Научная статья на тему 'CHIZMA GEOMETRIYA – TEXNIKAVIY BILIMLARGA YO’L'

CHIZMA GEOMETRIYA – TEXNIKAVIY BILIMLARGA YO’L Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
358
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grafik fanlar / dizayn / chizma geometriya / loyiha / chizma.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ural Sattorovich Xusanov

Maqolada grafika fanlarini o'qitishning ahamiyati ko'rib chiqiladi va zamonaviy grafika ta'limi muammolari aniqlanadi. Maqolaning maqsadi "Chizma geometriya" fanini o'qitishga yondashuvni o'zgartirish zarurligini ko'rsatishdir. Samarali kasbiy ta'limning asosiy yo'nalishlari Termiz muhandislik-texnologiya instituti misolida ko'rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHIZMA GEOMETRIYA – TEXNIKAVIY BILIMLARGA YO’L»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-590-595

CHIZMA GEOMETRIYA - TEXNIKAVIY BILIMLARGA YO'L

Ural Sattorovich Xusanov

Termiz muhandislik-texnologiya instituti Katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada grafika fanlarini o'qitishning ahamiyati ko'rib chiqiladi va zamonaviy grafika ta'limi muammolari aniqlanadi. Maqolaning maqsadi "Chizma geometriya" fanini o'qitishga yondashuvni o'zgartirish zarurligini ko'rsatishdir. Samarali kasbiy ta'limning asosiy yo'nalishlari Termiz muhandislik-texnologiya instituti misolida ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: grafik fanlar, dizayn, chizma geometriya, loyiha, chizma.

KIRISH

Hozirda ta'lim muhandislik kasbidagi innovatsiyalarni aks ettiruvchi yangi sifat darajasiga o'tkazilmoqda. Demak, sohada mutaxassislar tayyorlashga ehtiyoj ortib bormoqda. Inson hayotining barcha jabhalarida uchrayotgan zamonaviy konsepsiyalar va innovatsion texnologiyalarni hisobga olgan holda, oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligi darajasiga, mustaqil o'rganish va fikrlash, o'z faoliyatini optimallashtirish va asosli qarorlar qabul qilish qobiliyatiga bo'lgan talablar ortib bormoqda.

Akademik fan o'quv loyihalash faoliyati - turli soha muhandislarini o'qitish jarayonida tegishli ilmiy-uslubiy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. [1]. Hozirgi vaqtda muhandislik loyihalari chizmalari to'plamlari zamonaviy kompyuter grafikasi dasturlari AutoCAD, Adobe Illustrator, REVIT, 3Ds MAX, Corel Draw, Adobe Photoshop va boshqalarda amalga oshirilmoqda. Shu tufayli, oliy o'quv yurtlarida chizma geometriya va texnik chizmachilikni o'rganish zarurligi haqida e'tirozli fikrlar paydo bo'ldi.

Chizma geometriya va texnik chizmachilik fan sifatida eskirganligi va uning o'rnini kompyuterda barcha muhandislik chizmalarini sifatli va to'liq bajarish imkonini beradigan zamonaviy kompyuter texnologiyalari egallaganligi haqida fikrlar bildirilmoqda.

Biroq, buyumning (ob'ektning) chizmasini bajarish uchun uning shaklini professional tarzda tasavvur etish, chizmalarni qurish uchun ma'lum qoidalarni bilish

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-590-595

va bajarish, chizmalarni bajarishda shartli belgilardan foydalanish, muhandislik loyihalari ustida ishlashda ma'lum bir ketma-ketlikda bajariladigan grafik amallarning ma'nosini tushunish zarur.

METODOLOGIYA

Chizma geometriyaning predmeti - fazoviy shakllarning tekislikdagi tasvirlarini qurish usullarini va turli pozitsion va metrik masalalarni yechishning grafik usullarini nazariy va amaliy jihatdan o'rganish, ilmiy ishlanma yaratish va asoslashdan iborat.

"Chizma geometriya va texnik chizmachilik" fanini o'rganishning muhimliligi va zaruriyligi misollari sifatida talabalar tomonidan fanlarni o'rganish jarayonida bajariladigan ba'zi mavzular va vazifalarni ko'rib chiqamiz.

A. Proyeksion chizmachilik. Vazifa: murakkab bo'lmagan funksiyali buyumni loyihalash. Loyihalashtirilayotgan buyumning chizmalarini aksonometriyada, ortogonal proyeksiyalarda (ko'rinishlar, rejalar, qirqimlar, kesimlar) tuzishda asosiy proyeksiyalash usullarini (ortogonal proyeksiyalash usuli, aksonometriya) bilish va bu usullarni malakali qo'llash, proyeksiya tekisliklari va bu tekisliklarda ob'ektlarning tasvirlari haqida tasavvurga ega bo'lish zarur.

Uch o'lchamli jismlarning tasvirlarini tekislikda- Monj epyurasi (Ipure -frantsuzcha chizma, loyiha) deb nomlangan ortogonal proyeksiyada qurish usulini amalda malakali qo'llay bilish kerak. Bu usul chizma geometriya darslarida o'rganiladi va proyeksiyalash usuliga asoslanadi. Bu esa o'z navbatida chizma bo'yicha ob'ektlarning fazoviy tasvirlarini qayta yaratish, ularning o'zaro joylashuvi va hajmini aniqlash, turli xil texnik shakllar va konstruksiyalarni modellashtirish va tadqiq qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, chizmalarni tayyorlashda, shaklni tasavvur qilish uchun mavzu, chizma geometriyada o'rganilayotgan sirtlarning (silindr, prizma, shar, tors va boshqalar) tasnifini bilish kerak, chunki ob'ektning shaklini tushunish ob'ektni tarkibiy qismlarga ajratishga va predmet qismlarini ko'rinishlarda, qirqimlarda, kesimlarda ketma-ket chizishga asoslanadi.

Teshiklari bo'lgan buyumlar chizmalarini chizishda, buyumning alohida tarkibiy qisimlarining kesishmasida, buyum qanday ketma-ketlikda tayyorlanishini tasavvur qilishda chizma geometriyaning "Sirtlar", "Sirtlarning kesishishi" mavzularini o'zlashtirish zarur. B. Bino va inshootlarning qurilish chizmalari (ko'rinishlar, rejalar, qirqimlar, kesimlar va boshqalar).

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-590-595

Vazifa: xonalarning ichki dizayni loyihasi. Xonalarning chizmalari chizma geometriya kursida o'rganilgan proyeksiyalash usullari va qoidalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

C. Ortogonal proyeksiyalarda, aksonometriyada, perspektivada soyalar. Topshiriq: jamoat binolarining interyer dizayni loyihasi. Chizmalar chizma geometriyada o'rganilgan proyeksiyalash usullari va qoidalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Nuqtaning tekislikdagi soyasi- yorug'lik nurining tekislikni kesib o'tadigan nuqtasidir. Sirtdan tekislikga tushayotgan soyani qurishda tekislikning sirt bilan kesishish chizig'ini topishdan iborat bo'lgan nurlar kesishmalari usuli qo'llaniladi.

D. Son belgili proyeksiyalar. Topshiriq: bolalar o'yin maydonchasi loyihasi. Son belgili proyeksiya chizmalarini bajarishda sirtlar bilan ishlash asoslarini bilish kerak. Masalan, qiyalikli to'g'riburchakli maydoncha kesik piramida bo'lib, piramidaning qirralari esa - qiyalik va tekislikdir.

Tekisliklar bilan ishlash uchun tekislikning bosh chiziqlari kabi geometrik tushunchalar kerak bo'ladi. Son belgili proyeksiyalarda tekislikning gorizontal chiziqlari va eng katta og'ish chiziqlardan foydalaniladi. Nishablik qiyaligini va intervalini aniqlash to'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini to'g'riburchakli uchburchak usulida topishga asoslanadi.

E. Ob'ektning perspektiv proyeksiyasi - bu narsaning kartina tekisligidagi proyeksiyasidir. Vazifa: vitrina loyihasi. Perspektivalarni qurishda to'g'ri chiziqlarning tekislik bilan kesishish nuqtalaridan - kartina izlaridan foydalaniladi.

F. Kompyuter grafikasi talabaning fazoviy tasavvurini rivojlanishiga, konstruktiv fikrlashiga, shuningdek, ularni kasbiy va grafikaviy madaniyat jihatdan tarbiyalashga hissa qo'shadi.

Kompyuter grafikasi tizimlarida chizmalar tuzish va turli amaliy texnik masalalarni yechish qobiliyati faqat chizma geometriya asosida mumkin, chunki dasturiy ta'minot chizma geometriyada o'rganiladigan geometrik masalalarni yechishning nazariy holatlari, tushunchalari va usullariga asoslanadi. Faqat chizmani qurishning asosiy tamoyillarini bilgan holda, kompyuter grafikasi dasturlarini o'rganishga o'tish mumkin.

Mavzular va topshiriqlarga misollari ro'yxatini davom ettirish mumkin. Ko'rib chiqilgan har qanday mavzu bo'yicha chizmalarni bajarish chizma geometriyada olinadigan bilim, ko'nikma, elementar ta'riflar, tushunchalar, qonunlar, qoidalarsiz bajarib bo'lmaydi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlarida "Chizma geometriya va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-590-595

muhandislik grafikasi" fanini o'rganish muhimdir.

Chizma har qanday ishlab chiqarish mahsuloti ko'rinishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni mahsulotni loyihalashdan (chizmani qurish, texnologik jarayonni ishlab chiqish va hokazo) boshlanib, tayyor buyumni, ob'ektni chizma bo'yicha tekshirish bilan yakunlanadi. Shu sababli, grafikaviy tayyorgarlik, chizmalarni o'qish va bajarish qobiliyati bo'lg'usi muhandis talabalar uchun muhim tarkibiy qism hisoblanadi.

Oliy o'quv yurtida o'qish davomida muhandislik talabalariga bo'lajak mutaxassisning kasbiy sifatini - grafik kasbiy kompetensiyani shakllantiruvchi sharoit yaratish kerak.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasini o'qish jarayonida, talabalar ob'ekt shaklini uning proyeksiyalari va chizmani bajarish qoidalari bo'yicha qayta qurishni, kompyuter grafikasini o'qishda esa -uch o'lchamli ob'ektlarni modellashtirish asoslarini o'rganadilar. Bularning barchasi grafikaviy savodxonlikni rivojlantirish uchun asos yaratadi va maxsus fanlar bo'yicha kurs loyihalarini bajarishga imkon tug'diradi.

Shuni ta'kidlash kerakki, birinchi kurs talabalari chizmalarni bajarish va o'qishlari, fazoviy fikrlashni rivojlantirishlari uchun chizma geometriya asoslarini bilishlari kerak bo'lgan bir vaqtda ko'plab maktablarda chizmalarni chizish yaxshi o'rgatilmaydi.

Oliy o'quv yurtlarining muhandislik grafikasi fanini o'rganish abituriyentning kirish bilimining ma'lum bir darajasiga mo'ljallangan. Afsuski, so'ngi 10-15 yil ichida maktabda rasm, geometriya va chizmachilik darslarida ilgari shakllangan grafik bilimlar va ko'nikmalar darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Aynan mana shu bilim va ko'nikmalar "Chizma geometriya" va "Muhandislik grafikasi" [2] fanlari mazmunini o'zlashtirish uchun yaxshi asos bo'ladi.

TAHLIL NATIJALARI

Chizma geometriya - bu, o'quv ma'lumotlarini idrok etish ko'p talabalar uchun qiyin bo'lgan fan. Qiyinchiliklarning sabablari fanni o'rganish maqsadini noto'g'ri tushunish, fazoviy fikrlash rivojlanishining past darajasi, maktabdagi tayyorgarlikning past darajasidir. Har qanday faoliyatga tayyorgarlikning samaradorligi sezilarli darajada bu faoliyat qanday tashkil etilganligiga bog'liq. Auditoriya soatlarini qisqartirish va talabalarning mustaqil ishlari uchun soatlarni ko'paytirish sharoitida talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda ishini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-590-595

faollashtirish zaruriyatini tug'diradi.

Chizma geometriya bo'yicha zamonaviy multimedia o'quv- uslubiy materiallari o'quv ma'lumotlari va ko'rgazmalarni batafsil tasavvur etish darajsiga ega.Bunda o'quv faoliyati natijasi dastlabki grafik tayyorgarlik va fazoviy fikrlashni rivojlantirish darajasi mavzuni o'rganish uchun sarflangan vaqtdan ko'ra kamroq darajada bog'liq bo'ladi.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlari bo'yicha o'quv dasturlari bo'lajak mutaxassisning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi va buning uchun "Chizma geometriya" fanidan o'qishni tugatgandan so'ng, talabalar kelajakdagi ixtisosligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan chizmalarni bajaradilar.

Talabalar har doim fanning asosiy g'oyasini, kelajakdagi amaliy kasbiy faoliyat bilan bog'liqligini ko'rishlari kerak, chunki bu grafik ishlarga hayotiy xarakter beradi, kasbiy faoliyat tajribasini o'zlashtirishning maqsadga muvofiqligini bildiradi.

Chizma geometriya- bo'lajak muhandisning texnik ta'lim olishi boshlanadigan birinchi muhandislik fanidir. Uni o'rganishdagi qiyinchiliklar mantiqiy fikrlashning fazoviy tasavvur etish bilan maxsus birlashuviga bog'liq.

Bu ikki imkoniyatning birlashuvi fazoda tasvirlar bilan ishlash qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi fikrlashning yangi darajasini - fazoviy fikrlashni shakllantiradi. Ularsiz esa har qanday muhandislik faoliyati va ijodkorligi bo'lishi mumkin emas. Chizma geometriyani o'rganayotganda quyidagi asosiy o'quv-muhandislik vazifalari hal qilinadi:

-chizma geometriyaning asosiy tushunchalarini o'rganish;

-geometrik elementlar tasvirlarining grafik ma'lumotlar bazasini yaratish;

- fazoviy formalarning tekislikdagi tasvirlarini qurish usullari va qoidalarini o'rganish;

- buyumlarning fazoviy obrazlarini ularning tasvirlarini mantiqiy tahlil qilish asosida yaratish ko'nikmalarini rivojlantirish;

- fazoviy fikrlashni rivojlantirish;

- tekislikda turli amaliy metrik va pozitsion masalalar yechish uchun grafik harakatlar usullari va algoritmlarini o'rganish;

- Geometrik kostruksiyalash masalalarini amaliyotda yechishda, chizmalarning avtomatlashtirilgan bajarilishida va muhandislik kompyuter 3D modellashtirishda chizma geometriya usullari va tushunchalarini qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lish.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-590-595

XULOSA

Chizma geometriya geometrik obrazlar bilan muhandisning kasbiy faoliyati uchun turli texnik muammolarni hal qilishda, chizmalarni bajarish va o'qishda zarur bo'ladigan fazoviy tasavvur va fikrlashni rivojlantiradi.

So'ngi yillarda oliy o'quv yurtlarida ta'limning modul-kredit tizimiga o'tishi munosabati bilan talabalarni katta hajmdagi mustaqil ishlari va ularni aniq loyihalarga faol jalb qilish bilan ajralib turadigan yangi turdagi ta'limning ta'minlanishi talab etiladi. Ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish kelajakdagi mutaxassislarning barqaror shakllangan loyiha madaniyatisiz mumkin emas.

REFERENCES

l.Qulnazarov B.B. -Chizma geometriya. O'quv qo'llanma, - Toshkent-O'zbekiston nashiryotil 2006. -144 bet.

2.Saydaliyev S.S. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi o'quv qo'llanma -Toshkent: TAQI, 2017. 339 b.

3.Rixsibayeva X. va boshqalar. Muhandislik va kompyuter grafikasi.Darslik. Toshkent-"LESSON PRESS" nashriyoti, 2021. 358 b

4. Komilov, A. L. (2020). Methods for Optimizing and Modeling Routes for Selecting a Routing Scheme for Passenger Transport in Buses (On the example of Surkhandarya). International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(9).

5. Kuziev, A. U., Alikulov, S. R., Muratov, A. X., & Komilov, A. L. (2019). Statement of Optimization Vehicle Routing Problems on Transport Network. International Journal of Advanced Research in Science. Engineering and Technology, 6(12).

6. Комилов, А. Л. (2021). РАЦИОНАЛ МАРШРУТДА СУТКА СОАТЛАРИ БУЙИЧА ЙУЛОВЧИЛАР О^ИМИНИНГ ТА^СИМЛАНИШИ (ТЕРМИЗ ШАХРИ МИСОЛИДА). Scientific progress, 2(2), 1449-1456.

7. Komilov, A. L. (2021). Research and verification of urban public transport routes using mathematical methods (On the example of the city of termez). Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 810-818.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.