Научная статья на тему 'MADANIYATLARARO MULOQOTDA VERBAL MULOQOTNING AHAMIYATI HAQIDA'

MADANIYATLARARO MULOQOTDA VERBAL MULOQOTNING AHAMIYATI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

127
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyatlararo muloqot / til / madaniyat / verbal muloqot / dialog / monolog / sotsiomadaniy kontekst / munosabat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulfiya Sabirjanovna Paziljanova

Ushbu maqolada madaniyatlararo muloqotning asosiy vositasi bo’lgan verbal muloqot, uning ahamiyati va turlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATLARARO MULOQOTDA VERBAL MULOQOTNING AHAMIYATI HAQIDA»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

MADANIYATLARARO MULOQOTDA VERBAL MULOQOTNING

AHAMIYATI HAQIDA

Zulfiya Sabirjanovna Paziljanova

p.f.f.d. (PhD), katta o'qituvchi, Qo'qon davlat pedagogika instituti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada madaniyatlararo muloqotning asosiy vositasi bo'lgan verbal muloqot, uning ahamiyati va turlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, til, madaniyat, verbal muloqot, dialog, monolog, sotsiomadaniy kontekst, munosabat.

ABSTRACT

This article talks about verbal communication, its importance and types, which is the main tool of intercultural communication.

Keywords: intercultural communication, language, culture, verbal communication, dialogue, monologue, sociocultural context, attitude.

Insonlar bir-birlari bilan turli vositalar yordamida muloqotda bo'ladilar. Bu vositalarning asosiysi til hisoblanadi. Insonlar xulq-atvorini yuzaki kuzatish ular orasida yuqori kommunikabellik darajasi bilan ajralib turuvchi alohida guruhni farqlab olish imkonini beradi. Bu turdagi odamlar boshqa odamlar bilan oson aloqa o'rnata oladilar, oson tanish orttiradilar, har qanday odamlar davrasida o'zlarini bemalol his qiladilar. Psixologlarning kuzatishlaricha, bu toifadagi odamlar anglab yoki anglamay o'ziga jalb qilishning ma'lum usullarini qo'llaydilar, ya'ni, suhbatdoshini o'ziga bo'ysundira oladilar [1;...]. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, muloqot xarakteri, shakli va uslubi aksar hollarda muloqotning ilk daqiqalariga, ba'zan esa, soniyalariga bog'liq. Har qanday vaziyatda ham muloqotning boshlang'ich bosqichini osonlashtirib, bu jarayonning yaxshi davom etishi ushun asos bo'ladigan bir qancha juda oson usullar mavjud. Bu usullar sirasiga jilmayish, suhbatdoshga ismi bilan murojaat qilish, unga xushomad qilish kabilar kiradi. Har bir kishiga yaxshi tanish bo'lgan va kundalik hayotda muntazam qo'llaniladigan muloqot usullari hamsuhbatni o'ziga bo'ysundirish hamda davomli va samarali muloqot uchun imkon yaratadi [2;153]. Kommunikativistikada muloqotning turli usullariga bog'liq ravishda madaniyatlararo muloqotning uch asosiy turi farqlanadi: verbal, noverbal va paraverbal.

418

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Mutaxassislarning fikricha, insonlar muloqotidagi o'zaro ta'sirning to'rtdan uch qismi nutqiy (verbal) muloqotdan iborat [3;100]. Muloqot jarayonida insonlarning bir-biriga o'zaro ta'siri yuzaga keladi, turli fikrlar, qiziqishlar, kayfiyatlar, his-tuyg'ular almashiladi. Shu sababli ham har bir madaniyat kishilari muloqot qilish va bir-birlariga yordamlashishga imkon topishlari uchun o'z til tizimini ishlab chiqqan. Fanda lisoniy muloqotning turli shakllari muloqotning verbal vositalari nomini olgan. Verbal muloqot deganda, suhbatdoshning fikr, so'z, ma'lumot, emotsional kechinmalarini almashish jarayonida aks etuvchi lisoniy muloqot tushuniladi. Sotsiallashish va inkulturatsiya jarayonida inson atrof-muhitni his qilishning ma'lum o'ziga xosliklarini o'zlashtiradi. Bu o'ziga xosliklarni rivojlantirish va mustahkamlashda til katta rol o'ynaydi: til vositasida atrof-muhit baholanadi va talqin qilinadi. Faoliyatning turli talqinlari tilda aks etadi va til yordamida boshqalarga yetkaziladi. Shu sababli ham madaniyatlararo muloqotda tilni muloqot ishtirokchilarining o'zaro munosabatga kirishishlari uchun mo'ljallangan muloqot vositasi sifatida tushunish kerak.

Tildan verbal muloqotning asosiy vositasi sifatida foydalanishda taxmin qilinishicha, har bir so'z yoki tovushga maxsus, faqat shu so'z yoki tovushga xos bo'lgan ma'no beriladi. Ushbu til egalari uchun bu ma'no barsha tomonidan tan olingan hisoblanadi va ularning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Biroq zamonaviy adabiyotlarda 2800 dan 6000 gasha til mavjud, degan ma'lumotlarni o'qiymiz. Bu tillarning har birida ushbu til egalari tomonidan dunyoni spetsifik anglashga imkon beruvchi lisoniy tasvir yaratilgan. Shuning uchun ham turli til egalari muloqotida u yoki bu tushunchani ifodalashning aniq ekvivalenti yo'qligi yoki hatto, shu tushunchaning o'zi mavjud emasligida yuzaga keladigan lisoniy nomutanosibliklar sodir bo'ladi. Odatda, bunday nomutanosibliklarga asos bo'lib faqat shu madaniyatning o'ziga xos bo'lgan va boshqa madaniyatda mavjud bo'lmagan narsa-buyumlar xizmat qiladi. Bunday hollarda tilda o'zlashtirish sodir bo'ladi va boshqa tillardagi tushunchalar o'zining boshlang'ish ma'nosida qo'llanadi.

Demak, madaniyatlararo muloqot jarayoni turli madaniyat vakillari muloqotidagi verbal elementlarning turli munosabatida murakkablashadi. Bunday vaziyatda yuqori va quyi kontekstual madaniyatlarning o'zaro munosabatida muammo paydo bo'ladi. Shunday qilib, quyi kontekstual madaniyatda faqat so'zli ifodaning o'zinigina eshitish yetarli emas. Uni tushunish uchun o'sha so'z qanday vaziyatda ishlatilgan, uni kim kimga va qanday shaklda aytgani haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi kerak. Faqatgina shu barcha elementlarni hisobga olgan holda o'sha ifodaning to'liq va aniq ma'nosi shakllanib, uning mohiyati ochiladi. Yuqori kontekstual madaniyatlarda esa tushunish uchun faqat so'zli ifodaning o'zi yetarli

419

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

bo'ladi. Boshqacha aytganda, kontekst judayam muhim bo'lgan va unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan madaniyatlar mavjud. Madaniyatlar ulardagi qaysi ma'no kontekst va so'zga bog'liqligiga ko'ra farqlanadi. G'arb davlatlarida notiqlik san'ati (ritorika)ning qadimiy an'analari verbal xabarlarning o'ta muhimligini ta'kidlaydi. Bu an'ana tom ma'noda mantiqiy, ratsional va tahliliy tafakkurning g'arbona turini aks ettiradi. G'arb xalqlari madaniyatida nutq suhbat kontekstiga bog'liq bo'lmagan tarzda qabul qilinadi, shuning uchun uni alohida va sotsiomadaniy kontekstdan tashqarida ko'rib chiqish mumkin. Bunda muloqot jarayonida so'zlovchi va tinglovchi ikki mustaqil shaxs sifatida ko'zdan kechiriladi, ularning munosabati og'zaki ifodalaridan ayon bo'ladi [2;155].

Buning aksi o'laroq, osiyo va sharq madaniyatlarida sotsiomadaniy kontekst katta ahamiyat kasb etadi, so'zlar kommunikativ kontekstning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. U muloqot ishtirokchilarining shaxsiy sifatlari va ularning shaxslararo munosabatlaridagi xarakterini ham o'z ichiga oladi. Shunday qilib, bu madaniyatlarda verbal ifodalar kommunikativ jarayonning bir qismi hisoblanib, ular axloq, psixologiya, siyosat va ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog'liq. Bu madaniyat vakillarining fikricha, bu barcha omillar shunchaki so'zlovchining individualligi yoki uning shaxsiy maqsadlari ifodasi bo'lmay, balki ijtimoiy integratsiya va uyg'unlikni yaratish imkonini beradi. Shuning uchun sharq va osiyo madaniyatlarida asosiy urg'u og'zaki ifodalarning qurilish texnikasiga emas, balki ularni talaffuz qilish usullari, har bir muloqotdoshning jamiyatda tutgan mavqeini aniqlab beruvchi mavjud ijtimoiy munosabatlarga mutanosibligiga beriladi. Shu sabablarga ko'ra osiyo madaniyatlaridagi so'zga bo'lgan an'anaviy ishonchsizlik har doim so'z qudratiga shubha qilmagan g'arbliklardan farqli tarzda yuzaga kelgan. Nemislarda "nein heißt nein" (yo'q degani yo'q), "versprochen heißt versprochen" (va'da berdimmi bajaraman), tushunchasi mavjud.

Osiyo madaniyatlaridagi so'zga bo'lgan ehtiyotkor munosabat masalan shunda ko'rinadiki, ular har qanday vaziyatda ham, iloji bo'lsa, o'zlarining e'tirozli va bir ma'noli ifodalarida muloyim bo'lishga intiladilar. Osiyoliklarni ma'lum so'z va ifodalarning ma'nosiga qaraganda o'zaro munosabatlarning emotsional tomoni ko'proq qiziqtiradi. Xushmuomalalik ularda to'g'rilikdan ko'ra muhimroq bo'lib, bu nutqning asosiy funktsiyasi sifatida ijtimoiy uyg'unlikni saqlab qolishga xizmat qiladi. Bu holat osiyoliklarni aslida haqiqiy javob suhbatdoshga yoqimsiz bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarda ham muloyimlik bilan rozilik berishga majbur qiladi. Hattoki bir qancha osiyo tillarining (xitoy, yapon, koreys) strukturasi ham ikki xil ma'no anglatadi. Masalan, yapon tilida o'zbek tilidagi singari fe'llar gap oxiriga qo'yiladi, shuning uchun ham gapning mazmunini faqatgina uni oxirigacha tinglab

420

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchjq^avlat^edagogika^niViBiiiBH

tushunish mumkin. Yuqorida qayd etilgan tillarda o'z fikrini aniq va lo'nda ifodalamasdan soatlab gapirish mumkin. Hattoki oddiy suhbatda yaponiyalik aslida uning bu so'zi rozilik ifodasini anglatmasa ham hai (ha) deb aytishi mumkin. Andisha yuzasidan imkonsiz ishga ham va'da berish va shunchaki bu va'daning ustidan chiqmaslik yoki ko'ngil uchun biror taklifni rad etmaslik o'zbeklarga ham xos odatlardan hisoblanadi.

Tilning cheklangan imkoniyatlarini osiyocha tushunish osiyo madaniyati vakillarini qat'iy xulq-atvor va axloq-odob me'yorlariga katta ahamiyat berishga majbur qiladi. Ular ifodalagan so'zlari va nazarda tutgan fikrlari butunlay boshqa ma'noni anglatishi mumkinligini yaxshi bilishadi. Osiyo madaniyatlarida so'zga bo'lgan ehtiyotkorona munosabat shunda ko'rinadiki, ular har qanday vaziyatlarda ham o'zlarining inkor va tasdiq ifodalarida iloji boricha bosiq bo'lishga harakat qilishadi. Ular uchun xushmuomalalik ko'pincha haqiqatdan muhimroqdir. Aynan shuning uchun ham yaponiyalik uchun suhbatdoshiga to'g'ridan-to'g'ri "yo'q" deyish deyarli imkonsizdir. Tortinchoqlik va ikki ma'nolilik osiyo madaniyati muloqoti jarayonidagi muhim sifatlardan biridir.

Xitoyliklar bilan rasmiy muzokaralarda, suhbatdosh "birinchi bo'lib qartani ochishi", ya'ni, o'z nuqtai-nazarini birinchi bo'lib aytishi, birinchi bo'lib taklif kiritishi zarur bo'lgan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligiga tayyor turishi kerak. Agar muzokaralar xitoy hududida bo'lib o'tsa (xitoyliklar muzokaralarni o'z uyida o'tkazishni yaxshi ko'rishadi), unda xitoy taraf o'z an'analariga muvofiq, "mehmon birinchi gapiradi", degan fikrga tayanishi mumkin. Xitoylik hamkorlardan birinchi bo'lib fikr eshitishga urinishlar aksar hollarda besamar qoladi. Osiyo va sharq madaniyatlarida fikr ifodalashning verbal vositalari bilan qiyoslaganda yevropa davlatlari va AQSH aholisi fikrini ancha to'g'ri, aniq va lo'nda ifodalab, muloqot davomida sukut saqlashdan qochishga harakat qilishadi. Yevropa madaniyati vakillari o'ylaganlarini gapirib, gapirganlarini o'ylashadi, ular uchun muloqotning ijtimoiy-madaniy konteksti ahamiyatsizdir. Bu madaniyatlar o'z fikri va tuyg'ularini oson hamda to'g'ri ifodalovchi kishilarni yuksak darajada qo'llab-quvvatlaydilar. Verbal muloqot muloqot nazariyasi mutaxassislarining fikricha, dialog yoki monolog shaklida bo'lishi mumkin.

Dialog deb ikki o'zaro munosabatga kirishuvchi hamkorlarning fikr almashuvidan iborat muloqot shakliga aytiladi. Dialogning quyidagi turlari ilmiy-tadqiqotlarda o'zaro farqlanadi:

- Ma'lumot beruvchi, savol-javob muloqotidan tashkil topgan va ma'lumot olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan;

421

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili

- Iltimos, buyruq va va'dani o'z ichiga olgan (preskriptiv) yoki qandaydir harakatni bajarishni rad etgan;

- Fikr almashish, teng kommunikativ kompetentsiyaga ega bo'lgan suhbatdosh o'rtasidagi munozarali xarakterga ega muloqotni ifodalaydigan;

- Bayramona nutqli, o'zida suhbatdoshlarning emotsional muloqotini (shikoyat, maqtanchoqlik, iftixor, xavotir) yoki ma'lumoti maqsadsiz, lekin intellektual suhbatni aks ettiruvchi [4;194].

Tadqiqotlardan aniqlanishicha, dialog ishtirokchilarning ijtimoiy mavqei, rol, kasb, etnik mansublik, yosh kabi ijtimoiy xarakteristikaga bog'liq. Shu omillarga bog'liq ravishda lisoniy muloqotda mavzu, til muhiti va mavqei tanlanadi.

Og'zaki nutqning eng oson dialogiga suhbatdoshdan keyin qandaydir so'zlarni qaytarish, qo'shimcha qilish, kinoya, undov va taqlid so'zlar xosdir. Dialogik nutqdagi o'ziga xosliklar ko'p hollarda suhbatdoshning yaqinlik va o'zaro tushunish darajasiga bog'liq. Suhbat jarayonida bir xil fikrni turli shaklda yaqin do'stga, ota -onaga, hamkasbga va boshqalarga aytish mumkin.

Monolog bir odam tomonidan boshqasiga yoki ko'pchilikka murojaat qilinishi sababli passiv va bevosita anglashga mo'ljallangan nutqiy muloqot shaklidir [5;81]. Monologik nutq tuzilishiga ko'ra murakkabdir. U uzoq muddat davom etadi, luqma tashlash orqali bo'lib qo'yilmaydi va avvaldan tayyorgarlikni talab qiladi. Unda ifoda izchilligi, mantiq va grammatik to'g'rilikka qat'iy amal qilish kerak. Monologning asosiy belgilari replikalarning keng ko'lamliligi, kompozitsion murakkablik, muloqotning tematik doirasidan chiqishga intilishda aks etadi. Ritorika va muloqot nazariyasida materialni bayon qilish usuliga ko'ra ajralib turuvchi monologning bir nechta turlari mavjud. Metodlarga bog'liq ravishda monologning quyidagi turlari farqlanadi:

- dramatik, unda nutqning murakkab turi muloqotning boshqa vositalari - imo-ishora (mimika va jest), qo'l harakati va boshqalar bilan qo'shilib keladi;

- informatsion, turli xildagi xabarlarni anglatadi.

Muloqot nazariyasi nutqning mantiqiy tuzilganligi, suhbatdoshni o'zaro tushunishda dalillarning ishonchliligi va xabardorlikka katta ahamiyat beradi. Buning uchun tinglovchi yoki suhbatdoshni turli yo'llar bilan jalb qilish va ishontirishning maxsus texnologiyalari ishlab chiqilgan: qo'rqitish, pand-nasihat, chalg'itish, xushomad, emotsional yalinib-yolvorishlar.

REFERENCES

1. KoneraoB B.B. ncnxo^orna Me^KyntTypHtix pa3^HHHH. M., 2002; Koyn M. KynbTypHo-HCTopHHecKafl ncnxo^orna. M., 1997; Kpn^aHCKaa M.C., TpeTMKoB

April 23-24, 2024

https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference

422

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

В.П. ^aMMaraKa общения. M., 1999; Рогов Е.И. Психология общения. M., 2001; и др.

2. Сaдoхин А.П. Введение в теорию межкультурной коммунигации. M., Высш.шк., 2005.

3. Юсупов ИМ. Психология взaимoпoнимaния. Ka3am, 1991.

4. Основы теории коммунигации/ Под ред. M.A.Вacиликa. M., 2003.

5. Рогов Е.И. Психология общения. M., 2001.

6. Paziljanova, Z. (2023). MОДЕЛИ KОMMУHИKAЦИИ В MЕЖKУЛЬТУPHОЙ KОMMУHИKAЦИИ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 517-519.

7. Paziljanova, Z. (2023). INTERCULTURAL COMMUNICATION. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(6), 1421-1423.

8. Paziljanova, Z. (2023). MODELS OF COMMUNICATION IN INTERCULTURAL COMMUNICATION. Scientific Journal of the Fergana State University, 29(1), 107. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol29 iss1/a108

9. Paziljanova, Z., & Abdug'ofurova, A. (2023). MADANIYATLARARO MULOQOT TUSHUNCHASI HAQIDA. Наука и инновация, 1(10), 58-59.

423

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.