Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA'LIMDA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR'

BOSHLANGʻICH TA'LIMDA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1541
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xorijiy tillar / pedagogik texnologiyalar / taʼlim jarayoni / kompetensiya / innovatsiya / metod / taʼlim mazmuni. / foreign language / pedagogical technology / competence / the process method / the meaning of education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvinoz Rahimjonova To‘lqin Qizi

Ushbu maqolada bugungi kunda boshlangʻich sinflarda xorijiy tillarni oʻqitishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati va qoʻllanishi haqida fikr yuritilgan. Taʼlim jarayonida turli interfaol usullarni qoʻllashda oʻqituvchida mavjud boʻlishi kerak boʻlgan kompetensiyani shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN PRIMARY EDUCATION

In the article the gist of pedagogical technologies in educating the foreign languages in current elementary classes are discussed. As well, the interactive methods in the process of teaching and the due competencies of teachers are recommended.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA'LIMDA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda boshlang'ich sinflarda xorijiy tillarni o'qitishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati va qo'llanishi haqida fikr yuritilgan. Ta'lim jarayonida turli interfaol usullarni qo'llashda o'qituvchida mavjud bo'lishi kerak bo'lgan kompetensiyani shakllantirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: xorijiy tillar, pedagogik texnologiyalar, ta'lim jarayoni, kompetensiya, innovatsiya, metod, ta'lim mazmuni.

Аннотация. В статье освещаются вопросы применения педагогических технологий в процессе преподавания иностранных языков в начальных классах. Авторами даны рекомендации по формированию компетенции учителя, которая необходима для применения им различных интерактивных методов в процессе обучения.

Ключевые слова: иностранные языки, педагогическая технология, процесс обучения, компетенция, инновация, метод, содержание образования.

PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN

PRIMARY EDUCATION Abstract. In the article the gist of pedagogical technologies in educating the foreign languages in current elementary classes are discussed. As well, the interactive methods in the process of teaching and the due competencies of teachers are recommended.

Keywords: foreign language, pedagogical technology, competence, the process method, the meaning of education.

Respublikamizda jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuvga yo'naltirilgan tizim yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PK-1875-sonli qarori tasdiqlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida halqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir, deb alohida ta'kidlanadi.

Darhaqiqat, bugungi taraqqiyot har bir o'qituvchidan o'ziga xos ijodkorlik, malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu o'z navbatida xorijiy tillar fani o'qituvchilari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PK-1875-sonli qarorini tizimli amalga oshirish maqsadida boshlang'ich sinflarda xorijiy tilni o'quvchilarga o'rgatishdan maqsad ularning shu tilda so'zlash, yozish, tinglab va o'qib tushunish kabi ko'nikmalarni shakllantirish bilan bir qatorda bolalarning tafakkuri, muloqot madaniyati, bilim olishga qiziqishi, faollik, mustaqillik, mahnatsevarlik, qiziquvchanlikni uyg'otishga qaratiladi.

Sarvinoz Rahimjonova To'lqin qizi

Qo'qon universiteti Iqtisodiyot va ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6678187

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatini muvaffaqiyatli o'stirish kelgusida fanlarni puxta o'zlashtirishga imkoniyat yaratadi. O'quvchilarda chet tili orqali mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda ilg'or pedagogik texnologiyalar o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda o'qituvchiga qo'yiladigan muhim talablardan biri ham ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, amalda qo'llash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdan iborat. Uzluksiz ta'lim tizimining hamma bo'g'inlarida ham o'qituvchi dars jarayonida noan'anaviy darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanadi, lekin boshlang'ich sinflarda xorijiy tillarni o'quvchilarga o'rgatishda xorijiy til o'qituvchisi o'quvchilarning psixologik, pedagogik va fiziologik rivojlanish qoidalarini bilib, o'rganib darsning maqsad va mazmunidan kelib chiqib, pedagogik texnologiyalarni darsda qo'llash maqsadga muvofiqdir.

O'qituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni ishlatishda quyidagilarga e'tibor berishi lozim:

- o'quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish;

- yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish;

- yangi mavzuni o'tilgan mavzular bilan izchillikda yetkazish;

- o'quvchilarning fikrlash darajasini rivojlantirib borish;

- ta'limiy o'yinlarning izchilligi, xilma-xilligi va qiziqarli bo'lishiga erishish;

- shu mashg'ulotning o'zida yangi bilim asosida shakllangan ko'nikmalarini tekshirib

borish;

- o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

- dars jarayonida o'quvchilar ishtirokini kuchaytirib borish.

Demak, shuni ta'kidlash kerakki, kelajagamiz bo'lgan yoshlarning erkin fikrlovchi, barkamol shaxs bo'lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish zarur. Jumladan, xorijiy tillarni o'rganish darajalari mazkur maqsadni amalga oshirishda o'quvchilarning psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o'rganib, o'zlarini erkin tutishi va fikrini mustaqil ifodalashda to'siq bo'ladigan salbiy psixologik holatlarni aniqlash va bartaraf etishda qo'llanilishi lozim. Demak, boshlang'ich sinflarda ta'lim oladigan o'quvchilarning o'ziga xos bir qator muammolari mavjud. O'qituvchi ham pedagog, ham psixolog bo'lib qolmasdan, ular bilan ishlash texnikasini ham bilishi lozim.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, bugungi kunda xorijiy tillarni o'qitish DTSda ko'rsatilgan «A» bosqich, ya'ni boshlang'ich sinflarni o'z ichiga oladi. Demak, xorijiy til o'qituvchisi 1-2-3-sinflarda ta'lim jarayonida qanchalik ustalik bilan pedagogik texnologiyalardan o'z o'rnida, maqsadli foydalansa, dars samaradorligi yuqori bo'ladi.

Bugungi har bir fan o'qituvchisi o'z fanining xususiyatidan kelib chiqib, ta'lim jarayonida turli interfaol usullardan foydalanmoqda. Bizning yo'nalishimizning maqsadi boshqa fanlardan farqli ravishda noan'anaviy darslarda pedagogik texnologiyalarning turli interaktiv usullaridan foydalanib, kichik yoshdagi o'quvchilarni erkin fikrlashga tayyorlashdir. Davlat ta'lim standartida har bir sinf uchun, masalan, 1-sinf uchun 200 ta, 2-sinf uchun 250 ta so'z va iboralarni o'rgatish maqsadi qo'yiladi, demak, xorijiy til o'qituvchisi pedagogik texnologiyalar asosida yuqorida ta'kidlangan maqsadlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi «Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo'yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida»gi 124-sonli qarori boshlang'ich sinflar uchun xorijiy til o'rgatishning A-1 boshlang'ich darajasi qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimida xorijiy tillarni o'rgatish mazkur DTSga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

A-1 daraja: boshlang'ich ta'lim (1-4-sinflar);

A-2 daraja: umumiy o'rta ta'lim (5-9-sinflar).

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga xorijiy til o'qituvchilari nimalarni o'rgatishi, qaysi pedagogik texnologiyalar asosida o'quvchilarga eng qulay usullar va uslublar yordamida tilni o'rgatish kerakligini ko'rsatish ta'limning innovatsion yo'nalishlarni tatbiq etishga undaydi. Tilni o'rgatishda o'qituvchi innovasiya - pedagogik texnologiyalarni ta'lim tizimiga kiritish, ta'lim tizimida eng ilg'or texnologiyalarni joriy qilish orqali ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish ta'lim jarayonida bolaga do'stona munosabatlarni shaklllantirishga urinish natijasida vujudga keladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari darslarining to'g'ri, aniq, izchil samarali bo'lishi uchun bugungi kunda o'qituvchi quyidagilarga e'tibor berishi lozim.

Birinchidan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirishi, ta'limning tushunarlilik, izchillik va kirishimlilik, nazariyani amaliyot bilan bog'lash, ko'rgazmalilik, bugungi kunning yangi yondashuvlari, multimedia o'quvchilarning ongliligini amalga oshirish orqali ta'minlanadi.

Ikkinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilariga faqatgina xorijiy tilni o'rgatishgina emas, balki o'z do'stlari bilan muloqotni tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etishi lozim.

Uchinchidan, har bir o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishda interfaol usullardan o'z o'rnida foydalanishi zarur.

To'rtinchidan, o'quvchilarning fikrlash faoliyatini shakllantirish uchun o'qituvchi o'quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, turli didaktik va rolli o'yinlar tashkil etishi lozim.

Beshinchidan, o'qituvchi interfaol usullardan - o'qituvchi va o'quvchi hamda o'quvchilararo birgalikdagi harakatdan foydalanishi kerak.

Oltinchidan, o'quvchilar o'tilgan mavzuni esdan chiqarmasliklarining oldini olish maqsadida takrorlash passiv amalga oshirilmasligi kerak.

Boshlang'ich sinflarda «Dars - muqaddas» kontekstida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bugungi kunda muhim, dolzarb hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ma'lumki, bugungi kunda ilm-fan, texnika, axborot tizimi shiddatli rivojlanmoqda. O'qish va o'qitishda kundalik faoliyatga qatnashish uchun har tomonlama mukammal bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lishni davrning o'zi talab qilmoqda. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning ilg'or uslublarini joriy etish yo'li bilan o'sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o'qitish, shu tillarda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko'lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

va imkoniyatlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PK-1875-sonli qarori qabul qilindi. 2012 yildan boshlang'ich sinflarda xorijiy tillar o'qitish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda xorijiy til o'qituvchilarining o'zlari ham 2013 yil o'quv yilidan boshlab haftaning juma kunlari - «Xorijiy til o'qitish metodikasi kuni»da tajribali trenerlar yordamida qo'shimcha kurslarda ta'lim olmoqdalar. Demak, o'qituvchilarda xorijiy tillarni zamonaviy talablar asosida o'qitish uchun kompetensiyalar shakllanmoqda.

Bugungi kunda 1-sinfdan boshlab xorijiy tillarni o'qitishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagoglarga pedagogik, psixologik talablar qo'yilmoqda. «O'qituvchi kimni o'qitadi, nimani o'rgatadi va qanday texnologiyalar asosida o'rgatadi?», degan savol qo'yiladi. Buning uchun xorijiy til o'qituvchisi, avvalambor, o'z ona tilini, uning fonetikasi, grammatikasini mukammal bilgandagina xorijiy tilni qiyoslash orqali o'quvchilarga o'rgata oladi.

Uzluksiz ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir o'qituvchi, jumladan, xorijiy til o'qituvchilari tilshunoslik bo'yicha quyidagi zaruriy kompetensiyalarga ega bo'lishlari lozim: lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik.

MUHOKAMA

Tilshunoslikka oid bu kompetensiyalar umumiy holda tavsiya etilgan. Ularni «Klaster» usuli orqali qismlarga bo'lib o'rganish mumkin. Kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish uchun tajribali mutaxassislarning 1-2- va 3-sinflarda xorijiy tillarni o'rgatishining ahvolini o'rganish, monitoring qilish yoki ularning faoliyatini o'rganish va ularga metodik yordam berish bugungi asosiy vazifalardan biridir.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi, viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashabbusi bilan 2014 o'quv yilida viloyat xorijiy til o'qituvchilarining metod birlashmasi tashkil etildi. Metodik birlashmaga viloyatda faoliyat yurituvchi xorijiy til o'qituvchilari a'zo bo'lib, har oyda bir marta viloyat tumanlari maktablarida ochiq darslar tashkil etilmoqda, yosh o'qituvchilarga uslubiy yordam ko'rsatilib kelinmoqda. Bu esa o'z navbatida bugungi yoshlarga tavsiya etilayotgan kompetensiyalar qay darajada shakllanganligini o'rganish va ularga amaliy yordam berishda qo'l kelmoqda. «XXI asr o'qituvchisi tobora taraqqiy etib borayotgan bugungi fan-texnika yutuqlariga har doim hozirjavob bo'lishi, ulardan o'z darslarida samarali foydalana olishi kerak bo'lmoqda. Bu esa o'z navbatida kompetentli o'qituvchilarning ko'proq bo'lishiga bog'liqdir. Darslarda qo'llanadigan ilg'or pedagogik texnologiyalar o'quvchilarda xorijiy til faniga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini uyg'otish, ularning chet tiliga bo'lgan qiziqiDshini oshirish va bu tilni mukammal bilish darajasiga ko'tarish, mantiqiy aniq va to'liq nutq egasi bo'lishiga erishish kabi muhim vazifalarni bajarishga yordam beradi»1.

O'qituvchilarimiz bugungi kunda ta'limning an'anaviy va noan'anaviy shakllari asosida darslarni tashkil qilib kelmoqdalar. Bizning bugungi kundagi asosiy vazifamiz DTS asosida o'quvchilarni har tomonlama erkin fikrlovchi, o'zining mustaqil fikrlarini to'liq bayon eta oladigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdir. Demak, dars davomida shogirdlarimizni «o'quvchi-tinglovchi» sifatida emas, balki o'qituvchi bilan bemalol bahslashish ko'nikmalariga ega bo'lgan faol o'quvchilar sifatida tayyorlashimiz kerak bo'ladi. Bu vazifa, albatta,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

noan'anaviy darslarda pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Termiz shahri xorijiy tillarni o'rgatishga asoslangan 3-tayanch maktab xorijiy til o'qituvchilar tajribalari shuni ko'rsatmoqdaki, kompetentli xorijiy til o'qituvchilari pedagogik texnologiyalardan o'rinli, maqsadli, mavzularning talablaridan kelib chiqib, samarali foydalansalar, quyidagilarga erishadilar:

1. O'quvchilarga chet tilida gaplashish boshqalar bilan kommunikativ aloqaga kirisha olish, tushuna olish va to'g'ri javob qaytara olish.

2. O'quvchilarda chet tillarni o'rganishga nisbatan motiv (qiziqish) uyg'otish va qiziqish davomiyligi, uzluksizligini ta'minlash.

Shunday ekan, maktab yoshidagi o'quvchilarda ingliz tili savodxonligini to'g'ri tashkil etish va uzluksizlik tamoyillari asosida rivojlantirib borish ularning kelajakda xorijiy til o'rganishga qiziqish bilan yondashishga va samarali ravishda ingliz tilida so'zlashuvga o'rgatadi. Bu esa xorijiy til o'qituvchisiga o'ziga xos mashaqqatli mehnatni talab etadi.

Demak, «Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o'quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishini ta'minlashdan iborat», deydi o'zbekistonlik pedagog O'.K.Tolipov va xorijiy tillarni o'qitishda muayyan interfaol usullarni tavsiya qiladi. Xorijiy tillarni samarali o'qitishda turli interfaol usullarni tavsiya etish mumkin. Murakkab mavzularni o'quvchilar ongiga osongina singdirish uchun pedagogik texnologiyalarning turli xil metodlari (usullari)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Aqliy hujum», «Klaster», «Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash», «BBB» (bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim), «Venn diagrammasi» metodlari shular jumlasidandir Darslarni mukammal tashkil etish uchun ilg'or pedagogik texnologiyalarni olib kirish, uni ta'lim mazmuniga singdirish, dars o'tishning yangidan-yangi usullarini topish, davlat ta'lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi.

Bunda o'qituvchiga dars o'tish qulay va jonli bo'lishi uchun turli ko'rgazmali vositalar ishlab chiqish va ulardan dars jarayonida optimal foydalanish, zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish lozim.

O'zbekistonlik olim, professor N.Saidahmedovning ta'kidlashicha, «hozirgi kunda o'qituvchilar o'qitish metodikasini ko'p hollarda texnologiyalardan ajrata olmayaptilar». Metodika o'tish jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuasidan iboratdir, metodikadan ko'zlangan maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko'chirishdir. Pedagogik texnologiya (PT) o'qitish jarayonining o'zaro bog'liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini ko'rish, ularni joriy etish, shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta'minlaydi. «Yoxud, PT o'qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig'indisidir.

Texnologiya o'zining egiluvchanligi, natijalarning to'g'riligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zaruriyati bilan metodikadan farqlanib turadi». Bulardan tashqari, xorijiy til darslarini o'tishda o'qituvchi har xil usullar: audio dars (tinglab tushunish), video dars, internet darsi, sayohat darsi, musiqa darsi, «modul» dars, bahs-munozara, musobaqa darsi, «Zakovat» va interfaol pedagogik usullardan foydalanishi mumkin. Ta'lim har doim o'qituvchidan o'z ustida ishlash, izlanishni talab etadi. Bugungi kun o'qituvchisi kompetensiyaviy yondashuv asosida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

innovatsiyalar joriy qilishi, loyihalashtirish asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalar ustida bosh qotirishi lozimdir. Shuning uchun bugungi kun o'qituvchilaridan iloji boricha ta'limning yangi usullari ustida izlanish talab etiladi. Chunki o'quvchilarga an'anaviy darslar uncha yoqmaydi, ularni zeriktiradi, natijada o'quvchi dars mazmunini yaxshi o'zlashtirmaydi.

Har bir darsdagi interfaol usullar qayta-qayta mashq qilinishi oqibatida aniq natijaga erishiladi. O'quvchilarning zerikib qolmasligi uchun pedagogik texnologiyalardagi usullarning turlicha bo'lishi dars samaradorligini yanada oshiradi.

Dars jarayonlarida o'qituvchi o'quvchi nutqi, mustaqil fikrlay olishi, o'z fikrini xorijiy tilda bemalol ifoda eta olishi, yozma ish, suhbat, hikoya, mustaqil fikriga tayanishi kabi shakllariga e'tibor berishi lozim. Aslida, pedagogik texnologiyalardan o'qituvchi dars jarayonida majburiy foydalanishi mumkin emas. Ayrim o'qituvchilar pedagogik texnologiyalar afzalliklarini o'zlari bilmay turib, ulardan xo'jako'rsinga foydalanmoqchi bo'ladilar. Holbuki, buni hech kimga keragi yo'q. PT darsning mazmuni, maqsadiga qarab ishlatilsa, u ijobiy samara beradi.

Xorijiy til darslari qanday shakl, metod va vositalar tashkil etilishidan qat'i nazar eng avvalo pedagogik texnologiyalar:

- pedagogik faoliyat ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish;

- o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirish;

- o'quvchilar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha puxta bilimlarni egallashni ta'minlash;

- o'quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish;

- o'quvchilarning o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi lozim.

Bu kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanilganda, o'quvchilarning bilim salohiyati, fanga bo'lgan qiziqishlari yanada ortadi; bilim, malaka, ko'nikmalar yanada shakllanadi va o'zlari tanlagan fanning asosiy tushunchalarini farqlay oladilar. O'qituvchi dars jarayonida interfaol usullardan foydalanishdan oldin mavzu bo'yicha asosiy tushunchalar haqida ma'lumot berib o'tadi. Shundan so'ng, o'quvchilarning mustaqil ravishda o'zlashtirishlari, takrorlashlari, olgan ma'lumotlari doirasini kengaytirishlari va mantiqiy fikr yuritishlari oson kechadi.

Bunda interfaol usullarning ahamiyati yanada oshadi. Quyida bunday usullardan birining ingliz tili darsi jarayoniga tatbiqini ko'rib chiqaylik.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professor-o'qituvchilari viloyat maktablari, ayniqsa, boshlang'ich sinflarda xorijiy tillarni o'qitish jarayoniga katta amaliy yordam bermoqdalar. Ikkinchi sinflarda xorijiy tilni o'rgatishning maqsadi yozish va o'qishdan iboratdir. Darslarni kuzatish davomida pedagogik texnologiyalarning qo'llanilishi turli interfaol usullar orqali bo'lib, ular juda yuqori natija bermoqda.

Surxondaryo viloyati Denov, Qumqo'rg'on, Angor, Qiziriq tumanlari maktablari xorijiy til o'qituvchilari ish tajribalarini o'rganib, ularga tegishli metodik maslahatlar berildi. Jumladan, tajribali xorijiy til o'qituvchilariga 2-sinfda «Play» metodidan foydalanish tavsiya qilindi. «Play» metodidan 2-sinfda ingliz tili darsida quyidagicha foydalaniladi: o'qituvchi dastlab o'quvchilarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ikki yoki uch guruhga bo'ladi. Ularga tanish bo'lgan bir so'zni aytadi va ma'lum bir chegaralangan vaqt beradi. O'quvchilar shu so'zga aloqador bo'lgan so'zlarni daftarga yozadilar. Masalan: «write« so'zini olaylik. Bu so'zning o'zbekcha tarjimasi «yozmoq»dir. O'quvchi belgilangan vaqt ichida bu so'zga bog'liq boshqa so'zlarni yozishi va gaplar orqali misollar keltirishi kerak. O'yinning asosiy shartlaridan biri shundan iboratki, ular o'yin davomida lug'at, kitob va daftarlaridan foydalanmaydilar. Berilgan vaqt tugagandan keyin guruhlarning topgan misollari to'g'ri va noto'g'riligi aniqlanadi va natijalari baholanadi. Bu metodni qo'llash o'qituvchiga o'quvchilarning fikrlash doirasi va ularning lug'at boyligi qay darajada ekanligini bilishiga yordam beradi. O'quvchilarga esa mantiqiy fikrlash, guruh bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish, har bir o'quvchini faollikka undash, o'zlari bilmagan va topolmagan misollarni guruhdoshlari yoki raqib guruh topgan misollar orqali eslab qolishlariga yordam beradi. Bunday metodlar dars jarayonida bir necha marta foydalanilsa, albatta o'quvchilarning so'z boyligi yanada oshadi.

Bundan tashqari dars jarayonida o'quvchilarga xorijiy tillardan dars o'tishda «Speak», ya'ni «gapirmoq» metodini qo'llash mumkin. Bu metodda o'quvchilar o'zlarining so'z boyligi va grammatik bilimiga tayanadilar. O'qituvchi doskaga bitta sodda fe'lni yozadi. O'qituvchi tanlagan o'quvchilar bu fe'ldan ketma-ket sodda va murakkab gaplar tuzadilar. Bu metodni qo'llash jarayonida o'qituvchi o'quvchilarning grammatik bilimi va so'z boyligini yana bir bor sinovdan o'tkazadi. Masalan o'qituvchi doskaga «go» fe'lini yozadi. Tanlangan o'quvchi esa uni sodda gapga aylantiradi. Masalan «I go» yoki «he goes», «go to school» va shu tariqa keyingi tanlangan o'quvchilar bu gapni ketma-ketlikda davom ettiradilar. Bu misolni quyidagi matnda ko'rib chiqamiz:

O'qituvchi: - go

1. O'quvchi: - go to school

2. O'quvchi: - go to school said my father

Bu misollar ketma-ketligini ta'minlash, eng avvalo, o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishlariga bog'liq. Bu metodni o'qituvchi guruhlar misolida ham qo'llasa bo'ladi. O'quvchilarni o'qituvchi ikkita guruhga bo'lib, ularga ikkita fe'lni doskaga yozdiradi va har bir guruh qatnashchilari navbat bilan fe'lni gapga aylantirib, gaplar ketma-ketligini davom ettiradilar. Gaplarning grammatik jihatdan to'g'ri ishlatilganligi va so'zlarning to'g'ri yozilishi o'qituvchi tomonidan nazoratga olinadi va ular umumlashtirilib baholanadi. Eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan o'quvchilar o'qituvchi tomonidan o'rnak qilib ko'rsatiladi va rag'batlantiriladi.

Bu kabi metodlardan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin va ulardan xorijiy til darslarida unumli foydalanilsa bo'ladi. Bulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, o'qituvchi o'z darsiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni qanchalik ko'p darajada olib kirsa, ularni ta'lim mazmuniga singdirib, o'z o'rnida foydalansa va o'zi ham bunday metodlarni yanada rivojlantirib, yangidan-yangi innovatsiyalar kashf qilsa, ana shundagina u ko'zlagan natijaga erishadi.

XULOSA

Demak, «O'qituvchi chet tili darslarini pedagogik texnologiyalardan foydalanib shunday tashkil etsinki, u samaraga erishsin». Bu esa o'z navbatida yuqori kompetensiyaga erishgan o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liqdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bizga ma'lumki, xorijiy tillarni o'rganishga nisbatan eng qulay bo'lgan davr 5-8 yosh bo'lib, bu davrda bola tomonidan o'z ona tilini o'rganish tizimi to'liq o'rganilgan bo'lib, xorijiy tilni egallashga ongli ravishda yondashadi, atrofdagilar bilan xorijiy tilda aloqaga kirishish unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Bolalikda xorijiy tillarni o'rganish jarayoni orqali rivojlanadigan layoqatlar bolaning kommunikativ qobiliyatlari rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'n yoshdan so'ng, xorijiy tillarni o'rganuvchi bolalarning faqat 5 foizigina so'zlarni to'g'ri talaffuz etishi mumkin. Shuning uchun ham xorijiy tillarni o'rganishni erta boshlash samarali hisoblanadi. Ta'lim samaradorligiga erishish uchun bugungi xorijiy til o'qituvchisiga quyidagi talablar qo'yiladi:

1. Yuqoridagi sinflarni o'zida mujassamlashtirgan o'qituvchi yetarli bilim, ko'nikma, malakaga ega bo'lishi, pedagogik texnologiyalarning mohiyatini aniq bilishi.

2. Ta'lim jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining yoshiga xos pedagogik, psixologik individual xususiyatlarni hisobga olib pedagogik texnologiyalarni qo'llash.

3. O'qituvchining fazilatlaridan biri u o'z fanini yuqori saviyada bilishi ta'lim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, natijaga erishish.

4. O'qituvchi kasbiga oid talablardan biri bolalarni sevishi, ularning hayoti bilan qiziqishi, pedagogik texnologiyani qo'llash orqali ularning xorijiy tilga nisbatan mehrini uyg'otishdan iborat bo'lishi lozim.

Demak, xorijiy tilni pedagogik texnologiyalar orqali o'qitish yoshlarni kelajakda mustaqil fikrga ega barkamol avlod bo'lib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PK-1875-sonli qarori. // «Xalq so'zi» gazetasi, 11.12.2012 y., 240 (5660)-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi «Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo'yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida»gi 124-sonli qarori. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 20-son, 251-modda.

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: «Ma'naviyat», 2008.

4. Jumanazarov I.I. Chet tili darslarida pedagogik texnologiyalarni tashkil etish - dolzarb muammo. / «Boshlang'ich ta'lim sifati va samaradorligini oshirish: muammolar, yechimlar» mavzusidagi Respublika amaliy konferensiyasi. - T.: 2014.

5. Kenjaboyev A. Pedagogik texnologiyalar - dars samaradorligining muhim omili. - T.: «Navro'z», 2012.

6. Kenjaboyev A. Pedagogik mahorat asoslari. - T.: «Navro'z», 2012.

7. Kenjaboyev A., Salomova G., Sohibov B. Masofaviy o'qitishning pedagogik asoslari. // «Zamonaviy ta'lim», 2014, 10-son. -3-7-b.

8. Kenjaboyev A., Kenjaboyev J. Tarbiya texnologiyasi va uning dolzarbligi. // «Zamonaviy ta'lim», 2015, 4-son. -61-64-b.

9. Saidaxmedov N. Pedagogik texnologiyalar. - T.: «Fan», 2006.

10. Tolipov U.K., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. - T.: «Fan», 2006.

11. Feberman B. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: «Fan», 2000.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

12. Xudoyqulov X.J., Kenjaboyev A. Zamonaviy pedagogik texnologiya ta'lim samaradorligining asosidir. - T.: «Navro'z», 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.