Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O'QITISHDA O'QITUVCHINING ROLI'

CHET TILLARINI O'QITISHDA O'QITUVCHINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
771
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Chet tillari / o`qituvchi / o'quvchi / zamonaviy texnologiya / metodika / xorijiy tillarni ommalashtirish to'g'risidagi qaror / ta`lim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Osiyo Yormuhammad Qizi Shukurova, Nafisa Raimovna Kobilova

Ushbu maqolada chet tillarini o`rganishda o`qituvchilarning o`rni va ahamiyati qay darajada ekanligi ,zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars o`tish metodikasi, o`rgatish jarayonidagi samarali usullardan foydalangan holda o`rganuvchilarni dars mashg`ulotlariga jalb qilish kabi faoliyatlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O'QITISHDA O'QITUVCHINING ROLI»

CHET TILLARINI O'QITISHDA O'QITUVCHINING ROLI

Osiyo Yormuhammad qizi Shukurova

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Ilmiy rahbar: Nafisa Raimovna Kobilova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada chet tillarini o'rganishda o'qituvchilarning o'rni va ahamiyati qay darajada ekanligi ,zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars o'tish metodikasi, o'rgatish jarayonidagi samarali usullardan foydalangan holda o'rganuvchilarni dars mashg'ulotlariga jalb qilish kabi faoliyatlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Chet tillari, o'qituvchi, o'quvchi, zamonaviy texnologiya, metodika, xorijiy tillarni ommalashtirish to'g'risidagi qaror, talim

Jadal suratlarda rivojlanib borayotgan zamonda yashar ekanmiz, davr talabiga mos darajada bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish va ularni amaliyotda qo'llash orqali yuqori natijalarga erishish va shuningdek, mamlakat taraqqiyotiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim. Buning uchun esa bizdan e'tibor, harakat va albatta bilim olishga bo'lgan qat'iyatliylik talab etiladi. Shuningdek, yurtimiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida bugungi kunda ta'lim sifati va o'quvchilarning o'zlashtirish samaradorligida ijobiy natijalar ko'zga tashlanmoqda. Zero, "Yoshlikda olingan bilim - toshga o'yilgan naqsh kabidir", — deydi dono xalqimiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvlarida g'oliblikni qo'lga kiritayotgani soha rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning to'g'ri yo'lga qo'yilganidan darak beradi. Ayniqsa, bolalarga chet tillarini yanada chuqurroq o'rgatish bugungi kunda zamon talabiga aylandi. Shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz kerakki, chet tillarini o'rganish va uni ommalashtirish to'g'risida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning qarorlari mavjud:

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI XORIJIY TILLARNI O'RGANISHNI OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorining:

1-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi (keyingi o'rinlarda — Agentlik) hamda Agentlikning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilganligi;

2-bandiga muvofiq Agentlik va uning vakillari O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o'qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, Xalq ta'limi vazirligi va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimining 39 ta shtat birligi hisobidan tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar bo'ladi:

- aholi orasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o'zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o'qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta'limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o'qituvchilarda zamonaviy o'qitish ko'nikmalarini rivojlantirish;

- hududlar, tarmoqlar va ta'lim muassasalarining xorijiy tillarni o'zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori bo'lgan xorijiy tillarni o'qitishni tashkillashtirish;

- xorijiy tillarni o'qitish sohasida «bog'cha-maktab-oliy ta'lim tashkiloti-korxona» tamoyilidagi uzluksiz ta'lim zanjirini joriy etish maqsadida aholining barcha qatlamlariga mos bo'lgan tilni o'rganish bo'yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;

va bundan tashqari yana ko'plab chora-tadbirlarni amalga oshirish to'g'risida muhim topshiriqlar keltirilgan. Qarorda ta'kidlab o'tilganidek o'qitish tizimiga katta ahamiyat beriladi. Bundan kelib chiqib shuni aytishimiz joizki, o'quvchilarning, umuman olganda til o'rganuvchi barcha shaxslarning o'rganish darajasi va yoki o'rganish davomidagi qiziqishning asosiy qismi o'qituvchiga bog'liq. "Nima uchun o'qituvchi o'quvchining o'rganish jarayonida katta rol o'ynaydi?" - degan savol tug'ilishi tabiiy. Bunga sabab shuki, hozirgi zamonaviy davrda ma'lum bir narsani o'rganish uchun internetdan istalgan ma'lumotni topa olish mumkin va Bepul darsliklardan foydalanib o'rganilsa bo'ladi, biroq "O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas" deganlaridek, mamlakatimizda bog'cha va maktab davridan boshlab o'qituvchining ijobiy ma'nodagi bosimi natijasida bolalar bilim olishadi, natijada aholi o'rtasida ingliz tilida aytganda "self study" ya'ni "o'zi o'qish" ko'nikmasini hosil qilish va uni amalga tatbiq etish biroz mushkul. Bundan kelib chiqyaptiki, mamlakatimizda til o'rganish jarayoni asosan o'qituvchiga ya'ni uning bilim va tajribasiga,shu bilimlarni o'quvchiga qay darajada

oson va qiziqarli o'rgatishiga, shuningdek til o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni yanada rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalardan va metodikadan foydalanishga bog'liq. Til o'rganuvchilarning asosiy qismini bog'cha bolalari yoki maktab o'quvchilari tashkil etishini hisobga olgan holda, ya'ni barchamizga ma'lum bog'cha yoshidagi bolalar o'yinqaroq bo'ladi va maktab o'quvchilari ham bundan mustasno emas va yoki o'smir yoshidagi o'quvchilarni ham dars jarayonlariga jalb qilish uchun o'qituvchidan katta mahorat talab etiladi. Masalan, ularni chet tillariga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida o'qituvchi ularning qiziqishidan kelib chiqib turli xil o'yinlar orqali o'rgatadi, o'sha til davlatining atmosferasini ertaklar orqali yaratadi. Bolalar esa ertak yoki multfilm qahramonlari rolini ijro etadi, o'sha tilda gapirishga harakat qiladi va ular o'zlarini haqiqatdan ertak yoki multfilm qahramonlari deb hisoblaydi. Natijada ularda katta ehtimol bilan tilga bo'lgan qiziqish ortib boradi. O'qituvchi darslarni qiziqarli o'tishi, ularni tilga qiziqtirishi uchun undan nafaqat zamonaviy metodikalarni bilishi, shuningdek, rivojlangan zamonda zamonaviy texnologiyalar ham kerak bo'ladi. Chet tili fani to'rt aspectga (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har bin bo'yicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:

- kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin;

- chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyadagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;

- ancha an'anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;

- CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi. Bugungi kunda maktablarda interfaol o'yinlar orqali dars o'tish an'anaga aylanib bormoqda. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va

ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlarini ta'minlaydi. O'yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o'quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda barqaror o'rnini topish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o'yin zamirida umumiy qabul qilingan ta'lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O'quv o'yinlariga o'quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O'yinlar jarayonida o'quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg'ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko'rsatadi. Ta'kidlash lozimki, o'yin eng avallo, o'qitishning bir usulidir. O'quvchilar o'yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g'alaba qozonishga intiladilar, o'qituvchi ular orqali o'quvchiga ta'lim-tarbiya ham beradi. O'quvchi inglizcha o'yin o'ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Shuning uchun o'qituvchi har bir mavzuga mos tarzda turli xil o'yinlar tayyorlaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, deyarli barcha tarixiy buyuk shaxslarning avtobiografiyasida ularning o'z ustozlari bo'lgan. Ana shuning uchun ham ular ko'plab marralarga erishgani manbalarda qayd etilgan. Hozirgi davrda ham ko'plab mashhur shaxslarning va yosh bo'lishiga qaramasdan ko'plab yutuqlarga erishgan yoshlarning suhbat jarayonlarida qaysi kasb yoki yo'nalishni tanlashdan qat'iy nazar har bir shaxsning ustozi bo'lishi kerak deb maslahat berishadi. Sabab juda ham oddiy o'qituvchi o'quvchini yo'naltiradi, o'rgatadi, xatolarini ko'rsatib tushuntiradi va maslahatlar beradi. Demakki, agar chet tilini o'rganish jarayonida ham o'qituvchi bo'lmasa, o'quvchilar o'zlarining qachon qayerda xato qilganlarini topishi, nima uchun u xatoni qilgani, u xatoni qanday qilib takrorlamasligini bilishi mushkullashadi. Bundan tashqari, yuqorida ta'kidlanganidek o'quvchi o'rganadigan narsalarni, yodlayotgan xorijiy so'zlarini, bajarayotgan mashqlarini ko'pincha o'qituvchi tekshirgani uchun ko'proq mas'uliyat bilan yondashib o'rganadi. Shuning uchun o'qituvchi nafaqat chet tillarini o'rganishda, shuningdek har bir yo'nalishda, har bir ta'lim javhasida judayam katta rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. "INGLIZ TILI DARSLARIDA QO'LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR" (uslubiy qo'llanma), Navoiy, 2006, 40 bet;

2. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. "CHET TILINI O'QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH" Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005 O'.Hoshimov, I. Yoqubov. "INGLIZ TILI O'QITISH METODIKASI" (o'quv qo'llanma) Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2003;

3. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil OTaöoeBa, M. P. Chet tilini

o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi;

4. Kobilova N.R., Bagapova G. V. "Nofilologik oliy o'quv yurtlarida xorijiy til ta'limni takomillashtirishda didaktik materiallardan foydalanish" Fan va jamiyat. Nukus. 2019 (№4) 185-189 betlar

5. https://lex.uz;

6. www.samdchti.uz;

7. algoritm-centr.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.