Научная статья на тему 'BO’LAJAK CHET TILI O’QITUVCHILARINING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INTERNET RESURSLARINING MUHIM AHAMIYAT KASB ETISHI'

BO’LAJAK CHET TILI O’QITUVCHILARINING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INTERNET RESURSLARINING MUHIM AHAMIYAT KASB ETISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / kommunikatsiya / dialog / e-mail / CD / global

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Vazira Ashurovna Abdiyeva

Mazkur maqolada bo’lajak chet tili o’qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini internet resurslari orqali shakllantirish haqida gap ketgan bo’lib, ulardan qay tartibda foydalanilsa maqsadga muvoffiq bo’lishi aytib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK CHET TILI O’QITUVCHILARINING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INTERNET RESURSLARINING MUHIM AHAMIYAT KASB ETISHI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^mverSiieii^^^^^^^ZimilliÄ

BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INTERNET RESURSLARINING MUHIM AHAMIYAT KASB ETISHI

Vazira Ashurovna Abdiyeva

Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bo'lajak chet tili o'qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini internet resurslari orqali shakllantirish haqida gap ketgan bo'lib, ulardan qay tartibda foydalanilsa maqsadga muvoffiq bo'lishi aytib o'tilgan Kalit so'zlar: texnologiya, kommunikatsiya, dialog, e-mail, CD, global

ABSTRACT

This article talks about the formation of the intercultural communication competence of the future foreign language teachers through Internet resources, and it is mentioned that the order in which they are used will be appropriate for the purpose. Keywords: technology, communication, dialogue, e -mail, CD, global

Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o'sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o'zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta'limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda chet tillarni o'qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o'itilishi jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to'rt aspectga (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri bo'yicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy innavatsion

434

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha an'anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; — CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o'rganish va o'qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so'zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo'ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin. Ta'lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to'g'ri, unumli foydalanish, ular orqali o'quvchida chet tiliga bo'lgan qiziqishni orttirish, o'qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta'limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug'iladi va talab ortadi. Bugungi kunda innavatsion ta'lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo'ladi va o'quvchilrning darsga bo'lgan qiziqishlarining ortishi ham ta'minlanadi. Ta'lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta'lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o'qitilishida turli rolli, harakatli o'yinlardan foydalanish ham darsga ham til o'rganishga bo'lgan qiziqishni ortishiga sabab bo'ladi. O'quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o'quvchilarning boshqalar bilan

435

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiq^avlat^edagogika^niViBiiiiH

kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta'lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o'quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so'zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo'ladi. Chet tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davrda, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo'lishiga olib keladi. Innavatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanilganidadir.

REFERENCES

1. Hall E. The Paradox of Culture // In the Name of Life. Essays in Honor of Erich Fromm. New York, 1971.

2. Юсупова, Ф. М. (2021). Об особенностях обучения русскому языку в условиях иного национального окружения. Academic research in educational sciences, 2(6), 1324-1329.

3. E.T. Hall. The silent language. - New York: Anchor Books, 1990.

4. Xushmurodova Sh.Sh. Madaniyatlararo muloqot muammosiga lingvomadaniy yondashuv (o'zbek va ingliz tillari misolida). Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati, Samarqand - 2020.

5. Хасанова, Гулсанам Хусановна. "Узбекистан, Япония ва Жанубий Корея касб-хунар таълими тизимларининг узига хос хусусиятлари." Современное образование (Узбекистан) 3 (2018).

436

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.