Научная статья на тему 'PSIXOLOGINVISTIKA VA LINGVISTIK KOMPETENSIYA'

PSIXOLOGINVISTIKA VA LINGVISTIK KOMPETENSIYA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolingvistika / til / nutq / tafkkur / muloqot / lingvistik kompetensiya / pedagog.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva

Ushbu maqolada psixolingvistika va uning ilmiy muammolari hamda pedagogik faoliyatda lingvistik kompetensiyaning ahamiyati haqidagi malumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGINVISTIKA VA LINGVISTIK KOMPETENSIYA»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

PSIXOLOGINVISTIKA VA LINGVISTIK KOMPETENSIYA

Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva

Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD Namangan davlat pedagogika instituti E mail: dilafruz.oribboyeva@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada psixolingvistika va uning ilmiy muammolari hamda pedagogik faoliyatda lingvistik kompetensiyaning ahamiyati haqidagi malumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: psixolingvistika, til, nutq, tafkkur, muloqot, lingvistik kompetensiya, pedagog.

ABSTRACT

This article provides information about psycholinguistics and its scientific problems, as well as the importance of linguistic competence in pedagogical activities.

Keywords: psycholinguistics, language, speech, thinking, communication, linguistic competence, pedagogue.

Psixolingvistika - bu psixologiya va tilshunoslik chorrahasida paydo bo'lgan zamonaviy fan bo'lib, inson nutqi, uning paydo bo'lishi, ma'lumot uzatish va funsionallikni o'rganish bilan shug'ullanadi. Psixolingvist Den Slobin psixolingvistikani fan sifatida ta'riflab, uning usullari va vazifalari til va nutqni o'rganishga qaratilganligini ta'kidlagan.

Psixolingvistika inson nutqiy faoliyatini va muloqotning barcha jabhalarini o'rganadigan ilmiy soha bo'lib, psixolingvistlar (psixolog va tilshunos birlashgan) fikrlash, nutq, til kabi xodislarni taxlil qilish bilan shug'ullanadilar. Bugungi kunda psixolingvistika doirasida tilshunoslik va psixologiyaning falsafiy muammolarini o'rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar ko'payib bormoqda. Jumladan til va tafakkur, til va ongning o'zaro ta'siri, ontogenez va filogenezda inson ongini shakllanish muammolariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari shular jumlasidandir.

Psixolingvistika fani:

-inson nutqining lingvistik va psixologik xususiyatlari;

-odamlar o'rtasidagi muloqotda tildan qanday foydalanish usullari;

-tilning ijtimoiy, psixologik va siyosiy xususiyatlari;

-jamiyatda nutqning amalga oshirilishi va inson faoliyati uchun qanday mexanizmlarga javobgar ekanligi bilan bog'liq muammolarni chuqur o'rganadi.

346

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

CMrcMqdavjat^

Zamonaviy psixolingvistika nutq faoliyati jarayonlari va mexanizmlarini (nutq so'z birikmalarini hosil qilish va tushunish yoki idrok etish) til tizimi bilan bog'liq holda o'rganishga qaratilgan bo'lib, fanning ob'yekti shaxsdir.

Psixolingvistikaning predmeti o'ziga xos bo'lib boshqa fanlarda takrorlanmaydi. Psixolingvistika fani bir qator amaliy muammolarga nazariy tushuntirishlar berish zarurati bilan bog'liq holda paydo bo'ldi, ularni hal qilish uchun muloqot qilayotgan shaxsning muloqot jarayonini o'zi yetarli emas edi, endi aytilayotgan fikrni tahlil qilish bilan bog'liq sof lingvistik yondashuvga zaruriyatning paydo bo'lishi hamda chet tillarini o'qitish, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini ham psixolingvistik taxlil qilish, muloqot psixologiyasi muammolarini o'rganishga extiyojning ortishi bu fanda o'ziga xos maktab yaratilishi uchun poydevor bo'ldi.

Hozirgi zamon maktabi kelajak o'qituvchisi shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zaruriy sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab etmoqda.

Ta'lim tarbiyaning jadallik bilan rivojalanyotganligi o'z a navbatida o'qituvchi kasbiy sifatlarini har jihatdan rivojanishini taqozo etmoqda. Bugun pedagog shaxsining kasbiy kompetenligini shakllanishida uning kasbiy kompetentligi ham muhim ahamiyatga ega.

"Kompetentlik" tushunchasi - fan va amaliyotda turlicha tasvirlanadi, bu turli yo'nalishlar va qarashlarga bog'liq. Pedagogikada, "kompetentlik" tushunchasi -toifa sinflari va ularning tarkibiy qismlarini tizimlashtirish jarayonidagi muayyan nazariy bazis sifatida qo'llaniladi, bu markaziy, ammo yetarlicha ishlab chiqilmagan mavzu hisoblanadi.

Pedagogik-psixologik adabiyotda, "kompetentlik" tushunchasi muayyan faoliyat turiga aloqador bo'lib, I.Ojegov so'zlashgichiga muvofiq - boxabar bo'lish, qaysidir sohada mavqega ega bo'lishni anglatadi.

Aksariyat hollarda kompetentlik deganda - umumiy qobiliyat va faoliyatga tayyorlikda namoyon bo'luvchi shaxsning integral sifati tushuniladi, uning asosida -ta'lim va ijtimoiylashuv jarayonida orttirilib, faoliyatda mustaqil va samarali ishtirok etishga yo'naltirilgan bilim va tajriba yotadi. Shunday qilib, bizning fikrimizcha, pedagog kompetentligi - uning kasbiy faoliyati davomida aks ettirilgan, o'zlashtirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega va shaxsan muhim kompetensiyalar tizimidir.

Pedagog shaxsida pedagogik kompetensiyani rivolanishi unda lingvistik kompetensiyni ham shakllanishini talab qiladi.

347

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

Lingvistik kompetensiya- til tizimi, nutqdagi til birliklarining ishlash qoidalari haqidagi bilimlarga ega bo'lish, shuningdek, ushbu bilimlar yordamida boshqa shaxsning fikrlarini tushunish va to'g'ri talqin qilish qobiliyati sanalib pedagoglarga o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda bayon etishga yerdam beradi.

Lingvistik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlaridan biridir. Lingvistik kompetensiya til tizimini barcha lingvistik darajalarda: morfemik, leksik, sintaktik, stilistik bilishni nazarda tutadi. Lingvistik kompetensiya lingvistik faoliyatni tartibga soluvchi qoidalar to'plamini amalda qo' llash qobiliyatiga asoslanadi, shu munosabat bilan lingvistik kompetensiyaning quyidagi turlari ajratiladi:

-sintaktik kompetensiya - og'zaki va yozma nutqni grammatik jihatdan to'g'ri tuza bilish;

-semantik kompetensiya - lingvistik iboralarni izohlash qoidalaridan foydalanish qobiliyati;

-pragmatik kompetensiya - muloqotda lingvistik iboralardan to'g'ri foydalanish qobiliyati;

Pedagogik faoliyatda o'quvchilar bilan muloqot qila olish katta ahamiyatga ega bo'lib, muloqot madaniyati-ish jarayonida odamlarning o'zaro munosabatlarini tashkil etish sohasidagi hamkorlar bilan aloqa o'rnatish, ular bilan til topish imkoniyatini beruvchi bilimlar va ko'nikmalar sanaladi. O'quvchilar bilan muloqot madaniyati zamirida xushmuomalalik, sipolik, odoblilik, kamtarlik, bir so'zlilik, iltifotlilik kabi muloqotga qo'yiladigan umumiy axloqiy talablar yotadi. Xushmuomalalik - boshqa odamlarga nisbatan hurmat ifodasi. Muomalada, so'zlarda, ovoz ohangida, imo-ishoralarda aks etadi. Qo'pollik madaniyatsizlik ko'rsatkichigina emas, balki iqtisodiy kategoriya hamdir. Qo'pol muomala natijasida xodimlar mehnat unumdorligida o'rta hisobda 17% ni yo'qotishlari aniqlangan. Sipolik - har qanday, eng avvalo - konfliktli vaziyatlarda o'zini qo'lga ola bilish. Odoblilik ham muloqot madaniyatining muhim unsurlaridan biri hisoblanadi. U eng avvalo muloqotda me'yorni bilishni nazarda tutadi. Kamtarlik o'zgalarga baho berishda sipolikni, ularning didini hurmat qilishni anglatadi. Ishga doir munosabatlarda muvaffaqiyatga erishishda bir so'zlilik ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Faoliyatning istalgan sohasida berilgan va'dalar va olingan majburiyatlarni aniq bajarmasdan ish olib borish qiyin. Iltifotlilik - birinchi bo'lib iltifot ko'rsatishga, boshqa odamni o'ng'aysizlik va ko'ngilsizliklardan xalos etishga harakat qilish. Hisoblanadi.

Pedagogik muloqotning samarali bo'lishi ta'lim sifatini oshirishga hizmat qiladigan omillardan biri ekanligiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bugun kunda

348

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili

barcha pedagoglarda psixolingvistik taxlil hamda lingvistik kompetensiyani rivojlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1.Белянин В.П. Основы психолингвистической диагностики (модели мира в литературе). - М: Тривола, 2000.

2.Бахтеева, С. С. Формирование социальной компетентности специалиста в процессе обучения иностранному языку в вузе экономического профиля [Текст] / С. С. Бахтеева: автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Казань : Ин-т сред. проф. образования РАО, 2001. - 20 с.

3. Oribboyeva, D. D., & Ikromova, D. (2024). Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasining o'ziga xosligi, aqli zaiflik turlari. Science and Education, 5(1), 287-291.

4. tog^v^ D. R. (2024). O'QISHGA BO'LGAN QIZIQISHNI OSHIRISH, O'ZLASHTIRMASLIKNI OLDINI OLUVCHI OMIL SIFATIDA. Results of National Scientific Research International Journal, 3(1), 194-200.

5. Sarsengali, B., & Shagyrbai, A. (2022). Дши философиядаFы мешрбан жэне кемел адам тYсiнiгi. Вестник КазНУ, Серия Религиоведение, 32(4), 50-59.

6. Oribboyeva, D. D. (2020). SOCIAL COMPETENCE AS AN INTEGRAL PART OF THE TEACHER'S PROFESSIONAL MATURITY. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(11), 347-353.

7. Д.Д Ориббоева The influence of social competens on professional choice -Scientific and Technical Journal of Namangan Institute 2019 y 256-261

8. Oribboyeva, D. D. (2020). Social competence as an integral part of the teacher's professional maturity. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(11), 347-353.

9.Леонтьев A.A. Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания. - М.: Наука,1969.

10. Ibrаgimоvа, D. R. (2024). O'qishgа Ьо'^п qiziqishni оshirish, о'zlаshtirmаslikni оМЫ о^сЫ отй sifаtidа. Results of National Scientific Research International Journal, 3(1), 194-200.

11. Пешкова Н.П. Психолингвистические аспекты типологии научного текста: Aвтореф. дис. ... д-ра филол. наук. - Уфа: БашГУ, 2002

349

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.