Научная статья на тему 'O'RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDOSHUV'

O'RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDOSHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1528
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsiya / grammatik struktura / leksik birlik / fonetik o’zgarishlar / boshlang’ich ta’lim. / Innovation / grammatical structure / lexical unit / phonetic changes / primary education.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahlo Baxtiyor Qizi Tilovova

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida ingliz tilini o’qitishda innovatsion yondashuvlar o’quvchilarning erkin fikrlashi,nutqiy teranliklari, hozirjavobliklari, til o’rganishga bo’lgan ishtiyoqi, darslarda faol qatnashishlari uchun o’qituvchi muallimlar tomonidan ilgari surilayotgan zamonaviy usullar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE APPROACH TO ENGLISH TEACHING IN SECONDARY SCHOOLS

This article discusses innovative approaches to teaching English in secondary schools, modern methods put forward by teachers for students to think freely, depth of speech, responsiveness, passion for language learning, active participation in lessons. referred to.

Текст научной работы на тему «O'RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDOSHUV»

O'RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION

YONDOSHUV

Shahlo Baxtiyor qizi Tilovova

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani 5-maktab ingliz tili fani o'qituvchisi

shaxlo [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida ingliz tilini o'qitishda innovatsion yondashuvlar o'quvchilarning erkin fikrlashi,nutqiy teranliklari, hozirjavobliklari, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqi, darslarda faol qatnashishlari uchun o'qituvchi muallimlar tomonidan ilgari surilayotgan zamonaviy usullar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Innovatsiya, grammatik struktura, leksik birlik, fonetik o'zgarishlar, boshlang'ich ta'lim.

INNOVATIVE APPROACH TO ENGLISH TEACHING IN SECONDARY

SCHOOLS

Shahlo Bakhtiyor kizi Tilovova

teacher at the 5th school of Kattakurgan district of Samarkand region

shaxlo [email protected]

ABSTRACT

This article discusses innovative approaches to teaching English in secondary schools, modern methods put forward by teachers for students to think freely, depth of speech, responsiveness, passion for language learning, active participation in lessons. referred to.

Keywords: Innovation, grammatical structure, lexical unit, phonetic changes, primary education.

KIRISH

Bugungi kunda yosh avlodning xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz-tlini o'rganishga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Shu boyis, umumta'lim maktablarida bu tilni chuqurroq o'rgatish uchun pedagog xodimlardan innovatsion usullardan keng foydalanish talab etilmoqda Shu sababdan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi hamda 2013—2014 yildan boshlab umumta'lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o'rgatishning joriy etilishi buning yaqqol isbotidir. Ingliz tili jahon tili sifatida deyarli

barcha sohalarda eng kerakli til sifatida namoyon bo'lmoqda, shu sababli nafaqat boshlang'ich sinflarda, iqtisodiy, fan, va madaniy jihatdan rivojlangan davlarlarning tillarini o'rganish jahon ilm-fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omili ekanligini to'liq anglagan holda yuqori sinf o'quvchilari doirasida ham kasb tanlashlarida albatta tilning ahamiyatiga katta e'tibor qaratilmoqda. Boshqa sohalar singari til o'rganish ham o'quvchi yoshlarning zehni bilan birgalikda yosh davrlariga ham bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kichik yoshli bolalarda til o'rganishga bo'lgan xohish-istak juda yuqori, ayniqsa hozirgi axborot kommunikatsiya vositalari bilan bu holat yuqori ko'rstkichlarni ko'rsatmoqda. Davlatimiz tomonida maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv xonalarining zamonaviy texnologiyalar bilan johzlanganligi, yosh bilimli kadrlar bilan ta'minlanganligi, maktab drslaridan tashqari mustaqil shug'illanish uchun barcha sinflar uchun online telekanallardagi televizion online darslarning tashkil etilganligi tahsinga sazovordiz. 1 va 2- sinf o'quvchilari tildagi grammatik, leksik, fonetik, birliklarni tushunmasliklari mumkin ammo multfilmlar, o'yinlar, rasmlar orqali tilni a'lo darajada o'zlashtirishlari mumkin. Shunga ko'ra grammatikada asosan ikki xil usuldan unumli foydalaniladi

• Inductive

• Deductive

Induktiv usulda o'quvchilarga avval grammatik qoidalar tushuntirilib so'ngra misollar orqali mustahkamlanadi. Bu usul ko'pincha yuqori sinf o'quvchilari uchun foydali. Masalan zamonlar, predloglar, artikllar yuqori sinf o'quvchilari uchun ma'lum termenlar bo'lib ular gaplarda ega, kesim aniqlovchi, to'ldiruvchi, hol kabi gap bo'laklarini qo'yib gap tuza olishadi. Deduktiv usulda avval ma'lum o'yinlar, mashqlar orqali mavzu tanishtirilib, so'ngra qoidaga bog'lab tushuntiriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ega, kesim, fe'l va boshqa birliklar haqida ma'lumotga ega bo'lmaganliklari sababli ularga o'yinlar qo'shiqlar orqali mavzu tushuntirish samaraliroq. Masalan Can -ingliz tilida "qila olmoq" modal fe'li bo'lib qo'shiqlar handout materiallar orqali o'rgatiladi.

-Can you play football

-Can you phone call

-It is very easy

-Can you do it Nansy?

Psixologlar fikriga ko'ra yoshi katta insonlarga nisbatan bolalarda yangilikka qiziqish, o'qish, o'rganishga bo'lgan ishtiyoq 70-80% kuchliroq bo'lar ekan. Kundalik hayotimizda ham bajara ololmaydigan vazifalarni ham bolalar ogohlantirishlarga

qaramasdan bajarib ko'rishga harakat qilishadi. Bir xillikdan juda tez zerikishadi shu sababli pedagog kadrlardan yangicha uslublarda, noan'anaviy tarzda darslarni tashkil etish, o'rganilayotgan xorijiy tilning muhitini to'liq yarata olish talab etiladi.

Shunday ekan ustoz-muallimlar interfaol, innovatsion va qiziqarli usullardan foydalanib darslarni tashkil etishlari lozim. O'quvchilar bilan individual tartibda , guruhlarda va juftliklarda ishlashlarini joriy etishi turli musobaqalar ko'rinishida o'yinlar tarzida, rang-barang ko'rgazmali qurollardan foydalanilgan holda dars o'tishlari va har bir darsga albatta alohida tayyorgarlik ko'rib kelishlari talab etiladi. Bunday tipdagi darslaro tilga bo'lgan mehrni, ishtiyoqni oshiradi, nofaol o'quvchilarni faollashtiradi, o'quvchilar o'rtasida sog'lom raqobatni shakillantiradi. Raqobat esa yuksalishning poydevori.

MUHOKAMA

Ingliz tilini o'qitishdagi yana bir muhim jihat shuki o'quvchining qay holatda ma'lumotni to'laqonli qabul qilishini nazorat qilish. Bir guruhdagi bolalarning o'y xayollari, fikrlashi, dunyoqarashi ma'lumotni qabul qilishi turlicha bo'ladi. Shunga ko'ra o'qituvchi har bir o'quvchining xarakteri xususiyatidan kelib chiqqan holda ta'lim jarayonini olib borishi kerak. Misol uchun, qaysidir o'quvchida ko'z bilan eslab qolish, yana birida eshitish orqali eslab qolish qobiliyati tabiatdan shakillangan bo'lishi mumkin. Shu xususiyatlarga ko'ra ingliz tilini o'rganish asosiy 3 yo'nalishda bo'ladi S Visual learning- ko'rish orqali ma'lumotni eslab qolish S Auditory learning -eshitish orqali ma'lumotni eslab qolish S Kinaesthetic learning- harakatlar orqali ma'lumotni eslab qolish Yuqoridagi xususiyatlarni inobatga olgan holda o'qituvchi o'quvchilar bilan dars mobaynida, mashqlar bajarishda, rol playlar tayyorlashda,o'yinlar orqali mavzu tushintirilsa yoki tashkillashtirilsa sezilarni natija hosil qiladi va o'quvchida til o'rganishga motivatsiya beradi.

NATIJA

Quyida mana shunday mazmunli dars tashkil etishda darslarda foydalanishimiz mukin bo'lgan didaktik o'yinlar va pedagogik texnalogiyalardan bir nechtasini ko'rib chiqamiz.

❖ Kim tezroq-o'yin maqsadi writing-yozish texnikasini rivojlantirish. O'yinning borishi:inglovchilarga gaplar yozilgan kartalar beriladi va kartadagi gaplarning so'zlari notartib joylashgan bo'ladi. Kim birinchi va to'g'ri tartibda joylashtirib yozsa shu o'quvchi g'olib bo'ladi. Bu o'yin ko'proq yuqori sinflarda samara beradi.

www.scientificprogress.uz

❖ Men kimman?- o'yin maqsadi speaking-gapirish texnikasini rivojlantirish. O'yinning borishi: guruhdagi xohlovchi chiqib biror narsa yoki shaxsni nomini aytmasdan tasvirlaydi va qolgan o'quvchilar ta'rifga ko'ra kim yoki nimaligini topishi kerak. Bu o'yin nutqiy savodxonlikni oshiradi. Bu o'yin ko'proq boshlang'ich sinflarga xos.

❖ Davomiy hikoya-o'yin maqsadi vocabulary-so'z boyligini rivojlantirish. O'yinning borishi:sinf 2 guruhga bo'linadi va 2 turdagi hikoyalar yarim tayyor holatda beriladi va guruhlar o'z fantaziyalarigan kelib chiqqan holda hikoyani davom ettirib oxiriga yetkazadilar. Qaysi guruhda ko'proq yangi so'z ishlatilsa shu guruh g'olib hisoblanadi. Bu o'yin o'quvchilarni bir-birlari bilan hamjihatlikda ishlashga o'rgatadi. Bu o'yin yuqori sinflarda yaxshiroq samara beradi.

❖ Noisy dictation-o'yin maqsadi grammatikani rivojlantirish. O'yinning borishi:Sinfdagi o'quvchilar bir biriga yuzma-yuz qilib joylashtiriladi va vaqt belgilaninib bir vaqtda bir birlarini ham eshitib ham ro'parasidagi o'quvchining aytga so'zlarini ilg'ab to'g'ri yoza olishi kerak. Bu o'yin biroz shovqinli bo'ladi va aynan mana shu shovqin ularga hatto shunday vaziyatda ham so'zlarni ilg'ay olishni rivojlantirish imkonini beradi. Listening- eshitish texnikasini oshiradi. Ingliz tilida so'zlar eshitilganidek yozilmaydi, masalan speak-gapirmoq so'zida {ea} diftongi [i] tovushini beradi [spi:k]. Agar o'quvchi so'zlarni to'g'ri anglay olsa demak bu yaxshi natija. Bu o'yin boshlang'ich hamda yuqori sinflarda ham qo'llaniladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, umumta'lim maktablarida ingliz tilini turli sinflar doirasida o'quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda , ulardagi chet tilini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojlarini to'liq qondirishga yordam beruvchi pedagogik innovatsion texnologiyalarga asoslangan zamonaviy dars ishlanmalar yordamida dars o'tish o'quvchilarda tilni o'rganish uchun yuqori samara beradi.

REFERENCES

1. Islom Abdug'aniyevich Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

2. Iriskulov A. T. va boshqalar Kids' English pupil's book 2-sinf-Toshkent-O'zbekiston; 2014.

3. Hoshimov O'. H, Yakubov I.Y.A. Ingliz tili o'qitish metodikasi-Toshkent-2003-yil.

4. http://www.ziyonet.uz.

5. http://www.pedagog.uz.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.