Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O’RGANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK TOMONLARI'

CHET TILLARINI O’RGANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1662
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interavtiv metod / ongli-qiyoslash metodi / lingvistik bilimlar / eshitish sezgisi-analizatoz / magnitofon / visual. / interactive method / method of conscious comparison / linguistic knowledge / auditory sense-analyzer / recorder / visual ability

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hayitova Umida Mardon Qizi, Soyibova Feruza Azamat Qizi, Boltaqulova Gulnoza

Maqolada innovatsion texnologiyalarning tasiri hamda til o’rganishning oson usullari ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, til o’rganishda innovatsion texnologiyalarning roli haqidagi malumotlarni olish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LEARNING FOREIGN LANGUAGES

The article dicusses the effectiveness of innovative technologies and way for easy language learning and also, give the informations of the role of innovative technologies in improving learning skills

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O’RGANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK TOMONLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

CHET TILLARINI O'RGANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK TOMONLARI

Hayitova Umida Mardon qizi Samarqand davlat chet tillari institutining 2 bosqich talabasi

Soyibova Feruza Azamat qizi Samarqand davlat chet tillari institutining 2 bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Boltaqulova Gulnoza

Annotatsiya: Maqolada innovatsion texnologiyalarning tasiri hamda til o 'rganishning oson usullari ko 'rsatib o 'tilgan. Shuningdek, til o 'rganishda innovatsion texnologiyalarning roli haqidagi malumotlarni olish mumkin.

Kalit so'zlar: interavtiv metod, ongli-qiyoslash metodi, lingvistik bilimlar, eshitish sezgisi-analizatoz, magnitofon, visual.

Аннотация: В статье показано влияние инновационных технологий и простых способов изучения языка. Вы также можете узнать о роли инновационных технологий в изучении языка.

Ключевые слова: интерактивный метод, когнитивно-сравнительный метод, лингвистические знания, слуховое восприятие, магнитофон, визуал.

Abstract: The article dicusses the effectiveness of innovative technologies and way for easy language learning and also, give the informations of the role of innovative technologies in improving learning skills.

Key words: interactive method, method of conscious comparison, linguistic knowledge, auditory sense-analyzer, recorder, visual ability

O'tgan asrning 70-yillarida O'zbekistonda chet tillar o'qitishda jiddiy o'zgarishlar yuz berdi.Bu yilda o'zbek maktablari uchun orginal darsliklar mazmunini takomillashtirish bo'yicha ish olib borildi. O'tgan asrda chet tilarini o'rgatishda gramatik, talaffuz va ongli qiyoslash metodikasidan foydalanilgan bo'lsa hozirgi texnika rivojlanib borayotgan zamonda chet tillarini o'rganish ham ilgarilab boryapti, ya'ni yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish izchil yo'lga qo'yilgan. Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o'sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o'zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta'limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning 2012-yil

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

13- dekabrdagi PQ1875 -sonly qarori qabul qilingandan so'ng mamlakatimizda chet tillarini o'qitishga, o'rganishga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi " O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi farmonida ham ta'lim va ilm fan sohalarini rivojlantirish borasida ham alohida urg'u beriladi. Hujjatda ta'lim muassasalarining moddiy - texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va kapital ta'mirlash barobarida ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o'quv - metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.Innovatsion texnologiyalarni darsda qo'llash haqida so'z ketar ekan dars haqida tushunchaga ega bo'lishimiz kerak.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada chet tillarini o'rganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari haqida fikrlar tahlil qilindi. . Jamol Jalilovning "Chet tili o'qitish metodikasi" nomli kitobi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.

Dars bu ta'limning asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Dars jarayonida guruhga ajratilgan va individual tarzda bo'lishi mumkin. Bu har ikki holatda ham albatta innovatsion texnologiyalarning o'rni bor. Yurtimizda chet tillarni o'qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet tili darslarining o'qitilishi jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumevropa ko'rinishlari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra umumta'lim maktablari va akademik litsey o'quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Mutaxassislar fikricha, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari talabalarni diqqatini jamlashga, qiziqtirishga, mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash,

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

umumlashtirish, xulosa chiqarishga o'rgatadi. Ta'lim jarayonida elektron darsliklar qanchalik mukammal bo'lsa, u yosh avlodning dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi. Demak, bugun elektron multimedia sirlarini nazariy jihatdan puxta o'rganib, amaliyotda yetarli darajada qo'llash maqsadga muvofiqdir. Chet tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Ta'lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to'g'ri, unumli foydalanish, ular orqali o'quvchida chet tiliga bo'lgan qiziqishni orttirish, o'qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta'limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug'iladi va talab ortadi. Xo'sh innovatsion texnologiyalarni va undan qanday qilib dars o'tish kerak degan savol tug'iladi. Innovatsion texnologiya ta'lim tarbiya shakllari, metod va usullariga yangicha yondoshish degan manoni bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogic jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan (hamkorlikjarayoni) to'liq foydalaniladi. Innovatsion texnalogiyalardan foydalangan holda dars o'tsa dars o'quvchining xotirasida qolishi osonlashadi hamda asosiysi o'qituvchi va o'quvchi mushtarakligiga erishish, o'quvchilarni fanga qiziqtirish, ta'limga bo'lgan munosabatni o'zgartirish va axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni o'rganishdir. Hozirgi kunda chet tili ixtisosini egallamoqchi bo'lgan talaba o'rganayotgan til bo'yicha quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni o'zashtiradi.

I. Nutq faoliyat turlari(4 asosiy)

II. Til matreali(leksika,gramatika,fonetika)

III. Lingvistik bilimlar(leksikologiya,gramatika,fonetika)

IV. Chet tili o'qitish metodikasi.(pedagogik amaliyotX^.^.^^aron0B,MeTOgHHecKaflpa3pa60TKagnflrpynn0BbixpyK0B0gHTeneñ) Hozir bizning oldimizda turgan masala esa chet tillarida innovatsion texnologiyalaridan qanday qilib foydalaniladi va qanday samaradorlikka erishiladi degan savolga javob berishdir.

Ingliz tili fanini rivojlantirish uchun mamlakatimizda 1- sinfdan boshlab ingliz tili fani o'tilmoqda. 1-sinflar uchun o'yin shaklidagi kompyuter matereallardan foydalangan holatda dars o'tilsa o'quvchi uchun dars jarayoni qiziqarli va tushunarli bo'ladi. Inson ma'naviy kamolotga odatda, eshitish, ko'rish,va qolaversa, o'qish orqali erishadi. Chet tillarini o'rgatishda ham 4 bosqich eshitish (listening), gapirish(speaking), o'qish(reading), yozish(writing) mahoratini oshirish kerak bo'ladi. Bu mahoratni oshirishda esa innovatsion texnologiyalarning o'rni beqiyosdir.

Scientific Journal Impact Factor

O

ESHITISH(LISTENING)-bu mahoratni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan qanday foydalaniladi? Avvolo tinglab tushunish 3 boqichli faoliyat bo'lib, umumiy eshituv idroki,so'zlarning tovush tomonini farqlash va mohiyatni anglash orqali nutqdagi mazmunni idrok etadi(Jamol Jalolov,Chet tilio'qitish metodikasi 221b)Tinglash uchun audio matnlarni tanlashda yoki yaratishda gap ko'p.Buning uchun esa innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta.Eshitish sezgisi va analizator orqali axborot olishning asosiy manbalariga auditiv texnikaviy qurollardan magnitofon va grammafonlardan, radio, kinofilm va television ko'rsatuvlar xizmat qiladi.

Gapirish(speaking) da ham zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz ya'ni ijtimoiy tarmoqlardan (by talk, speaky,English speaking practice,talk now)nafaqat mamlakatingizdagi til o'rganuvchilar balki milliy tili ingliz yoki boshqa chet tili bo'lgan odamlar bilan gaplashib speaking mahoratni oshirish mumkin. Bu tarmoqlar orqali nafaqat speking skillni balki chat xizmati orqali writing mahoratini ham oshirish mumkin.Dars jarayonida esa texnologiyalardan o'yin orqali gapirish mahoratini oshirish mumkin. Masalan kompyuterda 1 dan 30 gacha raqamlar berilgan bo'lib, raqamlar ostida malum mavzuda topic yashiringanbo'ladi.Biror bir talaba chiqib istalgan raqamni tanlab mavzu bo'yicha o'z fikrlarini gapirib beradi.Mavzu tanlashda esa o'quvchilarning yoshi va bilim darajasi hisobga olingan bo'lishi shart.

O'QISH(READING)-zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda reading mahoratimizni oshirish imkoniyatida video,film,multifilm va boshqa ko'rsatuvlarini ko'rish orqali yani videolar ostida ko'rsatiladigan yordamchi matnlardan foydalangan holda rivojlantirishimiz mumkin . Bazibir talabalarimizda visual (ko'rish orqali o'rganish)qobilyati rivojlangan bo'ladi va ular ko'rib, o'qib olish orqali o'rganadilar.

YOZISH(WRITING)-mahoratida ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarning o'rni beqiyos.Misol uchun, telegram yoki electron pochtalar orqali chet tilini o'rganishda do'stlarimiz orqali suhbatlashamiz. Email orqali xat,taklif va murojatnomalar yuboramiz.Bu esa writing mahoratining oshishiga yordam beradi. Internet orqali keladigan writing mashqlar va kitoblar ham biz uchunfoydali.

Til o'rgan ishda innovatsion texnologiyalarning o'rni katta hisoblanadi.Nafaqat o'z yurtimizdagi maktab, litsey,unversitlarda o'qish uchun balki chet el bilim maskanlarida o'qish uchun foydali.Chet elga bormasdan ham online zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy o'qish mumkin.Ta'lim tizimi o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish

Scientific Journal Impact Factor

О

yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o'z xissamizni qo'shishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi 21- asr texnologiyalar rivojlangan asrda 7 yoshdan 70 yoshgacha til o'rganish va o'rgatishda qulay, oson va zamonaviy o'qitish metodlari ishlab chiqilgan va yo'lga qo'yilgan va yana ham ko'proq izlanishlar olib

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. Jalilov J. Chet tili o'qitish metodikasi, Toshkent .2012

2. Zaripov R.A. O'zbek maktablarida chet tili o'qitish metodikasining asosiy yo'nalishlari, O'qituvchi-1979.

3. Отабоева, М. Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. - Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. - 2017.

4. Джалолов Д.Д., Методическая разработка для групповых руководителей

5. Djumaqulov A. A.The diffirence modular teaching texnlogy and traditional teaching, 2020.

XULOSA VA TAKLIFLAR

borilyapti.

1977.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.