Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA ONLAYN TA’LIMNING YUTUQ VA MUAMMOLARI'

XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA ONLAYN TA’LIMNING YUTUQ VA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

695
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tili / masofadan o‟qitish / zamonaviy texnika / metod atamasi / online-maktab loyihasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dinora Ismoil Qizi O’rinboyeva

Ushbu maqolada chet tillarini o‟qitishda onlayn ta‟limning ta‟lim sohasidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli eʼlon qilingan karantin davrida 6,2 mln.ga yaqin oʻquvchilarning bilim olishi, 2019-2020 oʻquv yilining toʻrtinchi choragida belgilangan fanlar boʻyicha mavzularni oʻzlashtirishlari uchun Online-maktab loyihasi yo`lga qo`yilishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA ONLAYN TA’LIMNING YUTUQ VA MUAMMOLARI»

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA ONLAYN TA'LIMNING YUTUQ VA

MUAMMOLARI

Dinora Ismoil qizi O'rinboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti

Xorijiy til va adabiyot yo'nalishida 2-kurs talabasi Ilmiy maslahatchi: Shamirzayeva Zarifa Xudoyorovna E-mail: elmurodorinboyev51 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada chet tillarini o'qitishda onlayn ta'limning ta'lim sohasidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli e'lon qilingan karantin davrida 6,2 mln.ga yaqin o'quvchilarning bilim olishi, 2019-2020 o'quv yilining to'rtinchi choragida belgilangan fanlar bo'yicha mavzularni o'zlashtirishlari uchun Online-maktab loyihasi yolga qo'yilishi.

Kalit so'zlar: chet tili, masofadan o'qitish, zamonaviy texnika, metod atamasi, online-maktab loyihasi.

ACHIEVEMENTS AND CHALLENGES OF ONLINE LEARNING IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES

ABSTRACT

This article discusses the importance of online learning in foreign language teaching. During the quarantine period announced in the coronavirus pandemic, an online school project will be launched to educate about 6.2 million students and teach them subjects in the fourth quarter of the 2019-2020 school year.

Keywords: foreign language, distance learning, modern technology, method terminology, online school project.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, 2019- yilda butun dunyoda moliyaviy inqiroz vujudga keldi. Bunga sabab COVID-19 virusi bo'ldi. Shu bilan birga butun dunyodagi barcha oliy ta'lim muasssalarida talabalarning ta'lim olish davomiyligini ta'minlash maqsadida masofaviy ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish yo'lga qo'yildi. Chet tillarni o'rganish miyangizni o'stiradi. Tadqiqotlar, siz necha yoshda bo'lishingizdan qat'iy nazar, boshqa tilni o'rganishning kognitiv afzalliklarini namoyish etdi. Ushbu tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ikki tilli odamlarning miyasi Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 394 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

kattaroq, xotirasi yaxshi, ijodiy, muammolarni hal qiladigan va boshqalar. Ushbu afzalliklar nafaqat ko'proq tillarni o'rganishni, balki hamma narsani o'rganishni osonlashtiradi. Vazifalarni tezda almashtirish qobiliyati, bugungi band bo'lgan ko'p vazifali dunyoda ayniqsa muhimdir. Ikki tilli vazifalar bir tilli hamkasblariga qaraganda ancha tezroq almashinishi va bir vaqtning o'zida ko'plab boshqa vazifalarni bajarishi mumkin. Chet tilini o'rganganingizda sayohat arzonlashadi va osonlashadi. Albatta ko'p insonlar sayohat qilishni hush ko'rishadi. Chet davlatga borganingizda til bilish sizga juda katta foyda beradi. Oddiygina ovqatlanishga borganda o'zingiz istagan taomni bemalol tushuntira olasiz. Chet tilni o'rganish ish topish uchun dunyo ochadi. Hech kimga sir emaski, chet tilini o'rganish ish bilan ta'minlash istiqbollarini yaxshilashi mumkin. Har qachongidan ham ko'proq kompaniyalar dunyoning bir necha, ko'pincha o'nlab mamlakatlarida ish olib bormoqdalar, ammo ular hech bo'lmaganda bitta chet tilini tushunadigan odamlarni ishga yollamasdan buni qila olmaydilar. Hatto kichik mahalliy kompaniyalarda ham ikkinchi tilda gaplashish qobiliyati sizni boshqa ish oluvchilardan ajratib qo'yishi ehtimoli katta. Chet tilini o'rganayotganda yangi do'stlar orttirish imkonini ochadi. Yangi va qiziqarli odamlar bilan tanishish va umrbod do'stlikni rivojlantirish, albatta, intilishga arziydigan maqsadlardir va boshqa tilni o'rganish bu jarayonni tezlashtirishning ishonchli usuli hisoblanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Til bizning his-tuyg'ularimizni, istaklarimizni ifoda etishga va atrofimizdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishda yordam beradi va mazmunli munosabatlarni shakllantiradi. Chet tilni o'rganish sizni ko'proq ochiq fikrlashga undaydi. Chet tilni o'rganish va mutlaqo yangi madaniyat va dunyoqarashga singib ketish - ochiq fikrlaydigan, tushunadigan, bag'rikeng shaxsga aylanishning eng ishonchli usuli va bu mutlaqo bebahodir. Dunyoni boshqa nuqtai nazardan ko'rish va siz va boshqalar qayerdan kelganingizni tushunish hayoliy, ko'zni ochadigan tajriba. Chet tillarni o'rganish o'z tili va madaniyatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Chet tilni o'rganish aslida sizga teskari psixologiyani jalb qilishi va o'z ona tilingiz va madaniyatingizni yaxshiroq tushunishingizga imkon beradi. Bu chet tilini o'rganishning eng kutilmagan afzalliklaridan biridir. Siz nafaqat madaniy urf-odatlar, balki birinchi tilingizning grammatikasi, so'z boyligi va talaffuz uslublari to'g'risida ham ancha xabardor bo'lasiz. Zamon ilgarilab borgani sari har bir sohada yangilik ko'paymoqda. Til o'rgatishda ham turli uslublar paydo bo'lmoqda.

Ingliz tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyati va darajasi, yoshidan kelib

chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o'quvchilar Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 395 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

boshlang'ich bosqichda o'qitish, o'rta bosqichda o'qitish, yuqori bosqichda o'qitish asosida guruhlarga bo'linadi. Har bir bosqich uchun o'qituvchi tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi. Boshlang'ich bosqichda talaffuzga muhim e'tibor beriladi. Harmerning ta'kidlashicha, suhbat davomida ona tilini biladiganlardan birinchi talab-bu talaffuz. O'quv jarayononing boshlanishida o'qituvchi asosiy e'tiborni o'quvchining talaffuziga qaratishi kerak. Native speakerlar agar so'zlovchi so'zlarni to'g'ri talaffuz qilsa nutqni grammatik xatolar bilan ham tushunishlari mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Shuning uchun o'qitishda dastavval asosiy e'tibor talaffuzga qaratiladi. Bunda native speakerlarning turli xil audiolaridan faydalanish yaxshi natija beradi. Shuningdek boshlang'ich bosqichda og'zaki nutqqa va o'qish texnikasini o'stirishga katta e'tibor beriladi. Bunda chet tilini o'qitishning nutq faoliyati turlari bo'yicha ko'rib chiqadigan bo'lsak, ularni o'rgatishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur: Chet til o'qitish metodi - deyilganda chet til o'rgatishning amaliy, umumta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta'minlovchi muallim va o'quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi ta'lim usullari yig'indisi va ta'limning yo'nalishi ma'nolarida qo'llanadi. Birinchisi ta'lim nazariyasida jarayon metodlar ma'nosida ishlatilsa, ikkinchi ma'noda uni o'qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, chet til o'qitishning tarjima metodi, tog'ri metod, ongli- qiyosiy metod, an'anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli e'lon qilingan karantin davrida 6,2 mln.ga yaqin o'quvchilarning bilim olishi, 2019-2020 o'quv yilining to'rtinchi choragida belgilangan fanlar bo'yicha mavzularni o'zlashtirishlari uchun Online-maktab loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 3 ta telekanal orqali videodarslar tasvirga olindi va efirga uzatildi.

Vazirlikka ijtimoiy tarmoqlar orqali ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar tomonidan yuborilgan ko'plab takliflar inobatga olinib, o'quvchilarga maktab va maktabdan tashqari bilim olish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratish, videodarslar yordamida o'qituvchilarning uzluksiz malaka va ko'nikmalarini oshirib borish, videodarslardan mahorat darslari sifatida foydalanish maqsadida muhokamaga qo'yilgan hujjat bilan mamlakatimizda "Online-maktab" loyihasini davom ettirish rejalashtirildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Masofaviy ta'lim olishning afzalliklari va kamchiliklari:

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

■ Siz o'qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug'ullanishingiz mumkin. Aslida masofaviy o'qishni tanlagan abituryentlarning asosiy qismi bu o'z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni xoxlaydiganlardir. Onlayn ta'limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o'qishingiz mumkin;

■ Mablag'ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta'lim darajasi (Internetda yoki boshqa usulda), o'quv markazlaridagi oddiy to'lovdan ko'ra ancha arzonroq bo'lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o'quvchilar uchun onlayn ta'lim-eng to'g'ri yo'l;

■ Vaqtingizni tejang! O'quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta'limda siz istagan yeringizda ma'lumot olasiz;

Agar siz o'zingizni intiluvchan hisoblasangiz, masofaviy ta'limning eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bo'lib o'tiladi. Guruhda ba'zi o'quvchilar tezroq ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta'lim olish usuli samaraliroq;

■ Chalg'ish ehtimoli yuqori. Yuzma-yuz muloqot qilish uchun o'qituvchilar va kutilayotgan topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi sinfdoshlar yo'q. Agar masofaviy o'qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo'lsangiz, o'zingizni g'ayratli va diqqatli qilishingiz kerak;

■ Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu vaziyatda abituriyent ta'lim olishga bo'lgan intilishi so'nishi yoki asabiylashishiga olib keladi.

Siz qay bir yo'sinda ta'lim olishni tanlamang bularning bari siz mukammal bilim olishingingizga ko'maklashadi.

Bir narsani tan olib aytish kerak, yaxshimi-yomonmi, o'zbek ta'lim tizimi bir dovonni bosib o'tdi. Onlayn ta'lim biz uchun imkonsiz jarayondek tuyular, unga o'tishga goh vaqt, goh texnik imkoniyatlarni bahona qilardik. Pandemiya esa bu jarayonni bir necha o'n yil oldinga tezlashtirib yubordi. Internetni tushunmaydiganlar unda ishlashni o'rgandi, turli zamonaviy dasturlar bilan tillashdi. Asosiysi, professor-o'qituvchilar aloxida fidoiylik ko'rsatib mazkur holatni teran anglagan holda darhol ishga tushib ketdilar. Axborot texnologiyalari va masofaviy pedagogik texnologiyalar bo'yicha boy tajribaga ega xodimlardan ishchi gurux tuzilib, professor-o'qituvchilar va talabalarga metodik yordamlar ishlab chiqildi. Prezidentimiz raisligida joriy yil 30 aprel kuni o'tkazilgan yig'ilishda joriy o'quv yilini sifatli yakunlash, xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o'quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o'tkazish, o'quv yuklamalarni va dasturlarni qayta ko'rib chiqish, oliy o'quv yurtlarida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga e'tiborni Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 397 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

kuchaytirish, bosqichma-bosqich masofaviy shaklda pedagoglar malakasini oshirish, dars mashg'ulotlarini masofadan kuzatish kabi masalalarga alohida urg'u berildi. Imtihonlar shaklini soddalashtirish bo'yicha vazifalar belgilandi. Ta'lim metodikasini rivojlantirish va pedagoglar saviyasini oshirish muhimligi ta'kidlandi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, pandemiya vaqtida ta'lim sohasidagi turli muammolar yuzaga chiqdi. Ushbu muammolarni hal etishda o'quv yurtlaridagi talim sifatini oshirish hamda o'qituvchi pedagoglarga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish lozim. Xususan, talaba va o'quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun turli yangi va zamonaviy texnologiyalarni ta'limga joriy etish kerak deb hisoblayman.

REFERENCES

1. ''Science and education'' Scientific Journal

2. ''Xalq ta'limi tizimida onlayn ta'lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida'' qaror

3. Shomansurov Shorasul "Maktabgacha ta'lim jarayonida xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy metodikasi - Xitoy tajribasida" 2018y.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.