Научная статья на тему 'CHET TILI TA’LIMIDA AXBOROT VA INNOVATSION-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI'

CHET TILI TA’LIMIDA AXBOROT VA INNOVATSION-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / innovatsion-pedagogik texnologiyalar / ta'lim jarayoni / chet tili / mashgʻulot / interfaol usullar / muloqot jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. B. Begmatov, Q. M. Begmatov

Innovatsion pedagogik texnologiyalarni chet tili ta'limida qoʻllash darsni samarali tashkil etish va koʻzlangan maqsadga erishish uchun muhim omil boʻlib hisoblanadi. Bu orqali oʻquvchilarda o'tilgan mavzularni eslab qolish, o'quv materialini tez o'zlashtirish, ularni ongli ravishda, o'rganilgan so'z va iboralarni nutqda qo'llash malaka va ko„nikmalari shakllantiriladi. Mazkur maqola chet tili ta'limida axborot va innovatsionpedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish usullariga bag'ishlangan. Maqolada interfaol usullar yordamida o„quvchilarga chet tilini o'rgatish, qiziqishlarini oshirish, muloqotni shakllantirish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILI TA’LIMIDA AXBOROT VA INNOVATSION-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

CHET TILI TA'LIMIDA AXBOROT VA INNOVATSION-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

USULLARI

M. B. Begmatov

f.f.n. professor, SamDCHTI

Q. M. Begmatov

PhD, dots.v.v.b. SamDChTI

ANNOTATSIYA

Innovatsion pedagogik texnologiyalarni chet tili ta'limida qo'llash darsni samarali tashkil etish va ko'zlangan maqsadga erishish uchun muhim omil bo'lib hisoblanadi. Bu orqali o'quvchilarda o'tilgan mavzularni eslab qolish, o'quv materialini tez o'zlashtirish, ularni ongli ravishda, o'rganilgan so'z va iboralarni nutqda qo'llash malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mazkur maqola chet tili ta'limida axborot va innovatsion -pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish usullariga bag'ishlangan. Maqolada interfaol usullar yordamida o'quvchilarga chet tilini o'rgatish, qiziqishlarini oshirish, muloqotni shakllantirish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: axborot, innovatsion-pedagogik texnologiyalar, ta'lim jarayoni, chet tili, mashg'ulot, interfaol usullar, muloqot jarayoni.

Bugun har qanday rivojlangan davlatlarning taraqqiyoti shubhasiz jamiyat taraqqiyoti va ushbu jarayonda joriy qilingan ta'lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan chambarchas bog'liqdir. Xususan, yoshlarning ta'lim olish, ilmiy izlanishlar olib borishi, fanda ma'lum ilmiy yangiliklarni amalga oshirishda Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning ta'lim sohasiga qaratayotgan alohida e'tibori juda ahamiyatlidir. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash" [1; 14-b.] eng muhim vazifamizdir.

O'tgan asrning so'nggi o'n yilligi pedagogik texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish, asl mohiyatini anglab yetish, afzallik jihatlarini aniqlash va nihoyat, amaliyotga tatbiq etishga kirishilgan davr sifatida e'tirof etiladi. Innovatsion texnologiyalar va ularni pedagogik amaliyotda qo'llash mexanizmlari o'tgan asrning saksoninchi yillarida AQSh pedagoglari J.Stil, K.Meredis, Ch.Templlar tomonidan joriy etilgan. Ular tomonidan ta'lim jarayonida mikroguruhlar, munozara, klaster, sinkveyn, aqliy hujum kabi oltmishdan ziyod interfaol usullarni qo'llash tavsiya etilgan. Bu usullar ta'lim jarayonida qo'llanilishining soddaligi va o'quvchilarni yuqori intellektuallik

153

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

darajalarida fikrlashga undashlari bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham, ular jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida samarali qo'llanmoqda.

Ta'kidlash kerakki, mamlakatimiz ta'lim tizimida muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash bo'yicha muayyan tajribalar ham to'plangan. Bular esa, ta'lim jarayonida interfaol usullardan oqilona foydalanishning ilmiy- uslubiy asoslari bo'lib hisoblanishi mumkin. Interfaol usullardan oqilona foydalanish ta'lim jarayoniga jo'shqinlik, izlanuvchanlik kayfiyatini baxsh etadi, o'quvchilarda o'z imkoniyatlariga ishonch va o'z mehnati natijasidan mamnunlik hissini vujudga keltiradi, bilishga oid qiziqishlarini yanada orttiradi. Bular esa, ta'lim jarayonida o'quvchilar shaxsi barkamollashuvining muhim omillari bo'lib hisoblanishi tabiiydir. Ta'kidlash lozimki, zamonaviy darsning har bir bosqichida o'quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, mikroguruhlar tarkibida faol ishlashlarini ta'minlanishi, o'qituvchi esa, ularga maslahat beruvchi, yo'llovchi, ularning bilish faoliyatlarini boshqaruvchi vazifalarini bajarishi va hatto, o'quvchilar (mikroguruhlar) faoliyatini baholashni ham ekspert guruhi ixtiyoriga o'tkazishga erishishi darkor. Umuman olganda, zamonaviy darsda o'qituvchi hukmron, axborot beruvchi yagona manbaa emas, balki o'quvchilarning mustaqil o'qib-o'rganishlarini osonlashtiruvchi, ularning bilish faoliyatlari uchun qulay sharoit yaratuvchi shaxs bo'lishi lozim.

Bunday usullarni ta'lim jarayonida qo'llash - soddaligi va o'quvchilarni yuqori intellektuallik darajalarida fikrlashga undashi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ham, ular jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida samarali qo'llanmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz ta'lim tizimida muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash bo'yicha muayyan tajribalar ham to'plangan. Bular esa, ta'lim jarayonida interfaol usullardan oqilona foydalanishning ilmiy- uslubiy asoslari bo'lib hisoblanishi mumkin. Interfaol usullardan oqilona foydalanish ta'lim jarayoniga jo'shqinlik, izlanuvchanlik kayfiyatini baxsh etadi, o'quvchilarda o'z imkoniyatlariga ishonch va o'z mehnati natijasidan mamnunlik hissini vujudga keltiradi, bilishga oid qiziqishlarini yanada orttiradi. Bular esa, ta'lim jarayonida o'quvchilar shaxsi barkamollashuvining muhim omillari bo'lib hisoblanishi tabiiydir [3; 89-b.]. Ta'kidlash lozimki, zamonaviy darsning har bir bosqichida o'quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, mikroguruhlar tarkibida faol ishlashlarini ta'minlanishi, o'qituvchi esa, ularga maslahat beruvchi, yo'llovchi, ularning bilish faoliyatlarini boshqaruvchi vazifalarini bajarishi va hatto, o'quvchilar (mikroguruhlar) faoliyatini baholashni ham ekspert guruhi ixtiyoriga o'tkazishga erishishi darkor. Umuman olganda, zamonaviy darsda o'qituvchi hukmron, axborot beruvchi yagona manbaa emas, balki o'quvchilarning mustaqil o'qib-o'rganishlarini osonlashtiruvchi, ularning bilish faoliyatlari uchun qulay sharoit yaratuvchi shaxs bo'lishi lozim.

154

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiinillililili

Barchaga ma'lumki, boshlang'ich sinflarda o'qitish jarayonida bola har kuni o'zi uchun notanish bo'lgan narsa va xodisalarga duch keladi. Pedagogning vazifasi bolalardagi bilimlarni muntazam ravishda oshirib borish, ularni tartibga solish, aniqlashtirishdir. Bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, ba'zi sifatlari va asoslari haqida, ularning qaysi materiallardan tayyorlanganligi to'g'risidagi aniq tasavvurga ega bo'lishi kerak. Ular tabiat hodisalari, ularning o'zaro bog'liqligi va qonuniyatlarini bilib oladilar. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. Bola san'atning har xil turlari to'g'risidagi tasavvur va tushunchani egallab oladi. Mana shu real bilimlarni egallashi natijasida bolada tevarak-atrofni obyektiv tushunishning tarkibiy qismlari shakllanadi [2; 60-73-b.]. Tevarak atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga, ya'ni analizatorlariga ta'sir etadi va sezgi hosil bo'ladi. Sezgi bolalarga ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bolalarning bilimlarni egallab olishlari ularning aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko'nikma egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun, bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda, o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muloqotda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Bunday muloqot jarayonida turli axborotlar uzatiladi, o'z navbatida axborotni qabul qilib olgan o'quvchi ushbu axborotga o'z munosabatini bildirishi talab qilinadi. Ta'kidlash kerakki, chet tili darslarida tashkil etiladigan muloqot o'quvchilarning o'qu v faoliyatini to'g'ri va samarali tashkil qilishni, uni izchillik bilan boshqarishni, o'qituvchining o'quvchi bilan, o'quvchining o'quvchi bilan o'zaro fikr almashuvini hamda ana shu murakkab jarayonda o'quvchilarning og'zaki nutq malakalarini shakllantirishni, ularni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent, "O'zbekiston" 2016. - 56 b.

2. Abduqodirov A. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari // Uzluksiz ta'lim jarayonlari. -Toshkent. -2002. № 4. - 60-73-b.

3. Zokirov I. Ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning nazariy-amaliy asoslari. Ped. fan. nom. diss... -Toshkent. -2005. -131 b.

4.

155

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.