Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7632
833
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aralash texnika / qiziqarli o'yinlar / boshlang'ich sinflar / zamonaviy innovatsion metodlar / pantomima. / mixed technique / interesting games / primary classes / modern and innovative methods / pantomime.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nodira Qurbonaliyeva, Shabnam Jo’raboyevna Toliboboyeva

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to'xtalib o'tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOLS

This article presents productive, modern and innovative methods of teaching English, in order to get learners more interested in learning English in primary classes.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION

USULLARI

Nodira Qurbonaliyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Ilmiy rahbar: Shabnam Jo'raboyevna Toliboboyeva

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilaming til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar: aralash texnika, qiziqarli o'yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviy innovatsion metodlar, pantomima.

INNOVATIVE METHODS OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY SCHOOLS

Nodira Kurbonalieva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region Research advisor: Shabnam Joraboevna Toliboboeva

ABSTRACT

This article presents productive, modern and innovative methods of teaching English, in order to get learners more interested in learning English in primary classes.

Keywords: mixed technique, interesting games, primary classes, modern and innovative methods, pantomime.

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan qiziqishi oshdi va davlatimiz tomonidan til o'rganishga ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda ijobiy

o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida" PQ-1875-soni Qaroridir . Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang'ich sinfdan boshlab o'rgatish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta'lim maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o'tish bosqichma-bosqich boshlandi.

So'nggi paytlarda ingliz tilini o'rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko'paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi va o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir.

MUHOKAMA

Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Ushdan keyin juda kech" kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin...". Yana shunga e'tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o'rganayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirip qo'yishi mumkin. Chunki boshlang'ich sinfdagi o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin shu bilan birga mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin :

• Ko'rish orqali eslab qolish . Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan ko'ra, ko'proq ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan , darsni turli xil ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so'zlarni o'rgatish va o'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table), doska (blackboard) , ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko'zga doimo tushib turishi va doimo qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi .

• Qo'shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo'lgan so'zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so'zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin .

• TO raqobatdosh grammatika va so'z boyligini o'zlashtirishga yordam beradigan o'yinlarning aksariyatini o'z ichiga oladi . Bunda bolalar o'qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi . Natijada o'quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, til o'rganishga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy mutafakkirlari aytganidek: " Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi".

• Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o'yin o'ynashi, qo'shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so'zlarni ko'rsatib berishi mumkin . Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o'quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanib qolmaydi.

• Multfilmlar orqali o'rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko'rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilim qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

• Qiziqarli o'yinlar orqali o'rganish; Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil o'yinlar orqali o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar o'ynatib turish sinfda fanni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo'lmagan o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi o'yinlar so'zimizga misol bo'la oladi.

• "Quvnoq topishmoqlar"(Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar.

• "Pantomima" (pantomime) . Bunda o'qituvchi o'quvchilarga biron bir so'zni aytadi va o'quvchi uni ko'rsatadi. Qolgan o'quvchilar esa so'zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo'ladi .

• Sezgi a'zolar orqali o'rganish (sabzavot, mevalar , oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, turli xil buyumlarni ushlab ko'rish, gullarni hidlab ko'rish). Ushbu yangi metodni o'rganishdan oldin bir amaliyotchi psixologning fikrlarini keltirish kerak: "Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagok bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak".

NATIJA

Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til o'rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali hisoblanadi . Masalan, o'quvchi birgina olmani tatib ko'rish jarayonida uning rangi, ta'mi, hajmi, hidi qanday ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, o'qituvchi bolalardan ranglarning inglizcha nomini so'rab qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan foydalanish o'quvchining ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rgatishni majburiyat sifatida emas, aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi , ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimi ham o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin .

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

2. Turdaliyeva G.N "Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar"// 2020 .

3. Bekmuratova U.B . " Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" // Toshkent 2012.

4. Toliboboeva, S. J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).

5. Толибобоева, Ш. (2020). Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari. YoungScientist, 19(309), 581-582.

6. Juldasheva, N. N. (2020). Хорижий тилларни укитишда ахборот технологиялар ва инновацион методларнинг урни. Молодой ученый, (12), 332-333.

7. Ashirbaeva, A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).

8. Umirova, Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. International Scientific Conference of Students and Young Scientists "FARABIALEMF.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.