Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CHET TILI DARSLARI JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI SINGDIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI
Matlubaxon Axmatjonovna Kariyeva
Namangan muhandislik-qurilish instituti tayanch doktoranti Email: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada chet tili darslarida talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini shakllantirishda chet tili o'qituvchisining o'rni yoritilgan. Shu munosabat bilan maqolada pedagogik texnologiyalarning turlari, shuningdek, turli olim, metodist va tadqiqotchilarning ushbu masala bo'yicha fikrlari bayon etilgan. Maqolada chet tili o'qituvchisining talaba shaxsining axloqli bo'lib shakllantirishdagi, shuningdek, uning atrofidagi dunyo va madaniyat bilan o'zaro munosabatini yaxshilashdagi roli ochib berilgan.
Kalit so'zlar: chet tili o'qituvchisi, milliy qadriyat, vazifa, maqsad, pedagogik texnologiyalar, madaniyat, axloqiy tarbiya.
ABSTRACT
This article describes the role of a foreign language teacher in the formation of sociocultural competence of students in foreign language classes. In this regard, the article describes the types of pedagogical technologies, as well as the opinions of various scientists, methodologists and researchers on this issue. The article reveals the role of a foreign language teacher in the moral formation of a student's personality, as well as in improving his interaction with the outside world and culture.
Keywords: foreign language teacher, national value, task, purpose, pedagogical technologies, culture, moral education.
Kirish. Hozirda dunyo miqyosida yuqori darajadagi raqobatning zamonaviy sharoitida faoliyatning deyarli barcha sohalarida o'qitishning sifati va texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirishni tashkil eta olish qobiliyati muvaffaqiyatning eng muhim, hayotiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu kabi yutuqqlarga erishishda esa, albatta, o'qituvchining roli kattadir, va bunday harakat o'z navbatida yuqori malakali va yetuk darajadagi bo'lajak kadr, qolaversa, jamiyatning ravnaqi va rivojiga hissa qo'shadigan komil va munosib, ma'nan boy shaxsni tarbiyalab yetishtirishga zamin yaratadi. Bunday mas'uliyatli vazifani bajarishda o'qituvchilarning doimiy kasbiy o'sishga tayyorliklari hamda o'z kasbiy faoliyatlarida yutuqlarga erishish istaklari borligi muhim ahamiyatga ega. Davlat ta'lim standartlarini ta'limga tatbiq etish bilan bir qatorda bo'lajak kadrlarni
698
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
ChhxMqdav^^
ma'naviy va axloqiy yetuk qilib tarbiyalash zamonaviy tajribali o'qituvchi oldida turgan qiyin masaladir. Hozirgi vaqtda jahon hamjamiyati axborot sivilizatsiyasi davriga qadam bosmoqda, bu esa o'z navbatida, har bir jamiyat a'zosi oldiga chet tilini puxta egallash masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. Chet tilini bilish va unda mukammal muloqot qila olish - davr talabi bo'lib qoldi. Ushbu talabni amalga oshirish chet tillari o'qituvchilari oldidagi katta mas'uliyatdir. Tan olish kerak-ki, jamiyatda zamonaviy yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Shaxsni ma'naviy-axloqiy kamol toptirish vositalaridan biri chet tillarini bilishdir. Chet tilini o'rganish jarayonida talabalar chet el madaniyatining umumiy va o'ziga xos bo'lmagan unsurlari, shuningdek, chet el madaniyati asosida tarbiyalangan qadriyatlar tizimi to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ladilar; talabalarning shaxsiy fazilatlari va ijtimoiy javobgarligi rivojlanadi [1].
Metodologiya. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi hamda hisoblash texnikasi va AKTning nafaqat ishlab chiqarishda, balki ta'lim berishda ham tobora jadal sur'atlarda qo'llanilishi sharoitida o'qitishning eng samarali usullarini izlash chet tillarini o'qitishda zamonaviy texnik vositalardan keng foydalanishga olib keldi. Chet tilidagi kasbiy kompetentsiya shaxsiy fazilatlar majmuasi sifatida ta'lim va kognitiv jarayonlarni boshqarishning eng yaxshi usuli sifatida tushuniladi, chunki u chet tilida professional muloqot jarayonida psixologik jihatdan mazmunli o'zaro ta'sir qilish imkonini beradi. Bugungi kunda chet tilini o'rganishga bo'lgan talab kuchaymoqda, va chet tili o'qituvchilari oldida o'rganilayotgan til orqali talabalarga milliy qadriyatlarni singdirishga bo'lgan e'tibor yil sayin kuchayib, bu borada katta islohotlar olib borilmoqda va asosiy vazifalardan biri Vatan taqdirini o'zinikidek qabul qiladigan, o'z mamlakatining buguni va kelajagi uchun mas'uliyatni anglaydigan, ko'p millatli xalqning ma'naviy va madaniy an'analariga asoslangan yuksak ma'naviyatli, ijodkor, malakali kadrlar tayyorlashdir. Bu borada ko'plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Jumladan, olima M. Sobirova: "Til nafaqat inson, balki insoniyat jamiyatini barpo etgan, uning taraqqiyotiga sababchi bo'lgan va hozir ham turli mamlakatlarni bog'lab turgan buyuk ne'mat, qudratli kuchdir. Binobarin, til o'rganish masalalariga doimo til ta'limining eng samarali intensiv usullarini ishlab chiqishga katta e'tibor qaratib kelinib, til o'rgatish uslublari va uni o'rganishga qaratilgan yondashuvlar muntazam takomillashtirilib borilmoqda", [2,483] degan fikrni bildirgan. L.Skopinskaja esa chet tili mashg'ulotlarida talabalarga taqdim etiladigan materiallar madaniyatga oid elementlarni o'z ichiga olgan bo'lishi shartligi haqida aytadi [3,1]. Angliyaning Darem Universiteti tadqiqotchisi Michael Byram esa: "Masala qaysi madaniyatni o'rganish yoki nimani o'rganishda emas, balki o'z madaniyatimizdan tashqari yana qanday madaniyatlarni o'rganishdadir - va javob esa bitta: talabalarni o'zaro muloqot qilishlari mumkin bo'lgan har qanday ijtimoiy guruhning har qanday madaniyatini bilishni o'rganishdir", [4,59]
699
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili
degan fikrlarni aytgan. Oxana Dema: "O'qituvchilaming asosiy vazifasi- talabalarning o'rganilayotgan til va uning madaniyati bo'yicha to'liq bo'lmagan yoki eskirgan bilimga ega bo'lmasligini ta'minlash uchun til va madaniyatni ijtimoiy voqeligiga olib chiqish bilan bilim egallash lozim", [5,81] deb aytadi.
Chet tili darslarida milliy qadriyatlarni singdirishda samaradorlikka erishish uchun chet tili fani o'qituvchilari professional va ijodi y darajada ishlashlari kerak. Bunday yondashuv quyidagi kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi: talabalar badiiy adabiyotni deyarli o'qimasliklari, asosiy imlo va tinish belgilarini yaxshi bilmasliklari, jahon geografiyasi va tabiatshunoslik haqida noaniq tasavvurga ega ekanliklari kabi.
Bularning barchasi bizni pedagogik texnologiyalarga o'quv jarayonining quroli sifatida qarashimizni talab qiladi. Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ta'lim sifati ko'p jihatdan tanlangan pedagogik texnologiyaga hamda uning vaziyatga va talabalar soniga muvofiqligi darajasiga bog'liq.
Tahlillar va natijalar. Ustoz va shogird munosabatlari millatimizning muhim va ahamiyatga molik bo'lgan qadriyatlardan biri hisoblanadi. Ming-ming yillar davomida ustozlarning mahorati asta-sekin shogirdlarga o'tib kelgan. Ustoz shogirdini to'g'ri yo'lga boshlashi, uni yomonlikdan qaytarib, yaxshi yo'ldan yurishga sababchi bo'lishi dunyodagi barcha narsaga ega bo'lishdan ko'ra xayrliroqdir. Ustozlarga eng avvalo, shogirdlardagi mehnatsevarlik, dunyoqarashning kengligi, bilimga chanqoqlik, tirishqoqlik, fahm-farosatlilik, sabr-toqatlilik, hozirjavoblik, xusnixulq ma'qul keladi [6,14].
O'qituvchining o'zi o'zini xalqsevar va vatanparvar deb hisoblamas ekan, u yosh avlodga xalqsevarlik va vatanparvarlik haqida gapira olmaydi. Agar o'qituvchining o'z oilasi va do'stlarini qadrlamas ekan, oilada kichiklarga g'amxo'rlik qilib, kattalarga hurmat va izzatda bo'lmas ekan, oilaviy qadriyatlarni eng yuqori darajaga ko'tarish mumkin emas.
O'qituvchining odob-axloqi, uning kasbiy faoliyati va hayotida yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi axloqiy me'yorlar, o'qituvchilik faoliyatiga, o'z talabalariga, hamkasblariga bo'lgan munosabati - bularning barchasi talabalarning ma'naviy-axloqiy kamoloti va tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. O 'qituvchi har doim talabalarga axloqiy va milliy xulq-atvorning namunasini ko'rsatmasa, hech qanday ta'lim dasturlari samarali bo'lmaydi.
Talabalarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishi va tarbiyasi ularning asosiy faoliyati bilan birlashtirilgan bo'lishi lozim va quyidagi pedagogik faoliyatning turlarida amalga oshirilishi mumkin: darsdagi, darsdan tashqari, ta'lim muassasidan tashqari kabi. Va bularning har birida muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchi o'z oldiga maqsadni to'g'ri qo'yib olishi kerak.
700
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlilllill
Maqsad - bu darsning kutilgan natijasi bo'lib, qo'yilgan muammoni o'rganishga qancha vaqt ajratilishiga qarab, bitta dars yoki bir nechta darslar uchun belgilanishi mumkin. O'qituvchi o'z oldiga maqsadni qo'yishda quyidagi usullardan foydalanishi mumkin:
1. Mazmuni orqali "tushuncha berish" yoki "aniqlash"
2. O'qituvchining harakatlari orqali "o'rgatish"; "so'rovnoma o'tkazish"
3. Talabaning harakatlari va faoliyat natijasi orqali.
Maqsad belgilangandan keyingi qadam - o'qituvchi o'z oldiga vazifalar (talabalarga ta'lim berish, ularni rivojlantirish va tarbiyalash)ni qo'yib olishidan iborat. Ta'limning tarbiyaviy vazifalariga talabalarning o'zaro bog'liq bo'lgan axloqiy, estetik, jismoniy, huquqiy va ekologik tarbiyasi kiradi. Bunday pedagogik faoliyat jarayonida samara erishish uchun, quyidagi texnologiyalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir:
• Axborot texnologiyalaridan (AKT va masofaviy ta'lim texnologiyalari)
• O' quv munozaralarini o 'tkazish texnologiyasi
Axborot texnologiyalaridan foydalanish talabalarning AKT vositalari asoslarini egallashlari hamda jamoatchilik manfaatini yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot, o'quv, loyiha va axborot-ma'rifiy faoliyatni mustaqil va birgalikda amalga oshirish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
O'quv munozaralarini o'tkazish talabalarlarning tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish, kommunikativ va munozara madaniyatini shakllantirish, og'zaki nutqlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
O'z nutqi davomida har bir zamonaviy kishi xoh u o'z ona tilida so'zlasin, xoh biror chet tilida so'zlasin nutq madaniyatini bilishi va amalda qo'llashi kerak. Nutq madaniyati insoniyat madaniyatining ajralmas qismidir. So'z insonning buyuk qurolidir. Agar o'z o'rnida va to'g'ri qo'llanilsa, u katta kuchga aylanadi. Har bir so'z so'zlovchining ruhiga asoslanadi. Binobarin, har bir ziyoli shaxs nutq madaniyatini takomillashtirish va rivojlantirishda namuna bo'lishi kerak [7,275].
Xulosa. O'qituvchi chet tili mashg'ulotlarida talabalarga madaniyat va milliy qadriyatlarni o'rgatishi yangilik emas, faqatgina bu masalada sezilarli samaraga erishish uchun o'qituvchilar madaniyatning faqat ko'zga ko'ringan tomonlarini ko'rsatishdan nariga o'tishlari va o'z talabalariga madaniyatning ko'rinmas tomonlarini ham tushunish imkonini beradigan tuzilmani joriy etishlari kerak. Bunday vazifani amalga oshirishda esa so'rovnomaga asoslangan va o'ylab fikrlashga asoslangan tadbirlarni belgilash joiz. Bu kabi jarayonlar talabalarni darsda olayotgan bilimlari o'zlariga qanday foyda keltirishiga umid qilgan holda, chet tilini o'rganishlarida faol ishtirok etishga undaydi.
Umid qilamizki, o'qituvchilarga ushbu maqolada ko'rib chiqilgan metod va texnologiyalar talabalarga chet tili fanidan ta'lim berayotganlarida o'z oldilariga qo'ygan
701
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchjq^avlat^edagogika^niVii^^
maqsad va vazifalarni to'g'ri belgilab olishlari, o'z talabalarining milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniyatga doir mavzularda chet tilida erkin va ravon muloqot qilib, mulohazalar yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratishda boshlang'ich qadam bo'ladi, bu esa o'z navbatida talabalarni haqiqiy bilim egalariga aylantiradi.
REFERENCES
1. Кириллова, Т. В., & Жильцова, Ю. В. (2015). Роль иностранного языка в духовно-нравственном развитии студентов. Современные проблемы науки и образования, (1-1), 922-922.
2. Sobirova, M. (2023). TEACHING LANGUAGE PHENOMENA THROUGH TEXT ANALYSIS ON THE BASIS OF ANTHROPOCENTRIC APPROACH. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(4), 481-486.
3. Skopinskaja, L. (2003). The role of culture in foreign language teaching materials: An evaluation from an intercultural perspective. Incorporating intercultural communicative competence in language teacher education, 39-68.
4. Byram, M. (2013). Foreign language teaching and intercultural citizenship. Iranian Journal of Language Teaching Research, 1(3), 53-62.
5. Dema, O., & Moeller, A. K. (2012). Teaching culture in the 21st century language classroom.
6. Saidumar Saydaliyev "Nasihatnoma", "Anjumand media" nashriyoti, Namangan, 2022,14-B
7. Babaxanova, D.A., & Sobirova, M.Y. (2019). ABOUT THE HISTORY OF SPEECH CULTURE AND ART OF ORATORY. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277.
8. Isaqova G. Nodavlat ta'lim muassasalarida interfaol metodlardan foydalangan holda dars o'tishning afzalliklari. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. -Namangan, 2022, № 5.- B.178.
9. Sobirova M. Raqamli ta'lim vositalari - ona tili ta'limi jarayoniga insonparvarlikni singdirishda muhim vosita. Наманган давлат университета илмий ахборотномаси. 2022.№ 5. - Б. 624-629.
10. Maxmudovna, K. M. (2023). THE EFFECTIVNESS OF CREATING ONLINE AND MOBILE APPLICATIONS TO LEARN FOREIGN LANGUAGES.
11. Kariyeva, M., & Katayeva, M. (2021). Erasmus+ project has given us many opportunities to broaden our horizons. An International Multidisciplinary research journal "Academicia.
12. Katayeva, M., & Kariyeva, M. (2018). NEW INFORMATION TECHNOLOGIES IN TRAINING ENGLISH LANGUAGE. Мировая наука, (5 (14)), 48-51.
702