Научная статья на тему 'SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

46
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tili / muloqot texnikasi / innovatsion texnologiyalar / texnologik vositalar / usullar / metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Guljahon Ahmadjanovna Dehqanova

Xorijiy tillarni o'rganishda muloqot texnikasiga tayyorlashning ilmiy-metodik jihatlarini bilish muhim ahamiyatgaligi, chet tilini o'rganishda, o'quvchilarning fanga bo'lgan muhabbatini yanada kuchaytirishda samarali muloqotning o'rni muhim hisoblanishi hamda ularni o'rganish uchun zarur bo‟lgan texnologiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

SAMARALI MULOQOT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Guljahon Ahmadjanovna Dehqanova

Namangan davlat pedagogika instituti stajyor-o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Xorijiy tillarni o'rganishda muloqot texnikasiga tayyorlashning ilmiy-metodik jihatlarini bilish muhim ahamiyatgaligi, chet tilini o'rganishda, o'quvchilarning fanga bo'lgan muhabbatini yanada kuchaytirishda samarali muloqotning o'rni muhim hisoblanishi hamda ularni o'rganish uchun zarur bo'lgan texnologiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: chet tili, muloqot texnikasi, innovatsion texnologiyalar, texnologik vositalar, usullar, metodlar.

KIRISH

Bugungi kunda chet tilini o'rganish tobora takomillashib bormoqda, rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o'sib bormoqda. Har bir jabhalarda taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda juda katta o'zgarishlar va yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o'quvchilarga yetkazib berish bugungi kundagi ta'limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Chet tilini o'rganish va o'qitish jarayonida muloqot texnikasidan foydalanish juda samarali usullardan biri hisoblanadi va, qolaversa, texnologiyalar orqali ham darsni mazmunli tashkil e'tish va chet tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Globallashuv jarayonida muloqot texnikasi juda muhim hisoblanadi.

Ta'lim jarayoniga zamonaviy-kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish, ulardan to'g'ri va maqsadli, unumli foydalanish, ular orqali o'quvchilarda chet tiliga bo'lgan qiziqishni orttirish va oshirish, o'qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta'limda muloqat texnikasiga tayyorlashning ilmiy -metodik jihatlarini takomillashtiradi, innovatsion texnologiyalardan foydalanishga ta'lab ortadi va imkoniyat paydo bo'ladi.

Oxirgi yillarda chet tilini o'rganayotganlar soni keskin oshdi. Texnika rivoji tufayl, zamon bilan hamnafas inson kamida 3 ta tilni o'rta muloqot darjasida bilishi talab etila boshladi. Bunga ota-onalar ham farzandlarini chet tillariga, qo'shimcha to'garaklarga imkon qadar erta berishni xo hlashayapti.

550

qdaVatpdagog

m

Chet tilini o'rganishda esa faqatgina so'zlarni yod olish, grammatik ma'lumotlarni o'rganish bilan amalga oshmaydi. Shular bilan birgalikda ta'lim jarayoniga yangiliklar olib kirish va ulardan muloqotda samarali foydalanish, tadbiq qilish orqali ta'lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o'qitilishida turli muloqotli bahslar, harakatli o'yinlar va qiziqarli savol-savoblardan foydalanish ham darsga, ham til o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortishiga sabab bo'ladi. O'quvchilarning guruhlarga bo'lish yoki juft bo'lib ishlashlari orqali ham tilga bo'lgan ko'nikmaning ortishiga hamda kommunikativ aloqa qilishlari uchun ham yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bugungi taraqqiyot jarayonida chet tili darslarida muloqot texnikasidan foydalanish borasida ko'plab olimlar, jumladan, Kariyeva M., Abdulvohidov E., Sobirova M.kabilar izlanishlar olib borishgan. Taraqqiyot jarayonida amaliy bilimlarini tahlil qilish va sintez usullaridan foydalanisgan. Shatilov taksonomiyasini o'qitish bosqichlari innovatsion g'oyalardan va texnologiyalardan foydalangan holda, muloqot texnikasini ketma ketlikda o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Albatta bu borada o'qituvchi pedagogning o'rni yetarlicha ahamiyatga ega hisoblandi.Ularning asosoy vazifasi til o'rganuvchilarning o'rganishga bo'lgan motivatsiyasini oshirishdir. Buning uchun o'z navbatida o'qiotuvchi darsni to'g'ri tashkil eta olishi, darsda real va hayoliy xorijiy til muhitini yarata olishi, rollardan foydalanishi, turli motivatsion o'yinlar, munozaralar, savol-javoblar tshkil eta olishi zarur. Darsda o'quvchilarning muloqot qilishlari uchun, yani so'z boyligini oshirish uchun Shatilovning 3 taksonoimiyasidan foydalanilsa, yangi o'rganuvchi uchun yaxshi samara beradi.

1. Guruh bilan birga jo'r bo'lib takrorlash.

2. Juft bo'lib muloqot texnikasini yaratish.

3. Individual bo'lib, yani o'rganuvchi yakka o'zi aytadi.

Bu metod juda foydali va samarali usul hisoblanadi, bu orqali ta'lim jarayonida o'quvchilarga yektazib berishida eng muhim metodlardan hisoblanadi.

Chet tilini muloqot texnikasini koplab o'yinlar bilan bog'lasak ham bo'ladi. Misol uchun: o'qituvchi rasmlar va so'zlarni partga yoyib qo'yadi, o'quvchilar navbatma navbat doskaga chiqib rasmlarni olib, rasmni ingliz tilida tasvirlab beradi va rasmga mos so'zni topib qutiga joylaydi, Bu o'yin orqali barcha o'quvchilarni dars ga jalb etish va fanga qiziqishlarini oshiriadi. O'tilgan mavzularni takrorlash va uni mustahkamlash ko'zda tutiladi.

551

1-o'quvchilarda talaffuz xato bo'lmasligi uchun o'quvchilar bilan birga talaffuz qilishadi.

2-juft bo'lib ishlashga undaydi, bu orqali bir-biriga bo'lgan munosabati va do'stlik hissi paydo bo'ladi.

3-etapda esa o'zini o'zi baholashi mumkin va o'ziga bo'lgan ishonchi ham ortib boradi, fanga qiziqib boradi.

Chet tili fanini o'rganishda 2012- yil 10-dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR va IELTS) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to'rt aspectga (o'qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri bo'yicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir.

Chet tilini o'rgatishda darslarda interfaol o'yinlar orqali dars o'tish an'anaga aylanib bormoqda. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlarini ta'minlaydi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda barqaror o'rnini topish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o'yin zamirida umumiy qabul qilingan ta'lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O'quv o'yinlariga o'quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. Biz bilamizki, hozirgi ta'lim jarayonida o'quvchi subyekt bo'lishi lozim. Bunda ko'proq interfaol metodlarga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo'yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o'qituvchilari Amerika Qo'shma Statlari, Angliya

552

pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:

- "Muammoli vaziyatni hal e'tish" (Problem Solving) bu usulni qo'llash uchun maqolni boshlanishi o'qib beriladi, qanday yakun topishi o'quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi;

- "Aqliy hujum" (Brainstorming) o'tilgan darsni mustahkamlaydi va takrorlaydi, shu bilan birga darsning samaradorligini oshirishda yordam beradi;

- "Darsni ochib beruvchi mashqlar" ("Warm-up exercises") o'quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o'yinlardan foydalanish, o'yin, qo'shiqlar bilan boyitish.

- " Bir birini baholash" (Peer correction) usuli o'quvchilarning og'zaki muloqot texnikasi oshishiga yordam beradi, har bir o'quvchi o'z xatosini bilib oladi va nutqini o'stirishda yordam beradi;

- "O'zini o'zi boshqarish" usuli ancha qulay bo'lib, ingliz tilini o'rgatishda, talaba, o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, bun ing uchun mavzuga oid tarqatmalardan foydalanish lozim.

Darslarni mazmunli tashkil etish uchun darsda ingliz tili muhitini yaratish - bu eng muhimi hisoblanadi.

XULOSA

Tilga e'tibor elga e'tibor deb bejizga aytilmagan. Agar chet tilini yaxshi o'rgansa dunyo kezishi mumkin. Takidlab o'tganimdek, har bir fanda texnologiyaning o'ziga xos afzallik jihatlari bor. Bunday usullarning barchasida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot, o'quvchining ta'lim jarayoniga qiziqish bilan qarashlari ko'zda tutiladi.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tili darslarida innovatsion usullardan foydalanish va qo'llash natijasida o'quvchilarning nutqi ravon bo'lishi, dunyoqarashi kengayishi, ingliz tilidagi savollarga tez va tog'ri javob berish qobilyati rivojlanishi va, qolaversa, muloqot texnikasini oshishi, qobilyati rivojlanishi mumkin. Bunday usullar orqali o'quvchilarda o'z bilimlariga ishtiyoq uyg'otishi turgan gap. O'quvchilar darslarga puxta tayyorgarlik ko'rishiga intilishadi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol subyektlariga aylantiradi. Ta'lim tizimi o'z oldiga ustuvor rejalar qo'ygan, yani yetuk shaxsni tarbiyashni, o'z fikrini erkin bayon eta oladigan barkamol shaxsni tarbiyashni o'z oldiga reja qilib qo'yar ekan, biz, o'qituvchilar, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini bilishni, darslarni samarali tashkil etishni o'z oldimizga qo'ygan bo'lamiz.

553

qdaVatpdagog

Я

REFERENCES

1. Кариева, М. А. (2016). Research remedies against illegal copying and cracking software. Молодой ученый, (2), 84-85.

2. Kariyeva, M., & Katayeva, M. (2021). Erasmus+ project has given us many opportunities to broaden our horizons. An International Multidisciplinary research journal "Academicia.

3. Кариева, М. А. (2016). Research remedies against illegal copying and cracking software. Молодой ученый, (2), 84-85.

4. Абдулвохидов Э. Pedagogical concept of writers as a means of enriching the pedagogical process. // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Volume 1 | ISSUE 11 ISSN 21811784 SJIF 2021: 5.423, December 2021.

5. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58

6. Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423

7. Sobirova, M. (2023). Обучение языковым явлениям на основе анализа текста. "Этнокультурный и социолингвистический аспекты в теории и практике преподавания языков в негуманитарных вузах" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Минск, 30 март 2023 й., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

8. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) OI:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

9. 5. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P.36-39.

10. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

554

11. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

12. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) СКОПУС 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

13. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JOURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf стр. 98-105

14. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

15. Sobirova,M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

16. Абдулвохидов Э. Педагогическая концепция писателей как средство обогащения педагогического процесса // Science and education Scientific journal ISSN 2181-0842 Volume 2, ISSUE 12, December 2021.

555

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.