Научная статья на тему 'SUG’URTA INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISHNING SAMARALI VOSITASI SIFATIDA'

SUG’URTA INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISHNING SAMARALI VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1798
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta / investitsion faoliyat / risklarni boshqarish / investitsiya risklari / sug’urta kompaniyasining investitsion potentsiali / investitsiya loyihalarini baholash va tahlil qilish. / страхование / инвестиционная деятельность / управление рисками / инвестици­ онные риски / инвестиционный потенциал страховой организации / оценка и анализ инвестицион­ ных проектов.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shaislamova Nargiza Kabilovna

Maqolada milliy iqtisodiyotda investitsiya risklarini samarali boshqarishda sug’urtalash usulining o’rni bayon etilgan. Sug’urta kompaniyasining raqobatbardoshligiga va investitsion potentsialiga ta’sir etuvchi omillar tahlili ko’rib o’tilgan. Mazkur ma’lumotlarga tayangan holda sug’urta kompaniyalarining investitsion faoliyati haqida shuningdek, investitsiya risklarini sug’urta orqali boshqarish mexanizmlari to’g’risida ilmiy va amaliy xulosalar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СТРАХОВАНИЕ КАК ЭФФЕКТИВНОЕ СРЕДСТВО УПРАВЛЕНИИ ИНВЕСТИЦИОННЫМИ РИСКАМИ

В статье описывается роль страхования в эффективном управлении инвестиционными рисками в национальной экономике. Рассмотрен анализ факторов, влияющих на конкурентоспособность и инвестиционный потенциал страховой компании. На основании этих данных сделаны научные и практические выводы об инвестиционной деятельности страховых компаний, а также о механиз­ мах управления инвестиционными рисками посредством страхования.

Текст научной работы на тему «SUG’URTA INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISHNING SAMARALI VOSITASI SIFATIDA»

Shaislamova Nargiza Kabilovna,

Toshkent moliya instituti "Baholash ishi va investitsiyalar" kafedrasi katta o'qituvchisi

SUG'URTA - INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISHNING SAMARALI VOSITASI

UO'K: 330.322

SHAISLAMOVA N.K. SUG'URTA INVESTITSIYA RISKLARINI BOSHQARISHNING SAMARALI VOSITASI SIFATIDA

Maqolada milliy iqtisodiyotda investitsiya risklarini samarali boshqarishda sug'urtalash usulining o'rni bayon etilgan. Sug'urta kompaniyasining raqobatbardoshligiga va investitsion potentsialiga ta'sir etuvchi omillar tahlili ko'rib o'tilgan. Mazkur ma'lumotlarga tayangan holda sug'urta kompaniyalarining investitsion faoliyati haqida shuningdek, investitsiya risklarini sug'urta orqali boshqarish mexanizmlari to'g'risida ilmiy va amaliy xulosalar shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta, investitsion faoliyat, risklarni boshqarish, investitsiya risklari, sug'urta kompaniyasining investitsion potentsiali, investitsiya loyihalarini baholash va tahlil qilish.

ШАИСЛАМОВА Н.К. СТРАХОВАНИЕ КАК ЭФФЕКТИВНОЕ СРЕДСТВО УПРАВЛЕНИИ ИНВЕСТИЦИОННЫМИ РИСКАМИ

В статье описывается роль страхования в эффективном управлении инвестиционными рисками в национальной экономике. Рассмотрен анализ факторов, влияющих на конкурентоспособность и инвестиционный потенциал страховой компании. На основании этих данных сделаны научные и практические выводы об инвестиционной деятельности страховых компаний, а также о механизмах управления инвестиционными рисками посредством страхования.

Ключевые слова: страхование, инвестиционная деятельность, управление рисками, инвестиционные риски, инвестиционный потенциал страховой организации, оценка и анализ инвестиционных проектов.

SHAISLAMOVA N.K. ROLE OF INSURANCE IN EFFECTIVE MANAGEMENT OF INVESTMENT RISKS

In the article is described the role of insurance in the effective management of investment risks in the national economy. It is considered the analysis of factors influencing the competitiveness and investment potential of insurance company. Based on the data analyses scientific and practical conclusions regarding the investment activities of insurance companies, as well regarding the investment risks management through insurance mechanism were made.

Keywords: insurance, investment activity, risk management, investment risks, the investment potential of an insurance organization, assessment and analysis of investment projects.

Kirish.

Mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari va rivojlanish dasturlarini belgilashda albatta, asosiy e'tibor yanada qulay investitsiya muhitini yaratishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilayotganligini ta'kidlash kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: "Investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha ayt-ganda, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivo-jlanadi"[1,2] deb qayd etgani e'tiborga molikdir. Chunki faol va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirilishi va investitsiya muhitining investorlar uchun yanada qulay bo'lishiga erishish - mamlakatning iqti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Koronavirus pandemiyasi xalqaro kapital oqimiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan sharoitda milliy iqtisodi-yotga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimiz investitsiya salohiyatini har tomonlama namoyon etish zaruriyati yuzaga chiqmoqda. Investorlar uchun koronavirus inqirozi sharoitida sarmoya kiritishdan oldin investitsiya loyihalariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan risklarni tahlil qilish, risklarni baho-lash va samarali boshqarish, loyihaga salbiy ta'sir etuvchi omillarni o'z vaqtida aniqlash va ularning salbiy ta'sirini pasaytirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalasi yanada muhim vazifalar qatoridan joy oldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, zamonaviy va ilg'or tajribalar asosida investitsiya loyihalari risklarini samarali boshqarishda va risklarning salbiy ta'sirini pasaytirishda sug'urtalash usulidan keng foydalanish hozirgi dolzarb vazifalar-dan biriga aylandi, deb ta'kidlash mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolani yozish jarayonida investitsiya loyihasi risklarini samarali boshqarishda sug'urta kompani-yalaring o'rni hamda ularning raqobatbardoshligi va investitsion potentsialiga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qilish, tahlil qilish va o'rganish uchun quy-idagi usullar qo'llanildi, ya'ni statistik, monografik, iqtisodiy va matematik usullar qo'llanildi.

Olingan tahlil natijalari asosida sug'urta kom-paniyalarining investitsion potentsiali to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'linadi. Shuningdek, sug'urta kompaniyalarining investitsiya potentsialiga ta'sir etuvchi omillar tahlili amalga oshiriladi va mazkur ma'lumotlarga tayangan holda sug'urta kompaniyalarining investitsion faoliyati va uni rivojlanti-

rish istiqbollari haqida va eng asosiysi, investitsiya risklarini sug'urta orqali boshqarish mexanizmlari to'g'risida ilmiy va amaliy xulosa qilish mumkin bo'ladi. Sug'urta kompaniyalarining investitsion jarayonlarda keng ishtirok etishlari orqali ularning investitsion resurslarining ortishiga va bu esa o'z navbatida, turli investitsiya risklarini sug'urta qilish imkoniyatlarining ortishiga, qolaversa, ular tomoni-dan ko'rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning ken-gayishiga va rivojlanishiga erishiladi.

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

O'zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash, ularni sifat va miqdor jihatdan baho-lash, risklarni pasaytirish yo'llarini aniqlash hamda samarali boshqarish eng muhim vazifalardan hisobla-nadi. Umuman olganda, risklarni boshqarish - kom-paniyaning foyda olish maqsadlariga ta'sir etuvchi risklarni va ularning oqibatlarini aniqlash, baholash, hisoblash, nazorat qilish (monitoring) va kamaytirish maqsadida mazkur kompaniyada doimiy olib boril-adigan tuzilmaviy jarayon hisoblanadi.

Risklarni boshqarish va baholashdan maqsad, investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo'lgan moliyaviy yo'qotishlardan himoyalash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma'lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Bizningcha, risklarni boshqarishning asosiy bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin (1-rasm).

Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarga tayangan holda, quyidagi ilmiy muammo mazkur tadqiqot-ning maqsadi sifatida talqin qilinishi muhimdir. Sug'urta munosabatlarining rivojlanishi bo'sh turgan pul mablag'larining jamlanishi va ulardan nafaqat sug'urtalash maqsadida, balki ularni iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalariga investitsion resurs-lar sifatida safarbar etilishi mexanizmini tizimli holda tadqiq etilishi lozim. Buning uchun, avvalam bor, hozirda shakllangan sug'urta bozorining miqdor va sifat ko'rsatkichlari tizimli yoritilishidan boshlanishi kerak.

Tahlil va natijalar.

Tadbirkorlik faoliyatini sug'urtalash ikki yo'nalishni nazarda tutadi: tadbirkorlik risklarini sug'urtalash (ishlab chiqarishda maromiylikning buzilishi, xom ashyo va materiallarni o'z vaqtida yetkazib bermaslik, ish tashlashlar va boshqa sabablar natijasida paydo bo'ladigan risklar) va moliyaviy risklarni sug'urtalash

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 2(150)

42 БАНКЛАР ВА МОЛИЯ БОЗОРИ / БАНКИ И ФИНАНСОВЫЕ РЫНКИ

1-rasm. Risklarni boshqarish bosqichlari1.

1) Risk omilini aniqlash

2) Risk omilini tahlil qilish va baholash:

a) Risklarni sifat jihatdan baholash;

b) Risklarni miqdoriy baholash;

3) Riskni pasaytirish bo'yicha ishlarni rejalashtirish

4) Riskni oldini olish va nazorat qilish bo'yicha aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish:

a) Risklar b) Risklarni

monitorin istiqbolini

gi; belgilash;

c) Taxdid soluvchi

risklar haqida ma'lumotyig'ish;

d) Risklarni oldini olish bilan bog'liq ko'rsatmalarni ishlab chiqish va b.

5) Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo'llash:

a) Risklarni sug'urtalash; b) Risklarni ajratish; c) Risklarni loyiha ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash; d) Moddiy ta'minotni olish (garov); e) Moliyaviy ta'minotni olish (kafolat yoki kafillik); f) Risklarni kredit bo'yicha yuqori foiz stavkasiga ko'chirish; g) Risklarni venchur kreditlashga qabul qilish; h) Qarzlar bo'yicha yo'qotishlarni qoplash uchun zahiralami shakllantirish va b.

N t

6) Natijalarni baholash

(foydaning boy berilishi riski, foydani to'liq ololmaslik riski, bankrotlik va boshqa risklar).

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sug'urtalash asosan, mulkni sug'urtalash hamda baxtsiz hodisalardan sug'urtalash shaklida amalga oshiriladi. Mulkiy sug'urtalashning quyidagi shakllari mavjud:

- moddiy yo'qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat qurilishlarini sug'urta qilish;

1 Muallif tomonidan iqtisodiy adabiyotlarni o'rganish asosida tuzildi.

- moddiy yo'qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug'urta qilish;

- moddiy yo'qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat va subpudrat tashkilotlarin-ing asbob-uskunalarini sug'urta qilish.

Baxtsiz hodisalardan sug'urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:

- qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shax-siy zarar yoki mulkiy zarar ko'rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya qilish maqsadida umumiy fuqorolik javobgarligidan sug'urta qilish;

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 2(150)

1-rasm. O'zbekistonda sug'urta bozorining hozirgi holati [3].

- loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtai nazardan xatolarga yo'l qo'yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqa-nda bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug'urta qilish.

O'zbekistonda sug'urta ikkita sohaga bo'linadi: hayotni sug'urtalash va umumiy sug'urta. Ushbu sug'urta turlari barcha sug'urta kompaniyalari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 2021 yilning 31 dekabr holatiga respublikada 42 nafar sug'urtalovchi (kompaniya) mavjudligi, ulardan 34 tasi umumiy sug'urta sohasida, 8 tasi esa hayotni sug'urtalash sohasida faoliyat yuritayotganligi ma'lumdir. 2021 yil 31 dekabr holatiga sug'urta tashkilotlarining umumiy ustav kapitali 1545784 million so'mga teng bo'lib, o'tgan 2020 yilga nisbatan 7,4 foizga (yoki 106591 million so'mga) o'sganligi aniqlangan [3].

Barcha rivojlangan mamlakatlarda sug'urta sektori iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida investitsiya jarayonlarini rivojlantirishda yetakchi rol o'ynaydi. Sug'urta kompaniyalarining investitsiya jarayonlar-ida ishtirok etish imkoniyatlari ularning investitsion potentsiali bilan, ya'ni vaqtincha sug'urta majburi-yatlaridan ozod bo'lgan va daromad olish maqsad-ida investitsiyalashga yo'naltirilgan pul mablag'lari yig'indisi bilan belgilanadi. Sug'urta kompaniyalari ikki xil investitsion potentsialga ega: o'z mablag'lari

(ustav kapitali, o'z kapitali va taqsimlanmagan foyda) va jalb qilingan mablag'lar (sug'urta hodisalari ro'y berganda to'lanadigan, sug'urta mukofotlaridan shakllantirilgan sug'urta zaxiralari).

Statistik ma'lumotlarga e'tibor bersak, 2021 yilning 31 dekabr holatiga respublika bo'yicha sug'urtalovchilarning jami aktivlari hajmi 1,546 trillion so'mni tashkil etib, bu 2020 yilga nisbatan 7,4 foizga o'sganligini ko'rish mumkin (2-rasm).

2-rasm. Sug'urta tashkilotlarining jami ustav kapitali miqdori, trillion so'm [3].

1 546

31.12.2020

31.12.2021

2021 yilda jami sug'urta mukofotlari 3,7 trillion so'mni tashkil etdi, yoki 2020 yilga nisbatan 68 foizga ko'p demakdir, bu asosan hayotni sug'urtalash bo'yicha mukofotlarning sezilarli darajada ko'payishi hisobiga o'zgargan.

2021 yilda jami yig'ilgan mukofotlarning qariyb 81 foizi umumiy sug'urta bo'yicha tashkil etgan bo'lsa, 19 foizi hayot sug'urtasiga to'g'ri kelgan.

ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 2(150)

2021 yilda mukofotlarning asosiy qismi (87 foizi) ixti-yoriy sug'urta turiga to'g'ri kelgan, majburiy sug'urta mukofotlari jami sug'urta mukofotlarining tarkibida o'tgan yilgi 15 foizdan 13 foizga qadar pasaygan (3-rasm).

3-rasm. Sug'urta mukofotlarining tarkibi, foizda

[3].

Jami sug'urta to'lovlari 2020 yildagi 0,7 trillion so'mdan 2021 yilga kelib 1,2 trillion so'mga ortgan, buning asosiy sababi hayotni sug'urtalash bo'yicha sug'urta to'lovlari hajmi o'tgan yilga nisbatan ortgan. 2021 yilda sug'urta to'lovlarining asosiy qismi (85 foizi) ixtiyoriy sug'urta turiga to'g'ri kelgan (4-rasm).

4-rasm. Sug'urta to'lovlarining tarkibi, foizda [3].

2021 yil oxiriga kelib respublika sug'urtalovchilarining jami investitsiyalari 3,746 trillion so'mga teng bo'lib, bu o'tgan yilga nisbatan

10.8 foizga oshgan (1-jadval). 2021 yilda sug'urta kompaniyalari investitsiyalarining eng katta qismi

58.9 foizi yoki 2,208 trillion so'm bank depozitlar-iga qo'yilgan bo'lib, undan keyingi o'rinni turli qim-matli qog'ozlarga kiritilgan investitsiyalar egallagan (29,3 foiz yoki 1,096 trillion so'm). Ammo, ko'chmas mulkni sotib olishga va korxona ustav fondida qat-nashish uchun yo'naltirilgan investitsiyalar 2020 yilga nisbatan mos ravishda 13,3 foizga va 47,7 foizga kamayib, sug'urta kompaniyalar amalga oshirgan jami investitsiyalari tarkibida mos ravishda 1,8 va 4,2 foiz punktga kamaygan.

Xulosa qilib, hozirda shakllangan sug'urta bozorining miqdor va sifat ko'rsatkichlari tizimli yor-itilishi natijasida quyidagilarni qayd etish mumkin:

1) Bugungi kunda O'zbekistondagi sug'urta bozori sug'urta sohasida olib borilayotgan islohot-lar va bozor kon'yunkturasini hisobga olgan holda investitsiyalash maqsadlarini amalga oshirish uchun yetarli darajada jozibador bo'lib qolmoqda, deb hisoblash mumkin. So'nggi 10 yil ichida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan jami sug'urta mukofotlari 28,8 foizga o'sganligini va sug'urta mukofotlarining YalMga nisbati 2010 yildagi 0,22 foizdan 2020 yilda 0,37 foizgacha oshganligini kuzatish muhim bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich Qozog'istondagi (0,82 foiz) va Rossiyadagi (1,44 foiz) ko'rsatkichlar bilan taqqoslanganda hamon past bo'lsada, ammo xorij ekspertlar tomonidan yaxshi o'sish salohiyatiga ega, deb baholanmoqda.[4]

2) Sug'urta mukofotlarining tarkibi tahlil qilin-ganda, 2021 yilda o'tgan yilga nisbatan majburiy sug'urta 17,4 foizga, umumiy sug'urta esa 21,6 foizga oshgan bo'lsada, hayotni sug'urtalash xuddi shu davrda 61,0 foizga oshganligini guvohi bo'lamiz[3]. Albatta koronavirus pandemiyasi davrida inson salo-matligi birinchi o'rindagi masala bo'lganligi sababli bunday o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ammo, bugungi kunda yer yuzida yuz berayotgan geosiyosiy inqiroz-lar, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasida vujudga kelayotgan siyosiy keskinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy nobarqarorliklar umumiy sug'urta sohasiga ham ko'proq e'tibor berishni talab etmoqda.

3) Sug'urtalovchilarning investitsiya portfeli tarkibi tahlil qilinganda, 2021 yilda ham, 2020 yilda ham sug'urta kompaniyalari o'z investitsiya resurslar-ining aksariyat qismini (58,9 va 53,8 foizini) bank depozitiga yo'naltirganliklarini va shu asnoda konservativ investitsiya strategiyasini tanlaganliklarini guvohi bo'lmoqdamiz. O'z tabiatiga ko'ra sug'urta iqtisodiyotni barqarorlashtirishga, mamlakatda iqtisodiy o'sishga va jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni pas-aytirishga hissa qo'shishini hisobga oladigan bo'lsak, sug'urta kompaniyalarining investitsiya jarayonlarida yanada faol ishtiroklarini ta'minlash zarurligi yaqqol ko'rinadi.

Bundan tashqari, shakllanish manbalaridan qat'iy nazar, sug'urta tashkilotining sug'urta va qarz maj-buriyatlaridan xoli bo'lgan hamda qo'shimcha daromad olish maqsadida investitsiya operatsi-yalarini amalga oshirish uchun mo'ljallangan moli-yaviy resurslari sug'urta kompaniyalarining investit-sion potentsiali deb tushuniladi. Uni aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) va bil-vosita (egri) omillar ta'sir qiladi. Bunday omillar tas-nifi quyidagi 2- va 3-jadvallarda berilgan.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 2(150)

1-jadval. Sug'urtalovchilarning investitsiya portfeli tarkibi, mln. so'mda [3]

Ko'rsatkichlar 31.12.2020 31.12.2021 O'zgarishi, % da

mln. so'mda jamiga nisbatan % da mln. so'mda jamiga nisbatan % da

Jami investitsiyalar, shj. 3 382 685 100% 3 746 665 100% + 10,8%

Depozit qo'yilmalar 1 818 925 53,8% 2 208 573 58,9% +21,4%

Qimmatli qog'ozlar 958 552 28,3% 1 095 976 29,3% + 14,3%

Qarzlar 42 054 1,2% 47 453 1,3% + 12,8%

Ko'chmas mulk 285 320 8,4% 247 340 6,6% -13,3%

Korxona ustav fondida qatnashish 272 143 8,0% 142 203 3,8% -47,7%

Boshqalar 5 691 0,2% 5 120 0,1% -10,0%

2-jadval. Sug'urta kompaniyalarining investitsion potentsialini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga bevosita

(to'g'ridan-to'g'ri) ta'sir etuvchi omillar [5]

Investitsion poten-tsialni aks ettiruvchi ko'rsatkichlar Ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi omillar

Tashqi omillar Ichki omillar

Sug'urta zahiralari 1. Zahirani tashkil etish shartlari; 2. Tabiiy, texnogen halokatlar 1. Tashkilot ko'lami; 2. Kelib tushgan mukofotlar hajmi; 3. To'langan sug'urta summalari; 4. Investitsion faoliyat.

O'z mablag'lari 1. Kompaniyaning minimal ustav kapitali hajmi; 2. Soliq yuki. 1. Kompaniyaning ustav kapitali hajmi; 2. Sug'urtalovchining moliyaviy holati.

Sug'urta mukofotlar-ining ko'lami 1. Sug'urtalanuvchining faoliyati va o'zini tutishi; 2. Sug'urtalanuvchiga mos keluvchi sug'urta tarifi ko'lami; 3. Yuridik va jismoniy shaxslarning to'lovga qobilligi. 1. Yuqori malakali mutaxassislar; 2. Sug'urtalanuvchiga mos keluvchi sug'urta tarifini qo'llash.

Sug'urta shartnoma-lari bo'yicha sug'urta to'lovlarining ko'lami 1. Ko'zda tutilmagan holatlar; 2. Shartnomaning kriminogen tarkibiy bo'limlari. 1. Sug'urta mahsulotlarining zararlilik darajasi; 2. Sug'urta portfeli va uning tarkibi; 3. Zararlarni kamaytirish bo'yicha tadbirlar.

Sug'urta portfeli tarkibi 1. Sug'urta bozorida sug'urta mahsu-lotlariga talab; 2. Aholining turmush darajasi, demografik sharoit; 3. Iqtisodiy tarmoqlar daromadlilik darajasi; 4. Sug'urtalovchi uchun sug'urta xiz-matlari reklamasining samaradorligi. 1. Sug'urtalovchining ixtisoslashuv yo'nalishi; 2. Sug'urta shartnomasi ko'lami; 3. Sug'urtaning alohida turlari bo'yicha daro-madliligi.

Sug'urta shartnomasi muddati 1. Iqtisodiy barqarorlik; 2. Jismoniy shaxslarning psixologik xatti-harakati. 1. Sug'urta portfeli va uning tarkibi; 2. Jismoniy shaxslarning psixologik xatti-harakati; 3. Sug'urta xizmatlarini ko'rsatish tizimi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Debitor qarzdorlik ko'lami 1. Sug'urtalanuvchi tomonidan to'lov muddatining kechiktirilishi. 1. Shartnoma tuzish siyosati; 2. Hisob-kitoblarda mablag'larni aylanish ko'rsatkichi.

Kapitalning yetarlilik darajasi 1. Aktsiyadorlar qarzlarining ko'lami; 2. Muddati o'tgan debitor qarzdorlik. 1. Sug'urtalovchining o'z mablag'lari; 2. Sug'urtalovchining nomoddiy aktivlari ko'lami.

Kapital rentabelligi 1. Qimmatli qog'ozlar daromadliligi darajasi; 2. Inflyatsiya darajasi. 1. Sug'urtalovchining o'z mablag'lari; 2. Sug'urta kompaniyasi investitsiya faoliyati; 3. Zararlarni kamaytirish bo'yicha tadbirlar.

3-jadval. Sug'urta kompaniyalarining investitsion potentsialini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga bilvosita

ta'sir etuvchi omillar [5]

Investitsion potentsialni aks ettiruvchi ko'rsatkichlar Ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi omillar

Tashqi omillar Ichki omillar

Tuzilgan sug'urta shartno-malari ko'lami 1. Sug'urta bozorida raqobat kurashin-ing holati; 2. Sug'urtalovchi xizmatlariga talab darajasi; 3. Reklama samaradorligi va sug'urtalovchi reytingi; 4. Hududdagi va umuman mamlakat-dagi iqtisodiy holat; 5. Aholi daromadlari darajasi. 1. Sug'urtalovchi tomonidan tariflarni shakllantirish siyosati; 2. Sug'urta shartnomalari bo'yicha foydali taklif; 3. Sug'urtalovchi kompaniyasi ko'lami; 4. Xizmatlar ko'rsatish tizimi; 5. Sug'urtalovchi filiallarining soni va joylashgan joyi.

Tuzilgan sug'urta shartno-malari bo'yicha sug'urta summasi ko'lami 1. Sug'urtalangan obyekt fizik holati; 2. Sug'urtalovchi istagan sug'urta yo'nalishlari. 1. Sug'urta turi; 2. Sug'urta qiymatini aniqlash usullari va tamoyillari.

Sug'urtalovchilar filiallari soni 1. Sug'urta bozorida raqobat kurashi; 2. Hududda aholining zichligi; 3. Mamalakatda demografik sharoit. 1. Sug'urtalovchining kompaniyasi ko'lami; 2. Sug'urtalovchining moliyaviy holati; 3. Boshqaruvning malaka darajasi.

Sug'urtalovchi reytingi 1. Sug'urtalovchining obro'si, imiji, iqtisodiy-ijtimoiy aloqalari; 2. Reyting baholash uslubiyoti. 1. Sug'urtalovchining kompaniyasi ko'lami; 2. O'z mablag'lari va ustav kapitali hajmi; 3. Sug'urtalovchining moliyaviy barqa-rorligi darajasi.

Soliq yuki darajasi 1. Soliq stavkasi; 2. Soliqqa tortiladigan bazani aniqlash usullari. 1. Moliyaviy hisob va uning element-lari; 2. Sug'urta kompaniyasi faoliyati samaradorligi; 3. Aktivlar summasi.

Moliya bozorining daromad stavkalari 1. Makroiqtisodiy barqarorlik; 2. Inflyatsiya; 3. Pul muomalasi.

Iqtisodiyot tarmoqlar sama-radorligi Davlatning iqtisodiy siyosati. Ishlab chiqarish jarayoni va uni tashkil etish.

Aholining turmush darajasi 1. Mamlakatdagi iqtisodiy holat; 2. Davlatning ijtimoiy siyosati. 1. Iqtisodiyot sohalarida aholining faol- ligi; 2. Kasbiy malaka darajasi.

Investitsiyalardan sof daromad 1. Qayta moliyalashtirish stavkasi qi-ymati; 2. Sug'urtalovchi o'z mablag'larini yo'naltirgan aktivlar daromadliligi darajasi. 1. Sug'urtalovchining investitsion siyosati yo'nalishlari; 2. Investitsiyalar ko'lami.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, sug'urta kompaniyalarining investitsion potentsialini va kompaniya raqobatbardoshligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi: kompaniya aktivlari, ustav kapitali, sug'urta to'lovlari, sug'urta zaxiralari, sug'urta mahsulotlarining turli-tumanligi, sug'urta mukofoti, hududiy bo'limlarning

mavjudligi. Quyidagi 3-jadvalda esa, sug'urta kompaniyalarining investitsion potentsialini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga bilvosita ta'sir etuvchi omillar ifodalangan.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, sug'urta kompaniyalarining investitsion potentsialini aks ettiruvchi ko'rsatkichlariga, ya'ni sug'urta shart-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 2(150)

nomalari ko'lami, sug'urtalovchilar filiallari soni, sug'urtalovchi reytingi, soliq yuki darajasi, moliya bozorining daromad stavkalari, iqtisodiyot tarmo-qlari samaradorligi, aholining turmush darajasi, investitsiyalardan sof daromad kabilarga bilvosita ta'sir etuvchi omillarni sug'urta tashkilotlari tez-tez tahlil qilib borishlari va bu borada kerakli xulosalarni chiqarishlari kerak bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan sug'urta bozorining kapitallashuvini oshirish milliy sug'urta bozorida sug'urtalovchilarning investitsiya faoliyatida faol qatnashishlariga va ko'proq risklarni sug'urta qilish imkoniyatini beradi, degan xulosaga kelish mumkin. Rivojlangan, zamonaviy va raqobat mavjud bo'lgan sug'urta bozorini shakllantirish respublika iqtisodiyotining barqaror o'sishini kafolati va mam-lakat aholisining sug'urta madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa va takliflar.

Umuman olganda, sug'urtalashdan investitsiya risklarini boshqarish mexanizmi sifatida foydalan-ishning quyidagi afzalliklari mavjud:

1. Sug'urta risklarni samarali boshqarish vosi-tasi hisoblanib, riskni aniqlash (identifikatsiya qilish), tahlil qilish va baholash, shuningdek, risk natijasida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash kabi asosiy bosqichlarni amalga oshirishga imkon beradi;

2. Boshqa risklarni boshqarish usullariga nis-batan sug'urtaning arzonligi va qulayligi;

3. Agar sug'urta kompaniyalarining sug'urta bo'yicha katta risklarni qabul qilish imkoniyat-

lari cheklangan bo'lsa, u holda sug'urta bozorining boshqa ishtirokchilari o'rtasida tegishli zararni qoplash uchun javobgarlikni qayta taqsimlashning maxsus yondashuvi bilan bartaraf etish imkoniyatin-ing mavjudligi;

4. Sug'urta operatsiyalari bo'yicha ko'pincha soliq imtiyozlari beriladi;

5. Investitsiya risklarini baholash va boshqarish uchun sug'urta kompaniyalarining ekspertlari bilim-lari, malakalari va tajribalaridan foydalanish orqali risklarni boshqarishga sarflanadigan ortiqcha xara-jatlarni oldini olish imkonini beradi;

6. Sug'urta kompaniyalarining investitsion potentsialini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi bevosita va bilvosita omillarni tahlil qilish orqali sug'urta kompaniyalarining raqobatbardosh-ligi aniqlanadi. Investor uchun ham, sug'urtalanuvchi uchun ham birday qiziq bo'lgan savollarga to'g'ri javob olish, xususan, bozorda ishonchli sherik sifatida qaysi sug'urta kompaniyasini tanlashga doir to'g'ri qarorni qabul qilish imkonini beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodi-yotda sug'urta munosabatlarini yanada rivojlantirish masalasi hozirgi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi, chunki sug'urta munosabatlarining rivojlanishi bo'sh turgan pul mablag'larining jamlanishiga va ulardan nafaqat sug'urtalash maqsadida, balki ularni iqtisodi-yotning yetakchi tarmoqlari va sohalariga investitsion resurslar sifatida safarbar etilishiga, pirovardida bu tarmoqlar va sohalarning rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent. 28-dekabr, 2018-yil. www.press-service.uz.

2. Investitsiya faoliyati va strategik rivojlanish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi sayti ma'lumoti. https://invest.gov.uz/uz/mediacenter/news/priority-tasks-of-investment-activity-and-strategic-development-were-discussed/.

3. Moliya vazirligi sayti ma'lumotlari (Сводные показатели страхового рынка Республики Узбекистан за 2021 год) https://imda.uz/wp-content/uploads/2022/03/Itogoviy-pokazatel-2021. pdf .

4. Insurance market: Results and Trends of 2020 and 1Q2021. https://avestagroup.com/ en/2021/07/02/рынок-страхования-итоги-и-тенденции-2020/.

5. Тургаева А.А. Инвестиционный потенциал страховых компаний и оценка их конкурентоспособности. / Finance and Credit, 2017, volume 23, issue 2, pages 89-109 . https://cyberleninka. ru/article/n/investitsionnyy-potentsial-strahovyh-kompaniy-i-otsenka-ih-konkurentosposobnosti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.