Научная статья на тему 'CHET TILLARI FANLARINI OʻQITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH'

CHET TILLARI FANLARINI OʻQITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
8
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
interfaol metodlar / kommunikativ yondashuv / an’anaviy dars / zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Raximova Zulxumor Baltayevna

Ushbu maqolada turli chet tillarini o’qitishda interfaol metodlardan va o’quv materiallaridan foydalanishning ahamiyati borasida fikr yuritiladi. Bunda interfaol metodlar bilan birgalikda doimo qo’llanilib kelingan an’anaviy ta’lim berish usullari taqqoslab, aniq kuzatuvlar asosida so’ngra yakuniy natijaning xulosalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARI FANLARINI OʻQITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH»

CHET TILLARI FANLARINI O'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN

SAMARALI FOYDALANISH Raximova Zulxumor Baltayevna

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Fransuz tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10816719

Annotatsiya. Ushbu maqolada turli chet tillarini o'qitishda interfaol metodlardan va o'quv materiallaridan foydalanishning ahamiyati borasida fikr yuritiladi. Bunda interfaol metodlar bilan birgalikda doimo qo'llanilib kelingan an'anaviy ta'lim berish usullari taqqoslab, aniq kuzatuvlar asosida so'ngra yakuniy natijaning xulosalari berilgan.

Kalit so'zlar: interfaol metodlar, kommunikativ yondashuv , an'anaviy dars, zamonaviy texnologiyalar.

KIRISH

Bugungi kunda innavatsion ta'lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo'ladi va o'quvchilrning darsga bo'lgan qiziqishlarining ortishi ham ta'minlanadi. Ta'lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta'lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o'qitilishida turli rolli, harakatli o'yinlardan foydalanish ham darsga ham til o'rganishga bo'lgan qiziqishni ortishiga sabab bo'ladi. O'quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o'quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayoni amaliy bilimlarning tarixiylik, mantiqiylik, tahlil qilish va sintez usullaridan foydalangan. Ushbu tadqiqot jarayonida chet tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning bugungi kundagi ahamiyati obyektiv ravishda ochib berildi. Bugungi kunda Boom taksonomiyasini o'qitish bosqichlari innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, mantiqiy ketma-ketlikda o'rganildi[1].

Ta'lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o'quvchilarga yetkazib berishda eng muhim vositalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so'zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafikorganayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chet tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.

Chet tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davrda, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo'lishiga olib keladi. Innavatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanilganidadir[1,4].

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, chet tillarini o'rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov

aytganlaridek, "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas.

Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'zbuyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Axborot texnologiyalar ta'lim sohasi bilan chambarchas bog'landi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o'qitish tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida 2021-yildan chet tili o'qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo'lish talabi ham kiritilishi takidlangandi. Hozirgi kunga kelib esa nafaqat chet tilini bilish sertifikati, balki zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg'ulotini olib borish talabi ham qo'yildi. Agarda o'qituvchi innovatsion texnologiyalardan oqilona foydalana olsa quyidagi natijalarga erishadi:

- dars jarayonida o'quvchini e'tiborini mavzuga jalb etishi osonlashadi. Chunki hozirgi yosh avlod zamonaviy qurilmalar bilan birgalikda o'sib bormoqda. Yoshlarni innovatsion texnologiyalarga qiziqishi kuchli va bu qiziqish o'quvchini ingliz tilini o'rganish yo'liga olib kirishga sabab bo'ladi.

- sinflar kesimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yuqori natija beradi. Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini multimedia, qo'shiq va grafik rasmlar orqali tashkillashtirish kichik yoshdagi maktab o'quvchisida chet tiliga bo'lgan qiziqishni orttiradi.

5-9- sinflar davomida chet tilidagi radioeshittirishlar, television dasturlar va kichik e-Booklar tahlil qilinadi. Fransuz tili bo'yicha umumiy tushunchalar va chet tili aspektlari bo'yicha ko'nikmalar beriladi. Natijada, 10-11-sinflarda oldin o'rganilgan bilimlar asosida to'liq mustaqil shug'ullanadi, hujjatli filmlar ko'riladi va muhokama uchun muhim mavzular o'rtaga tashlanadi.

O'quvchi o'zining fikrini taqdimot ko'rinishida televizordan foydalanib ham ifodalab berishi mumkin.

Darslar o'yinli tashkil etiladi. Misol uchun, televizorda kichik ovozsiz multfilm qo'yiladi, o'quvchilar uni o'zlari mimikalar orqali sinfdoshlariga namoyish etadi. Bu holat o'quvchida talaffuzni va gapirish ko'nikmasini shakillantiradi. O'quvchini mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish uchun ham o'yinlar mavjud. Masalan, televizorda hikoyaning kirish qismi qo'yiladi yoki audiodan parcha eshittiriladi. So'ngra o'quvchilar hikoyani o'zlarining mustaqil fikri yordamida davom ettiradi. Bu holat o'quvchida mustaqil, to'g'ri va aniq fikrlashni ham yuzaga chiqaradi. Eng muhimi, axborot vositalaridan va innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o'tish, berilgan dars soati mobaynida barcha o'quvchilar bilan individual shug'ullanish imkonini ham beradi. Barcha o'quvchilar darsga faol qatnashadilar. Bir vaqtning o'zida ham o'qituvchining AKT dan foydalanish ko'nikmasi ortadi, ham o'quvchi yaxshi o'zlashtiradi[2,3].

Barcha til ixlosmandlariga ma'lumki ingliz tili 4 ta aspektlardan ( o'qish, yozish, gapirish, tinglash) tashkil topgan.

O'qish - dars mobaynida bu mahoratni rivojlantirish uchun proyektordan foydalangan holda (katta ko'rinishda) maqola, badiiy asar, kichik hikoyalarni o'quvchiga ko'rsatish mumkin. Ayrim o'quvchilarda ko'rib eslab qolish qobiliyati kuchli bo'ladi va ular ko'rib o'qish orqali til o'rganadilar.

Tinglash - bu mahoratda o'quvchiga komputerdan foydalanib audiolar qo'yiladi. Eshitish analizatorlari orqali audioyozuv miyada analiz qilinadi. Bu holatda o'quvchi ham tinglayd,i ham

native speaker bo'lgan odamni o'z ona tilisidagi so'zlarni qanday to'g'ri talaffuz qilishini ham o'rganadi. Shuningdek, "Sun'iy aql va tillarni o'rganish" maqolasida B.Skinner tilni osonlik bilan o'rganishda komputerning roli muhimligini ko'rsatgan. Komputerda nafaqat tinglash, balki yozish mahoratida ya'ni o'z ustida individual shug'ullanishda ham foydalanish mumkin.

Yozish - bu mahorat, qolganlaridan murakkab bo'lib bunda so'z boyligidan, grammatikadan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning o'rni beqiyos. O'quvchilar internet yordamida chet ellik tengdoshlari bilan ingliz tilida yozma muloqot qiladilar. Interaktiv doska orqali ham dars mobaynida yozish mahoratini oshirish imkoni mavjud. Doskalar, ya'ni interaktiv doskalar Marti tomonidan fanga kiritilgan. Dastlab grammatik mashqlarni, mantiqiy iboralarni ifodalashda ishlatilgan. Bugungi kunga kelib esa uning vazifalari oshdi [3].

Gapirish - bu mahoratda o'quvchining qobiliyati yuzaga chiqadi. Til ko'nikmalari qay darajada ekanligi namoyon bo'ladi. Dars jarayonida kompyuter texnologiyasi yordamida (o'yin orqali) bu mahoratni oshirish mumkin. O'quvchi komputerda berilgan raqamlardan istalganini tanlaydi va uning ortidagi mavzu (yoshiga va bilim darajasiga mos bo'lgan) haqida o'z fikrlarini bayon etadi. Bunday usullar o'zaro sheriklar bilan birga muhokama qilish natijasida o'quvchida sekin-asta so'zlash qobilyatini vujudga keltiradi. XULOSA

Ko'rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o'ziga xos afzallikjihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlik, o'quvchining ta'lim jarayonidagi faol harakati ko'zda tutiladi [4].

Xulosa qilib aytganda, chet tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'yektlariga aylantiradi. Ta'lim tizimi o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o'z xissamizni qo'shishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Отабоева, М.Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М.Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — №4.2 (138.2). — С. 36-37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)

2. MD Ismatullaevna, EG Yusupovich. THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL =ROCESS- Euro'ean Journal of Research and Reflection in ..., 2019

3. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. «CHET TILINI O'QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH». Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

4. Irgasheva N. D. CHET TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH //Eurasian Journal of Academic Research. -2022. - Т. 2. - №. 1. - С. 21-24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.