Научная статья на тему 'ESP O’RGANUVCHILARIGA XORIJIY TILNI O’QITISH METOD VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI'

ESP O’RGANUVCHILARIGA XORIJIY TILNI O’QITISH METOD VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

578
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
usul / texnik / viki / veb-qidiruv / ESP

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Axmad Sabijonovich Baisov

Ushbu maqolada mutahasisligi xorijiy til bo‟lmagan talabalarga mutahasislik fanini xorijiy tilda o‟qitish metodlari hamda inovatsion texnologiyalar yordamida o‟rgatish usullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESP O’RGANUVCHILARIGA XORIJIY TILNI O’QITISH METOD VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI»

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ESP O'RGANUVCHILARIGA XORIJIY TILNI O'QITISH METOD VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

Axmad Sabijonovich Baisov

Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillan kafedrasi

[email protected]

ABSTRACT

Ushbu maqolada mutahasisligi xorijiy til bo'lmagan talabalarga mutahasislik fanini xorijiy tilda o'qitish metodlari hamda inovatsion texnologiyalar yordamida o'rgatish usullari yoritilgan.

Kalit so'zlar. usul, texnik, viki, veb-qidiruv, ESP

KIRISH

Bugungi kunda turli sohalar kesimida o'rganish hamda o'rgatishni takomillashtirish chora tadbirlari keng yo'lga qo'yilmoqda.O'tgan asrning 60 -yillaridan boshlab, ESP birinchi marta ingliz tilini chet tili sifatida o'rgatishning alohida yo'nalishi sifatida tilga olinganligi keyinchalik shu doirada o'qitishning bu jihati sezilarli darajada rivojlanishini kuzatish mumkin shu sababli professional maqsadlarda ingliz tilini o'qitish etakchi o'rinni egalladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Yurtimizda Xorijiy tillarni o'rganish va o'qitishga bo'lgan e'tibor chetta qolayotgani yo'q misol tariqasida ko'rishimiz mumkinki. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijiy tillarni o'rganishni olmashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida qarorining amalda tadbiq etilishi shundan dalolat beradiki, yurtimizda chet tilini o'rganish va o'qitishga bo'lgan talab yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori imzolandi va amalda tadbiq qilina boshlandi, unga ko'ra xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo'yicha tashkiliy ishlar samarali amalga oshirishirilyapti, jumladan, 2024/2025 o'quv yiliga qadar davlat oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o'qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishini taminlash xorijiy tillarni o'qitishni raqamlashtirish, sohaga zamonaviy axborot-

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. Ushbu qarorga muvofiq olib borilayotgan sa'y harkatlarni keltirib o'tish mumkin:

a) hududlardagi IT-markazlarda yoshlarni xorijiy tillarga onlayn o'rgatish kurslarini yo'lga qo'yish hamda ularga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llashda ko'maklashish;

b) ta'lim berish jarayonida o'qitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalari asosida tashkil etish ta'lim tashkilotlarini o'quv jarayonlariga keng jalb qilish;

• ta'lim tashkilotining o'quv vositalariga oid shartlarini qayta ko'rib chiqib, o'qitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalariga oid alohida talablarni belgilash;

• ta'lim berish jarayonini tan olingan xorijiy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish;

• ta'lim berish jarayonini avtomatlashtirilgan dastur va videokurslar orqali masofaviy (onlayn) tarzda olib borish imkonini inobatga olish;

• ta'lim berish jarayoniga ayrim sohalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishida pedagog kadrlar bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalarga ega shaxslarni ham jalb etish imkonini yaratish to'g'risida qaror qabul qilindi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tadbiq etish chora tadbirlari to'grisida" gi 395 -sonli qaroriga muvofiq, 2019-2020-oquv yilidan boshlab Oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida ingliz tili uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi:

- test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg'ur, ital'yan, yapon tillari) (keyingi o'rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikat (keyingi o'rinlarda milliy sertifikat deb ataladi) yoki xalqaro sertifikat International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori darajalariga ega bo'lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

- test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy)bo'lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bundan

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning International English Language Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori darajalariga ega bo'lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Hozirgi kunda ESP nazariyasi bo'yicha ko'plab monografiyalar mavjud , ESP talabalariga o'qitish metodikasi ham ishlab chiqilgan, turli tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta'kidlash joizki, mamlakatimizdagi mansabdor shaxslar dunyoda yuz berayotgan rijovlanish davrida oliy o'quv yurtlarini tamomlayotgan har bir talaba kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilishi kerak degan fikirni ilgari surishyapti. Ammo yurtimizdagi oliy ta'lim dargohlarini filologiya (xorijiy til) yo'nalishini tamomlayotgan talabalarning aksariyat qismi xorijiy tilini bilish darajasi boshqa yo'nalishda taxsil olayotgan talablarnikidan farq qiladi ularning deyarli teng yarimi til bilish sertifikatlariga ega emas. Sababi talabalarga xorijiy tillarni o'rgatishga yo'naltirilgan yagona chet tili dasturi mavjud emasligini hisobga olgan holda yangi o'quv dasturini ishlab chiqish muammosi yuzaga kelmoqda. Biroq professor S.G. Ter-Minasova tomonidan dastur ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu dastur oliy ta'limda xorijiy tilni o'qitishni modernizatsiya qilish bo'yicha zamonaviy hujjatlarda qayd etilgan qoidalarga asoslanadi:

• Chet tilini bilish oliy o'quv yurtida mutaxassislar tayyorlashning ajralmas qismi hisoblanadi.

• Chet tillari kursi ko'p bosqichli bo'lib, o'qish faoliyati jarayonida rivojlangan.

Biz ESP sinfida qo'llaniladigan usulni tanlaganimizda, o'quvchilarimiz,

guruhimiz haqida o'ylashimiz va bitta uslubni o'quv materiallarimizga moslashtirishimiz kerak.

Ta'lim jarayonida ESP guruhidagi talabalariga mavzu mazmuni ingliz tilida qanday ifodalanganligi ko'rsatish, o'quvchilarning mavzu bo'yicha bilimlaridan maksimal darajada foydalanishi mumkin, bu ularga ingliz tilini tezroq o'rganishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda, afsuski, ESP o'qituvchisida guruhda talabalar bilan ishlash uchun yetarlicha materiallar mavjud emas shu bois ESP mutaxassislarining ko'pchiligi o'quvchilarining aniq maqsadi va ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan ESP o'quv materiallaridan foydalanadilar. Matnni formatlash va "viki"

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

belgilash yordamida yaratilgan turli ob'ektlarni kiritish matnlarni tahrir qilish yo'li bilan o'rganuvchilar uchun o'quv materiallarini yaratadi shuningdek matn, gipermatn va fayllarni, shu jumladan multimediyali Vikislarni birgalikda ishlab chiqish, saqlash, tuzish imkoniyatini yaratadi hamda o'quvchilar bilan darsda ham, mustaqil ravishda ishlashni ham jozibador qiladi. Bundan tashqari, Internetda o'quvchilar bilan ishlaydigan va ma'lum bir ta'lim topshirig'ini bajaradigan Web Quest sayti ham mavjud. Ushu sayt topshiriqlardan iborat bo'lib, ikki turga ajraladi yani bilimlarni to'ldirish va ularni keyinchalik birlashtirish maqsadida qisqa muddatli ish faoliyati uchun ko'maklashadi. Odatda ular bir yoki uch seans uchun mo'ljallangan bo'lib ko'p yillar davomida talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish va o'zgartirish uchun yo'naltirilgan. Bunday veb -topshiriqlar uzoqroq muddatga mo'ljallangan bo'lishi mumkin - ehtimol semestr yoki o'quv yili so'ngigachan mo'ljallangan bo'lishi mumkin. O'quv veb -topshiriqlarining o'ziga xos xususiyati shundaki, talabalarning yakka yoki guruhda ishlashi uchun ma'lumotlarning bir qismi yoki bir necha qismi har xil veb -saytlarda joylashgan bo'lib ularning guruh bilan ishlash faoliyatini yaxshilashga, mavzuga aloqador yangi ma'lumotlarni topishga yordam beradi. Veb-qidiruv texnologiyasi talabalarda quyidagi ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi:

• kasbiy vazifalarni bajarish uchun IT-echimlardan foydalanish (shu jumladan, kerakli ma'lumotlarni topish, kompyuter taqdimotlari, veb -saytlar, yangi -videolar, ma'lumotlar bazalari ko'rinishidagi dizayn natijalari);

• jamoaviy ishlash (rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o'zaro yordam va o'zaro nazorat);

• muammoli vaziyatni hal qilishning bir necha usullarini topa olish

• Notiqlik mahorati, chunki biz loyihani ochiqchasiga himoya qilishimiz, savollarga javob berishimiz yoki munozaralarda qatnashishimiz kerak.

Ta'kidlash joizki, ESP o'qituvchilari yangi texnologiyalarni qo'llash bo'yicha doimiy qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Ajablanarlisi shundaki, yosh o'qituvchilar ko'pincha yangi texnologiyalarni namoyish etishda yaxshiroq natijalar ko'rsatadi, shuning uchun ular o'z sinflarida ushbu yangi texnologiyalarni joriy etishga harakat qilayotgan yoshi katta o'qituvchilar uchun ajoyib o'qituvchi bo'lishlari mumkin. Buning uchun chet tillari kafedrasi o'quv jarayonida texnika va texnologiya yutuqlarini namoyish etish uchun ilmiy -uslubiy seminarlar va mahorat darslarini o'tkazishi kerak. Guruh muhokamalari va loyiha ishlari ham ESP talabalari bilan ishlash hamda o'rganishning samarali shakllari hisoblanadi.

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Ehtiyojlarni tahlil qilish (ETQ) odatda ESPda talabalarning ehtiyojlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Ehtiyojlar tahlilisiz muvaffaqiyatli natijani kutish mumkin emas. Albatta. Biz nima uchun ehtiyojlarni tahlil qilayotganimizni, qanday ehtiyojlarni qondirishni va bu qanday amalga oshirilishini bilishimiz kerak.

Braun (2016) o'quvchilardan ma'lumotlarni yig'ish juda muhimligini ta'kidlaydi.

Xatchinson va Uoters (1987) fikriga ko'ra ehtiyojlarni tahlil qilishning ikki turi mavjud:

a) maqsad ehtiyojlar (maqsadli vaziyatda o'quvchi nima qilishi

kerak)

b) o'rganish ehtiyojlari (talaba nimani qanday o'rganish uchun hamda biror narsa qilishi kerakli uchun qaratilgan). Chet tilini o'rganishga bo'lgan ehtiyojlar tahlilga tortilganda quyidagicha jadval ko'rinishida namoyon bo'ladi:

Ehtiyojlarni tahlili

Muassasa ehtiyoji O'rganish ehtiyoji Maqsadli ehtiyojlar

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ehtiyojlarni tahlil qilish ma'lum bir rolni bajarish uchun o'quvchiga qanday til ko'nikmalari kerakligini bilish uchun qaratilgan hamda o'quvchilar nimalarga qodir va ular nimaga qodir bo'lishi kerakligi o'rtasidagi farqni aniqlash va bilish uchun xizmat qiladi. Ehtiyojlarni tahlil qilish bizga o'quvchilarning ehtiyojlari haqida yaxshi tasavvur beradi va biz qanday qilishimiz mumkinligi , ularni qanday baholashimizga yordam beradi .

Ushbu maqolada ESP talablari uchun qo'llaniladigan metodlarni o'rganishga harakat qilindi. Ammo amin bo'lindiki Prabhu aytganidek ESP talabalariga chet tilini o'qitishning eng yaxshi metodi mavjud emas degan fikriga. ESP o'rganuvchilari uchun har qanday usulni kontekstga muvofiq sinfda foydalanish uchun tanlash mumkin. Biroq tan olish kerakki usullar va yondashuvlar ehtiyojlar tahliliga qarab o'zgaradi, shu jumladan o'quvchi turlari va qaysi sohaga qiziqishida ham o'zgaradi shu bois o'rganuvchilar ehtiyoji hamda qiziqishiga qarab maqbul metodlarni yaratish ularni talabalar orasida keng joriy etish lozim deb hisoblayman. ESP o'rganuvchilari uchun har qanday usulni kontekstga muvofiq sinfda foydalanish uchun tanlash mumkin

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

REFERENCES

1. Hutchinson, T., Waters, A. English for Specific Purposes: A Learning-centred Approach,CUP, Cambridge, 1987.

2. Brown, J. D. Introducing Needs Analysis and English for Specific Purposes. Routledge, Oxon .

3. Tom Hutchinson & Alan Waters. English for Specific Purposes. - Cambridge University Press, 2006. - Р. 9-15.

4. Общеевропейские компетенции владения иностранным языком: изучение, преподавание, оценка. - Страсбург: Cambridge University Press, 2001; М.: МГЛУ, 2003.

5. Graddoll D. English next. URL: http://www.britishcouncil.org/learning-research-english-next.pdf.

6. Seidlhofer B. URL: https: //www.univie.ac. at/vo ice/.

7. Barnard, R. and Zemoch. D. „Materials for specific purposes". In B. Tomlinson (Ed.), Developing Materials for Language Teaching. London: Continuum. 2003.

8. Toliboboeva, S. J. (2020). OBJECTIVATION OF EMOTIONAL-SENSITIVE WORLD IMAGE IN ENGLISH LITERATURE. Теория и практика современной науки, 7, 23-26.

9. Yusupova, M. A. (2020). Psychological aspects of teaching foreign languages. Academic research in educational sciences, 3.

10. Aminova, S.A., Umida, J. (2021). THE USE OF METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGE PROCESS. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. ARES, 2 (4), 1918-1921.

11. Ashirbaeva, A. (2020). Effectual methods of teaching literature. Academic research in educational sciences,(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.