Научная статья на тему 'SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING INSTITUTSIONAL JIHATLARIGA OID XALQARO STANDARTLARNI OʼZBEKISTON QONUNCHILIGIGA IMPLEMENTATSIYA QILISH'

SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING INSTITUTSIONAL JIHATLARIGA OID XALQARO STANDARTLARNI OʼZBEKISTON QONUNCHILIGIGA IMPLEMENTATSIYA QILISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
507
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sud hokimiyati / sud organlari / mustaqillik prinsipi / mustaqil sud / institutsional mustaqillik / implementatsiya / judiciary / judiciary / principle of independence / independent judiciary / institutional independence / implementation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yuldasheva, Mohichehra

Ushbu maqolada sud hokimiyati mustaqilligining institutsional jihatlariga oid xalqaro standartlarning O’zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTATION OF INTERNATIONAL STANDARDS ON INSTITUTIONAL ASPECTS OF THE INDEPENDENCE OF THE JUDICIARY TO THE LEGISLATION OF UZBEKISTAN

This article deals with the implementation of international standards in the legislation of Uzbekistan on the institutional aspects of the independence of the judiciary.

Текст научной работы на тему «SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING INSTITUTSIONAL JIHATLARIGA OID XALQARO STANDARTLARNI OʼZBEKISTON QONUNCHILIGIGA IMPLEMENTATSIYA QILISH»

SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING INSTITUTSIONAL

JIHATLARIGA OID XALQARO STANDARTLARNI O'ZBEKISTON QONUNCHILIGIGA IMPLEMENTATSIYA QILISH

Mohichehra Yuldasheva,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNESKOning ''Xalqaro huquq va inson huquqlari'' kafedrasi "Xalqaro huquq" yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sud hokimiyati mustaqilligining institutsional jihatlariga oid xalqaro standartlarning O'zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: sud hokimiyati, sud organlari, mustaqillikprinsipi, mustaqil sud, institutsional mustaqillik, implementatsiya.

ABSTRACT

This article deals with the implementation of international standards in the legislation of Uzbekistan on the institutional aspects of the independence of the judiciary.

Keywords: judiciary, judiciary, principle of independence, independent judiciary, institutional independence, implementation.

KIRISH

BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligini ta'minlash bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Diego Garsiya-Sayan o'zining dastlabki mulohazalarida "Umuman olganda mamlakatda sud hokimiyati mustaqilligini kuchaytirish tomon ko'rilgan choralarga qaramasdan mavjud tizim iyrarxiyaga asoslangan tizim bo'lib, unda sudlar raislari, siyosiy organlar va prokuratura organlarining ta'siri haddan ziyod ko'p bo'lib qolmoqda. Mening fikrimcha, O'zbekiston sud tizimida mavjud bo'lgan hokimiyatning de-fakto vertikal strukturasi hamda sudyalarni tayinlash va lavozimdan bo'shatishga qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlari aralashuvining turli shakllari birinchi navbatda bartaraf etilishi lozim" 1 , deb O'zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligining institusional va individual jihatlariga huquqiy baho bergan edi.

1 EMTHHOT Cygtraap Ba agBOKaraap MycTaKH^nra 6yHHna Maxcyc Maipy3anHCH ^nero rapcna-CaaHHHHr

Y3ÖeKHCTOHra pacMHH Tampn^ HaTH^a^apn 6yHHna gacraa6KH My^o^a3a^ap.// http://www.un.uz/uzb/news/display/348.

Universal va mintaqaviy xalqaro shartnomalarda har bir shaxsga uning huquqlari va burchlari aniqlanayotganda, shuningdek jinoyat sodir etishda ayblanayotgani bilan bog'liq ishi ochiq sud majlisi tartibida, nufuzli mustaqil sud tomonidan adolat va xolislik asosida ko'rib chiqilishi huquqi kafolatlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy konstitutsiyaviy davlatlarda sud hokimiyati mustaqilligi hokimiyatlar taqsimlanish prinsipiga asoslanib, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari hokimiyatning uchta alohida tarmog'ini o'zida namoyon qiladi. Hokimiyatni suiste'mol qilishning oldini olishga qaratilgan o'zaro tiyib turish va muvozanatda saqlash tizimini hosil qiladi. Mustaqillik prinsipi - sud hokimiyati konstitutsiyaviy institut sifatida, aniq bir ish bo'yicha qaror qabul qila yotgan sudyalar esa ijro, qonun chiqaruvchi hokimiyatlar va boshqa organlar tomonidan hech qanday tashqi ta'sirsiz o'zlarining professional vazifalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishlari lozimligini anglatadi.

Faqat mustaqil sud hokimiyatigina xolis, qonunga asoslanib, inson huquqlari va shaxsning asosiy erkinliklarini himoya qilgan holda odil sudlovni amalga oshira oladi. Bu vazifa samarali hal qilinishi uchun jamoatchilik sud organlari o'z funksiyalarini mustaqil va xolis amalga oshirish qobiliyatiga to'liq ishonishi lozim. Qachonki, ishonch yo'qolishni boshlasa, na sud hokimiyati institut sifatida, na alohida sudyalar bu muhim vazifani hal qila olishadi yoki ularning bu vazifani ado etayotganiga shubha bilan qarashadi.

Sud hokimiyati mustaqilligi prinsipi sudyalarning shaxsiy foydasiga emas, balkim hokimiyatning suiste'mol qilinishidan insonlari himoya qilishga xizmat qiladi. Shuning uchun, sudyalar kelib tushgan ishlarni ko'rib chiqishda, o'zining shaxsiy hohishidan kelib chiqib o'z bilganlaricha harakat qila olishmaydi, ularning burchi faqat qonunni qo'llash hisoblanadi. Shaxs huquqlarini himoya qilish sohasida, sudyalar har bir tegishli holatda inson huquqlari bo'yicha milliy va xalqaro normalarni qo'llash uchun javob beradi.

1985 yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo'yicha 7-Kongressi "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari"ni qabul qilgan va Bosh Assambleya tomonidan bir ovozda maqullangan2.

2 Суд органлари мустакиллигининг асосий принциплари. БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва хукукбузарлар билан муомала килиш буйича 1985 йил 26 августдан 6 сентябргача Миланда булиб утган еттинчи конгрессида кабул килинган ва БМТ Бош Ассамблеясининг 1985 йил 29 ноябрдаги 40/32-сонли резолюцияси билан тасдикланган. Хукукни мухофаза килиш органларига оид халкаро хужжатлар: туплам. -Тошкент: "Адолат", 2004. - Б. 109-113.

Shu sababli, ushbu prinsiplar BMTga a'zo davlatlar tomonidan bu masalada umum e'lon qilingan fikr sifatida tavsiflanadi va bu prinsiplar xalqaro nazorat organlari va xalqaro nohukumat tashkilotlar tomonidan sudyalar mustaqilligini baholashda muhim mezon bo'lib xizmat qiladi.

Ushbu prinsiplar quyidagi masalalarga bag'ishlangan:

- sud organlari mustaqilligi;

- so'z va uyushish erkinligi,

- malaka, tanlov va tayyorlov,

- xizmat sharoitlari va vakolatlar muddati,

- kasbiy sir va immunitet,

- jazolash, lavozimdan chetlashtirish va ishdan bo'shatish3.

Mustaqillik va xolislik tushunchalari bir-biri bilan o'zaro bog'liq va ayrim xalqaro nazorat organlari ularni birgalikda ko'rib chiqishadi. Ushbu tushunchalarning har biri o'zining aniq ma'nosiga va maxsus talablariga ega. Mustaqillik tushunchasi sud hokimiyati mustaqilligini ifodalovchi konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. Sud hokimiyati mustaqilligi inson huquqlari bo'yicha, xalqaro huquq bo'yicha ijro etuvchi hokimiyat bilan xolis shartlar va kafolatlar asosida "xohish-iroda", balki maqom" yoki "boshqalar bilan munosabatni" bildiradi. Sud hokimiyati mustaqilligi maqomi yoki munosabati Individual va institutsional munosabatlarni nazarda tutadi. Sudyaning individual mustaqilligi kafolatlangan vakolat muddatida ifodalansa, sudning institutsional mustaqilligi ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar bilan institusional va ma'muriy munosabatlarda namoyon bo'ladi.

BMT Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasiga ko'ra xolislik tushunchasi "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida"gi xalqaro pakt 14-moddasi 1-bandiga muvofiq sudyalar ishlarni ko'rishda noxolis va bir taraf manfaatlariga ko'zlab ishlamasliklari lozim4. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga ko'ra xolislik tushunchasi sub'ektiv va xolis elementlarni o'z ichiga oladi. Sud nafaqat xolis bo'lishi, balkim sudning hech bir a'zosi qandaydir shaxsiy adovatli yoki noxolis bo'lishi hamda xolislik nuqtai nazaridan ham xolis bo'lishi lozim.

Institutsional mustaqillik bu sud hokimiyatining boshqa hokimiyatlar - ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlardan mustaqil bo'lishini anglatadi. "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 1-prinsipiga asosan "Sud organlarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanadi va mamlakat konstitutsiyasi yoki

3 Уша жойда.

4 Доклад Комитета по правам человека, А/48/40 (Part II) 1 November 1993, docstore.chchr.org. SelfServices FileslanderPDF

qonunlarida mustahkamlanadi. Barcha davlat organlari va boshqa muassasalar sud organlari mustaqilligini hurmat qilishlari va bunga rioya qilishlari shart"5, deb belgilangan. "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 7-prinsipiga asosan "Har bir a'zo davlat sud organlariga o'z funksiyalarini lozim darajada bajarish imkonini beradigan tegishli vositalarni taqdim etishi shart"6 ligi qayd qilingan.

Boshqa hokimiyat tarmoqlaridan sud organlari mustaqilligini ta'minlash maqsadida bu mustaqillikni Konstitutsiyada agar u bo'lmasa, boshqa huquqiy hujjatda kafolatlab qo'yish lozim.

Konstitutsiyada belgilangan mustaqillikni amaliyotda qo'llash masalasini xalqaro huquqda aniq ko'rsatilmagan bo'lsada, sud hokimiyati o'z funksiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq ma'muriy masalalarini hal qilish imkoniyatiga ega bo'lishi lozimligi tushuniladi. Bu sudlarda sudbyalar o'rtasida ishlarni taqsimlash va boshqa malalalarda o'z ifodasini topadi, "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 14-prinsipida ko'rsatilgani kabi bu masala sud tizimining ichki ishi hisoblanadi7.

"Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 7-prinsipiga asosan "Har bir a'zo davlat sud organlariga o'z funksiyalarini lozim darajada bajarish imkonini beradigan tegishli vositalarni taqdim etishi shartligi8 belgilangan.

O'z funksiyalarini lozim darajada bajarish imkonini beradigan vositalarsiz sud sudyalar va sud xodimlari o'z vazifalarini yetarli darajada bajara olishmaydi, tashqi bosimlarga bardosh beraolmaydi, korruptsiyaga moyilligi oshadi.

Ma'muriy va moliyaviy masalalar haqida gap ketganda mustaqillik har doim ham mutlaq bo'lmasligi mumkin, hokimiyatning uchta tarmog'i bir biridan mustaqil hisoblansada, ayrim masalalarda, jumladan, resurslarni taqsimlashda o'z xarakteri bilan bir biriga bog'liq hisoblanadi. Bu hokimiyatlar taqsimlanish prinsipiga asoslangan ichki keskinlik hisoblanib, bu tizimda bo'lishi muqarrar bo'lsada, misol uchun, parlament sud hokimiyati byudjetini nazorat qilish orqali sud hokimiyatining samarali faoliyat ko'rsatishiga ta'sir ko'rsatmasligi kerak.

5 Суд органлари мустакиллигининг асосий принциплари. БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва хукукбузарлар билан муомала килиш буйича 1985 йил 26 августдан 6 сентябргача Миланда булиб утган еттинчи конгрессида кабул килинган ва БМТ Бош Ассамблеясининг 1985 йил 29 ноябрдаги 40/32-сонли резолюцияси билан тасдикланган. Дукукни мухофаза килиш органларига оид халкаро хужжатлар: туплам. -Тошкент: "Адолат", 2004. - Б. 10-111.

6 Уша асар.- Б. 111.

7 Суд органлари мустакиллигининг асосий принциплари. БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва хукукбузарлар билан муомала килиш буйича 1985 йил 26 августдан 6 сентябргача Миланда булиб утган еттинчи конгрессида кабул килинган ва БМТ Бош Ассамблеясининг 1985 йил 29 ноябрдаги 40/32-сонли резолюцияси билан тасдикланган. // хукукни мухофаза килиш органларига оид халкаро хужжатлар: туплам. -Тошкент: "Адолат", 2004. -Б. 112.

8 Курсатилган асар.- Б. 111.

"Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 1-prinsipiga asosan "Barcha davlat organlari va boshqa muassasalar sud organlari mustaqilligini hurmat qilishlari va bunga rioya qilishlari shart"9. Bu juda chuqur ma'noga ega bo'lib, ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat shu jumladan, politsiya, jazoni ijro etish tizimi, ijtimoiy sohalar, ta'lim tizimi chiqarilgan qarorlarga qo'shilmasalarda sud organlari qarorlarini hurmat qilishlari va unga rioya qilishlari shart. Sud hokimiyatiga nisbatan hurmat qonun ustuvorligini va inson huquqlarini ta'minlashda mutlaq zarur bo'lib, barcha hokimiyat tarmoqlari va barcha davlat muassasalari sud organlarining mustaqil qaror chiqarishlariga to'sqinlik qiladigan har qanday aralashuvlarning oldini olishi shart.

Sud organlarining qarorlar qabul qilishdagi mustaqilligi "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 4-prinsipida qo'shimcha tarzda mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra "Odil sudlov jarayoniga g'ayriqonuniy yoki ruxsat etilmagan aralashuvlar bo'lmasligi kerak hamda sudlar chiqargan qarorlari qayta ko'rilmaydi. Ushbu prinsip qonunga muvofiq amalga oshiriladigan sud organlari chiqargan hukmlarning sud tartibida qayta ko'rilishiga yoki yengillashtirilishiga to'sqinlik qilmaydi"10.

"Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 3-prinsipiga asosan "Sud organlari sud xususiyatiga ega bo'lgan barcha masalalarga nisbatan vakolatga hamda ularga berilgan ish qonunda belgilangan vakolatlarga kirish-kirmasligini hal qilishdan iborat mutlaq huquqqa egadir"11.

Sudlarning vakolatiga oid masalalarni mustaqil hal etish qoidasi milliy va xalqaro darajada o'z ifodasini topgan bo'lib, Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudining vakolati esa "Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida"gi Yevropa konvensiyasi 32-modda 2-bandida12 mustahkamlangan.

Sud hokimiyat tarmog'i sifatida nafaqat ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlardan mustaqil bo'lishi balki, sudyalar o'z professional majburiyatlarni bajarayotganlarida mustaqillikdan foydalanish huquqiga ega. Albatta, bu sudyalar o'z bilganlaricha yoki o'zlari xohlaganlaricha qarorlar chiqaradi degani emas, ular o'zlariga topshirilgan ishlarni faqatgina qonunga asoslanib, o'ziga nisbatan

9 Курсатилган асар.- Б. 110-111.

10 Суд органлари мустакиллигининг асосий принциплари. БМТнинг жиноятчиликни олдини олиш ва хукукбузарлар билан муомала килиш буйича 1985 йил 26 августдан 6 сентябргача Миланда булиб утган еттинчи конгрессида кабул килинган ва БМТ Бош Ассамблеясининг 1985 йил 29 ноябрдаги 40/32-сонли резолюцияси билан тасдикланган. Хукукни мухофаза килиш органларига оид хужжатлар: туплам. - Тошкент: "Адолат", 2004. - Б.111.

11 Уша жойда.

12 Convention for the Protection of Human Rights and Fundamental Freedoms Rome, 04/11/1950. https://www.coe.int/en/web/conventions/full-list-Iconventions/treaty/005

180

bildirilgan tanqidlar, tahdidlar, qiyin va nozik masalalar bo'lishiga qaramasdan adolatli qarorlar chiqarishi lozim.

Xalqaro huquqda sudyalarning qanday tayinlanishi lozimligi to'g'risida imperativ norma mavjud emas, deklarativ tusdagi tavsiyalar mavjud. "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari"da sudyalar tayinlanishi yoki saylanishi to'g'risida holat ko'rsatib o'tilmagan. Faqatgina "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 10-prinsipida "Sud lavozimlariga tanlab olingan shaxslar yuksak axloqiy xislat va qobiliyat, shuningdek huquq sohasida tegishli tayyorgarlik va malakaga ega bo'lishlari lozim. Sudyalarni tanlashning har qanday usuli g'ayriqonuniy sabablar bo'yicha sudyalarning tayinlanishiga yo'l qo'ymasligini kafolatlashi kerak. Sudyalarni tanlaganda ular irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, tabaqaviy yoki boshqa ahvoli bo'yicha ajratilmasligi kerak, biroq yuridik lavozimga nomzod tegishli mamlakatning fuqarosi bo'lishi kerakligi haqidagi talabga ajratish sifatida qaralmasligi lozim" 13ligi qayd qilingan.

Sudyalarni tanlab olishning usullaridan qat'i nazar ularning professional tayyogarlik darajasi va axloqiy sifati tanlab olish uchun yagona mezon sifatida xizmat qilishi lozim.

Agar sudyalar lavozimida uzoq kafolatlangan muddatda bo'lishmasa, ularning mustaqilligiga jiddiy xavf mavjud, ular qarorlar chiqarayotganida bosimga uchrashlari mumkin. Shuning uchun "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 11-prinsipida "Sudyalar vakolat muddati, mustaqilligi, xavfsizligi, tegishli tarzda mukofotlanishi, xizmat sharoitlari, pensiyasi va pensiyaga chiqish yoshi qonunda belgilangan tarzda kafolatlanishi kerak"ligi belgilangan 14 . "Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari" 12-prinsipiga ko'ra "Tayinlanadigan yoki saylanadigan sudyalar pensiyaga chiqqaniga qadar yoki vakolat muddati belgilangan mamlakatlarda ushbu muddat o'tganiga qadar kafolatlangan vakolat muddatiga egadir15 deb qayd qilingan kafolatlangan lavozimda bo'lish muddatisiz yoki qisqa kafolatlangan muddatga sudyalarni tayinlash yoki saylash 11 va 12 prinsiplarning buzilishi hisoblanadi. Sudyalarga doimiy mandatni taqdim qilish

13 Cyg opraH^apu MycTaKH^urHHHHr acocun пpннцнпïïapн. EMThhot ^HHoaTHH^HKHHHr o^hhh ojnm Ba xyKyK6y3ap^ap öraaH MyoM&ia KHOTm 6ynHHa 1985 hh^ 26 aBiycrgaH 6 ceHTaöprana Mu^aHga 6y^u6 yrraH eTTHHHH Kompeccuga Ka6y^ KMHHraH Ba EMT Eom AccaM6œacHHHHr 1985 hhïï 29 Hoaöpgaru 40/32-coh^h pe3on^uacH 6u^aH TacguK^aHraH. XyKyKHH My^o$a3a KH^um opraraapura oug xy^^araap Tyn^aM. - TomKeHT: "Agorar", 2004. -E. 112.

14 Yma ®onga.

15 KypcaTH^raH acap. - E. 111.

sudyalarning mustaqilligini maksimal darajada kafolatlaydi va fuqarolarning sud hokimiyatiga ishonchini oshiradi.

Sud tizimining mustaqilligini ta'minlash va targ'ib qilishda yordam berish uchun ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar davlatlarning milliy qonunchiligi va amaliyoti doirasida hukumatlar tomonidan hisobga olinishi va hurmat qilinishi va sudyalar, advokatlar e'tiboriga etkazilishi kerak. Ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyat a'zolari va umuman jamoatchilik.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, sud hokimiyati mustaqilligi tushunchasi quyidagilarda namoyon bo'ladi:

S birinchidan, sud hokimiyati konstitutsiyada mustahkamlangan mustaqillikka ega bo'lishi lozim, jumladan, u boshqa hokimiyat tarmoqlari ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlardan mustaqil bo'lishi lozim;

S ikkinchidan, sud hokimiyati ichki masalalarda, jumladan, sud ma'muriyatchiligida, suddagi ishlarning sudyalar o'rtasida taqsimlanishida ham mustaqil bo'lishi lozim,

S uchinchidan, sud hokimiyati moliyaviy masalalarda ham mustaqil bo'lishi lozim va o'z funktsiyalarini samarali amalga oshirishga yetarli mablag'ga ega bo'lishi lozim;

S to'rtinchidan, sud hokimiyati qarorlar qabul qilishda mustaqil bo'lishi lozim, hukumat va boshqa muassasalar sud organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni hurmat qilishi va unga rioya qilishlari shart;

S beshinchidan, sud hokimiyati yurisdiktsion vakolatga ega bo'lishi lozim, vakolat masalasini aniqlashda sudlarning mustaqilligi bildiradi;

S oltinchidan, sud hokimiyati adolatli sud jarayonini tashkil qilish va asoslantirilgan qaror chiqarishni ta'minlashga majbur.

REFERENCES

1. Sulaymanov O.R. Sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro standartlar. / Monografiya -T.: «Tafakkur qanoti», 2020.

2.BMTning Sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Diego Garsiya-Sayanning O'zbekistonga rasmiy tashrif natijalari bo'yicha dastlabki mulohazalar.// http://www.un.uz/uzb/news/display/348.

3.Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari. BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo'yicha 1985 yil 26 avgustdan 6

sentyabrgacha Milanda bo'lib o'tgan yettinchi kongressida qabul qilingan va BMT

182

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Bosh

Assambleyasining

1985

yil

29 noyabrdagi 40/32-sonli rezolyusiyasi bilan tasdiqlangan. // huquqni muhofaza qilish organlariga oid xalqaro hujjatlar: to'plam. -Toshkent: "Adolat", 2004. -B. 112. 4.Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari. BMTning jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo'yicha 1985 yil 26 avgustdan 6 sentyabrgacha Milanda bo'lib o'tgan yettinchi kongressida qabul qilingan va BMT Bosh Assambleyasining 1985 yil 29 noyabrdagi 40/32-sonli rezolyusiyasi bilan tasdiqlangan. Huquqni muhofaza qilish organlariga oid hujjatlar: to'plam. - Toshkent: "Adolat", 2004. - B.111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.