Научная статья на тему 'YASHASH, ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQINI TA’MINLASHNING MILLIY VA XALQARO-HUQUQIY ASOSLARI'

YASHASH, ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQINI TA’MINLASHNING MILLIY VA XALQARO-HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2244
178
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
huquqiy tizim / milli tizim / huquq shakli / xalqaro huquq manbasi / implementatsiya / xalqaro tashkilotlar. / legal system / national system / form of law / source of international law / implementation / international organizations.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ibrohim Shuxratovich Fayziyev

Maqolada inson huquqlari himoyasining xalqaro va milliy mexanizmlari, ular tashkil etilishining tarixiy asoslari, huquqiy maqomi, amaliy ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro huquqiy normalarning milliy huquq tizimiga implementatsiya qilinishi va hamkorlik samaradorligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL AND INTERNATIONAL LEGAL BASIS FOR ENSURING THE RIGHT TO LIVING, FREEDOM AND INDEPENDENCE

The article describes international and national mechanisms for the protection of human rights, the historical foundations of their organization, legal status and practical significance. The article emphasizes the implementation of international legal norms in the national legal system and the effectiveness of cooperation.

Текст научной работы на тему «YASHASH, ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQINI TA’MINLASHNING MILLIY VA XALQARO-HUQUQIY ASOSLARI»

YASHASH, ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQINI TA'MINLASHNING MILLIY VA XALQARO-HUQUQIY ASOSLARI

Ibrohim Shuxratovich Fayziyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada inson huquqlari himoyasining xalqaro va milliy mexanizmlari, ular tashkil etilishining tarixiy asoslari, huquqiy maqomi, amaliy ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro huquqiy normalarning milliy huquq tizimiga implementatsiya qilinishi va hamkorlik samaradorligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy tizim, milli tizim, huquq shakli, xalqaro huquq manbasi, implementatsiya, xalqaro tashkilotlar.

NATIONAL AND INTERNATIONAL LEGAL BASIS FOR ENSURING THE RIGHT TO LIVING, FREEDOM AND INDEPENDENCE

ABSTRACT

The article describes international and national mechanisms for the protection of human rights, the historical foundations of their organization, legal status and practical significance. The article emphasizes the implementation of international legal norms in the national legal system and the effectiveness of cooperation.

Keywords: legal system, national system, form of law, source of international law, implementation, international organizations.

KIRISH

Huquqiy davlatchilik yo'lida O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy qonunchiligida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab oldi. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati suverenitetini mustahkamlash va huquq ustunligini tasdiqlanishi huquqiy davlatchilikning chambarchas o'zaro aloqadorligini ifodalaydi.

Inson huquqlari kafolatlari milliy va xalqaro huquqiy mexanizmi inson huquqlarini amalga oshirishning bir biri bilan bog'liq shartlari tizimidan iboratdir. Inson huquqlari ta'minotining milliy mexanizmi quyidagi turlardan iborat:

- iqtisodiy kafolatlar;

- ijtimoiy kafolatlar;

- mafkuraviy kafolatlar;

- siyosiy kafolatlar;

- huquqiy kafolatlar;

- moddiy kafolatlar.

Huquqiy kafolatlar — fuqarolarga berilgan huquq va erkinliklarining amalga oshirishning huquqiy chora-tadbirlaridir.

Ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif berish mumkin; kafolatlar— fuqarolarga berilgan huquq va erkinliklarining amalgam oshirishning huquqiy chora-tadbirlaridir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar quyidagi tartibda belgilangan:

- yashash huquqi; (24-modda)

- shaxsiy sha'ni va qadr-immatini himoya qilish; ( 27-modda)

- shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi; (25-modda)

- shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oliaviy hayotiga aralashishdan, o'z sha'ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan himoyalanish huquqiga ega; (27-modda)

- yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini oshkor qilmaslik huquqi;

(27-modda)

- turar joy daxlsizligi huquqi; (27-modda)

- o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi; (29-modda)

- muloqot, tarbiya, ta'lim va ijod qilishda o'z ona tilidan foydalanish, tilni erkin

tanlash huquqi; (40, 42-moddalar)

- erkin ravishda bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, kelish joyini va yashash joyini

tanlash huquqi; (28-modda)

- vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi; (31-modda)

- fikrlash va so'z erkinligi huquqi; (29-modda)

Shaxsiy huquq va erkinliklar tartibi Konstitutsiyada yashash huquqi bilan boshlanadi. Bu asosiy, insonning tabiiy huquqi, uning xavfsizligi kafolatidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat tomonidan inson hayoti uchun ijobiy muhitni yaratish va shaxs sha'nini himoyalash majburiyatini ko'rsatadi. Konstitutsiyaga bunday tarbiyaviy-ahloqiy omillarning kiritilishi amaliy ma'noga ega, ya'ni shaxs g'oyasini jamiyatning eng yuqori qadriyati sifatida e'tirof etadi. O'lim jazosini bekor qilinishi, inson huquqlarining xalqaro standartlari, Respublika qonunchiligida va amaliyotida qo'llanilayotganligining yaqqol tasdig'idir.

"Biz uchun fuqarolik jamiyati - bu ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishiga mo'nelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi"[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy davlat tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

1) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman);(ombudsman o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil;[2]

2) Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi;

3) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik hujjatlari monitoringi instituti.

4) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsman.

O'zbekiston Respublikasi Vena deklaratsiya hamda Harakat dasturi asosida inson huquqlari bo'yicha quyidagi milliy institutlar tashkil etildi: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik hujjatlari monitoringi instituti.

1996-yil 31-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy maqsadi — huquq va erkinliklarni himoya qilish ko'p tarmoqli tizimini kompleks tartibida birinchi darajali masalalarni hal etish - inson huquqlari sohasida Milliy dastur ishlab chiqish va tadbiq etish hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik hujjatlari monitoringi Instituti qonunchilik ustidan monitoring olib boruvchi, qabul qilinishi kerak bo'lgan qonunlarni ekspertizadan o'tkazuvchi ilmiy - hamda tadqiqot olib boradigan tizim hisoblanib davlat rahbarining qonunchilik tashabbusi huquqining amalga oshirishiga ko'maklashadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

- davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlar jarayonini, hokimiyatlar bo'linishi konstitutsiyaviy prinsipining hayotga izchil tadbiq etilishini tizimli tahlil qilish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining mustaqilligi va erkinligini kuchaytirish, ularning kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini, ular o'rtasida muvozanatni ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- hokimiyatning ijro etuvchi tarmog'ini isloh qilish va demokratlashtirish masalalarini kompleks o'rganish, ayrim hokimiyat vakolatlari va funksiyalarini markaziy davlat hokimiyati organlaridan, hukumatdan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha takliflar ishlab chiqish. "Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa-u ham bo'lsa, "Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o'tish" degan shiorni amalda ro'yobga chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o'zini-o'zi boshqarish tuzilmalariga o'tkazish talab qilinadi"[3]

- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari, joylardagi deputatlik guruhlarining qonun ijodkorligi, nazorat - tahlil faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini chuqur o'rganish;

- Siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shakllantirishdagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- Jamiyatda demokratiya va adolatni ta'minlashning eng muhim omili sifatida sud hokimiyati mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash jarayonlarini kompleks tahlil qilish, sudni inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza va himoya etishga xizmat qiladigan davlatning tom ma'nodagi mustaqil institutga aylantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- Hokimiyatlar bo'linishi prinsipini hayotga tatbiq etish, ularning samarali tarzda kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta'minlash bo'yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini tizimli o'rganish, ushbu tajribadan globallashuv sharoitida jahonda ro'y berayotgan demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat qurilishi tizimida foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.

NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yo'lida ixtisoslashgan organ sifatida harakat qiladi.

Boshqarmaning asosiy vazifalari qatoriga inson huquqlari va unga amal qilish sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish; inson huquqlari asosidagi mavjud bo'lgan qonunchilikni mukammallashtirish; konstitutsiya va qonunlar bilan belgilab qo'yilgan inson huquqlari bo'yicha qonunlarga amal qilishni ta'minlash kiradi. Ko'p millatli mamlakat hisoblangan O'zbekistonda 140 dan ortiq milliy madaniy markazlar o'z faoliyatini olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi 10-sonli qarori asosida Respublika Baynalninal madaniy markazi tashkil etildi. Markaz barcha madaniy markazlarga faoliyatida amaliy va uslub jihatidan o'z yordamini berish bilan birgalikda mamlakatda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning vakillarining ehtiyojlarini qondirishda o'z ko'magini ko'rsatadi.

Inson huquqlari kafolatlari bo^yicha xalqaro mehanizmlar. Bir qator mamlaklar o'zlarining rasmiy bayonotlarida BMT ustaviga asosan muayyan inson huquqlariga irqiy, jinsiy, til va diniy kamsitishlarsiz rioya qilinishini ta'minlashda davlat yurisdiksiyasini rad qildilar.

Boshqa guruh davlatlari esa BMT Ustavining yuridik majburiyligini tan olishgan holda davlat suverenititeti tushunchasini mutloqlashtirishib, inson huquqlari sohasi butunlay davlatning ichki vakolati deb hisoblashlashlarini bildirishdi [4].

Inson huquqlari sohasida xalqaro huquq rolining oshishiga asosiy sabablardan biri Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar va mazkur sohada boshqa xalqaro konvensiyalarning qabul qilinishidir.

Tadqiqotlardan birida ta'kidlab o'tilganidek, "1948-yildan so'ng qabul qilingan 90 dan ortiq milliy konstitutsiyalar o'zida deklaratsiya qoidalarini aks ettiradi va mazkur qoidalar uning ta'siri ostida kiritilgan"[5]

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida quyidagi umume'tirof etilgan inson huqularining to'liq ro'yxati keltirib o'tilgan: Shaxsiy huquq va erkinliklar:

- yashashga bo'lgan huquq, erkinlik va shaxsiy daxslizlik huquqi(3-modda);

- qullikning ta'qiqlanishi (4-modda);

- qiynoqlarning ta'qiqlanishi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi yoki noinsoniy muomalalar va jazolashlarning ta'qiqlanishi(5-modda);

- har bir insonning huquqiy subyekt bo'la olishining tan olinishi(6-modda);

- asosiy huquqlarini buzilishi sabab bo'lgan harakatlarga qarshi sud himoyasiga bo'lgan huquq(7-modda);

- huquqlarni sud tomonidan samarali tiklanishiga bo'lgan huquq(8-modda);

- o'zboshimchalik bilan qamoqqa olish, ushlab turish yoki surgun qilishdan himoya qilishga bo'lgan kafolat (9-modda);

- mustaqil va betaraf sudga bo'lgan huquq( 10-modda);

- aybsizlik prezumpsiyasi, qonunning orqaga qaytish kuchining yo 'qligi( 11 -modda) Insonning uni o'rab turgan guruhi va tashqi dunyo bilan bo'gan munosabatlari doirasidagi huquqlari:

- shaxsiy hayotga bo'lgan huquq(12-modda);

- erkin ko'chib yurishga va yashash joyini erkin tanlashga bo'lgan huquq(13-modda);

- boshpanaga bo'lgan huquq(14-modda);

- fuqorolikka bo'lgan huquq(15-modda);

- nikoh munosabatlarida erkak va ayolning teng huquqliligi. Oilaning jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishiga bo'lgan huquq(16-modda);

- mulkka individual va o'zaro egalik qilish huquqi(17-modda).

MUHOKAMA

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt va uning Fakultativ protokoli BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1966-yil 16-dekabrda bir ovozdan qabul qilingan. Bu hujjatlar Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va 1989-yilda qabul qilingan Ikkinchi

Fakultativ protokol bilan birgalikda keng mashhurlikka ega bo'lgan Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro bill deb nomlanadi.

Paktlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslansa-da, ular tomonidan qamrab olingan huquqlar bir xil emas. Ikkala Paktda ham mustahkamlangan, Deklaratsiyaga kiritilmagan eng muhim huquq - bu o'zining tabiiy boyliklari va resuruslaridan erkin foydalanish huquqini ham qamrab olgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidir.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt 1976-yil 3-yanvarda kuchga kirgan.

Pakt quyidagi huquqlarni himoya qilish va amalga oshirishga ko'maklashishni ko'zda tutadi:

- erkaklar va ayollarga teng huquqlar;

- adolatli va qulay sharoitlarda mehnat qilish huquqi;

- ijtimoiy himoya, hayot kechirish uchun yetarli sharoitlar va mumkin qadar yuqori darajadagi jismoniy va aqliy sog'lomlik sharoitlariga bo'lgan huquq;

- ta'lim olish va madaniy erkinlik va ilmiy taraqqiyot ne'matlaridan foydalanish huquqi;

- kasaba uyushmalari tashkil qilish va ularda ishtirok etish huquqi;

- oilani qo'riqlash va oilaga ko'maklashish huquqi;

- madaniy hayotda qatnashish va ilmiy taraqqiyot natijalaridan foydalanish huquqi;

- yetarli hayot darajasiga bo'lgan huquq;

- ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urtaga bo'lgan huquq.

Pakt ko'zda tutilgan huquqlarni hech qanday kamsitishlarsiz amalga oshirilishini nazarda tutadi. Pakt qatnashchilari - davlatlar, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash(EKOSOS)ga davriy hisobotlar taqdim qiladilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha Qo'mita -18ta mustaqil ekspertdan iborat, Paktni amalga oshirishda ko'maklashish uchun Kengash tomonidan tashkil qilingan organ bo'lib, hisobotlarni o'rganadi va manfaatdor hukumatlar vakillari bilan muhokama qiladi. Paktga aloqador masalalar bo'yicha uning izohlar Paktda mustahkamlangan huquqlarni hayotga tadbiq etishda qatnashchi-davlatlarga yordam berish hamda hisobotdagi kamchiliklar va hisobot tayyorlash jarayoniga e'tiborlarini qaratishdan iborat. Bundan tashqari, Qo'mita alohida hisobotlar natijasida yuzasidan Kengashga tavsiyanomalar berishi mumkin.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga Ikkinchi Fakultativ protokol o'lim jazosini bekor qilishga qaratilgan bo'lib, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 15-dekabrda qabul qilingan. 2010-yil 31-dekabr holatiga ko'ra 26 ta mamlakat Ikkinchi protokol bo'yicha majburiyatlarni olishga rozilik bildirganlar, Bu majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni inson huquqlari bo'yicha Qo'mita amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosi 2008-yil 1-yanvardan bekor qilingan.

Ikkita asosiy xalqaro paktdan tashqari ulardagi g'oyaning mantiqiy davomi sifatida ta'kidlash mumkin bo'lgan boshqa universal davlatlararo hujjatlar mavjud bo'lib, ularda inson huquqlari va erkinliklari nisbatan aniqroq ko'rib chiqiladi.

Yuqoridagilardan tashqari yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini himoya qiluvchi xalqaro hujjatlarga quyidagilar kiradi:

- Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya(1989-yil);

- Qiynoq hamda muomala va jazolshning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya (1984-yil);

- Irqiy kamsitishning barcha turlarini yo'q qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya(1965-yil);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Mehnatkash-migrantlar va ularning oila a'zolarini himoya qilish to'g'risidagi Xalqaro konvensiya(1990-yil);

- Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya(2006-yil) va boshqalar.

Qolaversa bir qator mintaqaviy xalqaro hujjatlar ham bo'lib, ularga 1948-yilgi Inson huquq va majburiyatlari Amerika deklaratsiyasi, 1950-yilgi Yevropa Kengashi Inson huquq va erkinliklarining himoyasi to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi, 1960-yilgi Yevropa ijtimoiy xartiyasi, 1981-yilgi Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasi, 1981-yilgi Inson huquqlari Umumislom Deklaratsiyasi,1990-yilgi Islomda inson huquqlari Qohira deklaratsiyasi, 1994-yilgi Inson huquqlari Arab xartiyasi va boshqalar kiradi.

Inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmining mavjudligi davlatlar tomonidan inson huquqlariga rioya qilish bo'yicha qo'shimcha kafolatlarni yaratishga qaratilgandir[6].

XULOSA

Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro mexanizmi quyidagilarni o'z ichiga

oladi:

- BMT ning Nizomida ko'rsatib o'tilgan organlar;

- BMT ning konvensiyaviy organlari;

- Maxsus proseduralar;

- BMT ning ixtisoslashgan tashkilotlari;

- BMT ning Nizomida ko'zda tutilgan organlariga: BMT Bosh Assambleyasi;

Xavfsizlik Kengashi;

Bosh Assambleyaning Gumanitar va ijtimoiy masalalar bilan shug'illanuvchi uchinc hi qo'mitasi;

Iqtisodiy va ijtimoiy kengash;

BMT ning Inson huquqlari bo'yicha kengashini kiritish mumkin.

Inson huquqlari bo'yicha xalqaro qo'mita 1977-yilda tashkil etilgan. Bola huquqlari bo'yicha Qo'mitaning birinchi yig'ilishi 1991-yilda o'tkazilgan. Qo'mita 10 ta vakildan iborat. Unga Bola huquqlarini rag'batlantirish uchun qo'shilgan davlatlar orasida doimiy muolqot tashkillash vazifasi yuklatiladi. Qo'mita 1989-yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi. A'zo davlatlar doimo Qo'mitaga Konvensiyaning bajarilishi va Bola huquqlarining muhofaza qilinishiga doir qabul qilingan chora-tadbirlariga doir hisobotlar taqdim qiladi. Bu hisobotlar oshkora qilinadi va milliy darajasida keng tarqatiladi.

Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham bu borada boshlang'ich umumlashtiruvchi ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. I.Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O'zbekiston nashriyoti - 1997. 80-bet.

2. "Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to,g,risida"gi Prezident qarori. https://lex.uz/docs/-4831107

3. I.Karimov. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Toshkent .O'zbekiston nashriyoti 2002. 167-bet

4. Misol uchun, sobiq SSSR mazkur masalada maqbul bo'lmagan pozitsiyani egallagan edi, bu esa 1948-yili BMT BAA da Inson huqulari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilishda betaraf bo'lishiga asosiy sabablardan biri edi.

5. Jayawic Kagata. N.Hong Kong and the internatihnal prhtectihn hf human Rights//Human Rights in Hong Kong, 1992.P. 160.

6. Salbin D.A. Prava Cheloveka: Uchebnoe posobie.- Orenburg:OGU, 2004. - s. 152154.

7. FA Ibrohimov Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiyaning zarurati. -Academic Research in Educational Sciences, 2020

8. Иброхимов Ф. А. Таълим тизимида модернизация зарурати. Бар;арор таравдиётга эришишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар 2019. Том 1/244-245-бетлар.

9. Файзиев, И. Ш. (2020). Узбекистонда электрон хукумат: мавжуд имконият ва исти;боллар. Academic Research in Educational Sciences, 1(2), 232-240

10. Файзиев, И. Ш. (2020). Дахлдорлик тарбияси ор;али фу;аролик жамиятини шакллантириш. Science and Education, 1(7).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.