Научная статья на тему 'Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari'

Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
909
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
investitsiyalar / ichki investitsiyalar / akselerator modeli / kapitalga cheklangan moyillik / kapital samaradorligi / ichki investitsiyalardan samarali foydalanish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Elnora Otabek Qizi Rizoqulova, Akbar Aqmirzaevich Shernayev

Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotda ichki investitsiya salohiyatidan samarali foydalanishning ilmiy asoslari yoritilgan, ichki investitsiyalardan foydalanishni baholash uslubiyoti keltirilgan, kapital samaradorligi tahlil qilingan va ichki investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari»

Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari

Elnora Otabek qizi Rizoqulova Akbar Aqmirzaevich Shernayev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotda ichki investitsiya salohiyatidan samarali foydalanishning ilmiy asoslari yoritilgan, ichki investitsiyalardan foydalanishni baholash uslubiyoti keltirilgan, kapital samaradorligi tahlil qilingan va ichki investitsiyalardan samarali foydalanish bo'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: investitsiyalar, ichki investitsiyalar, akselerator modeli, kapitalga cheklangan moyillik, kapital samaradorligi, ichki investitsiyalardan samarali foydalanish.

Issues of attracting domestic investments to the economy

Elnora Otabek kizi Rizokulova Akbar Akmirzaevich Shernayev Tashkent Financial Institute

Abstract: This article highlights the scientific foundations for the effective use of domestic investment potential in the national economy, provides a methodology for assessing the use of domestic investment, analyzes the efficiency of capital and gives recommendations for the effective use of domestic investment.

Keywords: Investments, domestic investments, accelerator model, marginal propensity to capital, capital efficiency, efficient use of domestic investment.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini samarali tashkil etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o'zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya faoliyatini markazlashmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'z va unga tenglashtirilgan mablag'lari hisobidan moliyalashtirish tushuniladi. Bunday sharoitda faol investitsiya siyosatini yuritish uchun davlat xo'jalik yurituvchi sub'ektlari faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash zarurati tug'iladi. Moliyaviy qo'llab-quvvatlash vositalari (soliq, sug'urta, subsidiya, subventsiya,

amortizatsiya ajratmalari, kredit va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. Bu moliyaviy vositalar xo'jalik sub'ektlarining o'z faoliyat yo'nalishlarini mustaqil va erkin belgilash muammolarini bozor munosabatlariga mos hal etishga ko'mak beradi. Provardida, qulay investitsiya muhitini yaratishga erishiladi, bu orqali iqtisodiyotni transformatsiya qilish uchun innovatsiya va investitsiya faoliyati turlarini kengaytirish va ularni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga erishiladi.

Investitsiyalarning har ikki turi ham korxonalar barqaror ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Real aktivlarga qilinayotgan investiyalarni tayyorlash va tahlil qilish asosan firmaning maqsadlariga, ya'ni investitsiya yordamida firma nimaga erishmoqchiligiga bog'liq. Shu nuqtai nazardan investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarini almashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko'chirish asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat.

Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar xisobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va ko'rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish yoki ilgari ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik darajasi har xil bo'lishi asos qilib olingan.

Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to'rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma'lum bo'lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkal xavfi eng yuqori bo'lgan investitsiyalardir. Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkal xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko'zda tutgani uchun ham, ularda tavakkal xavfi darajasi ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past bo'ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavakkal xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi.

Investitsiyalar, shuningdek, manbalariga ko'ra, ichki va tashqi investitsiyalarga bo'linadi. Ichki investitsiyalar manbalari davlat byudjeti, korxonalar va aholi

mablag'lari, bank kreditlari hamda nobyudjet jamg'armalari mablag'lari, tashqi investitsiyalar manbalari bo'lib, xorijiy davlatlar va firmalarning, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlarining mablag'lari hisoblanadi. Investitsiyalarni manbalariga ko'ra bunday-guruhlash ularning manbalari bo'yicha tuzilishini ham belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy tahlil maqsadlarida va amaliyotda investitsiyalarning manbalariga ko'ra tuzilishi bilan birga ularning tarmoq tuzilishi, hududiy tuzilishi, mulkchilik shakllariga ko'ra tuzilishi, takror ishlab chiqarish tuzilishi va texnologik tuzilishi farqlanadi.

Investitsiyalarning tarmoq (hududiy) tuzilishi alohida tarmoq (hudud)ning ma'lum davrda qilingan investitsiya sarflaridagi ulushini ko'rsatsa, mulkchilik shakllariga ko'ra tuzilishi jami investitsiyalar manbai va sarfidagi davlat va nodavlat mulki ob'ektlarining hissasini ko'rsatadi. Takror ishlab chiqarish tuzilishi yangi qurilish, ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va qayta qurollantirish maqsadlarida sarflangan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi ko'rinishida aniqlanadi. Investitsiyalarning texnologik tuzilishi qurilish-montaj ishlari, uskuna va inventarlar hamda boshqa xarajatlarga qilingan xarajatlarning jami investitsiya xarajatlaridagi ulushini ko'rsatadi. Investitsiyalar tuzilishini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish ko'p jihatdan mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga bog'liq.

Davlat va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlashning yana bir samarali usuli bu hukumat darajasidagi investitsiya shartnomalaridir. Darhaqiqat, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tuziladigan investitsiya shartnomalari hayotga izchil tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega.

Ayni shu maqsadda, Qonunda O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining o'ziga xos xususiyatlari, xususan uning tuzish tartibi, taraflari, shartlari va davlatning majburiyatlari aniq belgilab qo'yildi.

Chet el investorlariga O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan shartnoma tuzilganda qo'shimcha kafolatlar va qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etilishi mustahkamlandi.

Shuningdek, chet ellik investorlarga O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish bo'yicha mustaqil ravishda taklif kiritish tashabbusi taqdim etildi.

Xulosa o'rnida aytganda, "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonun chet el investorlari hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga

qaratilgan, to'g'ridan to'g'ri amal qiluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat bo'lib xizmat qilishi barobarida, investitsiya qonunchiligidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, xorijiy sarmoyadorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda "davlat-xususiy sektor" sherikligini rivojlantirish, sarmoyadorlar kiritgan mablag'lar xavfsizligini kafolatlash, iqtisodiy barqarorlik va moliya bozorining mustahkamlanishiga hissa qo'shadi.

Barchamizga ma'lumki, iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli tizimli islohotlar, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida tatbiq etilgan innovatsion usullar, davr talablari nuqtai nazaridan qabul qilingan qonunlar, chiqarilgan farmonlar, qarorlar barcha sohalarda Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qilmoqda.

Jahon tajribasining ko'rsatishicha, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish investitsiyalarni, xususan, turli sohalarga yo'naltirilayotgan chet el investitsiyalari hamda to'g'ridan-to'g'ri investitsiya loyihalarini amaliyotga samarali tatbiq etish bilan ta'minlanadi. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmiga qarab, iqtisodiyotda yuz berayotgan o'zgarish va siljishlar haqida xulosa chiqarish mumkin.

Respublikamizda keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarni o'tkazish va iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish katta miqdordagi investitsiya resurslarini talab etadi. Bunda investitsiyalarni moliyalashtirish ichki va tashqi manbalaridan unumli hamda uyg'un ravishda foydalanish, shu bilan birga, xo'jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning investitsion faolligini har tomonlama ta'minlash lozim bo'ladi.

Hozirda respublikamizda iqtisodiyotning barcha ustuvor sohalariga chet el investitsiyalarini jalb qilish yuzasidan faol siyosat yuritilib, katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini topish, loyihalarning samaradorligini baholash va ularning monitoringini olib borish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki bu tadbirlar investitsiya loyihalarining muvafaqqiyatli oshirilishini ta'minlaydi.

Bugungi kunda mamlakatda investitsiya faolligini oshirish va bevosita chet el investitsiyalari oqimi hajmini ko'paytirish maqsadida samarali vositalardan biri sifatida, birinchi navbatda, milliy korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning investitsion faolligini hamda salohiyatli xorijiy investorlar bilan mustaqil ish olib borish imkoniyatini kengaytirishni ta'minlash zarur.

Shu bilan birga milliy iqtisodiyotimiz investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalarini takomillashtirish, tashqi bank kreditlari, chet el investitsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlari kreditlari hamda xalqaro lizing munosabatlarini rivojlantirish zarur.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida jahon tajribasi shuni ko'rsatdiki, xorijiy investitsiyalar va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar o'zlarining muhim strategik o'sish rejalariga va istiqbollariga ega bo'lmoqda. Bunda korxona o'zining

moliyaviy ahvolini barqarorlashuvida chet el kapitali asosiga muhim kafolatga ega bo'lishi muhimdir.

Mamlakatdagi investitsion muhitni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda chet el investitsiyalarini kiritishda eng asosiy muammo kiritilayotgan investitsiyalarning hududiy taqsimlanishi darajasi bilan bolg'iq bo'lmoqda. Ammo, bu borada qabul qilingan Davlat Dasturi yuqoridagi muammoni hal etishning ham bir qator echimlarini belgilab beradi. Bunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning mamlakat eksport salohiyati tarkibida o'sib boruvchi salmoqqa ega bo'lishlari alohida e'tirof etiladi. Hukumat tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar chet el investorlari uchun o'z kapitallarini O'zbekistonga kiritishda o'ziga xos kafolat vazifasini bajarmoqda.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish hamda bu orqali investitsiya muhitini yaxshilishga erishish ko'zda tutilganligi ham chet el kapitalining kirib kelishiga zamin yaratadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan "mayning", smart-kontakt, konsalting, emissiya, ayirboshlashm, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, shuningdek, "blokcheyn" texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish kabilarning belgilanganligi davlatimizga investitsiyalar kirib kelishi imkoniyatini oshiradi va shu orqali xalqaro moliya bozorlarining rivojlanshiga, IT yordamida tannarxning kamayishiga, natijada optimallashuv va samaradorlikning oshishiga erishiladi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida tuzilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xorijiy investorlar kengashi ham mamlakatimizda faoliyat yurituvchi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar va banklar, investitsiyaviy tuzilmalarning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan investitsiya jarayonariga to'sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan samarali tizimni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Mazkur kengash ko'magida eksportni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, elektron tijorat tizimni va savdo infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorga olib chiqish uchun qulay sharoitlar yaratishga erishish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni ham xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etilishiga, investitsiya muhitining yaxshilanishiga olib keldi. Valyuta muomalasi sohasining haddan ziyod ma'muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo'jalik yurituvchi

sub'yektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samaraga ega bo'lgan tizimning shakllanishiga olib keldi, biznesda teng bo'lmagan shart-sharoitlarni yaratilishiga, raqobatning esa bozor tamoyillari buzilishiga sababchi bo'ldi, xorijiy investitsiyalani jalb qilishda, tovarlar va xizmatlarning eksportini oshirishda to'siqlar yaratdi. Mazkur farmon esa ana shu muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Kelgusi yillardagi ustuvor yo'nalishlardan biri mamlakatimizda, eng avvalo, jalb qilinayotgan chet el investitsiyalari hamda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, chet el investorlari uchun kafolatlar yaratish hamda ularning ishonchini mustahkamlash maqsadida yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirishdan iborat.

Bizningcha, yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq qilinsa, mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining oshishiga zamin yaratilgan bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in Joint Stock Company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog 'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Кабулов, Х. А. (2020). ПРИОРИТЕТНЫЕ ВОПРОСЫ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА. ЭКОНОМИКА И БИЗНЕС теория и практика № 9-1 (67), 9(1), 147.

11. Kobulov, K. (2020). Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets. Архив научных исследований, 35.

12. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

13. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

14. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛИКДАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

15. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

16. Kobulov, K. (2020). СТРАТЕГИЯ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА В УСЛОВИЯХ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Архив научных исследований, 35.

17. Кобулов, Х. А. (2020). Обеспечения финансовой устойчивости местных бюджетов путем улучшения финансового потенциала региона. In Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 47-49).

18. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

19. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.