Научная статья на тему 'O’QUV JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

O’QUV JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
22
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnologiyalar / ta’lim sohasi / o’quv jarayoni / talabalar faolligi / Etherpad va LefrningApps ilovalari. / Digital technologies / education sector / learning process / student activity / Etherpad and Learning Apps.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bo’Ribayeva, Sharofat Abduraxmanovna

Ushbu maqolada bugungi kunda raqamli texnologiyalarning taraqqiyot rivojlanishidagi o’rni, ularning ta’lim sohasida o’quv mashg’ulotlarini qiziqarli va samarali tashkillashtirishda muhim ahamiyati xususida to’xtalib o’tilgan. Talabalarning darsdagi faolligini oshirish maqsadida foydalaniladigan Etherpad va LearningApps ilovalarining o’quv jarayoniga tatbiq qilinishi ham maqolada tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article highlights the role of digital technologies in the development of society today, their importance in an interesting and effective organization of educational activities. The article also analyzed the use of Etherpad and Learning apps which are used to improve student activity in the classroom.

Текст научной работы на тему «O’QUV JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'QUV JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Bo'ribayeva Sharofat Abduraxmanovna

O'zMU katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda raqamli texnologiyalarning taraqqiyot rivojlanishidagi o 'rni, ularning ta 'lim sohasida o 'quv mashg 'ulotlarini qiziqarli va samarali tashkillashtirishda muhim ahamiyati xususida to 'xtalib o 'tilgan. Talabalarning darsdagi faolligini oshirish maqsadida foydalaniladigan Etherpad va LearningApps ilovalarining o'quv jarayoniga tatbiq qilinishi ham maqolada tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Raqamli texnologiyalar, ta'lim sohasi, o'quv jarayoni, talabalar faolligi, Etherpad va LefrningApps ilovalari.

ABSTRACT

This article highlights the role of digital technologies in the development of society today, their importance in an interesting and effective organization of educational activities. The article also analyzed the use of Etherpad and Learning apps which are used to improve student activity in the classroom.

Keywords: Digital technologies, education sector, learning process, student activity, Etherpad and Learning Apps.

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещается роль цифровых технологий в развитии общества сегодня, их важное значение в интересной и эффективной организации образовательной деятельности. В статье также было проанализировано применение приложений Etherpad и LearningApp, которые используются с целью повышения активности учащихся на уроке.

Ключевые слова. Цифровые технологии, сфера образования, учебный процесс, студенческая активность, приложения Etherpad и LearningApps

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning barcha sohalarga tatbiq qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Bu borada zamonaviy axborot-texnologiyalarni keng ko'lamda joriy etish bo'yicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar barcha tarmoqlarda amalga oshirilayotgani quvonarli hol. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-sonli "Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni 1 raqamli texnologiyalarining barcha sohalarga samarali tatbiq qilish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini raqobatbardoshligini oshirishda muhim omillardan biri sifatida xizmat qilmoqda. ""Raqamli" atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi"2. Raqamli texnologiyalardan foydalanish so'nggi yillarda ko'pgina ijobiy natijalar berib, mamlakatimiz bo'ylab keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham quyidagilarni bayon qilgan: "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda"3 Haqiqatan ham dunyodagi barcha sohalarda axborot texnologiyalarining jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgani turli axborot vositalari orqali muntazam yoritilib borayotganiga guvoh bo'lyapmiz.

Ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq qilinishi an'anaviy o'quv mashg'ulotlarga qaraganda ancha samaraliligi bilan ajralib turadi. „Raqamli texnologiyalar o'quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladi. O'qituvchi ular yordamida darsni imkon qadar qiziqarli, real hayotga yaqin va ko'rgazmali tashkillashtirishi darkor"4, "Raqamli texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishiga pozitiv ta'sir ko'rsatadi. Umumiy qilib aytganda darsning samaradorligiga uning salbiy ta'siri yo'q. Dars samaradorligiga mo'ljallangan vaqt va harajatlar raqamli texnologiyalardan foydalanganda boshqa o'rganish uchun talab qilingan vositalarga qaraganda kamroq saraflanadi."5

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar yordamida dars mashg'ulotlarini samarali tashkillashtira oladigan bilimli professor va o'qituvchilarni malakasini oshirish hamda ularga qo'shimcha ta'lim dasturlari taklif qilish borasida ham talaygina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Toshkentda faoliyat ko'rsatayotgan Gyote instituti orqali olib borilayotgan amaliy ishlarni misol sifatida aytib o'tish maqsadga muvofiqdir.

1 https://lex.uz/uz/docs/5030957?ONDATE2=14.07.2021&action=compare Mypo^aaT caHacu 20.03.2024

2 XamHMOBa napnueBa P. 3aMOHaBHH Tat^HMga pa^aM^u TexHO^oruanapgaH ^onganaHHm ucTH^o^apu. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/16 Khashimova Parpiveva.pdf Mypo^aar caHacu 22.03.2024

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HRacH npe3ugeHTH fflaBRar Mup3HëeBHHHr 2020 hhïï 24 aHBapga O^HH Ma^ucra ny^araH Mypo^aaTHOMacu.

ttps://nrm.uz/contentf?doc=612868_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_prezidenti_shavkat_mirzieevning_oliy_majl isga_murojaatnomasi_(2020_yil_24_yanvar) Mypo^aaT caHacu 22.03.2024

4 https://www.forum-verlag.com/blog-bes/digitale-medien-im-unterricht Mypo^aar caHacu 12.03.2024

5 https://www.friedrich-verlag.de/bildung-plus/digitale-schule/medieneinsatz-im-unterricht/pro-und-contra/wie-wirksam-sind-digitale-medien-im-unterricht/ Mypo^aar caHacu 21.03.2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ma'lumki, Gyote instituti respublikamizning bir necha oliy o'quv yurtlari bilan DLL- Deutsch lehren lernen dasturi asosida hamkorlik qilib kelmoqda. "DLL qisqartmasi nemis tilini o'qitishni o'rganishni anglatadi. O'zbekistondagi Gyote-instituti O'zbekiston universitetlariga DLL-malaka oshirish va qo'shimcha ta'lim dasturini nemis tili o'qituvchilarini tayyorlashda tatbiq qilish uchun imkoniyatlar taklif qiladi.6 Ushbu dastur asosida Gyote-instituti DLL-majmualaridan bir nechasini nemis tili o'qituvchilarini tayyorlash va professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida o'quv jarayoniga tatbiq qilishga muvaffaq bo'ldi. Shunday majmualardan biri "Lehr- und Lernmedien" DLL5 hisoblanib, raqamli texnologiyalar asosida o'quv jarayonini tashkillashtirishga yaqindan yordam beradigan o'quv materiallaridan biridir.

DLL5 majmuasining o'quv jarayonida qo'llanilishi nafaqat professor-o'qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetensiyasini oshishiga salmoqli hissa qo'shdi, balki talabalarning darsda faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Talabalarni faolligi dars jarayonida samarali natijalarga erishishda asosiy omil sifatida xizmat qiladi.. Bu haqda turli manbaalarda quyidagicha fikrlar keltirilgan:

"O'quvchilarning faolligi darsning tamoyili hisoblanib, unga ko'ra o'quvchilar darsda va o'quv jarayonida imkon qadar faol ishtirok etishlari kerak"7 Haqiqatan ham o'quvchilarning faolligi darsning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi va bu fikrni boshqa manbaalarda ham uchratish mumkin: "O'quvchilarning faolligi darsning metodik-didaktik tamoyillaridan biri bo'lib, unga ko'ra o'quvchilar dars mashg'ulotlarida va o'quv jarayonida imkon qadar faol ishtirok etishlari darkor"8

"Dars jarayonini biz qanchalik ko'p o'quvchilar faoliyatiga mo'ljallab tashkillashtirsak, o'quv jarayoni shunchalik darajada muvaffaqiyatli va esda qolarli bo'ladi"9

Haqiqatan ham talabalarning faolligi darsni sermahsul bo'lishida bosh mezon hisoblanadi va ularni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilsa, natija yana ham samaraliroq bo'ladi. Quyida biz g'quv mashg'ulotlarida eng ko'p qo'llanilgan raqamli texnologiyalar hususida to'xtalib o'tmoqchimiz.

Chet tilida matnlar yaratish murakkab jarayonlardan biridir va bunday topshiriqlarni bajarish talabalarga biroz qiyinchilik tug'diradi. Ayniqsa o'zlashtirishi past talabalar tomonidan bunday topshiriqlar ba'zan umuman bajarilmaydi. Yuqorida

6 https://www.goethe.de/ins/uz/uz/spr/eng/dll.html Mypo^aaT caHacu 22.03.2024

7 Ende K., Grotjan R., Kleppin K., Mohr I. Curriculare Vorgaben und Unterrichtsplanung. Ernst Klett Sprachen Stuttgart-2013. S.144

8 Ballweg S., Drumm S., Hufeisen B. u.a. Wie lernt man die Fremdsprache Deutsch? Klett-Langenscheidt. München-2013. S. 189.

9 Funk H., Kuhn Ch., Skiba D., u.a. Aufgaben, Übungen, Interaktion Klett-Langenscheidt. München-2014. S.12

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aytib o'tilganidek, talabalami faolligi darsning muhim metodik -didaktik tamoyili bo'lganligi sababli ularning barchasini darsdagi ishtirokini ta'minlash juda zarurdir. Buni raqamli texnologiyalardan biri Etherpad orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu texnologiya orqali bir vaqtda talabalar hamkorlikda matn tuza oladilar. Har bir talaba o'ziga yozish uchun alohida rang tanlab olib, kamida bitta matnga mos gap yozishi talab qilinadi. Bu raqamli texnologiya asosida bajarilgan vazifada talabalar bir vaqtda yozishlari va boshqalar tomonidan yozilgan gaplarni o'qishlari hamda xatolar ustida ishlashlari mumkin. O'z tajribamizdan shuni aytish mumkinki, hamkorlikda yaratilgan matn barcha talabalarni matn ustida ushlashga undaydi va turli ranglarda yozilgan gaplar barchani kayfiyatini oshirib, talabalar motivasiyasini ortishiga zamin yaratadi.

"Nemis tili darslarida hamkorlikda o'rganishning maqsadi o'quvchilarning mazmun va til tuzilmalarini ishlab chiqishlari va ular buni bir-birlaridan foyda olgan holda birgalikda qilishni o'rganishlaridir"10

Navbatdagi raqamli texnologiyadan biri LerningApp ham talabalarning faolligini ta'minlovchi ilova bo'lib, chet tilini o'rganishda uning bir necha fuksiyalaridan foydalanish mumkin. Talabalar yangi so'zlarni oson va yaxshi eslab qolishlari uchun darsda ko'pincha mos kartochkalarni topishga oid mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Bunday mashqlar orqali talabalar rasmlarga mos yangi so'zlarni topishlari yoki yangi so'zlarga mos keladigan so'zning izohi yozilgan kartochkalarni topishlari kerak bo'ladi. Bunday mashqlar barcha talabalarni darsda ishtirokini ta'minlash bilan birga so'zlarni tez o'zlashtirishga va xotirada uzoqroq saqlab qolishga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, raqamli texnologiyalardan foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib, barcha sohalarda o'zining ijobiy samaralarini ko'rsatib kelmoqda. Raqamli texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq qilinishi esa dars samaradolligini ortishiga hamda talabalarni qiziqishi, motivasiyasi va ularning dars mashg'ulotlarida faolligini oshirishda muhim vositalardan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ballweg S., Drumm S., Hufeisen B. u.a. Wie lernt man die Fremdsprache Deutsch? Klett-Langenscheidt. München. 2013

2. Ende K., Grotjan R., Kleppin K., Mohr I. Curriculare Vorgaben und Unterrichtsplanung. Ernst Klett Sprachen Stuttgart-2013

10 Rösler D., Würfel N. Lernmaterialien und Medien. Klett-Langenscheidt. München.2014. S.177

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Funk H., Kuhn Ch., Skiba D., u.a. Aufgaben, Übungen, Interaktion Klett-Langenscheidt. München-2014

4. Rösler D., Würfel N. Lernmaterialien und Medien. Klett-Langenscheidt. München.2014

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. ttps://nrm.uz/contentf?doc=612868_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_prezidenti _shavkat_mirzieevning_oliy_majlisga_murojaatnomasi_(2020_yil_24_yanvar)

6. https://lex.uz/uz/docs/5030957?ONDATE2=14.07.2021&action=compare

7. Xashimova D., Parpiyeva R. Zamonaviy ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/16 Khashimova Parpiyeva.pdf https://www.forum-verlag.com/blog-bes/digitale-medien-im-unterricht

8. https://www.friedrich-verlag.de/bildung-plus/digitale-schule/medieneinsatz-im-unterricht/pro-und-contra/wie-wirksam-sind-digitale-medien-im-unterricht/

9. https: //www.go ethe.de/ins/uz/uz/spr/eng/dll .htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.