Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Shohsanam Qobiljon qizi Mo'ydinova
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
Xorijiy til va adabiyot yo'nalishida 2-kurs talabasi Ilmiy maslahatchi: Zarifa Xudoyorovna Shamirzayeva [email protected]
ABSTRACT
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o'qitishda multimedia va interaktivlik tushunchasi, multimedia resurslari hamda texnologiyalarining xorijiy tillarni o'qitish jarayonidagi ahamiyati hamda multimedia texnologiyalarining pedagogikadagi o'rni to'g'risida gap boradi.
Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, memex, multimedia vositalari, multimedia mahsuloti, grafik va tovush redaktorlari,multimediali taqdimot.
THE IMPORTANCE OF MULTIMEDIA TECHNOLOGIES IN TEACHING
FOREIGN LANGUAGES
ABSTRACT
This article discusses the concept of multimedia and interactivity in foreign language teaching, the importance of multimedia resources and technologies in the process of teaching foreign languages and the role of multimedia technologies in pedagogy.
Keywords: information technology, memex, multimedia tools, multimedia products, graphics and sound editors, multimedia presentation.
KIRISH
Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi proffessionl ta'limning
ajralmas qismlaridan biri bo'lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet
ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli, ularda
til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy
ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bunday bilimlarni insonlar dastlab
maktab, kollej, litsey, keyinchalik institutlarda, o'quv kurslarida yoki mustaqil
ravishda xorijiy tilni o'rganishga yordam beruvchi asosiy ma'lumot to'plamlari
bilan tanishgan
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 322 www.ares.uz
Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
holda o'rganadilar. Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturl arini yechishga qodir bo'ladi. Shu munosabat bilan o'qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Kompyuter, telefonlardagi til o'rgatuvchi programmalar ham boshlang'ich va o'rta bosqichda til o'rgatishga yaxshi yordam beradi. Talk (English speaking practice),Daily English, Learn English (English master), How to speak real
English kabilarni misol qilsak bo'ladi. Bu programmalar shunday tuzilganki, ularda reading(o'qish), listening(eshitish), test bo'limlarining barchasi o'rin olgan.O'rganilgan yangi so'zlarni telefon diktafoniga yozdirib bo'sh vaqtlarda eshitish takorlash uchun yana bir yaxshi usul.
Bundan tashqari ingliz tilidagi subtitrli filmlarni, multfilmlarni ko'proq ko'rsatish ham til o'rgatishda samarali usullardan hisoblanadishu tilni o'rganishga bo'lgan muhabbatini oshiradi. Multimedia orqali o'qitish tarbiyachiga katta imkoniyatlar beradi.Bunda bolalarning qiziqishini yuqori darajada ko'tarish va ularning e'tiborini uzoq vaqt jalb qilib turish mumkin . Bu orqali bolalarning tilga bo'lgan ko'nikmalarini yanayam ortganini ko'rishimiz mumkin.
Multimedia (multi - ko'p, media - muhit) - bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo'lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko'rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi.Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta'minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o'zaro bog'liqligi bo'lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma'lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo'lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar).
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Multimedia tushunchasi 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tatbiq
etish va ulardan foydalanish muammolari bilan shug'ullanadigan yirik Yevropa
Komissiyasi tomonidan shakllantirilgan.1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush
"MEMEX" nomli xotirani tashkil kilish konsepsiyasini taklif qilgan, bu esa
multimedia texnologiyalarini rivojlanishining g'oyaviy sababi bo'ldi. Bu g'oyaga
ko'ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, ya'ni nomerlar, indekslar yoki alfavit
tartibi bo'yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab amalga oshiriladi. Bu
g'oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gipermatn tizimlari, ya'ni
matnli ma'lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo'lishiga olib
keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlarining (grafika, tovush, video va animatsiya
bilan birgalikda ishlash tizimlari) rivojlanishiga sababchi bo'ldi. Gipermatn va
gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo'nalishining kelib Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 323 www.ares.uz
Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
chiqishiga olib keldi. Shunday qilib multimedia o'z ichiga gipermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ammo 80 - yillar oxirida multimedia texnologiyalariga qiziqish mashxur amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog'liq. U ("National Art Gallery. London") nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimedia dasturida muzeyning ma'lumot omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli muhitlardan - tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi namoyon qilingan.Aynan mana shu multimedia dasturi o'z ichiga multimedianing uchta asosiy tamoyilini qamrab olgan.
1.Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muxit yordamida ta'svirlash
2.Foydalanuvchi tomonidan "mustaqil qidiruv" asosida dastur chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o'zining mustaqil usullarini qo'llash;
3.Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish.
Multimedia texnologiyasi bir vaqtning o'zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik - axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o'tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.Bu texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta'minlangan dasturiy mahsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy mahsulotlari o'z ichiga interfaol interfeys va boshqarish mexanizmlarini qamrab oladi. Undan tashqari multimedia texnalogiyasidan foydalanuvchi o'zi dizayn bilan shug'ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o'z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga
quyidagilar tegishli: bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma'lumotlarni
saqlash imkoniyati; ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish
imkoniyati. (rejim "lupa"). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha
kattalashtirish mumkin; tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida
ularni qayta ishlash; turli matn, grafika va tovush muharrirlari va kartografik
ma'lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari; "erkin" navigatsiya yordamida asosiy
menyuga, to'liq mundarijaga yoki dasturning istagan joyiga chiqish. Multimedia
vositalari - bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida
muloqotda bo'ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig'indisi.Grafik va tovush Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 324 www.ares.uz
Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Masalan, oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o'lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi. Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo'rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o'lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo'lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o'zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Multimedia texnolologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan taqdimotlar tinglovchi va foydalanauvchilar uchun tushunarli va samaralidir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Multimedia texnologiyasining pedagogikadagi o'rni. Multimedia texnologiyasining tadbiq etish soxalaridan asosiysi keng manoda ta'limdir: ya'ni videoensiklopedia, interaktiv yo'naltirgich, trenajerlar, intellektual o'yinlar, kompyuter o'qitish tizimi va masofaviy ta'lim yo'nalishlaridir. Multimedia tizimini nafaqat oliy va o'rta ta'lim tizimda bundan tashqari malakali mutaxasislar tayyorlash markazlarida, maktabgacha tarbiya korxonalarida ham muvafaqiyatli qo'llash mumkin. Multimedia qurilmalari va dasturlari hamda interaktiv doska bilan ta'minlangan kompyuter tizimi inson faoliyatida va bilim soxalarida sekin asta universal o'qitish yoki axborot vositalari bo'lib qolmoqda. Multimedia platasi o'rnatilgan shaxsiy kompyuterlar amalda deyarli hamma soha bo'yicha universal o'qituvchi va axborot vositalariga aylanadilar. Buning uchun shu soha bo'yicha CD -ROMdan o'qiladigan darslik disklar bo'lishi yetarlikdir.Multimedia texnologiyalari ta'limning turli soxalarida maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda keng miqyosda o'z o'rnini egallamoqda.Multimedia mahsulotlarini pedagogik jarayonda foydalanishning ikki xil yo'lda amalga oshirish mumkin.
1.Bozorda mavjud dasturiy mahsulotlardan o'qitiladigan fan doirasiga mos
keladiganlaridan foydalanish. Tajriba ko'rsatadiki, tanlash masalasi ancha murakkab,
chunki mavjud mahsulotlar o'tiladigan fan dasturiga mos bo'lishi, pedagog
tomonidan qo'yilgan ma'lumotlarning ishonchlilik talablariga, qabul qilinish
darajasiga, to'liqligiga javob bera olishi lozim. Bu esa ko'pgina xollarda mahsulotni Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 325 www.ares.uz
Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
yaratish jarayonida o'rganilayotgan soxadan kerakli bilimga ega bo'lgan mutaxasis-pedagog ishtirok etmaganligidandir.
2.O'qituvchi tomonidan o'qitiladigan fan maqsadiga va ko'riladigan masalalar doirasiga mos multimedia mahsulotini yaratish. Buning uchun fan o'qituvchilari multimedia texnologiyalari bo'yicha malakalarini turli kurslarda oshirishi, shuningdek kompyuter imkoniyatlarini batafsil o'rganib chiqishi, qo'shimcha tasvirlarni ko'rsatish vositalari va interaktiv doskaning imkoniyatlarini bilishlari lozim. Ikkala ko'rsatilgan yo'l multimedia texnologiyalari soxasi bo'yicha yuqori kasbiy bilimga ega bo'lishlikni talab etadi, shuningdek apparat va dasturiy vositalardan samaraliy foydalanish bo'yicha yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lish lozim.Asosan multimedia tizimining ikki turidan foydalanilmoqda: tashqi qurilma to'plamiga ega bo'lgan shaxsiy kompyuter asosidagi va ikki tomonlama axborot almashuvi orqali o'qitishning elektron doskasi (interaktiv doska) proyektor va tizimli blok asosidagi turlari.
REFERENCES
1. Saida Beknazarova, t.f.d, TATU, Islombek Abdullayev, TATU qoshidagi 2-akademik litsey o'quvchisi "Multimedia texnologiyalarining asosiy xususiyatlari"
2. V.Nazarov ."Xorijiy tillarni o'qitishda media va multimedia texnalogiyalarining ahamiyati ". Toshkent 10-iyun 2016 y.
3. Shomansurov Shorasul "Maktabgacha ta'lim jarayonida xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy metodikasi - Xitoy tajribasida" 2018y.
4. http://programmersclub.ru/alar-flash-lesson
Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan
Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz