Научная статья на тему 'TIL O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI'

TIL O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
143
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion / metodika / leksika / fonetika / sun’iy aql / virtual ekran / dinamikadagi mashq / statikadagi mashq / multimedia. / innovative / methodology / lexicon / phonetics / artificial intelligence / virtual screen / an exercise in dynamics / an exercise in statics / multimedia.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Amrulloyeva, Nilufar Anvar Qizi

Ushbu maqolada xorijiy til o‘rganishda XXI asr innovatsion texnologiyalarining ahamiyati, o’rganuvchilar til o‘rganishga qiziqtirilishi uchun zamonaviy texnologiyalar qay darajada muhimligi, darslar davomida samarali metodlardan foydalanish haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN LANGUAGE LEARNING

In this article the importance of 21st century innovative technologies in language learning, how learners can be interested in studying a new language through modern technologies, the use of effective methods during lessons will be discussed.

Текст научной работы на тему «TIL O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

TIL O'RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Ushbu maqolada xorijiy til o 'rganishda XXI asr innovatsion texnologiyalarining ahamiyati, o 'rganuvchilar til o 'rganishga qiziqtirilishi uchun zamonaviy texnologiyalar qay darajada muhimligi, darslar davomida samarali metodlardan foydalanish haqida so 'z boradi.

Kalit so 'zlar: innovatsion, metodika, leksika, fonetika, sun 'iy aql, virtual ekran, dinamikadagi mashq, statikadagi mashq, multimedia.

In this article the importance of 21st century innovative technologies in language learning, how learners can be interested in studying a new language through modern technologies, the use of effective methods during lessons will be discussed.

Key words: innovative, methodology, lexicon, phonetics, artificial intelligence, virtual screen, an exercise in dynamics, an exercise in statics, multimedia.

Barchamizga ma'lumki, til o'zaro muomala, aloqa vositasi, tafakkur qirolidir. Dunyo xalqlari uchun o'z ona tili ularning bebaho qadriyati, millatning g'ururidir. Til millatning ongi va xotirasi, ruhiyati, ma'naviy va madaniy qiyofasi, milliy qadriyatlari, o'tmishi hamdir. Tilning millat, davlat, jamiyat taraqqiyotidagi o'rni juda muhim, o'ta zaruriy va dolzarb hisoblanadi. Millat, davlat, jamiyat taraqqiy etib borarkan uning tilga bo'lgan mehri, e'tibori ham kuchaya boradi. Ijtimoiy hayotdagi taraqqiyot tildagi taraqqiyotni belgilab beradi.

Ta'lim jarayoniga, ayniqsa til o'qitishga kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi XX asrda juda katta muammo bo'lib qoldi, chunki XXI asrga kelib axborot asrida kompyuter texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda til o'qitishda keng foydalanish yo'lga qo'yildi:

a) ona tili sifatida o'zbek tilini, chet tili sifatida o'zbek tilini va chet tillarini o'qitish jarayonida kompyuterning dasturlaridan foydalanish. Bu muammoni hal etish bo'yicha mamlakatimizda muayyan ishlar amalgam oshirilmoqda;

b) kompyuter ma'lumotlaridan tilning grammatikasi, fonetikasi va leksikasini o'qitishda foydalanish;

Amrulloyeva Nilufar Anvar qizi

Ingliz filologiyasi fakulteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

v) o'zbek tili va chet tillari bo'yicha olinadigan bilimlarini baholash maqsadida kompyuter dasturidan foydalanish kabilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi borasida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu islohotlar jarayonida xorijiy tillarni o'rgatishga ham alohida e'tibor qaratildi. 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror bu borada muhim omil bo'lib xizmat qildi.

"Sun'iy aql va tillarni o'rganish" maqolasida B.Skinner tilni osonlik bilan o'rganishda kompyuterning roli muhimligini ko'rsatadi. Kompyuter bilan ishlash o'z ustida ishlash uchun qulaydir. Zamonaviy texnologiyalar yordamida tilni o'rganishda, talabalar ma'lumotlarga munosabat bildirishni o'rganadilar va ma'lumotlarni sust ya'ni noaniq joylarini tahlil qila oladilar. Texnologiya faqatgina zamonaviy ta'lim uchungina xos emas, balki u kelajakning zamonaviy va yangi ta'limini amalga oshiruvchi o'rtadagi manbadir.

Zamonaviy texnologiyalardan biri bu xalqaro qora doskadir. Bu doska xotira va isbot kabi ikki tushunchani bog'laydi. Qora doska virtual ekran va o'qitish o'rganish uchun imkon beradigan sxemalardan tuzilgan. Internet chet tillari o'qituvchilari uchun kerakli resurs manbasidir. U barcha turdagi tasdiqlangan hujjatlarning katta miqdorini o'zida jamlaydi.

Bugungi kundagi zamonaviy yondashuvlarning eng keng tarqalgan usuli asosan darsda multimedialardan foydalanishdir. Chet tillari o'qituvchilarining multimediali ishlari haqiqiy virtual maydonda uzoq vaqt qolishiga to'g'ri keladi, muloqot jarayonini o'rganishni yengillashtiradi, bunda multimediali manba qiziqarli bo'lsa uni o'rganish ham oson bo'ladi.

Multimediali vositalarning foydaliligi shundaki, biror tilni o'rganishda jonli o'yinlarni ko'rib ya'ni rasmlarni ko'rib, tovushlarni eshitib, jonli o'yinlarning faolligini kuzatish mumkin. Multimediali yondashuvlarda asosan bitta insonni baholash oson, chunki multimediali yondashuvlarda o'yinlar orqali o'rganishga ruxsat beriladi. Binobarin o'qituvchi har bir o'quvchisiga pedagogik yondashadi. Turli faoliyatlar orqali mavzuni ochib berishga harakat qiladi.

Chet tilini o'rganishni mashqlar bajarishdan iborat jarayon deyilsa, mubolag'a yoki xato bo'lmaydi. Bu — mashqning dinamika (harakat) tarafi. Uning statika (holat) jihati — darslikda o'quv materiali tarzida tashkil etilganligidadir. Statikadagi mashq deganda, chet til darsligida muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus ajratib ko'rsatilgan, ikki qismdan iborat, dars tarkibini tashkil etadigan o'quv-metodik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

kategoriya tushuniladi. Mashqning qismlari metodik adabiyotlarda „mashq talabi (sarlavhasi)" va „mashq materiali" deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so'z, jumla, grafik matn) yoki o'quvchi nutqining mahsuli (tovush, so'z, jumla, og'zaki matn) bo'lishi mumkin. Dinamikadagi mashq — chet tilda o'quvchi bajaradigan, harf yozish yoki tovushni talaffuz etishdan tortib, to matnni idrok etib tushunish yoki o'z fikrini bemalol bayon etishgacha bo'lgan o'quv amalidir.

Til o'rgatishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning o'zini darsda faol qatnashtirishda yordam beradi. Bu kabi texnologiyalar o'qituvchilarni o'rganuvchilarning qiziqishlarini oshirish uchun taqdimotlarni turli xil ko'rinishda qilishni ta'minlaydi. Bundan tashqari darsdan keyin ham turli testlar yoki boshqotirmalar berish orqali o'quvchilarni til o'rganishga qiziqtirish mumkin.

Chet til o'qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o'qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha, har qanday fanni o'qitish metodikasi fan bo'lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, ch et til o'qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va harakatlanish qonuniyatlari bilan shug'ullansa, metodika bu qonuniyatlarga asoslanib zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga javob beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar tomonidan yozilgan. Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va buyuk ingliz tilshunosi G.Suit, XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng original fonetist va nazariyotchi tilshunos hisoblangan O.Yesperson, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida eng ko'zga ko'ringan fransuz lingvistlaridan F.Bryuns va Brealya, ko'zga ko'ringan anglist va taniqli fonetist V.Fiyotor va boshqalar kiradi. Rossiyada til o'qitish metodikasi masalasi bilan akademik L.V.Shcherba va uning ustozi buyuk tilshunos olim I.A.Boduen-de-Kurtone va ularning shogirdlari shug'ullanganlar. Chet til o'qitish metodikasiga psixologlar o'zgacha munosabatda bo'ldilar. Metodika va psixologiya fanlarning o'zaro munosabatlari haqida professor V.A.Artemov qimmatli fikr bildirgan. Uning fikricha, psixologiya metodika uchun material beradi. Metodika o'qituvchining qanday dars o'tishini o'rganadi. Psixologiya esa, o'quvchilarning bu predmetni qanday o'zlashtirib olayotganliklari bilan shug'ullanadi. Lekin, bu fikrga to'la qo'shilib bo'lmaydi. Chunki o'qituvchi dars berish jarayonida, o'quvchi esa o'zlashtirish davrida ma'lum ruh iy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, ular xohlaydilarmi, yo'qmi psixologiyaning qonunlariga ro'baro bo'ladilar va ta'sirlanadilar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XULOSA

Ushbu maqolada xulosa qilinadiki, axborot texnologiyalari taraqqiy etgan davrda yashayotgan ekanmiz, ushbu qulayliklardan oqilona foydalangan holda chet tillarini barcha uchun tushunarli tarzda yanada mukammal o'rgatish lozim. Demak texnologiyalarni joriy qilish, o'qitish uslublarini davr talablariga javob berishini ta'minlash pedagog-olimlarning kechiktirib bo'lmas asosiy vazifalaridir. Mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish ham dolzarb hisoblanadi. Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf-odatlari, tiliga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Bu aloqalarning rivojida chet tillarining o'rni beqiyosdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Odiljonovna, T. M. (2023). XORIJIY TILLARNI O 'RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA AHAMIYATI. Innovation: The journal of Social Sciences and Researches, 1(5), 112-113.

2. J. Jalolov "Chet tili o'qitish metodikasi"

3. 2012-yil 10-dekabrdagi " Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining №=1875-qarori

4. Rahma Al-Mahrooqi and Salah Troudi " Using technology in foreign language teaching"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.