Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI BILISH TO‘G‘RISIDAGI MILLIY YOKI XALQARO SERTIFIKAT OLISH UCHUN TAVSIYALAR'

INGLIZ TILINI BILISH TO‘G‘RISIDAGI MILLIY YOKI XALQARO SERTIFIKAT OLISH UCHUN TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2481
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / ingliz tili / milliy sertifikat / xalqaro sertifikat / tilni mustaqil o’rganish / zamonaviy ta’lim texnologiyalari. / Language / English / national certificate / international certificate / independent language learning / modern educational technologies.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xotamov, Jahongir Saloxiddinovich

Ushbu maqolada ingliz tilini samarali o’rgatishning bir necha usullari hamda ingliz tilini bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat olish uchun tavsiyalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RECOMMENDATIONS FOR GETTING A NATIONAL OR INTERNATIONAL CERTIFICATE OF ENGLISH LANGUAGE

This article outlines some of the best ways to teach English and how to apply for a national or international English language certificate.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI BILISH TO‘G‘RISIDAGI MILLIY YOKI XALQARO SERTIFIKAT OLISH UCHUN TAVSIYALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

INGLIZ TILINI BILISH TO'G'RISIDAGI MILLIY YOKI XALQARO SERTIFIKAT OLISH UCHUN TAVSIYALAR Xotamov Jahongir Saloxiddinovich

Toshkent shahar yuridik texnikumi umumta'lim fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqolada ingliz tilini samarali o 'rgatishning bir necha usullari hamda ingliz tilini bilish to'g'risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat olish uchun tavsiyalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Til, ingliz tili, milliy sertifikat, xalqaro sertifikat, tilni mustaqil o 'rganish,zamonaviy ta 'lim texnologiyalari.

RECOMMENDATIONS FOR GETTING A NATIONAL OR INTERNATIONAL CERTIFICATE OF ENGLISH LANGUAGE Khotamov Jahongir Saloxiddinovich

Teacher of the Department of General Education, Tashkent City Law College

This article outlines some of the best ways to teach English and how to apply for a national or international English language certificate.

Keywords: Language, English, national certificate, international certificate, independent language learning, modern educational technologies.

РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ПОЛУЧЕНИЮ НАЦИОНАЛЬНОГО ИЛИ МЕЖДУНАРОДНОГО СЕРТИФИКАТА АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА Хотамов Джахонгир Салохиддинович

Преподаватель кафедры общего образования Ташкентского городского

юридического колледжа

В этой статье рассказывается о некоторых из лучших способов преподавания английского языка и о том, как подать заявку на получение национального или международного сертификата по английскому языку.

Ключевые слова: Язык, английский язык, национальный сертификат, международный сертификат, самостоятельное изучение языка, современные образовательные технологии.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Hozirgi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o'sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o'zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta'limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatishni ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo'nalishda ta'lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 19-mayda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida hamda 2022-yil 19-yanvarda qabul qilingan "Xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to,g,risida"gi 34-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorida ham xorijiy tillarga o'qitish sifatini oshirish borasida qator vazifalar belgilandi.

Adliya tizimida ham xorijiy tilni bilish sertifikatiga ega bo'lish talablari joriy etildi. Bundan maqsad milliy huquq tizimini yanada rivojlantirish orqali yuridik kadrlarni xalqaro maydonda raqobatbardoshligini ta'minlash, shuningdek o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'ladigan halol, vijdonli va bilimli kadrlar bilan to'ldirishdan iborat. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatish bo'yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo'ladigan yangi tizimni yo'lga qo'yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat'iy talab har bir ta'lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ingliz tilini o'rgatish va o'rganishning mashhur usullaridan, internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillariga asoslanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yurtimizda chet tillarni o'qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Ingliz tili darslarining o'qitilishi jarayonida ham ilg'or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda ingliz tilining o'qitilishi, ingliz tili

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning milliy yoki xalqaro sertifikatga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra yuridik texnikum talabalari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Ingliz tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda.

Ingliz tili to'rt aspectga (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri bo'yicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, ingliz tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish ingliz tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter hamda zamonaviy texnikalarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi.

Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot - kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Ingliz tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:

— kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi ingliz tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin;

— ingliz tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;

— ancha an'anaviy usul hisoblanadigan audio matn va darsliklardan foydalanish mumkin;

Bu texnik vositalardan foydalanish talabalarning ingliz tilini o'rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Ingliz tilini o'rganish va o'qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so'zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo'ladi. E-mail, messenjerlar orqali xat yozishish bilan yozish mashqini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

takomillashtirish mumkin. Ta'lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to'g'ri, unumli foydalanish, ular orqali o'quvchida ingliz tiliga bo'lgan qiziqishni orttirish, o'qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta'limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug'iladi va talab ortadi.

Bugungi kunda innavatsion ta'lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo'ladi va o'quvchilrning darsga bo'lgan qiziqishlarining ortishi ham ta'minlanadi. Ta'lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta'lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Ingliz tili darslarining o'qitilishida turli rolli, harakatli o'yinlardan foydalanish ham darsga ham til o'rganishga bo'lgan qiziqishni ortishiga sabab bo'ladi. O'quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o'quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta'lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o'quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Ingliz tilini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so'zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo'ladi. Ingliz tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Ingliz tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davrda, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo'lishiga olib keladi. Innovatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanilganidadir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Globallashuv jarayonlari, mamlakatlar va xalqlarning integratsiyalashuvi chet tillarni o'rganish zaruratini yanada kuchaytirmoqda. Negaki, bu dunyoqarashni kengaytirish, boshqa xalqlar madaniyati va urf-odatlarini o'rganishga ko'maklashadi, muloqot qilish hamda turli yo'nalishlarda aloqa o'rnatishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizda yosh avlodning jahon ilm-fani yutuqlari va ilg'or texnologiyalardan keng foydalanish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun chet tillarni o'qitish va o'rganish sharoitlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Hozirgi davrda xorijiy tillarni o'rganish va bilishning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Har

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bir soha vakili yetuk mutaxassis bo'lishi uchun o'z ona tilidan tashqari, dunyo tillaridan kamida ikki-uchtasini bilishi shart.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz

3. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi// https://www.lex.Uz

4. Several Short Sentences About Writing - April 9, 2013 by Verlyn Klinkenborg The Way They Learn by Cynthia Ulrich Tobias

5. Smith,A (2005). Traditional Grammar. In P. Strazny (Ed.). Encyclopedia of linguistics 2v. New York, Oxon: Taylor & Francis Group

6. English Grammar and Teaching Strategies: Lifeline to Literacy (Routledge Education Classic Edition) (August 28, 2018) 2nd Edition by Joy Pollock (Author), Elisabeth Waller.

7. The Teaching of English Grammar History and Method by F. A. Barbour

8. Methods of Teaching English M.E.S. Elizabeth Discovery Publishing House,

2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.