Научная статья на тему 'MODULLI KOMPETENTLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

MODULLI KOMPETENTLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
57
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Texnologiya / tasavvur / fazo / tafakkur / modul / kompetent / metod / nazariya / ko‘nikma / malaka / test. / Technology / imagination / space / thinking / modul / compotent / method / theory / skill / test.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xalimov M.K.

Ushbu maqolada modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING STUDENTS' SPATIAL IMAGINATION BASED ON A MODULAR COMPETENT APPROACH

This article describes a methodology for the development of students' spatial imagination based on a modular-competent approach.

Текст научной работы на тему «MODULLI KOMPETENTLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

MODUL

ф

ENTLIYONDASHUV ASOSIDA

ALARNING FAZOVIY TASAVVURINI

RIVOJLANTIRISH METODIKASINI

ILLASHTIRISH

M

Xalimov Moxir Karimovich. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti

Annotatsiya

Ushbu maqolada modulli-kompetentli yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasi yoritilgan.

Kalit so'zlar

Texnologiya, tasavvur, fazo, tafakkur, modul, kompetent, metod, nazariya, ko'nikma, malaka, test.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ РАЗВИТИЯ ПРОСТРАНСТВЕННОГО ВООБРАЖЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ МОДУЛЬНОГО КОМПЕТЕНТНОГО ПОДХОДА

Халимов Мохир Каримович. Ташкентский государственный педагогический университет им. Низами, доцент

Аннотация

В данной статье описана методика развития пространственного воображения учащихся на основе модульно-компетентного подхода.

Ключевые слова Технологии, воображение, пространство, размышление, модул, комитент, метод, теория, умение, тест.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING STUDENTS' SPATIAL IMAGINATION BASED ON A MODULAR

COMPETENT APPROACH Xalimov Moxir Karimovich. Tashkent State Pedagogical University named

after Nizami, Associate Professor

Annotation

This article describes a methodology for the development of students' spatial imagination based on a modular-competent approach.

Keywords

Technology, imagination, space, thinking, modul, compotent, method, theory, skill, test.

bugungi kunda qator ijobiy ishlar qilinib kelinmoqda.

Talabalarning chizma geometri-ya va muhandislik grafikasi fanidan fazoviy tasavvurini oshirish jarayoni OTM texnologik ta'lim yo'nalishlari faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois mazkur ta'lim muassasalarida texnologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarda fazoviy tasavvurni rivojlantirishga xizmat qiladigan zarur pedagog shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir.

Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarida "modul - ta'lim va tarbiyaning muayyan maqsadi va natijasiga erishish bo'yicha o'zaro bog'langan hamda mantiqiy tugallikka ega bo'lgan o'quv fanlari va ularning tarkibiy qismlari" deb ta'riflangan.

Modulli-kompetensiyaviy ta'lim talabaga taqdim etilgan maqsadli dastur, axborot banki, qo'yilgan didaktik maqsadlarga erishish uchun uslubiy ko'rsatmalarni qamrab olgan maxsus dasturga ega ta'lim bo'lib, ushbu ta'lim boshqa ta'lim turlaridan quyidagi jihatlariga ko'ra farq qiladi: ta'lim mazmuni tugallangan, mustaqil modullar shaklida taqdim etiladi; o'qituvchining ta'lim oluvchi bilan muloqoti tubdan yangi asosda amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchi o'qituvchi _bilan bo'ladigan

Ma'lumki bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashning hozirgi zamondagi maqsadlari bitiruvchilarning grafik ta'limi mazmunini va tuzilmasini jiddiy o'zgartirishni nazarda tutadi. Ushbu maqsadlar jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini joriy etishga, bugungi kundagi maktablarning texnologiya ta'lim o'qituvchilariga qo'yayotgan talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan. Ayniqsa, fan va texnikani hozirgi rivojlanishi sharoitida oliy pedagogika ta'lim muassasalarida bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini kasbiy-garfik tayyorlashning yaxlit tizimini yaratish muammosi dolzarblik kasb etmoqda.

Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2017- yil 20-apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi. Shu qaror asosida

alohida

ijtimoiy-bo'yicha

har bir uchrashuvga shaxsiy bilim orttirish qobiliyatlarini hisobga olgan holda modul yordamida dastlabki tayyorgarlikni ma'lum darajaga etkazadi.

O'z mohiyati, didaktik imkoniyatlariga ko'ra modulli-kompetensiyaviy ta'lim dasturi yaxlitlikni, nisbatan mustaqillik va mazmunining mantiqiy

tugallanganligini, tuzilmaning

moslashuvchanligini, ta'lim

natijalarini nazorat qilish va baholash tezligini, ta'lim oluvchi, bo'lajak yoki amalda faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassisning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishini hamda rivojlantirishda aniq maqsadga erishishni ta'minlaydi.

Umumkasbiy fanlarini modulli-kompetensiyaviy yondashuv asosida o'qitish jarayonida ta'limning barcha metodlari, vositalarini qo'llash natijasida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlanishi ta'minlanadi.

Texnologik ta'limni tashkil etishga modulli-kompetentli

yondashuv asosida ta'lim dasturlari mazmunini loyihalashtirish

texnologiyasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

1) ish beruvchilar bilan hamkorlikda muayyan ta'lim yo'nalishi bo'yicha tayyorlanadigan mutaxassisning asosiy funksiyalari ro'yxati belgilab olinadi;

2) belgilangan funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur va etarli bo'lgan maxsus kasbiy grafik, loyihalash, konstruksiyalash, texnologik kompetensiyalarning majmuasi aniqlanadi;

3) nazariy bilimlariga tayangan holda talaba hal qila olishi kerak bo'lgan amaliy harakatlar va bajariladigan ishlarning namunaviy asosi sifatidagi tipik kasbiy vazifalar, muammolar va vaziyatlar to'plami loyihalashtiriladi;

4) ta'limning maqsadlari, mazmuni, o'zlashtirish usullari va o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash yo'llarini o'z ichiga olgan ta'lim modullari tizimi ishlab chiqiladi;

5) ta'lim modullarining muayyan to'plamidan asosiy ta'lim dasturlari loyihalashtiriladi;

6) talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlanishining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ularni baholash usullari ishlab chiqiladi.

Mazkur holatlarning to'liq ta'minlanishi OTMlarda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishda kutilgan natijaga erishishni kafolatlaydi.

Modul o'z ichiga ma'ruza va mavzular bilan bog'liq amaliy mashg'ulot darslarni qamrab olishi mumkin. Har qaysi modul bo'yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi: ishchi o'quv dasturi; modullar bo'yicha o'quv materiallari; talabalar bilimini nazorat qilish uchun testlar; amaliy topshiriqlar (amaliy mashqlar); o'quv keyslari; individual topshiriqlar; mustaqil ish (ta'lim) topshiriqlari; o'quv-uslubiy tarqatma materiallar; glossariy; taqdimot.

Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalarining fazoviy tasavvurini rivojlantirishda o'quv mashg'ulotlari,

ayniqsa, amaliy

mashg'ulotlarni tashkil etishda ta'lim metodlarini tanlash, metodikani puxta shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi zarur. Shu bois E.M.Fazlulin, V.A.Ryabov,

O.A.Yakovuk OTM pedagoglari oldida turgan vazifalardan biri o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash, metodikani samarali shakllantirish, deb hisoblaydi.5 Binobarin, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash maqsad va natija o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ta'minlaydi. Shu bois OTMning pedagoglari ularni to'g'ri tanlashga alohida e'tibor qaratishlari talab qilinadi.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi: o'qitishning umumiy maqsadlari; alohida o'quv fanining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlari; o'quv fanni o'qitishdan ko'zlangan maqsad, vazifalar hamda har bir alohida mashg'ulot uchun mo'ljallangan o'quv materialining mazmuni; o'quv materialini o'rganish uchun ajratilgan vaqt hajmi; talabalarning tayyorgarlik darajasi, psixologik va psixologik-fiziologik ko'rsatkichlari; o'qitish jarayonining o'quv, texnik va

5 Фазлулин Э.М., Рябов В.А., Яковук О.А. Использование программ 3d-моделирования при обучении инженерной графике

texnologik jihozlar (o'quv jihozlari ko'rsatmali qurollar, texnik, kompyuter va boshqa moddiy vositalar) bilan ta'minlanganligi; pedagogning tayyorgarlik va shaxsiy sifatlari darajasi.

Mualliflarning fikriga ko'ra, ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash, metodikani puxta shakllantirish quyidagi natijalarga erishishni kafolatlaydi: talabalarda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani asoslarini puxta o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish va motivasiyani hosil qilish, ularning o'quv-bilish faolligini oshirish, talabalarning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishini ta'minlash, talabalar tomonidan ushbu fan asoslarini o'qitish sifatini yaxshilash, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o'qitishning samaradorligini oshirish.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki OTMlarda talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasi-ni puxta shakllantirish e'tiborga olinishi hamda OTMlarda talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish jarayoni quyidagi metodika asosida tashkil etilishi mumkin: ishchi o'quv dastur modullar bo'yicha o'quv materiallari talabalar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlari; amaliy topshiriqlar; o'quv keyslari;

//https://cyberleninka.ru /article/n/ispolzovanie-programm-3d-modelirovaniya-pri-obuchenii-inzhenernoy-grafike.

individual majburiy grafik vazifalar; mustaqil ishlash uchun grafik topshiriqlar; o'quv-uslubiy tarqatma materiallar; glossariy; taqdimot; zamonaviy kompyuter dasturlari.

Quyida ushbu metodikaning ayrimlarining mohiyati yuzasidan so'z yuritiladi:

Ishchi o'quv dasturi. Modulli-kompetensiyaviy yondashuv asosida "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" o'quv fani bo'yicha ishchi o'quv dasturini shakllantirishda o'quv fanining xarakterli jihatlari, har bir modulning tugallanganligi inobatga olindi.

Modullar bo'yicha o'quv materiallari. Ularni shakllantirishda tayanch tushunchalar mohiyatining ochib berilishi, muhim va zarur o'quv axborotlarini bayon qilishda izchillik, uzviylik va tizimlilikning ta'minlanishi nazarda tutildi. Talabalarning e'tiboriga havola etilgan o'quv materiallari mashg'ulotlarning xarakteridan kelib chiqqan holda quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo'ldi:

Nazariy mashg'ulotning

tarkibiy tuzilmasi: mavzu; o'quv rejasi; tayanch tushunchalar; mavzu bayoni; o'quv-nazorat savollari; nazariy mashg'ulotda interfaol metodlardan foydalanishga doir metodik ishlanmalar.

Amaliy mashg'ulotning tarkibiy tuzilmasi: mavzu; o'quv rejasi; mashg'ulot jarayonining borishi (o'quv rejasining har bir bandi bo'yicha amaliy faoliyatning tashkil etilishi); mashg'ulotning yakun-lanishi (tahlil va baholash).

Tadqiqot davrida nazariy hamda amaliy mashg'ulotlarning yuqoridagi tarkibiy tuzilma asosida tashkil etilishi talabalar tomonidan o'quv materiallari mazmunini zarur darajada o'zlashtirish, o'qitish sifatini yaxshilashga zamin yaratdi.

Talabalar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlari. Bu turdagi topshiriqlarni ishlab chiqishda ularning nostandart bo'lishi maqsadga muvofiq deb topildi. Zero, nostandart testlar talabalarni fikrlashga, o'zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirishga, mavjud nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olishga undaydi. Ayni o'rinda "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" o'quv fani modullaridan nostanlart testlar ishlab chiqildi.

Ma'lumki, yuqorida aytilgani-dek nazoratlar natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste'molda keng foydalanilmoqda.

Test - biror bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Umuman olganda test so'zi inglizchadan olingan bo'lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma'nolarini bildiradi, shuningdek, o'quvchilarning intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo'llaniladigan standart mashqlar demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi: nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi o'zlashtirish testlari; real o'quv imkoniyatlari bo'yicha

(Yu.Babanskiy)

diagnostika testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar bo'yicha) o'qitish testlari.

Testlashtirishni tashkil etish usullariga esa umumiy, individual yoki juda kam qo'llaniladigan, lekin juda samarali hisoblangan alohida usuli ham tekshiriluvchilarning tashxischi bilan yuzma yuz, xolis (testlashtirishning EHM

vositalaridagi individual dasturning zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi.6

Chet el pedagogikasi testlari-ning tahlili shuni ko'rsatadiki, ularni bizning milliy pedagogikamizga ko'r - ko'rona ko'chirib bo'lmaydi. Chunki, ko'pchilik chet el testlari yagona dastur bo'lmagan sharoit uchun tuzilgan. Bizning yagona dasturimizning asosiy maqsadi axborot madaniyatining (kompyuter orqali) namoyon bo'lishi va o'quv dasturi asosiy talablarini bajarilishi bizning testlarimizda asosiy talab -dasturga munosabat bo'yicha xotiradagini eslash bo'ladi.

Testlardan foydalanish haqidagi dastlabki ma'lumotlar ingliz olimi J.Fisher tomonidan yozilgan «Scolle books» kitobida 1864 yilda berilgan.

Shuningdek, amerikalik olim R.Reyskir 1884 yilda orfografiyadan bilimlarni tekshirish jadvalida, 1887 yili esa nemis olimi G.Ebbingauen testlarni matnlarda bo'sh qoldirilgan matnlarda keltirgan.7 Fan testlari mazmuni qanday bo'lishini V.Bespalko o'zining «Дидактические осново программного управление протсессом обучение» kitobida yozgan. Chizmachilik fanidan esa dastlabki testlarni Nizomiy nomidagi TDPU "Muhandislik va kompyuter grafikasi" kafedrasi fahriy professori I.Raxmonov tuzgan. Uning 1994 yil «O'qituvchi» nashriyotidan chiqqan «Chizmachilikdan test» kitobida testlarning ba'zi turlari keltirilgan hamda kitobidan hozirgi kunda mamlakatimizning barcha maktablar, KHK, KHM, oliy o'quv yurtlarida o'qituvchi va o'quvchilari muvofaqqiyat bilan foydalanib kelinmoqda.8

Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, oliy ta'lim muassasalarining chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanida talabalarning ko'pchiligi dars boshida o'tilgan mavzuga oid savol -javob o'tkazilganda yoki grafik ish chizganda oddiy geometrik

6 J.Xasanboyev., H.Sariboyev, G.Niyozov, O.Hasanboyeva, M.Usmonboyeva. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan, 2006., 38-39 betlar.

7 M.Xalimov. Chizma geometriya bo'yicha test

savollari mazmuni va undan foydalanish yo'llari.

Pedagogik ta'lim jurnali, 2012 yil, №1, 65-69 betlar.

8 Рахмонов И.Т. Чизмачиликдан тест. - Т., «Укитувчи». 1994. 5-7 бетлар.

elementlami noto'g'ri ifodalaydilar. Shularni hisobga olib, har bir o'quv moduli o'qitilib bo'lingach, shu modulni mustahkamlash maqsadida oldingi o'tilgan modullar bilan birga qisqa - qisqa test savollarini ishlatish lozim. Lekin qandan test berilishi yuqoridagi muammoni echishga yordam beradi.

Kuzatishlar testlarni quyidagi turlari ta'lim jarayonida foydalanilayotgaligini ko'rsatdi: aniq voqeylikni va o'lcham ko'rsatish talab qilinadi; bayon matnini matematik ifoda asosida belgilash; sxema (grafik, belgi, diagramma) ni izohlash; axborotni esda saqlab qolish va qayta tiklashni ta'minlovchi va hakazo.

Individual topshiriqlar. Individual topshiriqlar o'quv topshirig'i-ning xarakteri - murakkabligi, uni bajarish uchun talab qilinadigan vaqt byudjetini inobatga olgan holda alohida talabalar, kichik hamda katta (akademik jamoa) guruhlar tayyorlanadi. Masalan, "Mantiqiy chalkash zanjir" metodini qo'llash asosida "Uzatmalar va ularning turlari. Tishli uzatmalar" moduli bo'yicha individual topshiriqlar guruhlar uchun ishlab chiqildi. Ya'ni mashg'ulot jarayonida guruhlarga quyidagi ma'lumotlar qayd etilgan

1-guruh

Noto'g'ri ma'lumot Turli mashina va mexanizmlarda harakat turli xil detallar yordamida ishga tushirilsa, bu detallarning

jamlanmasi uzatma deb ataladi.

To'g'ri ma'lumot Turli mashina va mexanizmlarda aylanma harakat bir valdan ikkinchisiga turli xil detallar yordamida uzatiladi, bu detallarning jamlanmasi uzatma deb ataladi.

2-guruh

Noto'g'ri ma'lumot Friksion uzatmalar parallel vallar orasida joylashgan bo'lib, bir birini ma'lum kuch bilan siqib turuvchi ikki prizmadan tashkil topadi. Aylanma harakat etaklovchi katokdan etaklanuvchiga ular orasida paydo bo'lgan ishqalanish kuchi yordamida uzatiladi.

To'g'ri ma'lumot Friksion uzatmalar parallel vallar orasida joylashgan bo'lib, bir birini ma'lum kuch bilan siqib turuvchi ikki silindrik katokdan tashkil topadi. Aylanma harakat etaklovchi katokdan etaklanuvchiga ular orasida paydo bo'lgan ishqalanish kuchi yordamida uzatiladi.

3-guruh

Noto'g'ri ma'lumot Tishli uzatmalar perpendikulyar vallar orasida joylashgan

bo'lib, silindrik tishli tashqi ilashmali yoki ichki ilashmali g'ildiraklarlardan tashkil topgan bo'ladi.

To'g'ri ma'lumot Tishli uzatmalar parallel vallar orasida joylashgan bo'lib, silindrik tishli tashqi ilashmali yoki ichki ilashmali g'ildiraklarlardan tashkil topgan bo'ladi.

Amaliy topshiriqlar (amaliy mashqlar). OTMda o'qitiladigan "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" o'quv fanining o'ziga xos xususiyatlaridan biri - bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarda birinchi navbatda fazoviy tasavvurini, amaliy ko'nikma, malakalarni rivojlantirish jarayoni-ning amaliy topshiriqlarga asoslanishi sanaladi. Shu bois tadqiqotni olib borish davrida o'quv modullari bo'yicha amaliy xarakterdagi topshiriqlar to'plamini shakllantirishga ham e'tibor qaratildi. Amaliy topshiriqlar ularning murakkablik darajasiga ko'ra juftlik va kichik guruhlarga berildi.

Psixologlar ta'kidlaganidek, talabalarga chizmalarni o'qitishning dastlabki bosqichida ularning fazoviy tasavvurlarini shakllanishida, ularga chizma chizishni o'rgatish jarayonidagi zarur bo'lgan namoyishlar, o'quv plakatlari, modellar va texnik detallar bo'lgan vizual ko'rgazmali qurollar kerak. Bu jarayonda avtomatlashtirilgan

loyihalashtirishlardan foydalanish

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

maqsadga muvofiqdir. Avtomatlash-tirilgan loyihalashtirish konstruktor-lik loyiha xujjatlarini avtomatik tayyorlash, keyinchalik qaysi bir ishlab chiqarishda foydalanish va ishlab chiqariladigan mahsulot talablariga muvofiqligini tekshirish-dir. Konstruktorlik loyiha hujjatlarini alohida matnli va grafik tizimini ishlab chiqish. Chizma va sxemalarni oxirgi ishlab chiqarilgan grafik dasturiy vositalardan foydalanib modellashtirish, bu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo'llashdan iboratdir. Konstruktorlik hujjatlarini aniq natijaga erisha oladigan darajada loyihalashda, kompyuter grafikasi-ning 2D va 3D o'lchamlarda modellashtirish

vositasidan foydala-nish yaxshi natija ortadi va aniqlik oshadi. Bugungi kunda talabalarning muayyan fan bo'yicha ijodiy faolligini rivojlantirishning turli shakl va vositalari mavjud bo'lib, ulardan ta'lim jarayonida foydalanib kelinmoqda. Ularga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Pedagogik nazorat vositalariga -talabalarning bilimlarini nazorat qilish va o'zlashtirish ko'rsatkich-larini aniqlash va ularni bilimlariga to'g'ri va oqilona baho berish vositasi hisoblanadi. Ularga og'zaki va yozma nazorat savollari, test topshiriqlari, tayanch so'z iboralari, mustaqil ta'lim, mustaqil ish, tajriba topshiriqlari kiradi.

Pedagogik jarayonda qo'l-laniladigan didaktik vositalariga dars jarayonida mavzuni tushuntirish, takrorlash va qulay hamda samarali _bo'lgan usul va

metodlardan foydalanishda asosiy vosita bo'lib hizmat qiladi. Bularga elektron mul'timediali qo'llanmalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, tarqatma materiallar va boshqalar kiradi.

Pedagogik o'yinli vositalariga talabalarning dars jarayonida faol ishtirok etishiga va tasavvur qilish hamda fikrlashga majbur etadigan ta'limning interfaol metod va pedagogik texnologiyalaridan iborat.

Bu jarayonni amalga oshirishda talabalarning kompyuter grafikasi yo'nalishidagi fanlar bo'yicha fazoviy tasavvuri va ijodiy faolligini rivojlantirishning yangi vositalarini ishlab chiqish, bunda hozirgi kunda takomillashgan grafik dasturlarning imkoniyatlaridan foydalanish

maqsadga muvofiqdir. Chunki, kompyuter grafikasi bevosita kompyuter bilan uzviy bog'liq fandir, shuning uchun ham, o'quv jarayonida pedagogik vosita sifatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ikki tomonlama muvaffaqiyatli ta'lim berish muammosini echimini ifodalaydi. Modellashtirish bu turli ko'rinishdagi detallarni va loyihalarni 2D va 3D o'lchamlarda modelini qurish va ularning fazoviy ko'rinishini tasavvur qilish uslubidir. 2D modellashtirish ob'ektning tekislikdagi modelini ifodalab, bunda chizmaning barcha konstruktiv funksiyalari mujassamlashgan holda tasvirlanadi. «Muhandislik kompyuter grafikasi» fanini o'qitishda grafik dasturlarning imkoniyatlari bo'lgan ikki va uch o'lchamli modellashtirish, talabalarning ijodiy

faolligini rivojlantirishda hamda turli soha mutahassislarining

avtomatlashtirilgan faoliyat olib borishlarida foydalanish vositasidir. 1-chizmada Chizma geometriya va muhandislik grafikasiga oid bo'lgan oddiy detaining 2D modeli va 3D formatdagi modeli keltirilgan. Talabalar ushbu detalning 3D modelini qurishlarida 2D dan foydalanadilar. Ammo, uni bajarish jarayonida albatta murakkablik darajasiga e'tibor berish zarur hisoblanadi. 1-chizmada keltirilgan detalning 3D o'lchamli modelini: detalning 2D o'lchamli modeli chizish; detalning grafik dastur imkoniyatlaridan foydalanib, taglik va ustki qismini o'stirish va taglik va ustki qismini birlashtirish va kerakli o'lchamda 2D modelda berilgan shartlar asosida keraksiz qismlarini olib tashlash kabi uchta bosqichda amalga oshiriladi. Shu bilan, berilgan detalning 3D o'lchamdagi modelini yaratishning asosiy qismi nihoyasiga etkaziladi. Bu talabani zerikishdan, aqliy faoliyatini zo'riqishidan saqlaydi.

IT

a)

maqsadga muvofiq. Masalan, 2- a chizmada ikkita ko'rinishi berilgan detaining 3D o'lchamdagi modelini qurish kerak bo'lsin. Ushbu detaining uchinchi ko'rinishini topmasdan ham, uning 3D modelini (2- b chizma) AutoCAD grafik dasturining modellashtirish imkoniyatidan foydalanib, tez va aniq topish mumkin. 2- v chizmada detaining ichki tomonining har bir qismlarini turli ranglardan foydalanib ko'rsatilgan. Bu talabaning detaining har bir qismiga e'tibor berish va modellashtirish vositasidan to'g'ri foydalanish kerakligini aks ettiradi.

2-chizma. Detalning 2D va 3D modellari. Yuqorida 1-chizmada keltirilgan detal modelini qurish ikkita bosqichda amalga oshirilsa, 2-chizmada keltirilgan detalni modellashtirish uchun asosan to'rtta, ya'ni: detalning 2D o'lchamli modelini chizish; taglik va ustki qismini o'stirish jarayonida detalning 2D o'lchamli modelida berilgan shartlarga ko'ra bajarish; keraksiz qismlarini olib tashlash va ularga ajralib turish uchun ranglar berish va tayyor detalga qirqim berish kabi bosqichlar bajarilishi kerak. 2- v chizmada detalning 3D o'lchamli modelini ichki qismini aniq ko'rsatish maqsadida, qirqim berilgan ko'rinishda tasvirlangan. Ushbu detalning yaqqol tasvirini talabalarga ko'rgach, ularga biroz tushunarsiz bo'lgan chizmada nima tasvirlanganligi haqida tasavvurga ega bo'ladi va ijodiy faoliyat olib borishga intiladi. Bu jarayonda talabada bir vaqtning o'zida

b)

1-chizma. Oddiy detalning 2D va 3D formatdagi modeli.

3D modellashtirish - katta kompleks metodlar va vositalarni yangi to'rli axborotli ob'ekt modelini ko'zda tutib (barcha ob'ektlar) alohida tasvirlarni tuzilishi va o'lchamlari bo'yicha harakatli rolik tayyorlash rejalarini amalga oshiradi. To'rli axborotli model - bu tajribani umumlashtirib tasvirlarni vektorli modelini qurishda uch o'lchamli ob'ektlar, ularni kadrlar orqali tasvirlashda qo'llanadi. 3D modellashtirishdan foydalanib, muhandislik grafikasiga oid jarayonlarni yuqori aniqlikda hamda sifatli dizaynda, loyihalashtirish imkoniyatlari juda katta. Bu jarayonda talabalarga biror bir moslamani qayta loyihash va ular asosida geometrik modellashtirish orqali zamonaviy muammolarni echimini topish mumkin. Bu jarayonni amalga oshirish uchun, yuqoridagi fikrimizni davom ettirgan holda, talabalarni modellashtirish bo'yicha bilimlarini shakllantirshni oddiy va murakkab detallarning modelini qurishdan boshlash

omillarning barchasi harakatga keladi.

Bunda avvalo o'qituvchi o'zining shaxsiga nisbatan va pedagogik jihatdan barcha ijobiy

xususiyatlarni mujassam etishi lozim.

c

V"

li-L

-LU

]

2- chizma, a) Detaining 2D modeli.

c

J

2- chizma, b) Detalga qirqim tadbig'i.

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o'qitishda modellashtirish vositasi-dan foydalanish, talabalarning fanga nisbatan maqsadli harakatlarini shakllantirish va bu sohadagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda amaliy yordam beradi.

Keltirilgan omillar orqali talabalarga fanni o'zlashtirishlarida pedagogik vositalar bilan bir qatorda

«Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanidan talabalarni amaliy faoliyatini quyidagi tizim asosida rejalashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

✓ talabaning fanga nisbatan og'zaki bilimlarini sinovdan o'tkazish - talabalarning og'zaki nutqini rivojlantirishda qulay usul bo'lib, bu usuldan foydalanish natijasida talabalar fan bo'yicha va mustaqil fikrlarini to'liq bayon etish imkoniyatiga ega bo'ladilar;

✓ mustaqil ish mavzulariga oid yangi materillardan taqdimot yaratish va namoyish etish - bu talabalarga mavzu yuzasidan bir nechta adabiyotlar va internet ma'lumotlaridan foydalanib, o'z ustilarida ishlashni, mavzuga doir yangi ma'lumotlarni izlash va amaliy tadbig'ini asoslash kabi faoliyatni o'z ichiga oladi.

Bu ijodiy faoliyat natijasi bo'lib, har bir talabaning ijodiy qobiliyatini belgilaydi. Talabalar o'zlashtirish jarayonini rivojlantirishda mavjud muammolarni bartaraf etish bilan birgalikda ta'lim berish sifatiga katta e'tibor berish lozim.

Bizning fikrimizcha, talabalar-ning fazoviy tasavvurini oshirish GOST va KXYaT qoidalari, ularni amalda qo'llash ko'nikma va malakalari hamda turli grafik dasturlar yoki grafik paketlar bilan ishlash darajasini bilishga qaratilgan fazoviy fikrlash jarayonlari bilan bog'liq intelektual faoliyatdir.

v) Detalning 3D modeli, 3D modelning qirqim berilgan ko'rinishi 2-chizma. Detalning 2D va 3D modellari.

Adabiyotlar

1.E.Ro'ziyev, A.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. -T. "Yangi asr avlodi" nashriyoti., 2010.

2. В.А.Гервер, Творческий работа по черчения., - М., «Просвешение»., 1996.

3. I.Rahmonov. Chizmalarni chizish va o'qish. -T. «O'qituvchi» nashriyoti., 1992.

4. Xalimov Moxir Karimovich. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanida modulli kompeten-siyaviy yondashuv asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish. University 4.0: digital technologies and modern trends in the educational progress. Yangi asr universiteti, 2023-yil 18-mart. 482484 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.