Научная статья на тему 'DLLMAJMUALARINING O’QUV JARAYONIGA TATBIQ QILINISHI'

DLLMAJMUALARINING O’QUV JARAYONIGA TATBIQ QILINISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gyote-instituti dasturi / DLL-majmualari / amaliy izlanish loyihasi / kasbiy kompetensiya / samarali dars mashq’ulotlari. raqamli texnologiyalar / talabalar faolligi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sharofat Abduraxmanovna Bo’ribayeva

Bugungi kunda nemis tili o’qituvchilarini tayyorlashda va ularni malakasini oshirishda DLL-malaka oshirish va qo’shimcha ta’lim dasturining ahamiyati kattadir. Ushbu dastur DLL-majmualari asosida olib borilib, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Maskur maqolada ham DLL-majmualarining o’quv jarayoniga tadbiq qilinishi, nemis tili o’qituvchilarini tayyorlashda va darslarini professional pedagog sifatida tashkillashtirishda uning ahamiyati hususida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DLLMAJMUALARINING O’QUV JARAYONIGA TATBIQ QILINISHI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

DLL- MAJMUALARINING O'QUV JARAYONIGA TATBIQ QILINISHI

Sharofat Abduraxmanovna Bo'ribayeva

O'zMU, XXF nemis filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi E-Mail:[email protected]

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda nemis tili o'qituvchilarini tayyorlashda va ularni malakasini oshirishda DLL-malaka oshirish va qo'shimcha ta'lim dasturining ahamiyati kattadir. Ushbu dastur DLL-majmualari asosida olib borilib, dunyoning ko'pgina mamlakatlarida o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Maskur maqolada ham DLL-majmualarining o'quv jarayoniga tadbiq qilinishi, nemis tili o'qituvchilarini tayyorlashda va darslarini professional pedagog sifatida tashkillashtirishda uning ahamiyati hususida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar. Gyote-instituti dasturi, DLL-majmualari, amaliy izlanish loyihasi, kasbiy kompetensiya, samarali dars mashq'ulotlari. raqamli texnologiyalar, talabalar faolligi.

ABSTRACT

Today, the importance of the DLL-advanced training and further education program in the training and qualification of German language teachers is great. This program is based on DLL complexes and has been giving positive results in many countries around the world. This article also highlights its importance in the implementation of DLL-complexes in the educational process, in the preparation of teachers of the German language, and in the organisation of their classes as professional educators.

Keywords. Goethe-Institut program, DLL-complexes, practical research project, professional competence, effective lesson training digital technology, student activism

Ma'lumki, Gyote- instituti respublikamizning bir necha oliy o'quv yurtlari bilan DLL- Deutsch lehren lernen dasturi asosida hamkorlik qilib kelmoqda. "DLL qisqartmasi nemis tilini o'qitishni o'rganishni anglatadi. O'zbekistondagi Gyote-instituti O'zbekiston universitetlariga DLL-malaka oshirish va qo'shimcha ta'lim dasturini nemis tili o'qituvchilarini tayyorlashda tatbiq qilish uchun imkoniyatlar taklif qiladi. [1] "DLL dasturining konsepsiyasi reflektiv tajribaviy o'rganishga

538

^23-2412024_ International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

asoslangan" [2] Shuning uchun bu dasturni o'quv jarayoniga qo'llash ko'pgina ijobiy natijalarga olib kelmoqda.

Bugungi kunda ushbu dastur asosida Gyote-instituti respublikamizdagi bir necha nufuzli ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatib, bir qator DLL -majmualarini o'quv jarayoniga tatbiq qilishga muvaffaq bo'ldi va quyidagi bazaviy DLL-majmualaridan respublikamizning ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonida foydalanilmoqda:

1. Lehrkompetenz und Unterrichtsgestaltung (2012)

2. Wie lernt man die Fremdspache Deutsch? (2013)

3. Deutsch als fremde Sprache (2014)

4. Aufgaben, Übungen, Interaktion (2014)

5. Lernmaterialien und Medien (2014)

6. Curriculare Vorgaben und Unterrichtsplanung (2013)

DLL majmualarining o'quv jarayonida qo'llanilishi nafaqat professor -o'qituvchilarning zamonaviy metodlar asossida samarali darsni tashkillashtira olishiga salmoqli hissa qo'shdi, balki talabalarni ham dars jarayonida samarali natijalarga erishishlarida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti nemis filologiyasi bo'limi 3-bosqich talabalari uchun "O'quv va mediya materiallaridan foydalanish" fanidan DLL 5-majmuasini o'quv jarayoniga tatbiq qilish maqsadida tanlov fan sifatila o'quv rejaga kiritildi. Talabalar bir semester davomida maskur fandan ma'ruza eshitdilar va amaliy mashg'ulotlarda olgan nazariy bilimlarini turli vazifalar yordamida mustahkamladilar. Ushbu fanni yakunida barcha talabalar amaliy izlanish loyihasini amalga oshirdilar. Mazkur loyiha PEP (Praxiserkundungsprojekt-Amaliy izlanish loyihasi) deb nomlanib, talabalar o'qituvchi sifatida darsni rejalashtirdilar va DLL 5-majmuasidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'lladilar.

"Amaliy izlanish loyihasi professional o'qituvchi bo'lish uchun eng muhim vositadir" [3; 174] Darhaqiqat ushbu loyihani muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama puxta o'ylab darsni rejalashtirish, darsga kerakli materiallar va vositalar tanlash, sosial formalardan unumli foydalanish hamda mavzuga, talabalar bilim saviyasiga mos metodlarni to'g'ri tanlash o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Bu esa professional o'qituvchi bo'lish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Loyiha o'tkazish davomida talabalar o'qituvchi vazifasini bajarib, ularga biriktirilgan tyutorlar yordamida darsni rejalashtirishdan boshlab, uni o'tkazishgacha bo'lgan jarayonda ishtirok etdilar. Ba'zi talabalar ushbu loyihani amalga oshirishda juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldilar, chunki ularga o'qituvchi sifatida hali tajribaga ega emasliklari va dars o'tish mahoratini egallamaganliklari

539

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

katta to'siq bo'ldi. "O'qitish-bu o'qituvchüaming shaxsiyati, ularning hayotiy va kasbiy tajribalari, bilim va ko'nikmalari, shuningdek, ma'lum xarakter xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan faoliyat" [4;6] "O'qituvchilik kasbini egallagan har bir inson, avvalo, o'qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o'zida mujassam etishi, shuningdek, o'qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga qo'yiladigan talablarni atroflicha o'zlashtirgan bo'lishi: tanlangan ixtisoslik yuzasidan kerakii doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo'lmog'i juda muhim." [5;12]

Ba'zi talabalar pedagogik tajribaga ega bo'lmasalarda, juda yaxshi loyiha ishini olib bordilar. Chunki ular "Tillar o'qitish metodikasi" va "O'quv va mediya materiallaridan foydalanish" fanlaridan olgan nazariy bilimlaridan unumli foydalana oldilar. Ular tridem guruhlarda nemis filologiyasi bo'limining turli boqich talabalariga dars o'tdilar va talabalarni darsda faolligini, motivasiyasini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ijobiy natijalarga erishishda muhim vosita ekanligini o'z tajribalarida sinab ko'rdilar. Barchamizga ma'lumki, raqamli texnologiyalar asosida tashkillashtirilgan o'quv mashg'ulotlarida an'aviy darslarga qaraganda talabalar faolligi ancha yoqori bo'ladi. Shuni inobatga olgan holda ko'pgina talabalar darslarda raqamli texnologiyalardan foydalandilar.

Talabalar amaliy mashg'ulotlarda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish natijasida an'anaviy darsga qaraganda darsning samaradorligi bir necha barobar yuqori bo'lganligini o'z kuzatuvlarida, talabalar orasida o'tkazilgan so'rovnomalarda guvohi bo'ldilar. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar orqali o'tkazilgan o'quv mashg'ulotlarini eng muhim metodik-didaktik prinsiplardan foydalangan holda tashkillashtirish mumkin. Masalan talabalarning darsdagi faolligini bunga misol bo'la oladi

Talabalarning faolligi muhim metodik-didaktik tamoyillardan biri hisoblanib, "unga ko'ra o'quvchilar dars mashg'ulotlarida va o'quv jarayonida imkon qadar faol ishtirok etishlari darkor" [6;189] Raqamli texnologiyalardan foydalanishda ishtirokchilarning darsdagi faolligi yuqori darajaga ko'tariladi. Talabalar o'zlarining amaliy izlanish loyihalarida ham til o'rganuvchilarning darsdagi faolligi oshganligini o'z darslarida kuzatganliklarini ta'kidlab o'tdilar. Raqamli texnologiyalar hozirgi kunda yoshlarimizning kundalik hayotida eng ko'p foydalanadigan vositalar bo'lganligi sababli ularni darsda talabalar oson va qiziqgan holda qo'lladilar. Bu esa barcha talabalarni darsdagi ishttirokini ta'minlab berdi. Darsda talabalar qanchalik faol ishtirok etsalar, dars mashg'uloti shunchalik darajada muvaffaqiyatli bo'ladi. [7;12]

540

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

CMrcMqdavjat^

O'quv jarayoniga tatbiq qilingan DLL-majmualaridan yana biri „Übungen, Aufgaben, Interaktion" deb nomlanib, bu majmua ham bir semestr davomida talabalarga o'qitiladi. Mazkur majmua pedagoglarga va kelgusida shu sohada faoliyat yuritishni istaganlar uchun ajoyib qo'llanma bo'lib, unda darsni tashkillashtirishda eng muhim bo'lgan metodik/didaktik tamoyillar, mashq va vazifalar hamda ularni amaliyotda qo'llash xususida to'xtalib o'tilgan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, DLL-majmualarining o'quv jarayoniga tatbiq qilinishi bo'lg'usi pedagoglarni tayyorlashda asosiy qo'llanma hisoblanib, o'quv jarayonini samarali tashkillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. https://www.goethe.de/ins/uz/uz/spr/eng/dll.html murojaat sanasi 26.03.2024

2. Katrin Niewalda DLL-Fortbildungen als Vorbereitung für professionelle Lerngemeinschaften.Internationales Journal zur Professionalisierung in Deutsch als Fremdsprache. S. 225

file:///C:/Users/User/Downloads/Kontexte+2023 1 Niewalda%20(1).pdf Mypo^aaT caHacH 21.07.2023

3. Barkowski H., Grommes P., Lex B. u.a. Deutsch als fremde Sprache. -München: „Klett-Langenscheidt", 2014.

4. Schart M., Legutke M. Lehrkompetenz und Unterrichtsgestaltung. - München: „Klett-Langenscheidt", 2012.

5. Mavlonova R., Abdurahimova D. Pedagogik mahorat.O'quv qo'llanma.-Toshkent: 2009. 12 bet

6. Ballweg S., Drumm S., Hufeisen B. u.a. Wie lernt man die Fremdsprache Deutsch?- München:" Klett-Langenscheidt", 2013.

7. Funk H., Kuhn Ch., Skiba D., u.a. Aufgaben, Übungen, Interaktion.- München: "Klett-Langenscheidt", 2014.

541

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.