Научная статья на тему 'INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O’RNI'

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
539
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquq / burch / konstitutsiya / qonun / erkinlik / law / duty / constitution / law / liberty

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Alisher Mamatqulov

Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini himoya qilish shart sharoitlari batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN PROTECTION OF HUMAN RIGHTS

This article describes in detail the mechanism of protection of human rights, the conditions of protection of human rights in the Constitution of the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O’RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2021 ISSN: 2181-1601

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O'RNI

Alisher Mamatqulov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini himoya qilish shart sharoitlari batafsil bayon etilgan.

Kalit so'zlar: huquq, burch, konstitutsiya, qonun, erkinlik

THE ROLE OF THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

IN PROTECTION OF HUMAN RIGHTS

ABSTRACT

This article describes in detail the mechanism of protection of human rights, the conditions of protection of human rights in the Constitution of the Republic of Uzbekistan.

Keywords: law, duty, constitution, law, liberty

Inson jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida davlat qonunlarida mustahkamlangan o'z huquqi, erkinligi va burchlarini amalga oshirishi bilan qatnashadi. Jamiyat va davlat insonning huquqi va erkinligi, uning shani va qadr qimmatini oliy qadriyat sifatida e'tirof etadi. Bu bosh qomusimizning 13-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra:" O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi".1 Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlanishini birinchi o'ringa qo'yadi, shaxsning ma'muriy-buyruqbozlik tizimining bir muruvvati, belgilangan maqsadga erishishning oddiygina bir vositasi deb hisoblamaydi.

"Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar har bir shaxs va o'zbekistonning har bir fuqarosi uchun taalluqlidir. Asosiy huquq, erkinlik va burchlarning o'ziga xos xusussiyati shundaki, ular hech bir istisnosiz har bir kishi yoki har bir fuqaro uchun teng va birdir. Davlat u yoki bu asosiy huquqni tan olishida ularni hamma tomonidan amalga oshirish imkoniyatining huquqiy zaminini yaratadi."2

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 7-b

2 H.B.Boboyev. Inson huquqlari T. O'zbekiston. 1997-y. 103-b.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2021 ISSN: 2181-1601

Konstitutsiyamizning shaxs yoki fuqaroning huquq va erkinliklari haqidagi bobi aniq huquq va erkinliklarga bag'ishlangan bo'lib, undagi moddalar mantiqiy tizimni tashkil etadi. Bular huquq va erkinliklarning, shaxs va fuqarolar turmush darajalarining o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etadi. Mana shu belgilarga asoslanib konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni uch guruhga: a)shaxsiy; b) siyosiy; d) ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga bo'lish mumkin.

Shaxsiy huquq va erkinliklar inson erkinligining asosiy jabhalarini qamrab oladi, kishining jamiyatdagi turmushi, yashash va faoliyat ko'rsatish asoslarini ifodalaydi, uning shaxsiy hayotini, xususiy erkinliklarini turli xildagi aralshuvlardan himoya qiladi.

Inson hayoti-qonun tomonidan qo'riqlanadigan oliy ijtimoiy ahamiyatga molik qadriyatdir. Harbir shaxs yashash huquqiga ega bo'lib, hech kim uni o'zboshimchalik bilan mahrum etish mumkin emas. Bosh qomusimizning 24-moddasida ham bu o'z qonuniy tasdig'ini topgan."Yasash huquqi hr bir insonnng uzviy huquqidir. Inson

-y

hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir" . Mamlakatimizda 2008-yil 1-yanvardan buyon o'lim jazosining bekor qilinganligi ham inson hayoi, uning qadr qimmati har narsadan ustun ekanligini amalda yana bir bor tasdiqladi.

Insonning jamiyatda tutgan o'rni uning shaxsiy huquq va erkinlilar bilan birga, uning siyosiy huquqlaridan foydalanish imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Siyosiy huquqlar har bir shaxsning jamiyatning siyosiy hayoti va munosabatlarida qanday ishtirok qilishini belgilab beradi. Har bir voyaga yetganm to'liq muomala layoqatiga ega bo'lgan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega"4- deya bosh qomusimizda ta'kidlab o'tilgan.Har bir shaxs o'zining siyosiy tashkilotlar yoki jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish huquqidan qanchalik samarali foydalansa, bu uning siyosiy jihatdan yetuk bo'lishida muhim ahamiyatga ega.Insonning siyosiy tashkilotlar va jamoat birlashmalaridagi faol ishtiroki uning o'zligini anglash va himoya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Siyosiy huqularda insonning ijtimoiy tengligi o'z aksini topadi. Barcha fuqarolarning siyosiy huquqlardan samarali foydalanish imkoniyatlari bunday tenglikning amaliy ifodasidir.

Iqtisodiy huquq o'z mohiyatiga ko'ra muayyan ijtimoiy boylikka nisbatan huquqqa ega bo'lishdir. Bunday ijtimoiy boyliklar turli xilda bo'lib, ular fuqarolarning siyosiy, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining qondirilishini ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq," har kim bilim olish huquqiga

3 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 11-b

4 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 13-b

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2021 _ISSN: 2181-1601

ega. Davlat bepul umumiy ta'lim olishni kafolatlaydi. Maktab ishlari davlat nazoratida"

5

Talim inson shaxsining to'la rivojlanishiga va uning hurmatini joyiga qo'yishga qaratilishi, har kim jamiyatning foyda keltiruvchi erkin ishtirokchisi bo'lishiga imkon yaratib berishi, barcha xalqlar, irqlar, etnik va diniy guruhlar o'rtasida do'stlik va hurmatini qaror toptirishga ko'maklashishi zarur.

Ta'li, to'g'risidagi qonunning 4-moddasiga muvofiq har kimning kelib chiqishi, jinsi, jinsi, tili, Yoshi, irqi, milliy mansubligidan, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy ahvoli, mashg'ulotlat turi, respublika hududida qancha vaqt yashayotganidan qatiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi".6

Har bir fuqaro huquq va erkinliklardan unumli foydalanib, o'z vaqtida konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarini vijdonan bajarsa davlat, jamiyat, xalq manfaatlariga putur yetmaydi. Biz ko'zlagan" Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish" g'oyasini to'la ravishga jamiyat hayotiga tatbiq etamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y.

2. I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotning poydevori T. O'zbekiston. 1998.

3. H.B.Boboyev. Inson huquqlari T. O'zbekiston. 1997.

5 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 16-b

6 I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotning poydevori T. O'zbekiston. 1998-y 21-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.