Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CHET TILINI O'RGATISHDA INTERFAOL TA'LIM METODIKASI
Yulduz Abdullayevna Djurayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada chet tilini o'rgatishda interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish ko'nikmalari haqida gap borgan.
Kalit so'zlar: Kompetentsiya, kasbiy kompetentsiya, zamonaviy mutaxassis, Insert usuli, an'anaviy dars, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy faoliyat.
Mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik ta'lim tizimiga asoslangan bo'lib, unda olg'a surilayotgan g'oyalar shaxsning ma'naviy, huquqiy madaniyatini insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish, ta'lim tizimini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo'lishiga erishish, jamiyatga har tomonlama yetuk kadr tayyorlash ishiga qaratilgandir.
Ana shu vazifalarni ijobiy hal etish natijasida aqlan yetuk, axloqan barkamol, jismonan sog'lom, dunyoqarashi keng va teran, yaxlit shakllangan, ya'ni komil inson shakllanadi.
Oliy ta'lim muasasalarida amalga oshirilayotgan o'quv jarayoni talabalarni shaxs sifatida shakllanishi, intellektual, ahloqiy jihatdan rivojlanishlari uchun qulay sharoitlarni keltirib chiqaradi. Mavzuni yoritib berishda o'qituvchi qo'yidagi shartlarga muvofiq harakat qilishi talabalarning nazariy bilimlarni o'zlashtirishi, amaliy ko'nikma va malakalarni egallashlari uchun zarur sharoit yaratadi. Jumladan, chet tili fanidan amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilarga yetkazishda aniq maqsadni belgilash, didaktik shartlar (ta'lim shakli, metod va vositalarining maqbul variantini tanlay olishi, ular o'rtasida o'zaro aloqadorlik va uyg'unlikni ta'minlanishiga erishish, o'quv jarayonini tashkil etish va bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan vaqt hajmini aniq belgilash), o'quvchilarga mavzuni faqat nazariy jihatdan ifodalash bilan cheklanib qolmasdan ma'naviy ahloqiy sifatlarini tarkib topishini, shaxs sifatida rivojlanishlarini, guruhda ijodiy, ishchanlik kayfiyatini yarata olish kabi hususiyatlarni shakllantirish lozim.
Ta'lim oluvchi esa o'z navbatida mavzuning mohiyatini anglab yetishi, nazariy bilimlar va ularga muvofiq amaliy ko'nikma hamda malakalarni o'zlashtirishga nisbatan ichki extiyoj, qiziqishning qaror toptirilishi, mavzuni o'zlashtirgani holda o'zida amaliy faoliyatda qo'llay olishi, mavzu bo'yicha berilgan topshiriqlarni o'z
573
^ZS-IVZÖ^ International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
vaqtida sifatli bajarishi, olgan nazariy bilimlarini mustaqil faoliyat olib borish orqali mustahkamlashi lozim. Hozirgi kompyuter texnologiyalar asrida ta'limning reproduktiv metod va vositalari jamiyatga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot oqimini to'liq o'zlashtira olmayapti. Shu bois, ta'limni jadallashtirish, taraqqiy ettirish va samaradorligini oshirish uchun an'anaviy ta'limga har tomonlama yordam beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligini davrning o'zi taqozo etmoqda. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya hozirgi kun pedagogikasining shartlari, barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbir va dastur hisoblanadi.
Mavzuni yoritishda o'qituvchidan pedagogik, didaktik bilimlarni chuqur o'rganish, yuzaga kelayotgan vaziyatlar mohiyatni tezkor sur'atda baholay olish, ularning yechimini topish layoqati, talabalarning yosh va psixologik hususiyatlarini inobatga olish, talabalarni o'quv faoliyatini nazorat qilish va haqqoniy baholay olish malakasiga ega bo'lishni taqozo etadi.
Mavzuni o'qitishda innavatsion texnologiyalar qo'llanishi talabalarni tizimli ijodiy fikrlashini va ijodiy masalalarni yechishda nostandart g'oya, fikrlarni bildirish qobiliyatlarini shaklantirishga qaratilgan texnologiyalardir.
Pedagogik texnologiya - bu ta'limga bo'lgan innovatsion yondashuv bo'lib, bu pedagogikadagi ta'limga bo'lgan yondashuvning ifodasi, ta'lim jarayonini ma'lum darajada standartlashtirish hisoblanadi va bu tushuncha kompyuterlashtirish bilan bog'liq amalga oshiriladi.
Zamonaviy ta'limda o'zaro muloqot pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o'quv jarayonini to'liq qamrab olishi kerak. Bunda "faollik" tushunchasi yetakchi hisoblanadi. Chunki reproduktiv ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan va o'qituvchi bergan nazariy bilimini amaliy mashg'ulotlarda qaytarib olgan. Bundan farqli o'laroq, zamonaviy texnologiyalar o'quvchilarni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Bunda pedagog shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik, maslahatchi, baholovchi vazifalarini bajaradi. Demak, zamonaviy-produktiv ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy ijrochiga aylanadi
Interfaol metodlar - o'zaro fikr almashishga, o'zaro fikrlarni to'ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta'sir o'tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlarni qo'llashda o'zaro ta'sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta'sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik sub'ektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish, noma'lum holatni ochishga(kashf etishga)
574
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Cjrchjq^avlat^edagogika^niVie
ko'mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin. Chet tilini o'qitishda bir qator texnologiyalardan foydalanish mumkin. Jumladan, "Charxpalak" metodi ham ta'lim oluvchilarni fikrlashga o'rganadigan metodlar sirasiga kiradi. Ingliz tilida zamonlar mavzusi o'tilgandan so'ng mavzu bo'yicha olingan ma'lumotlarni mustahkamlash va ushbu masala yuzasidan ta'lim oluvchilar o'zlashtirishi saviyasini aniqlash uchun «Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo'llash mumkin.
Buning uchun guruh uchta kichik guruhga bo'linadi. Har bir guruhga oldindan tayyorlangan quyidagi didaktik tarqatma material beriladi. Uning yuqori qismiga chap tomonga guruh nomeri yoki shartli nomi, o'ng tomonga guruh a'zolari belgilashi uchun tanlagan belgi qo'yilishi va guruh muhokama qilib, jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan 12 ta zamonlarni ifodalaydigan tushunchalar qaysi zamonga mos kelishini belgilash taklif etiladi. Bu belgilar qo'yilgan qog'ozni (soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha) keyingi guruhlarga uzatish talab etiladi. Keyingi guruh esa yana guruh fikri bo'yicha tegishli belgilar bilan to'ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, guruhlar fikrlari belgilangan qog'ozlar charxpalak singari guruhlar orasida aylanib bo'lgach, natijalar muhokamasi tashkil etiladi. Bunda jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan 12 ta zamonlarni ifodalaydigan tushunchalar qaysi zamonga mos kelishi bo'yicha belgilashlarda qanday bandlarda farqlar mavjud bo'lsa, shu banddagi tushunchalar muayyan zamon shakligi mansubligi muhokama etilib, umumiy bir to'g'ri xulosaga kelinadi.
REFERENCES:
1. Djurayeva, Y. A. (2022). Variety of language social networks and their application in the study of foreign languages. Academic research in educational sciences, 3(2), 407-411.
2. Malikova, D. Q. (2021). Sharq milliy mafkurasi rivojida g'arbiy yevropa mafkurasining o'rni. O 'zbekistonning umidli yoshlari, 1 (1), 94-95. 18. Abdurasulovich, MQ Definition Of Lexical And Semantic Groups Of Judicial Discourse In Uzbek Language.
3. Абдужаббарова, Ф. А. (2020). Узбек тилини хорижий тил сифатида укитиш масалалари. ТДТУ илмий журнали, 1(3), 53-55.
575
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference