keltirgan.
Mamlakatimizda ham turizm sohasida investitsion faoliyat amal qilishining mexanizmlari va tashkiliy-iqtisodiy masalalari atroflicha tadqiq etilgan. Xususan, Allanazarov turizmda investitsion faoliyatning amal qilishini quyidagicha izohlaydi: "turizmda investitsion faoliyat - bu investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni jamg'arish, o'zgartirish, joylashtirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan munosabatlari bo'lib, turizm sohasida makro va mikro darajada maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan kapitaldan foydalanish jarayonidir" [7].
Bizningcha, turizmda investitsion faoliyat - bu sohaning rivojini ta'minlashga xizmat qiladigan, ya'ni turistik faoliyatni amalga oshirish va uni rag'batlantirish uchun yo'naltiriladigan mablag'larni boshqarish munosabatlari yig'indisidir. Ushbu munosabatlarda turistik faoliyatni tizimli qo'llab-quvvatlashga asoslangan huquqiy, tashkiliy va iktisodiy, moliyaviy uslublar majmuasi tartibga solinadi.
Investitsiyalarni jalb qilish hajmining oshishi hamda investitsion faoliyatning rivojlanib borishi ta'sirida makroiqtisodiy muhitdagi iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi noaniq bozor sharoitidagi salbiy tendensiyalarni yengib o'tishga yordam beradigan tarmoq investitsion loyihalarni rag'batlantirishning moslashuvchan dastaklari va mexanizmlarini shakllantirish zaruratini yuzaga keltiradi. Zero, bozor munosabatlarining tobora chuqurlashuvi natijasida investitsiya faoliyatini rag'batlantirish mexanizmidan foydalanish tarmoq korxonalari uchun iqtisodiy faoliyat samaradorligini ta'minlashning muhim sharti bo'lib xizmat qiladi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev: "Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi", deya ta'kidlagani bejiz emas, albatta [1].
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizmni iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylantirish masalalari dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Umuman olganda, iqtisodiyotda investitsion faoliyatning boshqaruv ob'ekti elementlarida nafaqat moliyaviy-iqtisodiy qolaversa ijtimoiy hamda institutsional manbalardan kompleks foydalanish kabi amal qilish qilish xususiyatlarining mavjudligi uni iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida rivojlantirish imkoniyatlarining yaqqol namoyon bo'lishini ta'minlaydi.
Haqiqatan ham bugungi kunda turizm sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalari ichki va kirish turizmini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, doimiy turistik oqimlarni shakllantirish, turizm sohasi infratuzilmasini yaratish va yuqori darajada qoplanadigan investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda investitsion faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish bo'lib hisoblanadi.
Bugungi kunda turizm sohasiga investitsiya kiritishning quyidagi asosiy usullari mavjudligi ma'lum:
• fuqarolar va nodavlat institutlar tomonidan;
• amalda davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat investitsiyalari;
• xorijiy agentlar tomonidan turistik biznesga investitsiyalar shaklida kiritiladigan mablag'lar;
• Birgalikda moliyalashtirish;
• Investitsion fondler va kompaniyalar (boshqacha aytganda, moliyaviy vositachilar orqali) orqali investitsiya kiritish.
Turizmda investitsion faoliyat amal qilishining tashkiliy jihatlarida investitsiyalarni tasniflash hamda investitsiya faoliyatini amalga oshirish tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi.
Turistik faoliyatda investitsiyalarni quyidagi mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin:
1. Investitsiyalarni amalga oshirish sohasi.
Masalan, moliyaviy investitsiyalar - qimmatli qog'ozlarga qo'yilmalar, real investitsiyalar - ishlab chiqarish vositalari va iste'mol tovarlariga kapital qo'yilmalar.
2. Investitsiyalarni amalga oshirish muddati.
Shunday qilib, amalga oshirish muddatlariga ko'ra uzoq muddatli investitsiyalar - o'n yoki undan ortiq yil, o'rta muddatli investitsiyalar - besh yildan o'n yilgacha, qisqa muddatli investitsiyalar esa - bir yilgacha yoki undan kam muddatni qamrab oladi.
3. Investitsiyalar turlari.
Investitsiyalarning quyidagi turlari guruhlanadi: to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar - investor tomonidan keyinchalik aktivlar bo'yicha talablarni sotib
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
olgan holda mablag'larni investitsiya qilish; bilvosita investitsiyalar -shakllanayotgan portfeldagi moliya yo'nalishi; intellektual investitsiyalar - nou-xau, patentlar, litsenziyalar sotib olish.
4. Investitsiyalardan foydalanish sohasi.
Investitsiyalar turizm korxonasini tashkil etish bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday investitsiyalar yangi korxona aktivlarini yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, to'g'ridan-to'g'ri joriy yoki kapital ta'mirlash, shuningdek, uskunalarni almashtirish bilan bog'liq bo'lgan joriy investitsiyalar ajratiladi. Shuningdek, yuqori talab va taklif hajmining kengayishi bilan bog'liq bo'lgan yuzaga keladigan qo'shimcha investitsiyalar guruhi ham ajratiladi.
5. Investitsiyalar hajmi.
Hozirgi vaqtda kichik, o'rta va katta investitsiyalar guruhlari mavjud. Qoida tariqasida, turizm sohasiga investitsiyalar hajmi muayyan mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni yoki har qanday xizmatlarni taqdim etish miqyosiga qarab shakllanadi.
Turizm sohasida investitsiya faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini shakllantirish va faoliyat ko'rsatish samaradorligi ko'p jihatdan ikkita muhim nuqtaga asoslanadi:
• alohida investitsiya ob'ektlarining (yo'nalishlarining) investitsiya jozibadorligi (turizmning asosiy yo'nalishlari, ko'rgazma ob'ektlari, turistik yo'nalishlar va boshqalar);
• investitsiya ustuvorliklari.
Chunki investitsion jozibadorlik soha yoki tarmoqqa sarmoyaning kirib kelishini belgilovchi investitsiya faolligi bilan belgilanadigan ob'ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy belgilar, vositalar, imkoniyatlar va cheklovlarning yig'indisidir. Zero, investitsion muhit jozibadorligi sohaga investitsiyalar jalb etishga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Turizm sohasidagi investitsion faoliyati ko'pincha tarmoqlararo va mintaqalararo xususiyatga ega, chunki ko'plab investitsiya ob'ektlarining faoliyat ko'rsatishi milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari (oziq-ovqat sektori, bank, chakana savdo va boshqalar) ishining integratsiyalashuviga bog'liq. Bunda esa turizm infratuzilmasining qay darajada shakllanganligi va rivojlanganligi muhimhisoblanadi.
Turizm sohasida investitsion faoliyat amal qilishining tamoyillari mazkur soha ishini belgilovchi usullarni o'zida qamrab olib, ob'ektiv ahamiyat kasb etadi.
XULOSA VA MUNOZARA
Keyingi yillarda iqtisodiy jarayonlarning globallashib borayotganligi turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jahonda iqtisodiy taraqqiyotning
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yuksalishi kishilarning turli maqsadlarda bir mamlakatdan ikkinchisiga qatnab turish ko'lamining kengayishini taqozo etadi. Bu esa turizmni milliy iqtisodiyotning eng istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirmoqda.
Turizm sohasiga investitsiyalarning sezilarli darajada ortishi sharoitida ularni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish, investitsiya faoliyati mexanizmini shakllantirish yo'nalishlarini belgilash masalalarini hal etishning dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Turizm sohasida investitsion faoliyatni rivojlantirish, faol investitsiyalar jalb etishni takomillashtirishda turizm infratuzilmasi faoliyatini taraqqiy ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, turizmda investitsion faoliyatni rivojlantirish orqali sohani iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylantirishga erishish mumkin.
REFERENCES
1. Murojaatnoma (2018) Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr
2. Valinurova L.S. (2015) Sanoatlarda investitsiya faoliyatini tashkil etish: monografiya / L. S. Valinurova. - M.: Paleotip, 80 b.
3. Vyakina I.V. (2012) Mintaqaning investitsiya muhiti: tizimning mohiyati va tarkibiy qismlari / I.V. Vyakina, G.A. Aleksandrov, G.G. Skvorsova // Rossiya tadbirkorligi. 13-jild. - No 16. - B. 98-103
4. Fatxutdinov R.A. (2017) Boshqaruv yechimini ishlab chiqish. - M "Intel-Synthesis", 89 p.
5. Chubarin A.N. (2001) Turizm sohasida investitsiya faoliyati mexanizmining shakllanishi. M.: 2017 yil
6. Allanazarov B.D. (2018) O'zbekistonda investitsiya faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining xususiyatlari va turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi. Fan va amaliyot byulleteni / Fan va amaliyot xabarnomasi. № 12.